Тошкент Давлат техника


Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari



Download 0,6 Mb.
bet120/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

3. Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari:
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy ma’lumotlar; mavzuga tegishli bo‘lgan plakatlar, maketlar; mashinalarning agregati, uzellari va detallari.
4. Mashg‘ulot davomida quyidagi masalalar
o‘rganilishi lozim:
Кabinani ta’mirlashdan so‘ng yig‘ish jarayonini tushuntiraolishni; lok-buyoq materiallarining tarkibini bilishini; bo‘yash texnologiyasini tushuntirishni; bo‘yalgan yuzalarni quritish qanday olib borilishini.


13- amaliy mashg‘ulot
Elektr jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish
texnologiyasini o‘rganish
1. Mashg‘ulotning maqsadi traktor elektr jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasini o‘rganishdan iborat.
2. Nazariy qism
Akkumulyator batareyalariga texnik xizmat ko‘rsatish. Akkumulyator batareyasiga mos keluvchi elektrolit quyiladi va zaryadka qilinadi. Ushbu eletrolitning zichligi akkumulyator batareyasi ishlaydigan iqlim sharoitiga bog‘liq. Elektrolitning zichligi areometrda atrof muhitning haroratga bog‘liq bo‘lgan holda tekshiriladi. Elektrolitning harorati 15ºS dan yuqori bo‘lsa uning zichligiga to‘g‘rilovchi koeffisient qo‘shiladi, 15ºS past bo‘lsa u ayiriladi.
Elektrolitni tayyorlash uchun zichligi 1,83 bo‘lgan akkumulyator sulfat kislotasi qo‘llaniladi. Elektrolitni tayyorlashda distillangan suv o‘rniga qor yoki yomgir suvidan foydalanish ham mumkin, ammo u temir tomdan tushmagan yoki temir idishlarda saqlanmagan bo‘lishi lozim. Vodoprovod suvidan Elektrolit tayyorlashda foydalanish mumkin emas.
Elektrolitning normal sathi saqlagich shitidan 12-15 mm baland bo‘lishi lozim. Elektrolitning balandligi bo‘yicha sathi ichki diametri 3-5 mm bo‘lgan shisha trubka yordamida o‘lchanadi. Buning uchun trubkani akkumulyatorning quyish bo‘g‘izigacha etgunga qadar tushiriladi. Bunda shisha trubkaning yuqorgi uchi barmoq bilan yopilib chiqarib olinadi. Trubkadagi elektrolitning sathi trubkaga quyilgan ikki belgining o‘rtasida, chetidan 12-15 mm masofada bo‘lishi lozim.
Akkumulyator plastinalariga elektrolit surilishi uchun elektrolit bilan to‘ldirilgan batareyalar 4-6 soat davomida ushlab turiladi, so‘ng esa zaryadlanadi. Batareyani birinchi zaryadlanishdagi tok kuchi 3A ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tok bilan amalga oshiriladi va keyingi zaryalash esa 4 A tok kuchida amalga oshiriladi. Yangi batareyaning zaryadlash muddati 25-30 soatni tashkil qiladi. Batareyaning zaryadlanishi tuganligini quydagi belgilar bo‘yicha aniqlash mumkin: elektrolitning zichligini va kuchlanishini batareya qisqichlarida ortishini to‘xtashi va elektrolitning «qaynashi».
Agar zaryadlash jarayonida elektrolitning harorati 450S ga etsa zaryad tokini ikki baravar kamaytirish, yoki zaryadlashni to‘xtatib, batareyani sovitilishi talab etiladi. Zaryadlash tugagandan so‘ng akkumulyator batareyasi elektrolitining zichligi tekshiriladi. Bunda elektrolitning zichligi yuqori bo‘lsa, distillangan suv, zichligi past bo‘lsa, zichligi 1,40 bo‘lgan elektrolit quyiladi. Batareyadagi elektrolit zichligi u zaryadlangandan so‘ng 30 minut o‘tgandan keyin o‘lchanadi, uning qiymati ±0.01 dan ortiq farq qilmasligi lozim.
Traktordan foydalanish davrida elektrolitning sathi va zichligi davriy ravishda mashina har 60 soatdan so‘ng tekshirilib turiladi.
Agar nazorat qilish paytida elektrolit shtokning 10 mm dan kamini qoplasa, akkumulyatorga normal sathgacha distillangan suv quyilishi lozim.
Traktor har 240 soat ishlagandan so‘ng akkumulyatordagi elektrolitning zichligi va uning zaryadlanganlik darajasi tekshiriladi
Batareyani elektrolitning zichligi bo‘yicha zaryadsizlanish darajasini aniqlash uchun akkumulyator batareyasiga dastlab quyilgan elektrolitning zichligini bilish lozim. Agar zichligi noma’lum bo‘lsa, batareyani zaryadsizlanish darajasi yuklash vilkasi voltmetrining ko‘rsatishi bo‘yicha aniqlash mumkin.
Voltmetr ko‘rsatishi lozim bo‘lgan kuchlanish, tok kuchi bo‘yicha yuklama 100A bo‘lganda 1,7 V dan kichik bo‘lmasligi, bun-day kuchlanish akkumulyatorda 5 sek davomida saqlanib turilishi lozim.
Agar batareya yozda 50% ga, qishda esa 75% ga zaryadsiz-langan bo‘lsa, uni zaryadlashga yuborish kerak. Кuchlashnishlar farqi bir akkumulyator batareyasi bankalarida 0,2 V ortiq bo‘lsa, u holda batareya ta’mirlanadi. Batareyaning sozligini uchqun chiqishiga qarab tekshirish ma’n etiladi.
Traktor 960 soat ishlagandan so‘ng, mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatishda zaryadsizlanish-zaryadlanish siklida nazorat-mashq sikli o‘tkazilishi lozim.
Nazorat-mashq sikli quyidagi tartibda olib boriladi. Batareya kuchi 4A bo‘lgan tok bilan zaryadlanadi, bunda klemmalardagi kuchlanish, elektrolitning zichligi va harorati nazorat qilib turiladi. Zaryadlash 4 soat davomida akkumu-lyatordagi kuchlanishni va elektrolitning zichligi o‘zgarmasligi kuzatilsa, u holda akkumulya­torni zaryadlash to‘xtatiladi. Bir soat davomida kuchla­nish ushlab turilganda zaryadlashni eletrolitning «qaynashiga» qadar davom ettiriladi. Sikl zaryadlash boshlanganidan so‘ng 2 min dan kam bo‘lmagan vaqt ichida qaynagunga qadar qaytariladi. Zaryadlash tugagandan so‘ng batareya tok bilan 10 soatlik rejimda akumulyatordagi kuchlanish 1,7 V ga pasaygunga qadar zaryadsiz­lantiriladi. Zaryadsizlanishning soatlardagi muddatini 4 ga ko‘payti­rib, akkumulyatorni zaryadsizlanganda bergan amper-soatlardagi elektr miqdori aniqlanadi. Agar ushbu qiymat 22 Amper-soatdan kam bo‘lsa, batareyaning sig‘imi nominal qiymatidan 50% ga past hisoblanadi. Bunday hollarda batareyani ta’mirlashga yuborish lozim. Agar bu qiymat 22 Amper-soatdan katta bo‘lsa, batareya zaryadlanadi va traktorga o‘rnatiladi. Zaryadsizlanishni boshlanishida elektrolitning harorati 20-30ºS chegarada bo‘lishi, zaryadlash jarayonida esa 45ºS dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Zaryadsizlanish jarayonida elektrolitning harorati 30ºS dan farq qilsa, batareyaning haqiqiy sig‘imini aniqlashda har 1ºS haroratga 1% hisobidan to‘g‘rilash koeffisienti nazarda tutiladi, agar harorat 30ºS dan past bo‘lsa, to‘g‘rilash koeffisienti ayiriladi, yuqori bo‘lsa qo‘shiladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish