Тошкент Давлат техника


Tok yuruvchi qismlarni va asboblarni ta’mirlash



Download 0,6 Mb.
bet128/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

Tok yuruvchi qismlarni va asboblarni ta’mirlash. Past kuchlanishda (48 V gacha) ishlovchi izolyasiya va asboblar chastotasi 50 Gs va kuchlanishi 220 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda tekshiriladi. Izolyasiya КI-968 stendida sinaladi.
O’lchamlari va o‘z-o‘zidan induksiyalanuvchi kuchlanishi 300-400 V bo‘lgan, elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladigan asboblar-ning (rele-rostlagichli doimiy tok generatori, yondirish tizimi past kuchlanish zanjiri, elektr signali zanjiri va burilishni ko‘rsatkichlar) izolyasiya detallari izolyasiyasining elektr mustahkamligi kuchlanishi 550 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda tekshiriladi. Bu kuchlanishda ishlovchi tok manbai bo‘lmagan hollarda, sinov 380 V kuchlanishda olib boriladi.
Navbatma-navbat tekshiriladigan chulg‘amga yoki qismaga har birining nominal kuchlanishi 220 V bo‘lgan ikkita lampa ulanadi. Izolyasiyani kuchlanish bilan tekshiradigan asbobning sinash davomiyligi asbobning turiga qarab 2 sekunddan 1 minutgacha o‘zgaradi.
Кondensatorning izolyasiyasini tekshirish. Кuchlanishi 220 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmogiga ketma-ket ulangan cho‘g‘lanish lampasi kondensatorini sinashning eng oson usuli hisoblanadi. Кondensator chulg‘amining izolyasiyasi soz bo‘lsa, lampa yonadi. Zanjir uzilayotgan paytda uchqunlanishi lozim. Uchqunlanishning yo‘qligi kondensatorning uzilganligini, lampaning yonishi—kondensator izolyasiyasining buzilganligini ko‘rsatadi. Кondensator izolyasiyasini neon lampa yordamida ham tekshirish mumkin.
Кondensator kuchlanishi 300-500 V bo‘lgan o‘zgarmas tok manbaiga neon lampasi va qo‘shimcha qarshilik bilan ketma-ket ulanadi. Agar ahyon-ahyonda uchqunlanish sodir bo‘lsa, kondensator soz hisoblanadi. Кondensatorning sig‘imi qancha katta bo‘lsa, uchqunlanish shunchalik yorug‘ bo‘ladi, uchqunlanish tez-tez sodir bo‘lsa, uning izolyasiyasining sifati shunchalik yomon hisobla-nadi. Lampaning doimo xira yonishi tokning yo‘qotilishidan darak beradi, lampaning yorug‘ yonishi kondensatorning izolya-siyasi buzilganligini bildiradi. Izolyasiyasi buzilgan bo‘lsa, voltmetr tok manbaning kuchlanishini ko‘rsatadi, agar kondensator ichida uzilish bo‘lsa, voltmetr nolni ko‘rsatadi.
Кondensatorlar КI-968 stendida etalon kondensator o‘rniga, elektr zanjiriga sinaladigan kondensatorni ulab sinaladi. Izolyasiya detallarining katta kuchlanishli uzgich-taqsimlagich yoki magneto zanjiridagi elektr mustahkamligi КI-968 stendida 16000-20000 V kuchlanishda tekshiriladi.
Akkumulyator baklari oraliq devorlarining elektr o‘tkazuvchanligini sinash ahamiyatga molik hisoblanadi. Sinash uchun akkumulyatorlar bakiga elektrolitning kuchsizlangan eritmasi oraliq devorlari tepasidan 15-20 mm past qilib quyiladi. Bunda oraliq devorlarning elektrolitdan chiqib turgan qismi bak to‘lg‘izilgandan so‘ng quruqligicha qolishi lozim.
100-120 V kuchlanishga ega bo‘lgan tok manbaga ulangan elektrodlar elektrolitga tushirilganda, akkumulyatorning ikki qo‘shni bakiga ulangan voltmetrning strelkasi burilishi mumkin. Voltmetr strelkasining burilishi akkumulyatorning oraliq devorlarida darz mavjudligidan darak beradi. Akkumulyator bakining tashqi devorlari ham shunday ketma-ketlikda sinaladi, bunda bak elektrolit bilan to‘ldirilgan idishga tushiriladi.
Akkumulyatorning tok o‘tkazuvchi qismlarini aktiv qarshiligini aniqlash. Bu operasiyani nuqsonlari bo‘yicha saralash, masalan, tarmoqlar orasidagi qisqa tutashuvlar, simlarning uzilishini aniqlash, yangi chulg‘amlar va qarshi-liklarning o‘ramini hosil qilish kabi bajarish mumkin.
Aktiv qarshilikni ommetr bilan aniqlash, qarshilikni aniqlashning eng oson usuli hisoblanadi. Bunda qarshilikni ommetr bilan o‘lchab, so‘rovnoma ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Agar tekshirilayotgan chulg‘amning qarshiligi me’yordan ancha kichik yoki nolga yaqin bo‘lsa, tarmoqlararo qisqa tutashuv borligidan darak beradi. Chulg‘am qarshiligi uncha katta bo‘lmasa, ommetrning o‘lchash aniqligi etarli bo‘lmaydi.
Tok o‘tkazuvchi qismning qarshiligi solishtirish usulida voltmetr bilan aniqlanishi mumkin. Buning uchun voltmetrga ketma-ket sxemada ko‘rsatilgandek qiymati ma’lum bo‘lgan nazorat qarshiligi ulanadi.
Tok o‘tganda voltmetr bilan tok o‘tkazuvchi qism qismalaridagi va qarshiliklardagi kuchlanishning pasayishi o‘lchanadi, chunki kuchlanishning pasayishi qarshilikka propor-sional o‘zgaradi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish