Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti


II BOB. ILK O‘RTA ASRLARGA OID XITOY MANBALARIDA TURKIY XALQLAR IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI



Download 100,32 Kb.
bet7/9
Sana31.12.2021
Hajmi100,32 Kb.
#251227
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Жама

II BOB. ILK O‘RTA ASRLARGA OID XITOY MANBALARIDA TURKIY XALQLAR IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI

II.1. Ilk o‘rta asrlarga oid xitoy budda rohiblari turkiy xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid ma’lumotlar

Mil. III asrdan boshlab Qadimgi Xitoy Xan imperiyasi davrida qoʻlga kiritgan mavqeini yoʻqotib, zaiflashadi. Mamlakatning parchalanishi natijasida yuzaga kelgan mayda xonliklar orasidagi kurashlar uzluksiz davom etadi. Jamiyatda yangi gʻoya va yangi mafkuraga boʻlgan ehtiyoj kuchayadi. Yuzaga kelgan vaziyatda budda dinining jamiyatga koʻrsatayotgan taʼsiri kuchayadi. Shu bois III asr davomida Xitoyda buddizm yana xam chuqur ildiz otib rivojlangan boʻlsa, IV asrda yuksak darajaga yetadi. Tan davlati tashkil topgandan keyin Xitoyda budda dinining mavqei yana ham oshgan. Shu bois Chanʼanda ushbu dinga oid asarlarni oʻzga tillardan xitoy tiliga tarjima qilish, oʻqitish va bu dinni targʻib qilish ishlari keng qanot yoyib ketgan edi. 730-yilda Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlaridan Xitoyga olib kelingan budda diniga oid asarlarni xitoy tiliga tarjima qilish bilan shugʻullanuvchilar soni 176 kishiga yetgan. Xitoydan Sharqiy Turkiston, Gʻarbiy Turkiston va Hindistondagi budda dini markazlariga borib keluvchi xitoylar soni ham oshgan. U yerlardan Xitoyga keluvchi buddaviylar ham koʻpaygan. Chanʼan shahri va uning atrofida budda markazlari va ibodatxonalarining, xorijlik buddaviylarning soni koʻpaydi Mamlakatda ushbu dinning falsafiy va amaliy qonun - qoidalarini chuqur bilish zarurati tugʻiladi. Ammo xitoy tiliga tarjima qilingan asarlar son, saviya va sifat jihatidan oʻsib borayotgan talabga toʻla javob bera olmaydi. Bunga amin boʻlgan ayrim yetuk buddaviy rohiblar yuzaga kelgan kamchiliklardan qutilishning yagona yoʻli faqat Budda vatani Hindistonga borib taʼlim olish, birlamchi diniy asarlar tilini oʻrganib, ularni xitoy tiliga mukammal tarjima qilishdan iboratdir deb biladilar. Yoʻl azobini yaxshi anglagan holda ular ushbu ogʻir vazifani bajarishga xayotlarini bagʻishlaydilar. Markaziy Osiyoga, ayniqsa Sharkiy Turkistonga islom dini tarqalgunga qadar ming yilga yaqin davr davomida bir qancha xitoylik yirik buddaviy rohiblarning Buyuk ipak yoʻli orqali Hindistonga borganliklari maʼlum. Ammo hozirgi davrgacha ulardan faqat ayrimlariga oid maʼlumotlar saqlanib qolgan, xolos. Shu bois mazkur yoʻlning Xitoy - Pomir - Hindiston yoʻnalishi boʻyicha yurgan quyidagi buddaviy rohiblarning ismlarini tilga olib oʻtish mumkin.

“Datang shiyuy ji” («Buyuk Tang davridagi g‘arbiy mamlakatlar xotiralari») Shyuan Zang (玄奘), rus adabiyotida Syuan Zang, familiyasi Chen, ismi Yi (ismini Vey deb oʻqiladigan iyeroglif bilan yozilish hollari ham uchrab turadi), xalq orasida Tangsing (Tang davridagi «rohib» maʼnosini anglatadi) deb ham tanilgan. 600-yilda (baʼzi manbalarda 602-yil deb koʻrsatilgan) Xenan oʻlkasining Yanshi viloyatida nohiya darajasidagi amaldor oilasida tugʻilgan. 627-yilda u Changʼanga kelib yashaydi. Shunda Shyuan Zang bu yerda istiqomat qilayotgan hindistonlik budda dining olimi Poʻmidoʻlo bilan tanishib qoladi. Uning taʼsirida Shyuan Zang Hindistonga borishga astoydil bel bogʻlaydi. Ammo u Tang sulolasidan xorijiy mamlakatlarga borish uchun ruxsat ololmay, maxfiy ravishda safarga otlanadi. Uning safari Xoshi yoʻlagi, Ivergʻul (hozirgi Qumul, xitoycha Ivu, Xami) shahri, Turfon. Qorashar, Kuchar, Oqsu, Muzrat dovoni, Issiqkoʻl boʻyi, Suye 15 shaxri, Toshkent, Samarqand, Buxoro, A fgʻonistonning shimoliy viloyati, Hindikush togʻlari orqali Hindistongacha davom etgan. Bu yoʻlni u bir yilda bosib oʻtgan. Shyuan Zang Hindistonda 17 yilga yaqin yashab, vataniga qaytgan va 645-yilda Changʼanga koʻp noyob kitoblarni olib kelgan. 646-yilda u mazkur safarnomasini yozib boʻlib, shu yilning oʻzida Tang sulolasi imperatori Li Shimingning qabulida boʻlganida unga taqdim qilgan. Shunda asar «Datang Shyuyji» (大唐西域记) deb nomlangan. Vataniga qaytish yoʻlida Shyuan Zang Hindikush togʻlaridan oʻtib, Pomir, Toshqoʻrgʻon, Qashqar, Yangihisor (Yangisar), Qorgʻalik, Xoʻtan, Charqlik, Niya, Pshamshan, Yangtuan, Lanchjou kabi joylar orqali safar qilgan 14 Changʼandan Hindistonga ketayotganda Shyuan Zang maxfiy ravishda yoʻlga chiqishga majbur boʻlgan boʻlsa, qaytib kelganida u katta hurmat va izzat bilan kutib olingan.

Shuningdek ushbu manbadan qilingan tarjimada: «shu joy (Toshkent) dan janubi - sharq sari ming li (576 km) dan ziyodroq yurilsa, Payxan (Parkona) - davlatiga boriladi. Uning toʻrt tomoni togʻ bilan oʻralgan. Yerlari serhosil, dehqonchilik ishlari rivojlangan, gullar va mevalar koʻp, (tabiiy sharoiti) qoʻy va ot boqishga qulay, shamol va sovuq boʻlib turadi, odamlari qattiq irodali, xalqining tili atrofdagi davlatlardan farq qiladi, odamlarining tashqi koʻrinishi charchagan kishidek, bir necha oʻn yildan beri bosh hukmdori yoʻq, qavm boshliqlari oʻz xolicha maʼlum bir joyni nazorat qiladi, oʻzaro urishishmaydi, xavfga duch kelganda, kelishib ish tutadi»33.

«Vang‘u Tyanchju-guo chjuan» («Hindistondagi 5 ta davlatga qilingan safar haqida bayon») «Vangʼu Tyanchju - guo chjuan» (往五天竺国传) koreyalik budda dini rohibi Xueychao (慧超) qalamiga mansub asar boʻlib, u VIII asrning oʻrtalarida yozilgan. Unda rohib ning Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Sharqiy Tur kistondagi Kuchar mamlakatlariga borib, koʻrgan - bilganlari bayon etilgan. Uning Kucharga kelgan vaqti 727-yilga toʻgʻri keladi. Xueychas Xitoyga yoshligida kelgan va u yerdan dengiz yoʻli orqali Hindistonga borgan. Asar uzoq davr davomida yoʻqolgan deb hisoblangan edi. Ammo 1908-yilda Dunxuangdagi «Ming uy» (Mogaoku) nomli budda ibodatxonasining berkitib tashlangan bitta hujrasi ochilganda topilgan bir necha ming hujjat orasida shu asar ham borligi aniqlangan. U tut daraxti poʻstlogidan tayyorlangan qogʻozga yozilgan va daftar shaklida tikilgan, ammo boshi va oxirgi varaqlari boʻlmagan. Asarning nomi keyinchalik olimlar tomonidan aniqlangan. Ablat Xo‘jayev ushbu kitobdan tarjima keltiradi: «Kangkiya davlatidan sharqqa karab yurib, Fargʻona davlati (Baxena - guo 跋贺那国) ga yetib keldik. (Bu mamlakatda) ikkita hukmdor (vang-王) bor ekan, ularni oʻrtadan oqib oʻtadigan Fucha deb ataladigan katta daryo ajratib turadi. Daryoning janubidagi xukmdor arablarga (dayshi, dashi), uning shimolidagi xukmdor turklarga (tujyuz, qadim. oʻq. tuyetkiuat) itoat qiladi. Bu mamlakatda tuya, qoʻy, ot boqilar, turli matolar (diebu 登布) paxtadan ishlab chiqarilar, teri va paxta matolaridan tikilgan kiyim - kechaklar, tandir noni koʻp isteʼmol qilinar ekan. Tili va soʻzlashish ohangi boshqa davlat xalqlarinikidan farq qilar, (mahalliy aholi) budda dinini bilmas, ularda budda ibodatxonalari va budda rohiblari yoʻq ekan.

Fargʻona (Baxena) ning sharqiy tomonida bir davlat boʻlib, u Guduo - guo (Guduoguo 骨咄国) deb nomlanar ekan Ushbu davlat hukmdori etnik jihatdan turklardan, mahalliy fuqarolar esa yarim gʻuz, yarim turk (ban - bu ban - tujue 半胡半突厥) ekan. (Uning) zaminida tuya, eshak, qoʻy, ot, qora mol, xachir boqilar, uzum yetishtirilar, jundan toʻqilgan turli gilamlar ishlab chiqarilar ekan. Paxtadan toʻqilgan matodan va teridan kiyim tikib kiyishar ekan. Tili va soʻzlashish ohangi yarim toʻxarcha, yarim turkcha, yarim mahalliy shevada ekan (ban tubvoluo, ban - tujue, ban - dangtu 半吐火羅,半突厥,半当土). Hukmdor va uning itoatidagi fuqarolar budda diniga eʼtiqod qilishar ekan. Ularda budda ibodatxonalari bor ekan, odamlar oz boʻlsa ham, ibodat qilishar kan. Mazkur davlat arabl nazoratida ekan. Chet elliklar uni rasmiy davlat deb tanishsa ham, lekin uning zamini Xan mamlakatining bir katta viloyatiga teng ekan. Bu davlatdagi erkaklar soch - soqollarini oldirib, ayollari esa sochlarini oʻstirib yurishar ekan. Mazkur Gʻuzlar davlatidan (Huguo 胡国) shimol sari yurilsa, Shimoliy dengizga (Beihai 北海), gʻarbga qarab yurilsa, Gʻarbiy dengizga (Shihai 西海), sharqqa yurilsa, Xan davlatiga (Han - guo 汉国) borish mumkin. (Guduo) davlatining shimoliy tomonidagi barcha joylarda turklar yashar ekan. Ushbu turklar budda dinini bilishmas va ularda budda ibodatxonalari hamda rohiblari yoʻq ekan. Odamlar teridan, jundan va paxtadan yupqa toʻqilgan matolardan tikilgan kiyim kiyishar, hayvonlar goʻshtini yeyishar ekan. (Bu davlatda) devorlar bilan oʻralgan qalʼalar yo‘q, fuqarolar kigizdan qilingan uylarda yashashar, oʻt - oʻlan ketidan koʻchib yurishar, safarda uylarini yigʻib, oʻzlari bilan olib yurishar ekan. Erkaklar soch - soqol koʻymas, ayollar sochlarini boshi ustiga tugib yurishni odat qilishgan. Tili va soʻzlashish ohangi atrofdagi qoʻshni davlatda yashaydi ganlardan farq qilar ekan. Bu davlatda yashaydiganlar hiylani bilmaydi, yaxshilik bilan yomonlikni ajrata olmaydi. Ushbu davlat zamini tuya, eshak, ot, koʻy boqishga qulay ekan»34.



«Du xuan jingshing ji» («Du Xuanning borgan joylari xotirasi»). Ushbu asarning muallifi Du Xuan (社环) ning tugʻilgan va oʻlgan vaqti maʼlum emas. Ammo asarni Tang sulolasiga mansub tajovuzkor siyosatning mahsuloti, deyish mumkin. Binobarin, mazkur sulola kuchayishi bilan Buyuk ipak yoʻlini nazorat qilish huquqini oʻz qoʻliga olishga va taʼsir doirasini kengaytirishga harakat qilgan. Natijada Tang davlati Turk xoqonligi bilan toʻqnashib qolgan. Uzoq davom etgan kurashlar ichki ziddiyatlarni kuchaytirishga olib kelibgina qolmasdan, balki Turk xoqonligining ikki davlatga boʻlinib ketishi va oxirida yoʻqolib ketishiga sabab boʻlgan. VIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda bir tomondan Tibetning, ikkinchi tomondan arablarning taʼsiri kuchaya boshladi. 747-yilda bu taʼsirning oldini olish maqsadida Tang sulolasi garb tomonga harbiy yurish qildi. Bu jarayonda xitoy qoʻshini Toshkentga ham bostirib kelib, Choch davlatining mol - mulkini talon - toroj qildi va mahalliy hukmdorni oʻz poytaxti Changʼanga yubordi, u yerda hukmdor qatl etildi. Toshkent hukmdorining oʻgʻli arablardan madad soʻradi. Natijada etnik kelib chiqishi karis boʻlgan Gao Shanfa koʻmondonligidagi xitoy qoʻshinlari arab qoʻshinlari bilan toʻqnashdi. Talas daryosi boʻyida yuz bergan katta toʻqnashuvda 50 ming xitoy lashkarlari qurbon boʻldi, 20 ming kishi asirga tushdi i Mana shu asirlar qatorida kichik zobit Du Xuan ham boʻlgan. U 12 yil davomida Turkistonning turli joylarida va arab mamlakatlarida boʻlgan. 1762-763-yillarda ozod boʻlib, dengiz yoʻli orqali Xitoyning janubiy port shahri Guanchjouga qaytgan va shu yerda koʻrganlarini yozib chiqqan. Shuning uchun Du Xuanning safarnomasi 763-765-yillarda yozilgan, deb hisoblanadi. Asar avvaliga «Jingshing ji» (经行记 – «Borgan va yurgan joylar xotirasi») deb nomlagan. Keyingi davr tarixchilari uning oldiga muallifning familiyasi va ismini qoʻshib, «Du Xuan jingshing ji» deb atashgan. Ushbu asarning saqlanib qolgan qismi Yang Jyanshin rahbarligidagi bir guruh xitoy olimlari tomonidan tayyorlangan va 1987-yilda Ningshya viloyatidagi Yingchuan shahrida nashr etilgan «Gu shishing ji» (Qadimgi gʻarbiy safarlar xotiralari) nomli toʻplamga kiritilgan. Tarjima qilingan Fargʻonaga oid maʼlumot ana shu toʻplamdan olindi. U qisqa boʻlishiga qaramay, qiziqarli va ahamiyatlidir. Ushbu manbadagi tarjimada: «Fargʻona davlati (Buoxanna - guo 拔汗那国). Taraz (Danluosi) ning janubida ming li (576 km) narida joylashgan. Sharq tomonini togʻ toʻsib turadi, Qashqargacha (Shule / Sule 蔬勒) 2 ming li (1152 km) dan ziyod yuriladi. Gʻarb tomonga qarab Toshkent davlatigacha (Shi - guo 石国) ming li dan koʻproq yuriladi. (Fargʻona davlatida) bir necha oʻn shahar mavjud, bir necha oʻn ming kishidan iborat qoʻshini bor. Buyuk Tang (Datang 大唐) sulolasining Tyanbao davrining 10 - yili (751 y.) malika Xeyi (和义) shu davlatga kelin qilib yuborilgan. Davlatda beyluo (beyluo 波罗) daraxtzori bor, 325 daraxtzorning yonida toʻp maydoni (秘场) joylashgan, togʻ jilgʻalarida yovvoyi kalamushlar yuradi. Yerida uzum, chilonjiyda, shaftoli va nok yaxshi oʻsadi. Ushbu mamlakatdan Gʻarbiy dengiz (Shixay 西海 – Orol dengizi) ga borguncha aholi tuproqdan yasalgan uylarda yashaydi, qoʻy terisi va paxta matolardan qilingan kiyim kiyadi, erkak va ayollar etik kiyishadi, ayollar surma ishlatishmaydi, faqat oʻsma qoʻyishadi».35
II.2. Ilk o‘rta asrlarga oid xitoy solnomalarida turkiy xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid ma’lumotlar
Xitoy manbalaridagi juda koʻp maʼlumotlar hali ham oʻz tadqiqotchilari va tarjimonlarini kutmoqda. Oʻylay mizki, Turkiston xalqlarining, jumladan, oʻzbek xalqi ning etnogenezi, ularning oʻzaro munosabatlari, ayniq sa Turkiston bilan Xitoy oʻrtasidagi qadimgi aloqalar, Xitoy davlatining ushbu aloqalarga koʻrsatgan taʼsiri kabi masalalarni xitoy manbalarisiz yechish mumkin emas.

Jumladan miloddan avval VII asrda yozilgan «Zuo jyuan» («Zuo haqida qissa») da koʻrsatilishicha, bundan 2,5-3 ming yil muqaddam xitoylar (qadimda sya, shiya deb atalgan) Xuangxe daryosining oʻrta va past qismi qirgʻoqlarida va ushbu daryoning janubiy tomonlaridagi viloyatlarda yasha gan. Bunda xitoylarning shimoliy va gʻarbiy tomonida yashagan xalqlar «xu», «xulu», «xude», «rung», «rungdi», «sirung», «shanrung», «chyuanrang», «dingling», «di» «dili», deb atalgan». Ushbu atamalar xitoy manbalarida uchraydigan turkiy xalqlarga oid eng qadimiy atamalar hisoblanadi. «Xu» xoʻr atamasining xitoycha talaffuzidir. Binobarin, xitoy tilida undosh tovush «r» ni talaffuz qilish qiyinligi tufayli xitoylar xoʻr atamasini «xu» va «lu» kabi ikki iyeroglif bilan yoki qisqacha «xu» iyeroglifi bilan transkripsiya qilishgan. Keyingi davrda xularning sharqiy qismi dungxu deb atalgan boʻlib, u rus talaffuzi orqali bizning hozirgi zamon tilimizga tungus atamasi bilan oʻtgan. Xularning gʻarbiy qismi esa «rung» va «di» kabi ikki qismga boʻlinib, bular ham oʻz navbatida bir necha qismlarga boʻlingan. Masalan, dilar «chidi» (qizil di), «jong di» («katta yoki baland boʻyli di»), «bay di» («oq di») larga ajralgan boʻlsa, runglar «shi rung» («gʻar biy rung»), «shan rung» («togʻli rung») va «ling rung» («Oʻrmonli rung») kabi qismlarga boʻlingan36.

Xitoy olimlari bir ovozdan «xu» atamasi qadimda xitoylarning shimoliy va gʻarbiy tomonida yashagan barcha xalqlarning umumiy nomi ekanligini eʼtirof etadilar. Manbalarni oʻrganish jarayonida ushbu fikrning toʻgʻri ekanligiga amin boʻldik. Shu bois xitoy manbala rida ayrim hollarda hunlarni ham «xu», deb atashgan. Zero, hunlar ham «xular» tarkibiga kirgan qabilalar ittifoqidan iborat edi. Ammo xitoy manbalaridagi «syunnu» atamasini «xu» atamasiga tenglashtirib boʻlmaydi. Zotan «syunnu» atamasining maʼno doirasi «xu» dan ancha tor hisoblanadi. «Xu» qadimgi xitoylarning gʻarbiy va shimoliy hududlaridagi xalqlarni, jumladan turkiylarni aytish mumkin, ammo «syunnu» soʻzi bular ning hammasini maʼnosini ifodalamaydi.

Ayrim tarjimonlar mazkur ikki atamani farq qilmaganlar. Xitoy manbalarida «rung» atamasi bundan 2,5-3 ming yil muqaddam xitoylarning shimoliy va gʻarbiy tomonida yashagan xalqlarning umumiy nomi sifatida ishlatiladi. Shu bilan birga oʻsha davrga oid toshlarga va suyaklarga yozilgan bitiklarda uchraydi. «Sirung» atamasi «rung» atamasining sinonimi tariqasida ham ishlatiladi. Ana shu davrlarda «rung» lar nihoyatda faol boʻlib, yana bir qator qismlarga boʻlingan. «Syunrung», «chyun rung» kabilar shular jumlasidandir.

«Di» atamasi ham miloddan avvalgi VIII—V asrlarda Xitoyning shimoliy va gʻarbiy tomonida yashagan xalq larning umumiy nomi sifatida ishlatilgan boʻlib, ular nihoyatda koʻp qabilalardan iboratligi zikr etilgan. Ayni zamonda bitilgan yodgorliklarda «chidi» uning sinonimi sifatida ham ishlatilgan. Bularning janubiy qismi «dingling» deb atalgan. Milodiy IV asrdan boshlab «di» lar «tele» (hozirgi xitoy tili talaffuzida tele, teley) deb atalgan37.

«Di» atamasi «dili» ning qisqartirilgan shakli hisoblanadi. «Chile», «tele» esa «dili» ning oʻzgargan shakllaridir. «Di» atamasining «tele» ga aylanish ja rayoni shundan iborat boʻlganki, qadimgi zamon xitoy tilida «t» va «d» tovushlarining almashib qolishi, undosh tovushlarni talaffuz etish qiyin boʻlganligi tufayli ularni tushurib qoldirish yoki ularga unli to vushlar qoʻshib aytilishi natijasida atamalar sezilar li darajada oʻzgargan. Qadimda xitoylar «dingling» atamasini «tengling» deb talaffuz etishi, keyinroq ular ushbu atamadagi «ng» tovushini tushirib qoldirib, uni «tele» deb talaffuz qilishi shuning misolidir. Baʼzi xitoylar mazkur atamalardagi «t» bilan «ch» tovushini almashtirib talaffuz qilganligi tufayli ayrim asar larda mazkur atama «chele» yoki «chile» ga aylangan. «Dingling» atamasining «tele» ga oʻzgarishi orasida bir necha asr vaqt oʻtgan. Maʼlumki, shu davr davomida qadimgi Xitoyning shimoliy va gʻarbiy tomoni hunlar imperiyasi taʼsiri ostiga oʻtgan edi. Ayni shu zamonda xitoy manbalarida dinglinglar tilga olinmay qoladi. Binobarin, «shyunnu» (hun) atamasi mazkur imperiya fuqarosi boʻlgan barcha xalqlarning umumiy nomiga ayangan edi. Hun imperiyasi yemirilgandan soʻng dinglinglar yana tilga olina boshlandi. Lekin ularning nomi yuqorida aytganimizdek «tele» deb talaffuz etildi. Qadimiy Xitoy manbalarida «tele» bitta qabilaning nomi emas, balki VI asrgacha boʻlgan barcha turkiy qabilalarning umumiy nomi sifatida ishlatildi38.

Telelarning tarkibi masalasiga doir xitoy manbala rida N.Ya. Bichurin tarjimasida aks ettirilmagan qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur maʼlumotlar yuqorida qayd etilgan 24 ta tarixiy asardan biri «Shimoliy sulola tarixi» ning 99 - bobida va «Suy sulolasi tarixi» ning 84 - bobida uchraydi. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, «tele» tarkibiga kirgan qabilalar hunlar xoqonligi (miloddan avvalgi 270 — milodiy 118) yemirilganidan keyin Buyuk Xitoy devorining shimoliy tomonidagi hududlar va uning gʻarbiy tomonidagi Xesi koridoridan boshlab Oʻrta yer va Qora dengiz qirgʻoqlarigacha boʻlgan ulkan za minda tarqoq holda joylashgan. Ular (manbada koʻrsatil gan tartibda) quyidagi 44 qabiladan iborat.

Tugu (bugʻu, buku, buqu), tunglo (tungro), veyxe (uygʻur, uyxoʻr), boyegu (boyirqu, boyirgʻu), fufulo (fu, fulo deb ham yoziladi, boʻrkli), menchen (michin, munchin, mchin), turuxe (turogʻur, turoxoʻr), xun (hun), xose (xokursu) (sir), sije (izgil), chibi (chibni, chevik, jabirqo), bolo boʻri, boʻrji), jiide (jida, oziy), supo yoki subo (sigʻnoq), naxe (nak, noq, baʼzilar supu bilan noxeni qoʻshib sigʻyonoq deb ataydilar), uxu yoki ugu (Oʻgʻuz), xery (qirgʻiz), yede (ir tish), yuynixu (unigur, uryangxay), sheyanto (sirtordush, sirtodush), deleer (dler, jaruq), shiban yoki shipan (za bander, zabinder), dachi (Turgesh), xede yoki ode (odiz), xeje (xozor), boxu (bulgʻor, bulgor), beygan (pecheneg, ba chaneg), jyuyxay (toʻgʻoy, toʻrgʻoy, qoʻgʻoy), Xebeysi (abusi, qipchoq, bosmil), xeso (boʻrtos), subo (svor, sibir), yemo (yemak, yemok), kedo (got, goch), suluje (sarougur, sarigʻur), sansuyan (saksin, soqsin), mezu, meczu (mokshos, mokshoʻs), soxu (cherkes), enchyuy, enjyuy (ongor, ongʻor), jyulifu (qut rigʻur, qutrigur), olan, alan (olan, oyrun), beyru (bosh qird), voxun (ovorhun, ovor - hun), dubo (tuvo, tubo)39.

Bulardan sirtordush qabilasi 1 ta guruhga boʻlinib, sharqda Baykal koʻli, Mongoliya hududidagi Turo (Tulo) daryosi atrofidan va Sharqiy Turkiston hududidagi Kumul (Iverkul, qadimgi xitoy tilida Ivu, hozir Xami) viloya tidan boshlab, gʻarbda oʻsha zamondagi Rim davlati chegara sigacha boʻlgan ulkan zaminda yashaganligi koʻrsatilgan. Masalan, pugu, tunglo, veyxe, bayegu, fufulo (fu), men chin, Turuxe, xun, xoʻse, sije kabi 10 ta qabila bir guruh boʻlib Turo daryosi atrofida hayot kechirganlar. Ularning ixtiyorida 20 ming kishilik qoʻshin bor edi.

Chibi, bolo, jiyde, supo, naxe, uxu (ugu), xegu, yede, yuynixu kabi 9 ta qabila ikkinchi bir guruh boʻlib, Shar qiy Turkistonning shimoliy hududida, aniqrogʻi Kumul viloyati gʻarbida va Korashar daryosi shimoliga tarqalgan boʻlib, ularning ham 20 ming kishidan iborat qoʻshini boʻlgan.

Seyanto, deleer, shipan, dachi kabi uchunchi guruhdan iborat 4 ta qabila Oltoyning janubi - gʻarbiy tomonla rida istiqomat qilishgan. Ularning qoʻshini 10 ming kishini tashkil etgan.

Toʻrtinchi bir guruh teleler ade, xeje, boxu, beygan, Jyuyxay, Xebeysi, Xeso, suba, yemo, keda kabi 10 ta qabilani biriktirgan boʻlib, Samarqandning shimolini va Sirdaryoning yuqori qismi atrofida yashagan. Ularning askarlari 30 ming kishidan ortiq edi.

Beshinchi bir guruh telelar suluje, sansuyan, mesu, saxu kabi 4 ta qabiladan iborat boʻlib, Kaspiy dengizining (Deyixay) sharqiy va gʻarbiy tomonlarida yashagan. Ular ixtiyorida 8 ming kishilik qoʻshin boʻlgan.

Oltinchi bir guruh telelar ensyuy, alan, beyru, jyu lifu, vahun kabi 5 ta qabilani qoʻshgan, ular Rum davla tining sharqiy tomonida yashagan. Ularda qoʻshin soni 20 mingta edi.

Yettinchi guruh telelar tarkibida birgina tubo (dupo) qabilasi boʻlib, u sharqda Baykal koʻli atrofida yashagan. Bular ixtiyoridagi qoʻshin soni koʻrsatilmagan.

Mazkur maʼlumotlar bir tomondan tele qabilalari ning tarkibini va yashagan joylarini koʻrsatsa, ikkin chi tomondan ularning umumiy soni haqida ham tushuncha beradi. Binobarin, ushbular asosida xulosa qilsak, maʼlumotga koʻra, tele qabilalarining ixtiyorida jami 108 ming kishilik qoʻshin boʻlganligi aniq. Agar biz oʻrtacha 5 kishidan iborat har bir oiladan bir kishi harbiy xizmatga jalb qilingan, deb hisoblaganimizda telelarning jami soni 600 ming kishidan ortiq boʻlib chiqadi.

Xitoy manbalarida gʻarbda yashagan tele qabilalari haqida maʼlumotlar kam, ammo sharqiy telelarga oid xabarlar koʻp uchraydi. Masalan, mazkur manbalarda hunlar davlati barpo boʻlganidan keyingi bir necha asr davomi da tele qabilalarining tarkibi va turgan joylari mun tazam boʻlmaganligi qayd etilgan. Bunga misol tariqasida Xitoy manbalaridan quyidagi maʼlumotlarni kelti rish mumkin. «Tang sulolasi koʻhna tarixi» ning 195 - bobida Yandi (Daye) xoqon taxtga oʻtirgan yili, yaʼni 605-yilda buku, tungro, uygʻur, bayirgʻu va fufulo (fulo) kabi 5 ta turo qabilalari birlashib, bir ittifoq tuzganligi, ularning umumiy soni 100 ming kishidan iborat boʻlganligi va sharqiy turk xoqoni Chuluga (619—621) qarshi kurashish uchun 50 ming kishidan iborat qoʻshin tuzganligi koʻrsatilgan40. Mazkur manbaning 199 - bobida turk qabilasiga man sub Chulu xoqon kuchayganda (619—621) sirtordush qabila si ham kuchayadi, lekin u 648-yili birlashgan buku, tung ro, uygʻur, bayirgʻu qabilalari bilan boʻlgan oʻzaro kurashda magʻlubiyatga uchrab, tarqalib ketganligi aytiladi41. 95 - bobda esa sirtordush qabilasining qudrati ort gach, xitoy davlati tashvishga tushganligi va uygʻur, buku, tungro, izgil (sije) adiz kabi 5 ta turo qabilasini unga qarshi urushtirganligi, natijada mazkur qabila magʻlu biyatga uchrab, gʻoliblarga itoat qilganligi, soʻng ularga qoʻshilib ketganligi koʻrsatilgan. Ushbu manbaning 217 - bobida uygʻur, buku, sirtordush, chibni, tuva, kuvurqon, telangʻut, bayirgʻu, tungro, hun, izgil, xoʻgʻursu, chigil, adiz, barsak (baysi) kabi 15 ta qabila bir ittifoq boʻlganligi aks ettirilgan42. Tang sulolasi koʻhna tarixi 199 - bobining ikkinchi qismida mazkur qabila qumlikning shimoliga, yaʼni Mongoliya hududiga koʻchib ketganligi aytilgan.

Turk xoqonligi tashkil topganidan keyin tele qabilalarining birlashish jarayoni boshlandi. Ammo mazkur jarayon natijasida tele atamasi asta sekin muomaladan chiqib, uning oʻrniga tukuvat (hozirgi talaffuzda tujyue), yaʼni turk atamasi ishlatila boshlaydi. Yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, V - VI asrlarda «turk» atamasi telelar tarkibidagi bir qabilaning nomi sifatida maydonga kelgan. VII asrdan boshlab u tele qabilalarining umumiy nomiga aylandi. Masalan, «Tang su lolasi koʻhna tarixi» ning 199 - bobida gʻarbiy turk xoqoni Chulu kuchayganidan keyin barcha tele qabilalari unga itoat qilib, oʻzlarini ham turk deb atay boshlashdi, deb yozilganligini uchratamiz43.



44«Shimoliy sulola tarixi» da esa telelar chavandozlikda va kamon otishda mohir boʻlganligi tufayli, turk xoqon ligini tashkil etishda katta xizmat koʻrsatgan, urushlar da asosiy yukni oʻz zimmasiga olgan, deb zikr etilgan. Turk xoqonligi davrida telelar umumiy holda turk deb atala boshlanganligi haqida xitoy lugʻatlarida, ensiklopediyada45 va tarixiy adabiyotlarda ham koʻrsatil gan. Masalan, Sixayda 3 turk qadimiy telelarning ik kinchi nomi hisoblanadi, deb yozilgan. Mazkur lugʻatning ikkinchi bir joyida 4 koʻrsatilishicha, turk atamasi qadimgi xalq nomi boʻlib, u keng va tor maʼnoda ishla tilgan. Keng maʼnoda ushbu atama turk qabilasi bilan barcha tele qabilalarining umumiy nomi hisoblangan. Turk qabilasi oltinchi asrda Oltoy togʻlarida yashagan boʻlib, unga Ashina yetakchilik qilgan. Keyinchalik, turk lar egallagan hudud kengayib ketgan. Shunda ularning hududi sharqda Lyaoxay dengizi qirgʻoqlarigacha boʻlgan joylarni, gʻarbda Shixay, yaʼni hozirgi Kaspiy dengizi atrofidagi joylargacha, janubda Amudaryo qirgʻoqlari dan, shimolda Baykal koʻli atrofigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan.

Xitoy tarixchisi Lyu Simyan oʻzining «Xitoy xalqlari tarixi» nomli asarida turk qabilasi telelarning bir qismini tashkil etgan boʻlib, ushbu qabila kuchay ganda uning vakillari boʻlgan Tumanxon, Muqanxon kabi lar xonlik taxtini egallashgan boʻlsa - da, ularga itoat qilgan fuqarolar tele qabilalaridan tashkil topgan, deb yozadi46.

Toʻqqiz oʻgʻuz tarkibiga kirgan qorluqlar ham bir qabilaning nomi emas, balki qabilalar ittifoqining nomi ekanligi haqidagi maʼlumotlarni xitoy manbalaridan topishimiz mumkin. Masalan, «Tang sulolasi yangi ta rixi» ning 217 - bobi 2 - qismida qorluq (gelulu), mulu yoki mula (buyla), jisi (Turgʻun Olmosning koʻrsatishicha, sobek deb atalgan) va toshi (toli) kabi 3 ta qabiladan iborat boʻlganligi koʻrsatiladi. Shu bilan birga qor luqlar turk qabilalari ekanliklari aytiladi. 742-756-yillarda ular uygʻur deb nomlangan qabilalar ittifoqi bilan birga Yettisuv zaminini egallagan. Qoraxoniylar davlatini tashkil qilishda ular oʻz ittifoqdoshligini saqlab qolgan. Keyinchalik qorluqlarga mansub bir xon qizi Chingizxonning hotini boʻlgan. Xitoy manbalarida toʻqqiz oʻgʻuz qabilalari «jyushin Tele» deb ham atalganligini uchratish mumkin. Chunonchi, «Tang sulolasi koʻhna tarixi» ning 199 - bobi 2 - qismida «9 ismli telening 20 ming chavandozi Tangritogʻga yetib keldi» deb koʻrsatilgan. Xitoy manbalarida koʻrsatilishicha, telening sharqiy qismi «gavche» deb ham atalgan. Ushbu atama esa qadimiy turk tilidagi qongqolik yoki qisqacha qangli soʻzining xitoycha tarjimasidan iboratdir. Bu yuqorida tilga olingan Xitoy va Yaponiya olimlarining tadqiqotlarida isbotlangan. «Vey sulolasi tarixi» ning 103 - bobida «gavche qadimgi chidilarning bir qismi boʻlib, u dastlab dili deb atalar edi. Shimolda ularni chile deb atashgan, shiyalar (xitoylar) govche dingling deyishar edi,... ular di, uygur, xoʻgʻursu, chibni, qirgʻiz va iltekin (ichijin) qabilalari dan iborat boʻlgan», deb yozilgan47. Bu yerdagi chidi qadimgi turolarning sharqiy qismi ekanligi va dili, chile, dingling kabi atamalar tele atamasining qadimgi xitoycha talaffuzi ekanligi nazarda tutilsa, govche sharqiy telelarga xitoylar tomonidan qoʻyilgan nom ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. «Gavche» qangli soʻzining xitoycha tarjimasi boʻlsa, mazkur nom bilan atalganlar oʻz tilida qanglilar deyilgan. Binobarin, xitoylar telelarning baland gʻildirakli aravadan keng foydalanganligini koʻrib, ularga «gavche» deb ot qoʻygan. Shundan maʼlumki, gavche etnonimi urf - odat asosida xitoylar orasida kelib chiqqan.

Sharqiy tele, yaʼni gavchelarning bir qismi 12 qabilani biriktirgan. Bular chifuli (chipuli), tulu (tur), ijan (iljon, ilxon), dalyan (tarlan), kuxe (qugʻa), dobu gan (tarboqon, davgon), olun (oyrun), moyun (muyen, bayen), sifen (irkin), fufulo (boʻrklik), chiyun (qiyun, kiyen, kiyu) va yushupi (yusib, yushib) lardan iboratdir. Ushbu qabilalar ichida faqatgina olun (oyrun) va fufulo (boʻrklik) ni yuqorida sanab oʻtilgan 44 ta tele qabilasi orasida uchratish mumkin.

«Vey sulolasi tarixi» ning 103 - bobida ushbu qabilalar gavchening bir qismi ekanligi koʻrsatilgan. Mazkur manbaning ushbu bobida zikr etilishicha, Tayxe xoqon taxtga oʻtirganiga 11 yil boʻlganda (227—233-yillari) jurjenlar orasida ichki ziddiyatlar kuchayib oʻzaro kurashlar boshlandi. Ular taʼsiri ostidagi turkiy qabilalar har yoqqa keta boshladi. Fufulo qabilasining sardori Afuchjilo jiyani Chyunchi bilan birga 100 mingdan ortiq gavche ahli bilan gʻarb tomonga koʻchib borib, oʻz davlatini tashkil etadi. Oʻzini Qud - bilik (Tangri farzandi) xon deb eʼlon qildi48.

Shunga qaraganda, gavche nomi bilan atalgan turkiy qabilalar katta nufuzga ega boʻlgan. Tang sulolasining har ikkala tarixida va «Tungdyan» («Umumiy tarix») nomli asarda sharqiy tele tarkibida baysi (baysar), jyuy, yuy, damo qabilalari ham mavjudligi koʻrsatilgan. Bular turkiy qabilalar soni tobora koʻpayib yuqorida koʻrsatilganlar bilan cheklanib qolma ganligidan dalolat beradi. 44 tele qabilalari bilan gavche, uygur, sharqiy tele qavmlarining barchasini qoʻshib hisoblaganda, turkiy xalqlar tarkibida 58 qabila boʻlganligi maʼlum boʻladi. Uygʻur xoqonligi davrida shulardan 22 tasi uygʻur deb nomlangan ittifoq doirasiga kirgan. Mazkur xonlik yemirilgandan (845—846) soʻng ular har tomonga, jumla dan Turkistonga va Sharqiy Turkiston hududlariga joy lashib, bu yerlardagi qarindosh qavmlar bilan qoʻshilib ketishadi. Bularning koʻpchiligi oʻzlarini uygʻur deb atashgan49.

Yuqoridagilardan maʼlumki, miloddan oldingi ming yillikda Xitoy atrofida yashagan turkiy xalqlarning umumiy nomi xoʻr, di, dili, dingling, hun boʻlgan boʻlsa, milodiy II — VI asrlar davomida tele (chile, tele), V asr dan boshlab turk (tukivat, tukyu, tujyue) deb atalgan. Toʻqqiz tele, toʻqqiz oʻgʻuz, toʻqqiz uygʻur kabi atamalar bu lar doirasida shakllangan qabilalar guruhlarining umu miy nomlari. Ularni ayrim qabila yoki urugʻlar nomi bilan almashtirib qoʻyish mumkin emas.
“Suyshu” (“Suy sulolasi tarixi”) dagi turkiy qabilalarga oid ba’zi ma’lumotlar

50Deyixay (得疑海- Kaspiy dengizi) ning sharqiy va gʻarbiy tomonida sulujiye (蘇路堨 - sarougur, sarigʻur), sansuyan (三素咽 - saksin, soqsin), mietsu (應促 — mokshos, mokshoʻs), saxu (薩忽- cherkes) nomlanadiganlar yashaydi. Ular qoʻshinining soni 8 mingga yaqin.

Fulin (排杯 - Vizantiya, Rum davlati) ning sharqiy tomonida enchyuy (恩屈 - ongor, ong‘or), altan (阿蘭— olon, alan), beyru (北姆– boshqird), jyulifu (九離伏 – qutrigʻur, kutrigur), voxun (嘔昏 – ovorhun, ovor - hun) qabilalari istiqomat qiladi. Ularning 20 ming odami bor. Shimoliy dengiz (北海— Baykal) ning janubida dubuo (都波 — tuvo, tubuo) kabilar yashaydi. Bularning nomlari har xil boʻlsa ham, umumiy holda tiyetlek (tele) deb ataladi. Ularning yagona boshligʻi yoʻq, ammo hammasi Sharqiy va Gʻarbiy turk xoqonligi fuqarolari hisoblanadi. Devorlar bilan oʻralgan qalʼalari yoʻq. Oʻt - oʻlan va suv bor joylarni izlab, koʻchib yurishadi. Odamlari serjahl, ot ustida chopib ketayotib, kamon otishga mohir, yurishlar qilib, oʻlja olish hisobiga kun kechiradi. Gʻarb tomonda yashaydiganlari oʻsimlik va ekin ekish bilan shugʻullanadi. Ularda qora mol va koʻy koʻp, otlar kam boqiladi. Tukinat (tuszyue turk) davlati ularning kuchidan foydalanib, sharq va gʻarb tomonlarga yurish qildi hamda shimolni oʻz nazoratida ushladi.



51Kayxuang (開皇) davrining oxirida (600 - yil) Jin (晉/晋) sulolasi hukmdori Yang Guang shimolga yurish qildi va Chi min xoqonni oʻziga hamkor qilib, Bumen xoqonni (Bujia - kehan, Buka - kehan deb ham oʻqiladi 步迦可汗) yengdi. Shundan keyin tietlek (tele) qabilalari tarqalib ketdi. Daye (大業) davrining birinchi yilida (605 - yilda) tukuat (tuszyue) qabilasi hukmdori Choʻlu - xoqon (čhuluo - kehan 處羅可汗) tietlek (tele) qabilalariga hujum qilib, ularga ogʻir soliq belgiladi, mol - mulkini tortib oldi. Uning ustiga sirtordush (shyuyeyantuo) va boshqa qabilalardan gumonsirab, ularning bir necha yuz nafar sardorlarini yigʻib oʻldirdi. Bu voqeadan soʻng tietlek (tele) qabilalar Choʻlu - xoqonga qarshi isyon koʻtardi. Shundan keyin ular Iltabr Erkin Chuba - gʻolin (Silifa Sijin Qibigelen 俟利發侯厅契苾歌楞)ni Ivjin – bag‘a xoqon (Yiwuzhen Mohe - kehan 易勿真莫何可汗) etib tayinladilar va Tangrixon togʻida (Tanhan - shan 食汁山) yashadilar. Bundan tashqari sirtordush qabilasiga tegishli Erkinning oʻgʻli Idur (Yedie 也咥) ni kichik xoqon etib belgiladilar. Chuluk - xoqon magʻlub boʻlganidan keyin [ Ivjin ] -bagʻa xoqon kuchaydi. U hammadan jasur va shijoatli boʻlganligi tufayli fuqarolari orasida katta obroʻga ega boʻldi. Qoʻshni mamlakatlar undan choʻchiy boshladilar.

Ivergʻul (Ivu 伊吾) Turfan (Gaochang 高昌), Qarashar (Yanchi 馬哲) kabi xonliklar unga itoat qildi. Ular (tietlek / tele) ning urf - odatlari tuyetkirat (tujyuz) qabilasizga juda oʻxshashdir. Orasidagi farq shundaki, toʻydan keyin erlar xotinlarining uyida yashaydi, farzand koʻrgandan keyingina oʻz uyiga qaytadi. Oʻlganlarning jasadlarini yerga koʻmadi. Daye davrining 3 - yilida (607 - yilda) [ tietlek / tele ] elchi yuborib, sovgʻalar keltirishdi. Shundan keyin ulardan elchilar uzluksiz kelib turdi».

“Beyshi” (“Shimoliy sulolalar tarixi”)dagi turkiy qabilalarga oid ba’zi ma’lumotlar

52Tiyetlek (tele- 鐵勒) larning ajdodlari hun (shyungnu-匈奴) larning avlodidir. Ular nihoyatda ko'p qavmlardan iborat. Ular G'arbiy dengiz (Shixay-西海) sharqidagi barcha tog'lar oralig'ida va yaylovlarda yashaydilar. Duluo (獨洛– Tula) daryosining shimolida pugu (僕骨– bug'u, buku), tungluo (tongluo 同羅 - tungro), yuanxe (韋纥— uyg'ur) boyegu (拔野亡— boyirqu, boyirg'u), fubing (徵立— bo'rkli), sijin deb ham ataladi, mengchen (蒙陳– mchin, munchin, mchin), turuxe (吐如総 – turug'ur), sijie (斯結chije - izgil), xun (渾— hun), hushoe (創薛— xo'g'ursu) kabi nomlar bilan ataladiganlar yashaydi. Ularning qo'shinlari 20 mingga yaqin. Ivu (Yiwu 伊吾 - Ivergul, hozirgi Qumul) ning g'arbida va Yanchi (焉青 – Qorashar) ning shimolida Oqtog' (Baishan 白山- Tangritog') atrofida chibi (契弊 chibni, chevik, jabirko), buoluo (薄落— bo'ri, bo'rji), chjiidiye (zhiyidie 職之咥Jida, oziy), supuo (蘇婆 - sig', sib), naxe (那長 - nog', nak, nok), uxu (烏護 wuhu - O'g'uz), hegu (紇骨 - qirg'iz) ", yedie (也咥— irtish), yuynixu (於尼護 - unig'ur) deb ataladiganlar yashaydi. Ularning 20 mingga yaqin lashkarlari bor.

Jinshan (金山— Altuntog', Altoy) ning janubi g'arbiy tomonida shyueyantuo (sirtordush) deleer (唯勒兒— dler, jaruk), shipan (十槃 – zabander, zabinder), dachi (達契 - turgesh) kabilar istiqomat qiladi. Ularning lashkarlari 10 mingga yaqin.

Kangguo (康国 - Samarqand davlati) ning shimolida Ade (Adeshui-阿得水) daryosining atrofida hedie (詞咥odiz) ", hejie (– xozor). buoxu (撥忽 – bulg'or), beygan (比干 — pecheneg, bachaneg), jyuyhai(juhai具海tug'oy, to'rg'oy, qo'g'oy), xebeyshi (曷比悉 - abusi, kipchoq, bosmil), hetsuo (hecuo deb ham o'qiladi 何嵯 — bo'rtos), subuo (蘇拨 — svor, sibir), yemuo (yemo 也末 -yemak, yemok) yedo (yeda 謁達- got, goch) kabi nomlar bilan yashaydiganlar uchraydi. Ularning 30 ming kishidan iborat qo'shini mavjud.

Deixay (得疑海 — Kaspiy dengizi) sharqiy va g'arbiy tomonida sulujiye (蘇路羯 - sarougur, sarig'ur), sansuyan (三素咽 - saksin, soqsin), miyesu (簡促 – mokshos, moksho's), saxu (薩忽- cherkes) qabilalari yashaydi. Ular qo'shinining soni 8 mingga yaqin.



53Fulin (拂林 - Vizantiya, Rum davlati) ning sharqiy tomonida enchyuy (恩屈 — ongor, ong'or), alan (阿蘭 olon, alan), beyju (beiru 北襦 – boshqird), jyulifu (九離伏 – qutrigur, qutrigur), voxun (wahun鼎昏 - ovorhun, ovor - hun) qabilalari istiqomat qiladi. Ularning 20 ming odami bor.

Bundan tashqari Shimoliy dengiz (北海- Baykal) ning janubida dubuo (都波 - tuvo, tubo) kabilar yashaydi. Bularning nomlari har xil bo'lsa ham, umumiy holda tiyetlek (tele) deb ataladi. Ularning yagona boshlig'i yo'q, ammo hammasi Sharqiy va G'arbiy turk xoqonligi fuqarolari hisoblanadi. Devorlar bilan o'ralgan qal'alar ichida yashamaydi. O't - o'lan va suv bor joylarni izlab, ko'chib yurishadi. Odamlari serjahl, ot ustida chopib ketayotib, kamon otishga mohir, yurishlar qilib, o'lja olish hisobiga kun kechiradi. G'arb tomonda yashaydiganlari ekin ekish bilan shug'ullanadi. Ularda qoramol ko'p, otlar kam. Tukimat (tutszyue) davlati tashkil topgandan so'ng sharq va g'arb tomonlarga yurish qilinganida, ularning kuchidan foydalanadi. Shu yo'l bilan shimol ham nazoratga olingan. Kayxuan (yil) davrining oxirida Jin (晉/晋) [ sulolasi) hukmdori Yang Guang (廣) shimolga yurish qilib, ular yordamida Bumen - xoqonni (Bujia kehan 步迦可汗) mag'lub qildi. Shundan keyin tiеtlek (tele) qabilalari tarqalib ketdi.

Daye (大業) davri boshlanganida, tukimat (tutszyue) lar xukmdori Chuluk - xoqon (處羅可汗) tiyetlok (tele) qabilalariga hujum qilib, ularga og'ir soliq belgiladi, mol - mulkini tortib oldi. Uning sirtordush (shyueyantuo) boshqa [ qabilalardan ] gumоnsirab, ularning bir necha yuz nafar sardorlarini yig'ib o'ldirdi. Bu voqeadan so'ng tiеtlek (tele) kabilalar Cho'luk - xoqonga karshi isyon ko'tarib Iltabr Erkin Chuba - g'olin (Silifa Sijin Qibigelen 侯利發侯斤契苾歌楞) ni Ivjin - bag'a xoqon (Yiwuzhen Mohe kehan 易勿真英何可汗) etib tayinladilar va Tangrixon tog'ida (Tanhan shan 貪汗山) yashadilar. Bundan tashqari ular sirtordush qabilasiga tegishli Erkinning o'g'li Idurni kichik xoqon etib belgiladilar.

Cho'luk - xoqon mag'lub bo'lganidan keyin Ivjin-bag'a xoqon kuchaydi. U hammadan jasur va shijoatli bo'lganligi tufayli fuqarolari orasida katta obro'ga ega bo'ldi. Qo'shni mamlakatlar undan cho'chishga boshladi. Iverkul (Ivu r) 206 / Turfan (Gaochang 高昌), Agni (Yanchi - Karashar) kabi xonliklar unga itoat qildi. Ularning urf - odatlari tuetkirat (qabilasi) ga juda o'xshashdir. Orasidagi farq shundaki, to'ydan keyin erlar xotinlarining uyida yashaydi, farzand ko'rgandan keyingina o'z uyiga qaytadi. O'lganlarning jasadlarini yerga ko'madi. Daye davrining 3 - yilida (607 - yilda) tiеtlek / tele elchi yuborib, sovg'alar keltirishdi. Shundan keyin [ ulardan elchilar) uzluksiz kelib turdi».




Download 100,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish