Тошкент Давлат техника


Rele-regulyatorni ta’mirlash



Download 0,6 Mb.
bet126/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

Rele-regulyatorni ta’mirlash. Yig‘ilgan rele-regulyator­ning nosozliklari traktorda tekshiriladi. Dizel yurgizilib sim bo‘lakchasi bilan rele-regulyatorning klemma siqqichlari ulanadi. Ampermetr bilan ko‘rsatiladigan zaryad toki keskin oshganda siqqichlarda uchqunlanish bo‘lmasa, nosozlik generatordan qidiriladi. Agar siqqichlarda kuchli yoy sodir bo‘lib, sim bo‘lakchasi tez qizisa uyg‘otish chulg‘ami zanjirida «massa»ga tutashuv borligini ko‘rsatadi. Agar ampermetr zaryad tokini keskin ko‘tarilishini ko‘rsatsa, unda rele-regulyator nosoz; unda himoya relesi ishlab ketadi. Ushbu nosozlikni himoya relesining prujinasini tarangligini oshirib bartaraf etiladi.
Zaryad tokining yo‘qligi yoki uning qiymatini pastligi, kuchlanishni akkumulyator batareyasidan pastligi, u kuchlanish regulyatorining sozlanganlik darajasini ko‘rsatadi. Ushbu nosozlik oson aniqlanadi, buning uchun rele-regulyatorning qopqog‘i olinib, kuchlanish regulyatorining prujinasi qisqa muddatga tortilishi kerak. Rele regulyatorni tekshirish uchun uni КI-1093 ning voltampermetriga ulanadi. Rele-regulyatordagi umumiy yuklama akkumulyatorlarning batareyalarini yuklamasi va voltampermetr reostati bilan hosil qilinadigan yuklamalarning yigindisidan iborat. Rele-regulyatorni tekshirishdan avval uning mavsumiy rostlash qayta ulagichining holatiga ishonch hosil qilish kerak, u «leto» holatiga buralgan bo‘lishi kerak. Agar dizel ishlamagan bo‘lsa, u yurgizilib 8-10 minut davomida generatorni isitish uchun ishlatiladi, traktor «massa» sini uzmasdan reostatning dastasi bilan yuklama o‘rnatiladi. Кuchlanishning qiymati 13,3-14,0 V atrofida bo‘lishi lozim. Agar u ushbu chegaraga etmasa, unda rele-regulyator qopqogi olingan holda rostlanadi. Shu narsaga ahamiyat berish kerakki, kuchlanish regulyatori korpusi va prujinalar rele-regulyatorning korpusiga nisbatan kuchlanish ostida bo‘lishi, hatto ularning o‘rtasida qisqa muddatli tutashuv sodir bo‘lganda ham rele-regulyator ishdan chiqadi.
Rele-regulyatordagi kuchlanish izolyasiyalangan sterjenli vilkali ochgich yordamida prujinaning tarangligini o‘zgartirib rostlanadi. Agar bunday rostlash ham talab etilgan kuchlanish rejimini bermasa, yakor va serdechnik o‘rtasidagi tirqish rostlanadi, tirqishning qiymati kontaktlar tutashganda 1,2-1,3 mm bo‘lishi lozim.
Кuchlanish regulyatori kontaktlari orasidagi tirqish 0,2-0,3 mm bo‘lishi kerak. Uni o‘zgartirish yakorchaning va serdechnik yo‘lining chegaralovchisini egish, kontakt ushlab turgichlarni siljitish bilan o‘zgartiriladi.
Agar prujinaning tarangligi o‘zgartirilganda rostla-nadigan kuchlanish o‘zgarsa, unda rele-regulyator ta’mirlanadi.
Agar ishlab ketish toki yoki kuchlanishi ko‘rsatilgan chegaralardan ortib ketsa, himoya relesining kuchlanish regulyatori kabi (prujinaning tarangligini o‘zgartirish bilan) rostlanadi.
Generator va rele-regulyator normal ishlaganda dizel yurgizib yuborilgandan so‘ng dastlab ampermetrning strelkasi zaryad tokini ko‘rsatadi, biroz vaqt o‘tgandan so‘ng nul holatiga qaytadi.
Кontaktlarni tozalash uchun odatda binzinda yoki spirtda ho‘llangan kopron tasmasidan foydalaniladi. Agar kontaktlar tozalangandan so‘ng kuchlanish rostlanmasa va katta qiymatli bo‘lsa, ishlamayotgan dizelda va bateriya ulangan holda («massa» ulangan holda bo‘ladi) tranzistorning sozligi tekshiriladi. Rele-regulyatorning qopqogi olinib 12 V li lampa rele-regulyatorning Sh qisgichi va regulyator kopusi orqali ulanadi. Кuchlanish regulyatorining yakori va himoya relesi navbatma-navbat bosilib ularning kontaktlari tutashtiriladi. Tranzistor soz bo‘lsa, lampa o‘chadi. Agar kontaktlar tutashtirilganda lampa o‘chmasa, u tranzistorning teshilganligini ko‘rsatadi, regulyator esa ta’mirlanadi.
Traktorning elektr tarmoqlarida kuchlanishning katta bo‘lishi kuchlanish regulyatorining chulg‘amlarida uzilish borligini ko‘rsatadi.
Bo‘laklarga ajratishdan avval rele-regulyator yaxshilab changdan, iflosliklardan tozalanadi va siqilgan havo purkaladi. Detallarni nazorat qilish, asboblar yordamida tekshirish natijalari bo‘yicha rele-regulyatorni bo‘laklarga ajratishga ehtiyoji aniqlanadi. Birinchi navbatda tranzistorining holati tekshiriladi, buning uchun ularning chiqish uchlaridan simlar kavshardan ajratib olinadi. Agar testor yoki ommetr bilan o‘lchanganda uning istalgan uchlari orasidagi qarshilik nuldan katta bo‘lib, 500 kOm dan oshmasa tranzistor soz, agar qarshilik nulga teng yoki cheksiz bo‘lsa u nosoz hisoblanadi.
Ommetr yordamida diodlarining holati tekshiriladi, buning uchun ularni sxemadan kavsharlarni bo‘shatib ajratib olinadi. Agar asbob diodlarga to‘g‘ri yo‘nalishda ulanganda qarshilik 100-200 kOm bo‘lib, teskari yo‘nalishda esa yuz kilom atrofida bo‘lsa, diodlar soz hisoblanadi.
O’chuvchi diodning sozligini, unga ketma-ket ulangan qarshiliknining holati bo‘yicha tasavvur qilish mumkin. Diod teshilgan bo‘lsa qarshilik kuyadi yoki uning serdichnigi egiladi. Ajratgich diodning sozligi himoya relesining ishlab ketishi bo‘yicha tekshiriladi. Diod nosoz bo‘lsa va kuchlanish regulyatori kontaktlari tutashib qolsa, himoya relesi uz-o‘zidan ishlab ketadi.
Himoya relesi g‘altaklarining chulg‘amlarini sozligi, ularning qarshiligi o‘lchab aniqlanadi, buning uchun dastlab chulg‘amning boshlanishidan dioidlarning uchlari kavshardan ajratiladi. Кuchlanish regulyatori chulg‘amlarining va bir o‘ramali himoya relesining qarshiligi 16,1-17,9 Om bo‘lishi kerak.
Кontakt-tranzistorli rele-regulyatorlar ta’mirlangandan so‘ng va traktorlarning elektr sxemasida birga ishlagan generatorlar komplektida sinaladi va yakuniy rostlanadi.
Sinashdan avval kuchlanish regulyatori va himoya relesi-ning kontaktlari toza spirtda ho‘llangan kapron tasmada qurigunga qadar surtiladi. G’altak serdechnigi va yakori orasidagi tirqish shchup bilan aniqlanadi va zaruriyat bo‘lsa rostlanadi. Mavsumiy rostlashni qayta ulagich «leto» holatiga o‘rnatiladi, rele-regulyatorning o‘zi esa traktordagi mos holatga o‘rnatiladi.
Ishlamayotgan generatorga kuchlanish rele-regulyatorga stendning akkumulyator batareyasidan uzatiladi. Bunda stendning ampermetri 2,7-3,0 A razryad tokini ko‘rsatishi lozim, u genera-torning uyg‘otish chulg‘ami orqali o‘tadi. Кuchlanish regulyatori kontaktlarini yakorga bosish bilan tutashtirilib, ampermetrning ko‘rsatishi kuzatiladi. Bunda tok kuchi keskin kamayishi lozim, yakor qo‘yib yuborilgandan so‘ng esa dastlabki qiymatni egallashi kerak. Agar tokning qiymati o‘zgarmasa, tranzistor soz hisoblanadi. Soz tranzistorda stend yurgiziladi va bir paytning o‘zida yuklama reostati bilan nominal yuklama hosil qilinadi.
Rostlanadigan kuchlanishni oshirish uchun prujinaning tarangligi oshiriladi, pasaytirish uchun esa susaytiriladi.
Rele-regulyatorlarning himoya relesini ishlab ketishini tekshirish uchun siqqich stendning «massasi»ga, siqqich chiqishiga ulanadi. Rele-regulyatorning va siqqichlari voltmetrning chi-qishlariga ulanadi. Rostlovchi reostat yordamida (КI-968 stendning chap panelida joylashgan) kuchlanish 7-8 V gacha ko‘tariladi. Himoya relesining ishlab ketishi tashqi nazorat bilan aniqlanadi. Releni rostlash prujinasining tarangligini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi.
Кuchlanishning integral regulyatori profilaktika ishla-rini o‘tkazishni talab qilmaydi. Integral regulyatorli genera-tor sinalganda stenda yuklama 40 A lik reostat bilan yakorning 4500 min-1 aylanishlar chastotasida hosil qilinadi, bunda generatordagi kuchlanish voltmetr bo‘yicha o‘lchanadi. Uning qiymatlarm 15 V dan ortiqiroqni tashkil qilishi lozim.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish