Porshen barmoqlari. Porshen barmoqlarini ta’mirlash xromlash plazmali metallash yoki kengaytirib termik ishlov berish, shlifovkalash va o‘lcham gurhlariga saralash bilan amalga oshirilishi mumkin. Ta’mirlashning ko‘proq tarqalgan usuli xromlashdir.
Shanunlarning yuqorgi kallagi vtulkalari. Ichki diametri bo‘yicha eyilgan vtulkalar odatda porshen barmog‘iga moslab kattalashtirilgan o‘lcham bo‘yicha razvertkalanadi yoki yangisiga almashtiriladi.
Shatunlar 40G, 45, 45G, 40X va b. po‘latlardan yasaladi. Shatunlarni tiklashdan avval КI-724 moslamasida burilishga va egilishga tekshiriladi.
Traktor motorlari shatunlarining ruxsat etilgan buralishi 100 mm uzunlikda 0,05-0,08 mm va avtomobilarda esa 0,04.. .0,06 mm ni tashkil qiladi. Traktor motorlarining shatunlarini ruxsat etilgan egilishi 0,03...0,05 mm va avtomobillarda esa 100 mm uzunlikda 0,02...0,03 mm ni tashkil qiladi.
Vkladish o‘rnatiladigan teshik, shatunning ajralish sirti va qopqog‘i ertib qoplash va undan so‘ng mexanik ishlov berish bilan tiklanadi.
Eritib qoplashdan avval bolt teshiklarini erib ketishini oldini olish maqsadida mis yoki grafit sterjenlari o‘natiladi. Ovallik va konussimonlik 0,01 mm dan ortiq, g‘adir-budurligi esa Ra = 0,63 mkm dan past bo‘lmasligi lozim.
Tirsakli vallar. Val bo‘yinlari va ularning podshipniklari fizik, kimyoviy ta’sir va boshqa omillar ta’sirida eyilishga uchraydi. Shatun va shatun bo‘yinlari orasidagi ishqalanish natijasida, bo‘yinlarning tirsakli vali o‘qi tomonga yo‘nalgan qismi eyilishga uchraydi, buning natijasida bo‘yinlar oval ko‘rinishga o‘tadi.
Inersiya kuchi va markazdan qochma kuch, valning konstruksiyasi va bikirligi tirsakli val o‘zak bo‘yinlarini eylishiga olib keladi. Moylovchi materialning sifati va xususiyatlari, bir komplektga kiruvchi shatun-porshen guruh detallari massasidagi katta farq tirsakli val va podshipniklarning eyilishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Tirsakli vallarda quyidagi nuqsonlar uchrashi mumkin: ovallik, konussimonlik shatun va o‘zak bo‘yinlarining shikastlanishlari; maxovikni qotirish boltlari teshiklarining shikastlanishi va eyilishi; shponka o‘rindiqlarini eyilishi, salqilik; moy haydovchi rezbaning eyilishi; shesternya va ventilyator shkivi o‘tqazish joylarining eyilishi. Кo‘ndalang darzga ega bo‘lgan tirsakli vallar yaroqsiz hisoblanadi.
Tirsakli val bo‘yinlari oxirgi ta’mir o‘lchamidan kattaroq eyilganda, ular flyus ostida eritib qoplangandan so‘ng termik va mexanik ishlov beriladi. Cho‘yandan yasalgan vallar ushbu usul bilan ta’mirlanmaydi. Nuqsonli shponka o‘rindiqlari kengligi bo‘yicha kattalashtirilgan o‘lchamga frezerlanadi.
Eyilish natijasida valda uncha katta bo‘lmagan egilish va o‘zak bo‘yinlarining o‘qdoshligi buzilgan bo‘lsa, ular shlifovkalash bilan bartaraf etiladi.
Egilgan po‘lat vallar pressda yoki sirtni mahalliy naklyoplash bilan to‘g‘rilanadi.
Agar val bo‘yinlarda ovallik, konuslik, o‘yilish, ezilish, korroziya izlari, to‘lqinsimonlik bo‘lsa, ular navbatdagi ta’mir o‘lchami bo‘yicha shlifovkalanib bartaraf etiladi. Bo‘yinni shlifovkalash tirsakli valni tiklashning boshqa operasiyalaridan so‘ng bajariladi.
Tirsakli vallarda dastlab shatun, undan so‘ng esa o‘zak bo‘yinlari shlifovkalanadi, aks holda o‘zak bo‘yinlarining o‘qdoshligi buzilishi mumkin.
Val bo‘yinlarini shlifovkalash jarayonida galtellarning radiusiga rioya qilish talab etiladi. Uni kamayishi valning toliqish mustahkamligi sezilarli darajada pasaytiradi. O’zak podshipniklarining va bo‘yinlarning o‘qdoshligini buzilishi ko‘p hollarda uni sinishiga olib keladi. Bo‘yinlar shlifovkalangandan so‘ng GOI № 20-30 pastasi bilan jilolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |