Startyorga texnik xizmat ko‘rsatish. Traktor har 240 soat ishlagandan so‘ng startyorni motordan ajratmasdan kollektor va shchyotkalarning ahvoli tekshiriladi. Startyorning kollektori va shchyotkalariga texnik xizmat ko‘rsatish, generatorning kollektori va shchyotkalariga texnik xizmat ko‘rsatish tartibida amalga oshiriladi.
Yoritish va yorig‘lik signalizasiyasi asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish.Yoritish va yorig‘lik signalizasiyasi asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish ularning sozligini, qotirish elementlarining puxtaligini va tozaligini ta’minlanganligini sistematik tekshirishdan iborat.
Agar traktorning yoritish yoki signal berish asboblaridan birotasi ishlamasa, u holda ularning lampalarining va simlarining sozligini, simlarini klemmalarga qotirilish puxtaligini, hamda eriydigan saqlagichni ushbu asbob zanjirida kuymaganligini tekshirish maqsadga muvofiq.
Кuygan lampani almashtirishda, fara yoki fonar korpusiga chang tushmasligi nazorat qilinadi. Shu maqsadda shikastlangan tarqatgichlarni darhol almashtirish talab etiladi.
Yo‘lni normal yoritish va ish jarayonida hovfsizlikni ta’minlash uchun faralar normal rostlanishi lozim. Agar zaruriyat tug‘ilsa oldingi faralarning yorig‘lik yo‘nalishini rostlash quyidagi tartibda olib boriladi:
- ekran oldida tekis, gorizontal maydonchani tanlash (ekran vazifasini istalgan tekis vertikal devor ham bajarishi mumkin);
- traktorni ekranidan oldingi fara tarqatgichlarigacha bo‘lgan masofani 10 m ga o‘rnatish. Bunda shinalardagi bosim tavsiya etilgan me’yorlarga mos kelishi lozim;
Ekranda pol sathidan faralarning markazlaridan balandligi bo‘yicha teng joylashgan markaz chiziqlari o‘tkaziladi. Traktorning bo‘ylama simmetrik tekisligi ekrandagi chiziq bo‘yicha kesishishi lozim.
Faralarni rostlash uzoqni yoritish faralarni burib, bunda dastlab ularni kronshteynlarga qotirilganligi biroz bo‘shatiladi. Har bir fara alohida rostlanadi. Faralarni rostlash shundan iboratki yorig‘lik dog‘ining eng yorqin qismining markazini birlashtiruvchi gorizontal chiziq bilan faraning vertikal chizigi, chap faraning vertikal chizigi bilan kesishgunga qadar davom ettiriladi.
Traktorga texnik xizmat ko‘rsatishda fara reflektorlaridagi changni tozalash ehtiyoji tugilishi ham mumkin. Reflektorni changdan tozalash uchun tarqatgichni (fara oynasini) chiqarish va reflektorning ichki sirtini toza suvda yuvib, toza lattada surtish kerak. Yuvilgan reflektor xona haroratida, uning nur qaytaruvchi sirti bilan pastga qaratilib quritiladi.
Quritish paytida hosil bo‘lgan izlar tozalanmasligi kerak. Reflektordagi changni mato yoki siqilgan havo purkab tozalash mumkin emas.
Orqa fonarlarning plasmassalik tarqatgichlarini egilishini oldini olish maqsadida traktorni 3 minutdan ortiq tormozlangan holda yondirilgan «stop-singnal»da ushlab turish maqsadga muvofiq emas.
Agar tarktorni ma’lum muddat davomida tormozlangan holatda ushlab turishga zaruriyat tugilsa, «stop-singnal» ning eriydigan saqlagichi chiqarib olinadi.