Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti


III BOB. ILK O‘RTA ASRGA OID XITOY MANBALARIDA TURKIY XALQLAR AN’ANAVIY XO‘JALIGI VA URF-ODATLARI



Download 100,32 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi100,32 Kb.
#251227
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Жама

III BOB. ILK O‘RTA ASRGA OID XITOY MANBALARIDA TURKIY XALQLAR AN’ANAVIY XO‘JALIGI VA URF-ODATLARI

III.1. Ilk o‘rta asrga oid xitoy manbalarida turkiy xalqlar an’anaviy xo‘jaligi aks etishi
54Turkutlarning asosiy mashgʻuloti (harbiy ishlardan keyin) chorvachilik boʻlgan, oʻsha zamonlarda poda - poda boʻlib yurgan oʻtxo‘r yovvoyi hayvonlarni ovlash ham kam ahamiyat kasb etmagan55. Hozirgi Gobi Oltoyi jonivorlari deyarli boʻlmagan yarim sahrodir, oʻsha vaqtlarda bu yerlarda surukli ov qilinadigan darajada hayvonlar koʻp edi, shuning uchun butun qabila birgalikda ovga chiqardi. “Surukli ov maxsus tayyorlangan haydovchilar va ovchilar boʻlishini talab etadi, bu turkutlarga katta - katta naf keltirar edi, chunki ov askariy jasoratlarga tayyorgarlik maktabini oʻtar, turli xil manevrlar malakasi hosil qilinardi. Omadli ov turkutlarning asosiy yemishi boʻlgan goʻshtni” koʻp miqdorda gʻamlab olishga imkon berardi, shuning uchunmi turkutlar hatto urush asnosida ham qilib goʻshtni gʻamlab qoʻyardi56. Yovvoyi va xonaki hayvonlar terisi kiyim kechak, chodirlarning ustini yopish uchun ishlatilar edi. Turkuglar namat va jun gazlamalar tayyorlashni ham oʻzlashtirib olgandilar. Turkutlar xoʻjaligida asosiy uy hayvoni qoʻy boʻlib, turkut qabrlaridan koʻplab qoʻy suyaklari topiladi. Otlarning ham miqdori kam boʻlmagan, uning sutidan vino oʻrnida ichiladigan qimiz tayyorlaganlar. Dashtu togʻ kesishgan yerlarda koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanish uncha oson ish emas, koʻchmanchilar oʻz podalarini aralashtirib emas, alohida - alohida haydaganlar va har bir oila oʻzining aniq belgilangan qishloq va yoylogʻiga ega boʻlgan. Xuddi shunday holat VI - VIII yuzyilliklarda ham boʻlganligini yozma yodgorliklar ishonchli tarzda tasdiqlaydi: «Muqim yashash yeri yoʻq, lekin har kim oʻzining aniq yeriga ega”57. Bu ovul xoʻjaligi tizimi boʻlib, uning iqtisodiy birligi juft oila hisoblanadi. Boshqa bir tizim esa chayla deb atalib, koʻplab oilalar birgalikda koʻchadi va kechasi qarorgohni aravalar, posbonlar bilan oʻrab oladi. Bu ikki tizim asrlar davomida bir biri bilan almashinib kelgan va urugʻchilik tizimining mustahkamlanishi yoki tannazzuli bilan bogʻliq boʻlgan emas. Turkutlar 641-yilda Alashanga koʻchadilar, bu yerda «yaylovlar keng, tuprogʻi unumdor boʻlgani uchun turkutlar ancha tortishuvlar bilan boʻlishib olishadi”58. «Tyanshu» dan olingan bu xabarni «Chjoushu» dagi materiallar ham tasdiqlaydi. 1948-yilda Oltoyda men olib borgan arxeologik izlanishlar ham koʻrsatadiki, turkutlardan qolgan yodgorliklar ayrim yaylovlar va daryo sohillari boʻylab guruhlanish, oʻsha davrlarda ovul tizimidan boshqa biror tizimda yerdan foydalanish boʻlganligi haqida oʻylashga ham imkon bermaydi. B. Ya. Vladimirsov aytadiki: kuren tizimi xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur edi, shuning uchun ham ovul tizimi dashtda qudratli hokimiyat paydo boʻlib, talonchilik va qabilalararo urushlarga barham bergan davrlarda mavjud boʻlgan. Turkut xonlarining hukumati aynan shunaqa edi. Mana shu nuqtai nazardan ovuli bilan koʻchish tizimi bilan bir paytda yerdan xususiy foydalanish ham imkoni bor boʻlgan hodisadir. Zamonamizda ham oilalarning koʻchishi hududi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Masalan, Tyanshandagi har bir voha muayyan oilaniki va oila boshligʻi har qanday kelgindini oʻz vohasi orqali toqqa koʻtarilishiga yoʻl bermasligi mumkin. Yerdan bu tarzda foydalanish tizimi koʻchmanchi chorvachilikning tabiatidan kelib chiqadi: chorva boqiladigan yaylovlar va suvlarning chegaralanganligi koʻchmanchining oʻz podasini taqsimlashiga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida koʻchar xoʻjalik yurituvchi oilaning boʻlinishiga sabab boʻladi. Foydalanadigan yerlar ovloqlar va suvlarni taqsimlab olib, chegaralar dahlsizligiga amal qilish koʻchmanchilarni shafqatsiz birodarkushik tӱqnashuvlardan saqlab qolishning yagona yoʻlidir. Biroq shuni ham taʼkidlamoq kerakki, biz bayon qilgan yerdan foydalanish tizimlarining xususiy mulkchilikka hech qanday daxli yoʻq, chunki yerlar sotib olinmaydi, sotib yuborilmaydi.

Turar joy. 59Tarixchi boshqa xalqlar madaniyati tarixida oʻziga muhim hisoblagan xususiyatlarni izlab, uni topolmagach, buni oʻsha xalqning ibtidoiyligiga yoʻyishi metodologik jihatdan xavfli sanaladi va u bundan qochishi kerak. Jumladan, Ovroʻpa va Old Osiyo xalqlari sivilizatsiya bosqichiga oʻtar ekan, arxitekturasi faxrlanish va hayratga tushishga loyiq shaharlar qurdilar. Turkutlar uy qurmadilar, bogʻ yaratmadilar, chunki shahar qurish uchun quruq oʻrmonlar yoqilgach, sovuq iqlim ularni bu kentlarni tashlab ketishga majbur qilgan boʻlardi. Shunga qaramay, tosh kulba yoki guvala kapa issiq, keng va bir yerdan boshqa yerga oson koʻchiriladigan kigiz chodirdan koʻra turar - joyning eng oliy shakli ekanligini hali hech kim isbotlab bergan emas. Tabiat bilan uzviy aloqada boʻlgan koʻchmanchi uchun bunday oʻtovda hayot kechirish injiqlik emas, balki zaruriy boʻlgan. Yozda datda oʻt - oʻlan qurib qoladi, otar va podalarni Tyan - Shan, Oltoy, Xangay, Xentey togʻlari yonbagʻirlaridagi oʻtloqlarga haydash zarurati Tugʻiladi. Qishda togʻda qor koʻp yogʻadi va oʻsha uyur, otar va podalarni yana choʻl mintaqalariga qaytarish kerak, chunki bu yerlarda qor ancha yupqa boʻlib, jonivorlar qor tagidan ancha toʻyimli ozuqa topa oladilar. Bunday turmush tarzida turar - joyni koʻchirib olib yurish eng qulay va aqlga muvofiqdir. Oʻtovning qulayliklariga kelsak, men soʻzni Xitoyning buyuk shoiri Bo Szyuy - iga bermoqchiman. U oʻtovga maxsus ajoyib sheʼr bagʻishlagan. Bu matnni Lyu Mao Szay60 eʼlon qilgan (nemischa soʻzma - soʻz tarjimadan ruscha sheʼriy tarjima etilgan).

Moviy oʻtov

Yigʻmishlar minglab qoʻydan jun,

Yuzlab urchuqlar qilibdi butun.

Aylana qobirgʻalarim tomidan dunyo

Pishiq, qulay qilar mahliyo.

Kunchiqarning moviy osmoni ostida,

Yigit oʻtov tikdi qirchin maysa ustida.

Endi u zangor kechki tumandek,

Janub yigitidek keldi yetib yeldek.

Quyun ham buzolmas oʻtov pinagin

Yoʻqdir unda na tokcha, na burchak

Ichi issigʻu, orom olar yurak.

Choʻlu qirdan olislashib,

Oʻtov ohista siljir men bilan.

Oy ostida soyasi goʻzal.

Ayozda soʻzsiz tanim isitar.

Sovuqda qalqon kigiz - devor,

Boʻron ham toʻpiqqa kelmas,

Atlas toʻshakka betlamas,

Izgʻirin xushtagin yoʻlatmas,

Bunda baxshi bir chetda oʻtirar,

Bunda olovda oʻyinchi oʻynar

Uydan koʻra chodir afzal kirmak,

Alast boʻlsam kigizim toʻshak.

Oʻchoqdan chiqar alangasi,

Qorongʻuda chirmashar koʻlankasi.

Issiq berkinar goʻshasida,

Misli koʻrta tong pallasida.

Puch gʻira - shira qoʻynida ohista,

Muqaddas tungi erinchoq tutun.

Yaxlagan xitoy boʻyogʻi erir,

Qoʻklam shovvasiday oqar sheʼr.

Maftunkor nilufar pardasi ham

Oʻtovdan chiqara olmas kishini birdan,

Oson chiqmaysan ayozdan - qishdan.

Oʻtovga hasad qilar rohib ham,

Qarzga botgan oddiy sohib ham.

Oʻtovimda izzatda boʻlar mehmonim,

-Oʻtovimni asragum bolamga oʻzim.

Bek qasrin naqshi zebu bezak,

U ham chodirga hasad qilsa kerak.

Ayonu beklar qasriga hech ham,

Chodirim - eshimni zinhor alishmam..
Xitoy shoiri tasvirlagan oʻtov bu oʻrtacha taʼminlangan koʻchmanchining yashash joyidir. Xonning chodiri esa Menandrni Vizantiya imperatori protektorini, Vlaxern saroyining hashamatlarini koʻrgan kishini hayratga soladi. U oltin taxtli chodirni tafsiflaydi, ushbu chodir shunchalik yengil boʻlganki, uni bir otga yuklash mumkin ekan, boshqa bir chodir «ipak qoplamalarga burkangan», uchinchi bir chodirda xon yotogʻini suyab turgan oltin tovuslar va zar suvi yugurtirilgan ustunlar boʻlgan. Bu dabdabalardan birortasi ham bizgacha yetib kela olmasdi: yogʻoch va moʻynalar chirib ketgan, oltin va kumushlar eritilib, qurollar zanglab toʻzonga aylangan. Biroq yozma bitiklar asrlar osha boy va takrorlanmas madaniyat haqida darak yetkazdi, oz miqdordagi arxeologik topilmalardan koʻra ham koʻproq oʻsha maʼlumotlarga ishonish kerak boʻladi.

61Ayollar holati. Alohida oila yuritadigan chorva xoʻjaligi, odatda, patriarxal munosabat boʻlishini taqozo etadi, bu turkutlarga ham tegishli, albatta. Ogʻiz solish erlar huquqi hisoblangan «va ota, aka, amaki vafot etsa, oʻgay onalari, yangalariga uylanganlar». Bu xabar tarixiy bir fakt bilan tasdiqlanadi: Nilixon oʻlgach, ukasi Poʻshitegin taxt bilan birga yangasi - Xitoy malikasi Syan - shini ham meros qilib oladi. Xotinlarning meros qilib olinishi koʻchmanchi xalqlarda ikki mantiqqa asoslangan: birinchidan, Oʻtov - uyda yana bir xizmatchi paydo boʻlganki, oʻsha zamonlarda bu faqat foyda keltirardi. Ikkinchidan, bu odat bilan bevaning huquqi himoya qilinardi, chunki yangi er xotini sifatida uni himoya qilishi va uning gʻamini yeyishi majburiy edi. Balki nikoh doimo amaliy boʻlmagandir, lekin, baribir, beva yoki tul koʻchaga tashlab qoʻyilmas edi. Ayolga munosabat hurmat va ehtirom asosiga qoʻyilgan edi. Oʻtovga kirib kelgan oʻgʻil farzand avval onasiga, undan soʻng otasiga taʼzim bajo keltirardi. Oʻrxoʻn toshbitiklarida Kul teginning oʻlim xavfi ostida qolgan oʻrdadagi xotin - xalajni muhofaza va mudofaasi uchun qilgan jangi alohida bir koʻtarinkilik bilan tasvirlanadi. Qaysi xalqlarda ayollar haq - huquqsiz boʻlsa, uning dushmanlari ayollarini oʻldirmaydilar.

Jumladan, Hindukushdagi patanlarning ayollarini dushmanlari hech vaqt oʻldirmaganlar. Xotinlarni meros qilib olish va yuqorida keltirilgan matn turkutlarda poligamiya boʻlganligini koʻrsatadi, biroq bu ham turkut ayolini huquqsiz holga tushira olmagan. Bordi - yu, ayollar turkutlarda erkaklarga tobe boʻlgan, degan fikrga kelganimizda ham, ayollar erlariga katta taʼsir oʻtkaza olganini hatto Tabariy ham tasdiqlab «turkutlarda ayollari orqali har qanday ishni amalga oshirish mumkin” deb yozadi. Ona tomondan qarindoshlikka katta ahamiyat berilgan. Jumladan, Toʻremanning taxtdan mahrum etilishining asosiy sababi «onasining tagi pastligi» boʻlgan. Toʻgʻri, bu siyosiy raqiblarning bir bahonasi edi, baribir, shunga qaramay juda eʼtiborga loyiq dalildir. Nihoyatda shafqatsiz va qattol boʻlgan huquq ayollarni himoya qilardi: erli ayolni zoʻrlash uchun oʻlimga hukm etilar, qizlik iffatiga tajovuz qilgan erkak unga shoshilinch uylanishi majburiy edi. Qizigʻi shundaki zoʻrlash qoʻzgʻolon koʻtarish, xoinlik, qotillik, tushovlangan otni oʻgʻirlash (dasht sharoitida otni oʻgʻirlatgan kishi halokatga uchrashi tez – tez uchrab turardi) kabi ogʻir jinoyatlar qatorida sanalgan. Oddiy oʻgʻirlik esa, zarar koʻrgan kishi hisobiga oʻn karra jarima toʻlashi, biror muchaga zahm yetkazganlik uchun jazo puli toʻlashi lozim boʻlgan. Yana bir qiziqarli maʼlumot bor. Unda Gumilyov shunday yozadi: “b u xabar bizga Tan davrida Chanʼandagi musiqa bilim yurti talaba qizlari turkutlardan bir odatni oʻzlashtirib olgani uchungina yetib kelgan. Didi bir xil boʻlgan 14-15 nafar qiz (kamida esa 8-9 qiz) oʻzaro tantanali ravishda birodarlik kelishuvi tuzganlar. Ular bir - birlarini birodar deb ataganlar, agar biror yigit shu qizlardan biriga uylansa, u ayollar ismini qabul qilishi kerak boʻlgan va dugonalari bu kelin kuyovnikiga kelinni, yaʼni erni tatib koʻrish uchun kelib turganlar. Yosh xotin oʻz birodarlaridan uni qizgʻanmagan, biroq ayollarning boshqa “birodarligi” aʼzolarining bunday qilishga haqqi boʻlmagan. Men ushbu tadqiqotimda turkutlarda guruhli nikoh masalasini hal qilmoqchi emasman, biroq Oʻylaymanki, shunday muammo qoʻyila olishining oʻzi VI - VIII yuzyilliklarda turkuglarda ayollarga past nazar bilan qarash borligini inkor etadi. Koʻchmanchilar dunyosida ayollar huquqining chegaralanishi, oʻylanmanki, keyin paydo boʻlgan hodisa, balki bu moʻgʻullar istilosidan keyingi zamonda Markaziy Osiyoda yuz bergan yalpi tushkunlik oqibati bilan bogʻlanar”62.


III.2. Ilk o‘rta asrga oid xitoy manbalarida turkiy xalqlar urf-odatlari tasnifi
«Tungdyan» («qonun - qoidalar va urf - odatlar bayoni») da turkiy xalqlarning urf-odatiga oid quyidagi ma’lumotlar keltiriladi va turkiy qabilalarining barchasi nomma – nom sanab o‘tiladi.

«Tietlek (tele 鉄勒) larning ajdodlari hun (kunna zamon. o'qil. shongnu 匈奴) larning avlodidir. Ularning qavmlari nihoyatda ko'p. Ular G'arbiy dengiz (Shixay 西海) ning sharqidagi tog'larda joylashgan yaylovlarda uchrab turadi. Duluo (独洛 - Tula) daryosining shimolida pugu (仆骨 – bugu, buku, buku), tungluo (同罗 - tungro), veyxe (韦统 - uyg'ur), boyegu (拔野古 — boyirku, boyirg'u), fuluo (覆罗 – bo'rkli), sijin deb ham ataladi (并号侯厅), mengchen (蒙隊 - mchin, munchin, mchin), turuxe (吐如紇 - turug'ur, turoxo'r), sijie (斯結 — Chije - izgil), xun (渾 — xun), hushue (創薛 – xo'g'ursu) kabi nomlar bilan ataladiganlar yashaydi. Ularning qo'shinlari 20 mingga yaqin.

Ivu (Iverg‘ul, hozirgi Qumul) ning g'arbida va Yanchi (Qorashar) ning shimolida Oqtog' (Tangritog') atrofida chibi (契弊 — chibni, chevik, jabirqo), buoluo (薄落 — bo'ri, bo'rji), chjiidiye (職乙唯 – jida, oziy), supuo (蘇婆 – sig‘, sib), naxe (那喝– nak, nok) uxu (烏護 - o'g'uz), xegu (紇骨 - qirg'iz), yediye (也咥 – irtish), yuynihu (於尼護 — unig'ur, uryangxay) deb ataladiganlar yashaydi. Ularning 20 mingga yaqin lashkarlari bor.

Bularning nomlari har xil bo'lsa ham, umumiy holda tiеtlek (tele) deb ataladi. Ularning yagona boshlig'i (bor / you 有) (yo'q / 无 wu), hammasi Sharqiy va G'arbiy turk xoqonligiga itoat qilishadi. O't - o'lan va suv bor joylarga ko'chib yurishadi. Odamlari serjahl, ot ustida chopib ketayotib, kamon otishga mohir, yurishlar qilib, o'lja olish hisobiga kun kechiradi. G'arb tomonda yashaydiganlari ekin ekish bilan shug'ullanadi. Ularda qora mol va qo'y ko'p, otlar esa kam. Tukiuat (tuszyue) davlat tashkil etganidan so'ng sharq va g'arb tomonlarga yurish qilinganida, ularning kuchidan foydalandi va shular yordamida shimol tomondagi dalalarni nazorat qildi. Kayxuan (yil) davrining oxirida Jin sulolasi hukmdori Yang Guang shimolga yurish qilib, ular yordamida Bumen - xoqonni mag'lub qildi. Shundan keyin tiеtlek (tele) qabilalari tarqalib ketdi. Suy sulolasining Daye (大業) davri boshlanganda tukiuat (tuszyue) lar hukmdori Chuluk - xoqon (Chuluo-kehan處羅可汗) tiеtlek (tele) qabilalariga hujum qilib, ularga og'ir soliq belgiladi, mol - mulkini tortib oldi. Uning ustiga sirtordush (shyueyantuo) va boshqa qabilalardan gumоnsirab, ularning bir necha yuz nafar sardorlarini yig'ib o'ldirdi. Bu voqeadan so'ng tiеtlek (tele) qabilalar Cho'luq - xoqonga qarshi isyon ko'tarib, Iltabr Erkin Chuba - g'olin (Silifa Sijin Qibigelin 俟利發侯斤契芯歌楞) ni Ivjin - bag'a xoqon (Yiwuzhen Mohe-kehan易勿真莫何可汗) etib tayinlashdi va Tangrixon tog'ida (貪汗山) yashashdi. Bundan tashqari ular sirtordush qabilasiga tegishli Erkin ning o'g'li Idur (Yedie也咥) ni kichik xoqon etib belgiladi. Cho'luq - xoqon mag'lub bo'lganidan keyin Ivjin -bag'a xoqon kuchaydi. U hammadan jasur va shijoatli bo'lganligi tufayli fuqarolari orasida katta obro'ga ega bo'ldi. Qo'shni mamlakatlar undan cho'chiy boshladi. Iverg‘ul (Ivu 伊吾), Turfan (Gaochang 高昌) va (Yanchi 焉者) kabi xonliklar unga itoat qildi. Ularning urf - odatlari tuetkiuat (tujyue 突厥) qabilasi urf - odatlariga o'xshaydi. Birgina farqi shuki, to'ydan keyin erlar xotinlarining uyida yashaydi, farzand ko'rgandan keyingina o'z uyiga qaytadi. O'lganlarning jasadlarini ular yerga ko'madi. Daye davrining 3 - yilida tuetkiuat tujyuо elchi yuborib, sovg'alar keltirishdi. Shundan keyin ulardan elchilar uzluksiz kelib turishidi»63.

“Beyshi” (“Shimoliy sulolalar tarixi”) da turk qabilalarining urf-odatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 99-bobda uchraydi va mashhur xitoyshunos tarixchi A. Xo‘jayev ushbu asardan tarjimalar keltiradi64. “Ular (ya’ni turklar) sochlarini uzun o'stirib yurishadi, kiyimlarining tugmasini chap tomonga taqishadi, kigizdan yasalgan gumbazsmon uylar ichida yashashni odat qilishgan; suv va o't - o'lan ko'p joylarga ko'chib yurishadi; chorvachilik va ovchilik bilan shug'ullanishadi; go'sht yeb, qimiz ichishadi; teridan va kanop ipidan to'qilgan matodan qilingan kiyim kiyishadi: qarilardan ko'ra qobil yoshlarni ko'proq qadrlaydi; bo'ydoq yurishni uyat hisoblaydi, uyalib turishni bilmaydi; qonun qoidalari qadimgi hunlarga o'xshaydi.

Ularning hukmdori yangi tayinlanganda, uning yaqinlari va katta amaldorlari ushbu voqeani nishonlaydilar. Shunda ular uni kigiz Gilam ustiga o'tqazib, uni ko'targan holda quyosh yurishi yo'nalishida 9 marta aylantiradi. Har bir aylantirganda unga salom beradilar. Ushbu tadbir tugaganidan keyin yangi xoqonni ko'tarib, otga mindirishni buyuradi. Xoqonning yaqinlari va amaldorlari uning bo'ynini shoyi ro'mol bilan o'rab, bir marta qattiq siqib, qo'yvorib «siz necha yil xoqon bo'lmoqchisiz», deb so'rashadi. Hukmdor hayojonlanib, aniq bir gap aytguncha amaldorlar qisqa muddatni ko'rsatuvchi biror bir raqamni aytishadi.

Ularning qurollari suyakdan tayyorlangan o'q - yoy, tovush chiqaruvchi o'q - yoy, nayza, Qolqon, sovut, qilichlardan iborat. Bularning hammasini ziynat buyumlar kabi ustilariga osib yurishadi. Tug'iga (bayrog'iga) oltindan yasalgan bo'ri boshini taqib qo'yishadi. Soqchilarni bo'ri deb atashadi. Bu so'z shiyalar (xitoylar) tilida lang deyiladi. Mazkur odat bilan ular o'zlarining bo'ri avlodi ekanligini esdan chiqarmaslikka harakat qilishi bo'lsa kerak. Ular ot minishda va o'q - yoy otishga mohir keladi, biroq tabiatan johil, berahim; yozuv ishlatishmaydi, ishonchli bo'lsin uchun harbiy ishlar uchun otlar, soliqlar va hayvonlar yig'ishda ularning sonini va hajmini yog'och taxtachaga o'yib, yozib qo'yishadi va unga uchi oltindan yasalgan o'q - yoy o'qini mahkamlab boylab, yog' bilan qotirib qo'yishadi; harbiy hujum ishlarini oy to'lganda boshlashadi.

Ularning qonunlariga ko'ra, xoinlik qilganlar, odam o'ldirganlar, birovlarning xotiniga nisbatan ko'z olaytirganlar, otlarning egar jabduq va yuganlarini o'g'irlaganlar o'lim jazosiga mahkum etiladi. Fohishabozlik bilan shug'ullanganlarning jinsiy a'zosini kesib, belidan chopib o'ldirishadi. Birovning qizi nomusiga tekkanlarga katta jarima solish bilan birga unga uylanishga majbur qilishadi. Urushib, birovga jismoniy shikast yetkazganlarga jabrlanishning og'ir - yengilligiga qarab, moddiy jarima solinadi. Birovning ko'ziga zarar yetkazganlar jabrlangan kishiga qizini xotinlikka beradi, qizi bo'lmasa, uning uylanishi xarajatlarini ko'taradi. Biror kishining oyoq - qo'liga zarar yetkazganlarga jabrlanuvchiga ot berish jarimasi qo'llaniladi. O'g'irlik qilganlarga jabrlanuvchiga o'g'irlangan narsa narxini 10 barobar qilib to'lash jarimasi belgilanadi. Odam vafot etganda, o'lgan kishining jasadini chodir uyning ichiga qo'yib, bola - chaqa va qavm - qarindoshlari erkak - ayol birgalashib, qo'y yoki ot so'yib, shu uyning oldida ehson qilishadi, ot minib, uyni 7-marta aylanishadi, uy eshigi oldidan o'tayotganda yuzini tilib, qon chiqarib yig'lashadi. Shunda ularning yuzlaridan ko'z yoshlari qon aralash oqadi. Bu tariqa yig'lash 7-marta davom etadi. Belgilangan 40 kuni o'lgan kishining jasadi u mingan оt, kiygan kiyim - kechagi, ishlatgan narsalari bilan birga kuydiriladi. So'ng o'likning kuli belgilangan vaqtda dafn etiladi. Bahorda va yozda o'lganlarning dafn etilishi dalada o't - o'lan sarg'ayib quriguncha kutiladi, kuzda va qishda vafot etganlarni dafn qilish esa o'simliklar ko'karguncha saqlab turiladi. Belgilangan vaqti kelganda, bularning jasadi kovlangan qabr ichiga joylashtiriladi. Dafn marosimi kuni o'lgan kishining qarindosh - urug'lari xuddi yangi o'lgan vaqtidagidek ot ustida qabrni aylanib, yuzlarini tilib, qon chiqarishadi. Jasad ko'milgan qabr ustiga uy solishadi. Xayotida jangda qatnashib, bir kishini o'ldirgan marhumning qabri ustiga bitta tosh qo'yiladi. Qabr ustiga yuzlab, minglab tosh tizilgan qabrlar ham mavjud. Ehson uchun so'yilgan qo'y va va otning bosh suyagini to'singa osib qo'yishadi. Marosimlar tugagan kuni o'likning yaqinlari bo'lgan erkak va ayollar motam keyimlarini yechib, o'lik chiqqan joyda yig'iladilar. Beva qolib, azador bo'lgan) bironta ayolga ko'ngil qo'ygan erkak shu yig'ilishdan qaytgandan keyingina odam yuborib, undan xol - ahvol so'rashi mumkin. Shunda uning ayolning ota - onasi qarshilik bildirmaydi. Otaning akalari yoki ukalari vafot etsa, ulardan qolgan bevalarni aka - ukalar va jiyanlar xotin qiladi. Xotinlari o'lgan aka - ukalar kattalarning ijozati bilan ish tutadilar.

Ularning yozuvi hunlar (xular) yozuviga o'xshaydi lekin ular kalendar ishlatmaydi, yilni dalada o't - o'lanlar ko'kara boshlanishidan hisoblaydi. Erkaklar qimor uyiniga o'ch, ayollari ko'ptov o'nashi yaxshi ko'radi. Ular qimiz ichib kayp qilishadi, jup - jup bo'lib jarangdor ashulla aytishadi, ruhlarga hurmat bildirishadi, polvinlarga ishonishadi, jangda qurbon bo'lishni sharaf, kasallik bilan o'lishni zaiflik deb qabul qilishadi. Ularning bu urf - odatlari hunlardan farq qilmaydi”65.

Dini. Turkutlarning qadimgi dini haqidagi asosiy maʼlumotlar xitoylarning “Veyshu” va “Suyshu” yilnomalaridan oʻrin olgan. Bu xabarlar ziddiyatli boʻlish bilan birga, ular qisqa boʻlganli gidanmi, yuzaki qaraganda tushunarsiz ham. “Veyshu” da turkut diniga xos quyidagi aqidalar koʻrsatiladi: “1) Kunchiqar mamlakatiga ehtirom yuzasidan xon oʻrdasiga kirish sharq tomondan boʻladi; 2) har yili xon barcha ayonlari bilan ajdodlar gʻorida qurbonlik qiladi; 3) beshinchi oyning oʻrta oʻn kunligida barchani yigʻib, daryo boʻyida koʻk ruhiga bagʻishlab qurbonlik beradi; 4) Dugindan 500 li gʻarbda baland togʻ bor, uning tepasida na daraxt, na oʻsimlik oʻsadi. Uni Budininli deb atashadi, tarjima qilinsa “mamlakatning homiy ruhi” deganidir”66. “Suyshu” 50 yil keyin (VII asrning 30 - yillari) tuzilgan va Unda yuqoridagi xabarlar yoʻq, ularning oʻrnida qisqa qilib: “Shayton va arvohlarga sigʻinishadi, jodugarlarga ishonishadi” deb yozilgan. Qanday qilib bu bir - biriga mutlaqo qarama - qarshi dalolatlarni chiqishtirib boʻladi? Ayniqsa, birinchisida ichki ziddiyatlar mana man deb turibdi. Unda quyoshga topinish (1), ajdodlar arvohiga sigʻinish (2), ayonlarga emas, balki butun xalqqa tegishli boʻlgan Koʻk ruhiga sig’inish (3) va nihoyat, togʻga topinish kabilar aqlga sigʻmaydigan darajada qorishib ketgan. Xitoy manbasi masalani yechishga yordam bermasligini eʼtirof etmoq kerak. «Suyshu» dagi daraklar ham noaniqlikda oldingisidan qolishmaydi: xitoycha «xu» soʻzi «tabib, sehrgar, jodugar» maʼnolarini ifoda etadi. Matnda ushbu maʼnolardan qaysi biri qoʻllanilganligi nomaʼlum, shu bilan birga turkutlar sigʻingan ruh ajdodlar ruhimi (kormos) yoki tabiat ruhimi (tos) ekanligini ham aniq bilmaymiz. Bu bobimiz aynan mana shu jumboqli matnlarni tahlil etishga bagʻishlanadi. Asosiy muammoning qoʻyilishi shunday koʻrinishda boʻladi: Qadimgi turkutlar nimalarga ishonganlar va ularning dini qatʼiy bir anglammi yoki turli dinlar chatishmasimi? Agar chatishma boʻlsa qaysi dinlar aralashgan va u qanday yuz bergan. Qadimgi turkutlar dini haqida gapirar ekanman, men ularning dinini ibtidoiy deb oʻylashdan yiroqman. Turkutlarning oʻzlari V - VII asrlarda turfa qabilalardan tashkil topdi, ularning dini ham oʻsha davrga tegishli din sifatida boshqa zamondosh dinlar darajasida taraqqiy topgan edi. “Veyshu” matnlari VI asrga oid boʻlib, bu kezlarda turkut jamiyatidagi tabaqalar farqi, chegaralari hali ravshan boʻlgani uchun ham mansabdor oqsuyaklar va qorachalar dinidagi ayriqchaliklar oʻz aksini topgan, “Suyshu” da esa bular yoʻq. “Suyshu” da voqealar xitoylar faqat turkut oqsuyaklari bilan muloqotda boʻlgan zamonni, dashtning to kasofatli 630-yilgacha davrini aks ettiradi. Shuning uchun “Suyshu” dagi xabarlar asosan, turkut oqsuyaklariga tegishli, deb hisoblamoq lozim.



67“Ayonlar” gʻorlarda qurbonlik baxshida qiladigan ota - bobolari kim boʻlib oʻtganligini aniqlash uchun turkutlarning kelib chiqishi haqidagi afsonaviy materialga murojaat qilamiz. “Suyshu” da Ashina Oʻrdasi kelib chiqishi haqidagi tarixiy maʼlumot qatorida afsona asosidagi rivoyat ham keltiriladi: VI yuzyillik boshlarigacha ashinlar “gʻor” da yashaganlar, ular choʻlga chiqqach oʻzlarini jujanlarning vassali deb eʼtirof etishdi. Urgʻochi boʻri yashiringan gʻor tasviri nihoyatda qiziqarlidir. G‘or “garchandan shimoli gʻarbda togʻlar orasida, yaʼni Oltoy togʻi markazida joylashgan. Togda gʻor bor, gʻorda bir necha yuz li masofali qalin maysa bilan qoplangan tekislik bor. G‘orning toʻrt tomoni togʻ bilan oʻralgan”. 20 Qiziq, odatdagi togʻ vodiysi «Suyshu» da gʻor deyilmoqda. Bunday noaniqlik hayron qoldiradi hamda turli taxminlarga yetaklaydi. Biz bu oʻrinda bir rivoyatda ikki syujetning: afsonaviy (urgʻochi boʻridan tarqash) va tarixiy (Turkutlar ajdodlari bir qismining Oltoydagi vodiyga qochishi) syujetlarning qorishib ketganligini koʻramiz.

XULOSA

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng xalqimiz oldida yangi ulkan vazifadar ko'ndalang bo'ldi. Totalitar sovet tuzumidan demokratik davlat, huquqiy jamiyatga o'tish boshlandi. Mamlakatimiz taraqqiyotining ana shunday burilish bosqichida xalqning o'z tarixiga bo'lgan qiziqish yanada ortdi chunki bunday qiyin davrda xalq o'z tarixinich uqurroq bilishga, tarixdan ma'naviy madad olishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham 1996-yilda o'zbekiston Respublikasi Prezidentniig "O'zbekiston yangi tarixi markazini tashkil etish to'g'risida" gi farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining "O'zbekistonning yangi tarixini yaratish to'g'risida" gi qarori e'lon qilindi, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov 1998yil iyun oyida bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvda O'zbekiston tarixining yangi kondeptsiyasini yaratish zarurligini uqtirdi. Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'risida" gi qarorini qabul qildi (1998 yil, iyul). I. A. Karimovning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli asari hamda Respublika hukumatining eslatib o'tilgan qarorlari tarixiy tadqiqotlarni tubdan rivojlantirish dasturi bo'lib xizmat qilmoqda.

Tarix fanini yangi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish birinchi navbatda uning manbaviy bazasini boyitish va mustahkamlashni taqozo etadi. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatib o'tilgan qarorida barcha "Arxeologik va yozma manbalarni to'plash va ularni ilmiy-qiyosiy tarzda tahlil etish" hamda bir tizimga solishi zarurligi qayd etilgan.

Mustaqillik davrida manbashunoslik fanini rivojlantirish bobida talay ibratli ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo arxeografik ishlarga, ya'ni xalqimizning ma'naviy mulki bo'lgan qadimgi yozma manbalarni o'rganish, ularni tarjima qilish, kerakli sharhlar bilan nashr etishga e'tibor berildi. Bunday birinchi darajali manbalarning nashr etilishi, bir tomondan, ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga turtki bo'lsa, ikkinchi tomondan xalqimizning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qadimgi zamon tariximizdagi boʻsh sahifalarni toʻldirishda dunyo tarixidagi turli xalq va millatlarning tillarida bitilgan yozma manbalarni, yirik tarixchi olimlarning ular ustida olib borgan tadqiqotlarini, xususan Markaziy Osiyo tarixiga bevosita bogʻliq boʻlgan Xitoy xalqining qadimgi yozma manbalarini chuqur va atroflicha oʻrganish, ulardagi maʼlumotlarni ilmiy muomalaga kiritish bu maqsad sari qoʻyilgan toʻgʻri qadamlarning biridir. Qadimgi zamon tariximizga oid mahalliy yozma manbalarning yoʻqligi xitoy tilida saqlanib qolgan maʼlumotlarni oʻrganish masalasini yanada dolzarblashtiradi. Ammo taʼkidlash joizki, qadimiy xitoy tili va yozuvi zamonaviy xitoy tili va transkripsiyasidan tubdan farq qiladi, chunonchi, asrlar davomida yuz berayotgan texnik revolyutsiyalar, inter ratsiya va globalizatsiya jarayonlari sharoitida xalq millatlar tillarining baynalminal soʻz va terminlar hisobidan boyishi uning fonetik jihatlarini oʻzgartiradi, demakki, tilning morfologik strukturasiga xam taʼsir qiladi. Yozuvi murakkab iyerogliflar tizimiga asoslangan va faqat oʻziga xos xususiyatlari juda koʻp boʻlgan xitoy tili uchun bu oʻzgarishlar yanada sezilarlirok kechgan. Shunga koʻra qadimgi manbalarni tadqiq etish murakkablashgan va bu manbalaridagi bizning tariximizga aloqador maʼlumotlar hanuzgacha toʻla ravishda ilmiy muomalaga kiritilmagan.

Ko’plab chop etilgan katta hajmdagi qadimiy xitoy manbalaridagi kam oʻrganilgan yoki butunlay oʻrganilmagan maʼlu motlarni topib, ularni tarjima qilish, bu tarjimalarni zarur izohlar va kerakli sharxlar bilan taʼminlash asosida ilmiy muomalaga kiritish tariximizda saqlanib kelayotgan muammoli masalalarga muayyan darajada aniqlik kiritishi shubhasizdir. Qolaversa, ushbu maʼlumotlarning tarjimalari va kengaytirilgan sharhlari xitoy tilini bilmagan tarixchilar, dissertatsiya ustida izlanish olib borayotgan yon olimlar, tarix oʻkituvchilari, tarix fanidan darsliklar yozi bilan mashgʻul mutaxassislar uchun manba sifatida xizmat qiladi. Qadimgi xitoy yozma manbalarining saqlanib qolishi maʼlum anʼanalarga asoslangan. Binobarin, ilk xitoy jamoa lari orasida tabiatda koʻzga koʻringan narsalar va sodir boʻlgan hodisalarning rasmini chizishga intilg odamlar boʻlgan. Jamoat bunday odamlar qobiliyatini ilohiy deb bilgan va ularni “ shn ” ( + ) deb atagan. Miloddan avvalgi XVІ - XІІ asrlarga kelib, Xitoyda rasmlar asosida chizilgan iyeroglif lar shakllangan. Shundan soʻng “ shi ” soʻzi vokealarni xotirlab qoluvchilarga berilgan lavozim sifatida ishlatilgan va bu lavozimga ega boʻlgan kishilar katta obroʻga sazovor boʻlgan. Bunday shaxslar tomonidan bitilgan yozuvlarni asrash esa har bir insonning burchi hisoblangan. Uni buzgan yoki unga zarar yetkazgan kishi gunohkor deb tanilgan. Shuning uchun ham yangi hukmdorlar hokimiyatga kelganda, bu manbalarni yoʻq qilmasdan, aksincha, ularni toʻldirish, yangi voqealarni yozib qoldirish va asrashni oʻzlarining sharafli vazifalari deb bilgan. Qadimgi xitoy manbalarining saklanib qolishi ushbu tushuncha bilan bevosita bogʻliqdir. Qadim zamonda nimalarni yozish “shi” lar ixtiyoriga bog’liq boʻlgan boʻlsa, keyinchalik Xitoy hukmdorlari yoza oladiganlarni 2 yaʼni savodli kishilarni saroyda yigʻib, ular faoliyatidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanganlar. Shundan soʻng saroy tarixchilari maktabini yaratish va rivojlantirish ishlari faollashgan. Shuning uchun ham hozirgi kungacha xitoy manbalari to’liq saqlanib qolgan va mavzu doirasida o’rganishda ham uning o’rni beqiyosdir.




Download 100,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish