Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishdan asosiy maqsad qadimdan turli hududlarda yashab kelgan va hozirda ko‘plab xalqlarning shakllanishida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan turkiy qabilalarni o‘rganishdir. Tadqiqot uchun tanlangan mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib, ilk o‘rta asrlarda Xitoy manbalarida mavzuga oid yangi ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganish, muammoni milliy istiqlol mafkurasi talablari darajasida tahlil etish tadqiqot maqsadini tashkil etadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqotda quyidagi vazifalarni hal etish belgilandi:
– Mavzuning manbashunoslik asoslarini aniqlash;
– Ilk o‘rta asrlarda turkiy qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish;
– Xitoy manbalarida turkiy qabilalarning xo‘jalik munosabatlarni tahlil qilish;
– О’rganilgan masalalar, ma’lumotlarni nazariy jihatdan umumlashtirish
asosida ushbu mavzuni keng va atroflicha tadqiq etish yuzasidan amaliy
tavsiyalar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |