Tishli g‘ildiraklar. Tishli g‘ildiraklarda quyidagi nuqsonlar sodir bo‘lishi mumkin: tishlarning, detallar o‘rnatiladigan joylarni, shlisalariing, shponka o‘rindiqlarining, ulash vilkalari o‘rnatiladigan halqasimon ariqchalarning eyilishi hamda g‘ildirak tishlarini yorilishi va sinishi.
Tishli g‘ildirak tishlarining eyilishi, asosan, gaz alangasida va elektr yoyi vositasida eritib qoplash, chambaraklarini almashtirish va bosim ostida plastik deformasiyalash usullari bilan bartaraf etiladi.
Eyilgan tishlarni gaz alangasida qoplash bilan ta’mirlashda qoplanadigan material sifatida tishli g‘ildirak materialiga mos keluvchi materiallardan foydalaniladi. Elektr yoyi vositasida eritib qoplashda esa sifatli qoplamaga ega bo‘lgan elektrodlardan foydalaniladi. Ochiq va abraziv muxitda ishlaydigan tishli g‘ildiraklarining tishlari, odatda, eyilishga chidamli qotishmalar bilan suyuqlantirpb qoplanadi. Sormayt turdagi temir-xromli elektrodlar tishlarning chetlari eyilganda ularni eritib qoplashda va sementasiya qilngan qatlam cho‘tirsimon eyilganda yoki sinib tushganda ishlatiladi.
Tishli g‘ildiraklarni eyilishga chidamli qotishmalar bilan eritib qoplash quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi. Dastlabki qatlam tish bo‘yicha eritib qoplanadi va issiq holda prokatkalanib, mustaxkamlanadi. So‘ngra qo‘zgaluvchan jilvirlash uskunalarida tozalanadi. Кeyingi qatlamlar ma’lum ketma-ketlikda eritib qoplanadi. Bunda har bir qatlam eritib qoplangandan keyin erigan flyusdan tozalanishi va mustahkamlanishi lozim.
Eritib qoplangan g‘ildirak qiyshaymasligi uchun uni asta-sekin bir me’yorda sovitish lozim. Eritib qoplangan tishlar frezalanadi va nominal o‘lchamgacha jilvirlanadi. Кatta modulli tishli g‘ildiraklarning tishi singanda ular chilangarlik usullari bilan burab o‘rnatiladigan qismlar, barmoqlar yoki qo‘shimcha detallar qo‘yish yo‘li bilan ta’mirlanadi. Bunday ta’mirlash usuli singan tishlarning soni ketma-ket joylashganda ikki donadan oshmagan hollarda qo‘llanilishi kerak. Bunday usulda ta’mirlashda tishning singan qismi arralab tashlanadi, yuzalari tozalanadi, bir nechta teshiklar teshiladi va ularga shpilka buraladi. Shpilkalarning atrofi ishlov berishga 3—5 mm qo‘yim qoldirilgan holda eritib qoplanadi va nominal o‘lcham bo‘yicha mexanik ishlov beriladi.
Tishli g‘ildiraklarni ta’mirlashda detalning qismini almashtirish usuli ham qo‘llaniladi. Mazkur usul, asosan, shesternyalar blokini ta’mirlashda ishlatiladi. Bunda eyilgan tishli chambarak kesib tashlanadi va yangi chambarak taranglik bilan o‘rnatilishni ta’minlay oladigan o‘lchamgacha yo‘niladi. Yangi tishli chambarak ham kesib tashlangan tishli chambarak materialidan yasalishi lozim. Birikmaning mustahkamligi ta’minlanishi uchun yangi tishli chambarak shesternyalar blokiga ikki-uch vint bilan qotiriladi yoki elektr yoyi bilan payvandlab qo‘yiladi.
Gardish va gupchaklardagi siniqliklar va darzlar payvandlanadi va nominal o‘lchamgacha mexanik ishlov berish yo‘li bilan ta’mirlanadi. Tishli g‘ildiraklar o‘rnatiladigan joylar eyilgan bo‘lsa, ular eritib qoplash, elektrolitik koplash va boshqa usullar bilan nominal o‘lchamga keltiriladi. Shlisalar va shponka o‘rindiqlarining eyilishini tiklashda yon tomonini eritib qoplash usuli tavsiya qilinishi mumkin.
Ta’mirlangan tishli g‘ildiraklarda boshlang‘ich aylananing va yon tomonining urishi belgilangan texnik shartlar chegarasidan chiqmasligi ksrak.
Singan tishlar o‘rniga yangi tishlarni eritib qoplash va o‘rnatish vaqtinchalik chora sifatida ruxsat etiladi.