Mavzu: Ilk tarix davrlari va ularni aniqlash usullari



Download 21,21 Kb.
Sana10.05.2021
Hajmi21,21 Kb.
#64045
Bog'liq
Old tarix 1-seminar


Old tarix.

1-seminar.

Mavzu: Ilk tarix davrlari va ularni aniqlash usullari 

Nazariy manbashunoslik tarixiy manbalarning yaratilishi va ularda tarixiy voqeliklarning rivojlanish jarayonlarini aks ettirish tartibi, usullari, axborotlarning tarkibi va joylashish xususiyatlarini tadqiq etadi. Manbalarni tartibga solish va turkumlarga ajratish asoslarini ishlab chiqadi, ularning umumiy va maxsus turlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq qilish uslubini belgilab beradi. M.ning nazariy masalalari, asosan, yozma manbalar zaminidagi tarixiy asar va hujjatlarga binoan hal etiladi.

Tarixiy manbalar tadqiqoti jarayonida quyidagi masalalar belgilab olinadi: qoʻlyozma asarlar va hujjatlarni topish va ajratib olish; asosiy matnni va soʻnggi qoʻshimcha yoki ilovalarini belgilash; manbaning yuzaga kelishi, asliy yoki koʻchirma nusxaligini aniqlash; M. jihatidan qoʻlyozma matni qanchalik toʻliqligi, unda berilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va anikligi hamda bitilgan davrini belgilash. Chunki har qanday mavzu yoki tarixiy voqelik bayoni M. jihatdan keng qamrovlik va mukammallikni taqozo etadi. Shu boisdan tarixiy manbalarning yaratilish davrining anikligi M.da muhim ahamiyatga molikdir. Chunki, yozilgan yoki koʻchirilgan vaqti qayd etilmagan asarlar tamaddun tarixi davomida uchraydi. Bunday holat ayniqsa qad. dunyo va oʻrta asrlar yozma yodgorliklariga xosdir.

Yozma manbalarni yuzaga kelish tarixini oʻrganish borasida asarning yili, yozilish uslubi, matnda uchraydigan davr va sanalar, ogʻirlik va uzunlik oʻlchamlari, pul birliklari, geografik nomlar hamda shaxsiy ismlarni belgilash M.da ayniqsa muhimdir. Chunki tarixiy asarlarning aksariyati oʻz davrida muallifi tomonidan maʼlum darajada tuzatishlar yoki qisqartirishlar kiritilgan boʻlsa, keyinchalik esa uning muharrirtarjimonlari yoki tegishli nazoratchilari tomonidan qandaydir oʻzgartirishlar amalga oshirilgan yoki boshka tilga tarjima etilgan boʻlishi mumkin. Natijada matn, mazmun va gʻoyaviy yoʻnalish jihatidan aslidan oʻzgacha nusxalari paydo boʻlgan. Shu boisdan tarixiy manba muallifi, tarjimoni va kotiblarini aniqlash muhim ahamiyatga molikdir. Manbalarning asliy va koʻchirma nusxalarining yaratilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan muarrixlarni belgilab olish bilan manba nusxalari, ayniqsa tarjimalarining qanchalik asliga monandligi hamda ularda keltirilgan tarixiy atama, nom va sanalarning haqqoniyligi aniqlab olinadi.

M. koʻp asrlik tarixga ega. Amaliy M. dastavval Sharqning Misr va Mesopotamiya kabi qad. madaniyat uchoklarida qad. podsholiklar (Misr, Shumer, Akkad va Ossuriya) va ularning boshq-aruv tizimlari shakllanayotgan davrlarda yuzaga keldi. M.ning ilk omillari dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdosotiq kabi xoʻjaliklarning kengayib rivojlanishi natijasida hayotiy ehtiyojlar yaratgan eng qad. yozuvlar (Misr iyerogliflari, Mesopotamiya mixxati) kashf etilishi, ilmiy-amaliy bilimlarning vujudga kelishi bilan chambarchas bogʻliq holda paydo boʻldi. M.ning asosi hisoblangan ilk yozuvlar miloddan avvalgi 4ming yillikda shakllandi. Eng qad. hujjatlar tosh, sopol, poʻstloq, xom gisht, yogoch, teri, papirus poyasiga bitilgan. Dastlab ularda eng muxim voqea va hodisalar, nasihatnoma va diniy sheʼrlar yozilgan boʻlsa, keyinchalik podsholiklar tashkil topgach, podshoh qonunlari (Hammurapi, miloddan avvalgi 1792—1750 yil, Xett, miloddan avvalgi 2-ming yillik — qonunlari toʻplami), madhiya (gimn)lar, davlatlararo bitimlar (miloddan avvalgi 1280 yil Xattusili III va Ramzes II larning tinchlik shartnomasi) kabi tarixiy hujjatlar bitilgan hamda yillik taqvim va oʻlka haritalar (Misr, Urartu, Bobil va ularning tevarak atroflari) chizilgan. Haqiqiy tarixiy hujjat tusini olgan bunday qad. lavhalar miloddan avvalgi 4ming yilliklarda kuchirilib, uziga xos kitoblar yaratilgan va ularni saklash uchun kutubxona va ar-xivlar tashkil etilgan (Ur, Nippur, Nineviya, Bobil, Ashshur shaharlari). Mas, birgina Ossuriya podshohi Ashshurbanipalning Nineviyadagi kutubxonasida 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan. Oʻsha davrlardayoq Shumer, Akkad va Ossuriya maktablarida hujjatli lavhalardan nusxalar kuchiruvchi va ularni jamlab saklovchi davlat kotib (mirzo)lari tayyorlanib, amaliy M.ka asos solingan. Mesopotamiya arxivi va kutubxonalaridan esa hatto miloddan avvalgi 3ming yillikka mansub mamlakat tarixi va geografiyasiga oid maʼlumotlar topilgan.

Tarixiy hujjatlar va yozma manbalarga tanqidiy yondashish, ularda keltirilgan maʼlumotlarni taxlil qilish va asarlar yaratishda manbalardan foydalanish yullari qad. dunyo tarixchilarining nomi va tarixnavislik ijodi bilan bogʻliqdir. Dastlab yunon muarrixi Gerodot ayrim yozma manbalarga shubha kuzi bilan boqqan boʻlsa, Polibiy, Livii, Tatsit, Iosif Flaviy kabi tarixchilar oʻz asarlarida manbalarni tanqidiy ajratish, bir-biriga zid maʼlumotlarni solishtirish bilan tarixiy manbalarni tekshirib koʻrish yoʻlini qoʻllaganlar. Oʻrta asrlarda manbalarga tanqidiy munosabatda boʻlish deyarlik barham topgan boʻlsada, ammo Uygʻonish davrida u qayta jonlandi. Uning rivojiga maʼlum darajada gumaiistlar oʻz hissalarini qoʻshdilar.

16— 17-asrlarda M.ning rivojlanishi, asosan, diplomatiya ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻlangan boʻlsada, ammo bu davrda yozma manbalar, tarixiy hujjatlarni ilmiynazariy tadqiq qilish uslubiyati va amaliy usullari (B. G. Nibur, L. Ranke, T. Mom-mzen) ishlab chiqildi.

Oʻzbekistonda amaliy M.ning yuzaga kelishi va rivoji, agarda arxeologik topilmalarga asoslanilsa, bir necha ming yillik tarix bilan uzviy bogʻlanadi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestonint charmga bitilgan ilk nusxalari hamda qad. Niso vaTuproqqalʼa shahar harobalaridan topilgan charm, yogʻoch va sopol boʻlaklariga yozilgan xoʻjalik hujjatlarining guvohlik berishicha, qad. Turon hududlarida ilk qoʻlyozma manbalar miloddan avvalgi 1ming yillikda yuzaga kelgan. Ular shahar ibodatxonalari va poytaxtlarda qad koʻtargan podshoh qarorgohlarida saqlangan. Mac, Koʻhna Niso harobalarida oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida 2 mingdan ortiqroq sopol boʻlaklariga parfiya yozuvi bilan bitilgan xoʻjalik hujjatlari topilgan. Ularda Nisoning 17 bogʻdorchilik tumani va 10 ta qishlogʻidan qaysi yilda qancha miqsorda musallas keltirilib topshirilgani qayd etiladi. Xorazmshoxlarning qad. poytaxti Tuttroqqalʼa harobalaridan qazib ochilgan podsholik arxividan esa teri va yogʻochga yozilgan 100 dan ortiq kirim hujjatlari topilgan. Ularda podsho xazinasiga tushgan soliqlarning nomi, miqdori va qayerdan keltirilgani belgilangan. Yogʻochga bitilgan hujjatlarda esa, ozod, qul, xizmatkor, malika choʻrilari, shahzoda xizmatkorlari, qullari kabi qad. Xorazmda hukm surgan ijtimoiy hayot bilan bogʻliq tabaqalarni belgilovchi atama va iboralar tilga olingan.

Oʻzbekiston hududida qayd etilgan bunday yozma yodgorliklar va ularning ibodatxona va podsho saroylarida saqlanishi, shubhasiz, bu hududda Baqtriya, Sugʻd va Xorazm kabi dehqonchilik vohalarida ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (ziroatkorlik, chorvachilik, hunarmandchilik) va savdosotiq mu-nosabatlarining kengayishi oqibatida tashkil topgan qad. davlat birlashmalarining va ularda boshqaruv tizimlarining shakllanishi bilan chambarchas bogʻliq tarzda yuzaga kelganidan dalolat beradi.

Oʻrta asrlarda Arab xalifaligi, somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar boshqargan yirik davlatlarning tashkil to-pishi, poytaxt shaharlarda masjid, Madrasa va rasadxonalar qad koʻtarib "Bayt ulhikmat" (Bagʻdod), Dor ul-ilm (Xorazm, Samarqand), Dor ushshifo (Hirot) va kitobxonalar kabi ilm-fan va amaliyot dargohlarida bilimdon olimu-fuzalolarning toʻplanishi bilan, shubhasiz, M.ka eʼtibor kuchayadi. Bu davrda amaliy M. faoliyati birmuncha kengayib qoʻlyozma manbalarni ilmiy jihatdan tadqiq qilishga kirishiladi. Yozma asarlarni toʻplash, saqlash va nusxalar koʻchirish, noyoblarini oʻzga tillardan tarjima qilish bilan bir qatorda asar matnlarini qisqartirish, soʻnggi maʼlumotlar kiritilib, qisman boʻlsada, ularni toʻldirish ishlari kabi tahririyat ishlari ham amalga oshiriladi. Birgina "Bayt ul hikmat"da 9—11-asrlarda oʻrtaosiyolik olimlardan Yahyo ibn Abu Mansur, Muso al-Xorazmiy, Xolid Marvarrudiy, Abul Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy, Abul Fazl ibn Turk Xuttaloniy, Ahmad Fargʻoniy, Bonu Muso, Ahmad Saraxsiy, Abu Homid Sagʻoniy, Abdulloh ibn atTurk, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Talxa Xuzoiy, Ali ibn Rabbon atTabariylar faoliyat koʻrsatgan edilar. Bagʻdodda kutubxonalar ochilib Sharq va Gʻarb antik dunyosining ilmiy va maʼnaviy merosi oʻrganiladi. Hind, yunon, suryoniy, paxlaviy, sankskrit tillaridan koʻpgina asarlar arab tiliga tarjima qilinadi.

10—12-asrlarda Movarounnahrda tarix va geogr.ga qiziqish va mahalliy aholi tilida yozilgan asarlarga boʻlgan ehti-yojning ortishi bilan tarixiy kitoblar arab tilidan fors tiliga tarjima qilina boshladi. Ayni shu davrda Gardiziynij "Zayn ul-axbor" ("Xabarlar koʻrki"), Bayhaqiyinng 30 jildli "Tarixi oli Mahmud" ("Mahmud xonadoni tarixi") tarixiy asari, Maji-duddin Adnoning "Tarixi muluki Turkiston" ("Turkiston mamlakati tarixi"), Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "Tarixi Buxoro" kabi asarlari arabchadan fors tiliga tarjima qilingan.

943—944 yillarda arab tilida yozilgan "Buxoro tarixi" kitobining tarjimoni va muharriri Abu Nasr Axmad Kuboviy asarning arab tilidan fors tiliga tarjima qilinishi haqida quy-idagilarni yozgan edi: "...Koʻpchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni oʻqishga ragʻbat koʻrgazmaganliklari sababli, doʻstlarim mendan u kitobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qshshilar... 522 yilning jumad ul-avval oyida" (1128 yil may) kitobni fors tiliga tarjima qildim. Birok, arab tilidagi nusxada keraqsiz va buning ustiga oʻqiganda [kishi] tabiatiga malollik orttiradigan narsalar [haqida ham] soʻzlangan ekan. U narsalarning bayoni [tarjimaga] kiritilmadi". 1178 yilda esa "Tarixi Buxoro" kitobi Muhammad ibn Zufar tomonidan 2marta qisqartirildi va tahrir etilib qayta bayon etildi. Ushbu asarning 2 marta qisqartirilib qayta yozilgan nusxasi hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

Oʻrta asrlarda M.da tarixiy asardan nusxa koʻchirish bilan bir qatorda ularning tarjimasi muhim oʻrin tutgan. Asar matnlarini koʻchirib, tarjima qilishda, ayniqsa, joy nomlari (toponim), suvlar (gidronim), togʻlar (oronim)lar hamda shaxs ismlarini aniq va toʻgʻri yozilishi, buzilish hollari hamda oʻzga tillarga agʻdarish oqibatida yuzaga kelgan oʻzgarishlar kabi masalalarga jiddiy ahamiyat berilgan. Abu Rayhon Beruniy "Hindiston" asarida bu haqda quyidagilarni taʼkidlaydi: "Boshqa xalq mahalliy nomlarni buzib talaffuz etadi... tili boshqa boʻlgan qabilalar biron joyni egallaganlarida nomlar teztez oʻzgarib turadi... nomlarning maʼnosini boshqa tilga tarjima qilganda yoki talaffuzini osonlashtiradigan tovushlar bilan yozganda nomlar oʻzgarib ketadi. Koʻpincha, arablar chet el nomlarini, arabchalashtirib, shunday oʻzgartiradilar va buzib aytadilar" ("Hindiston"). Mac, Xasart (Sirdaryo) boʻyidagi shaharni turkiy aholi Yangikent va Janikent, arablar "Qariyat ulhadisa" (Yangi qishloq) va "Madinat ul-Jadida" (Yangi shahar), tojiklar Dehinav deb atashgan.

Shy boisdan oʻrta asr M.da kutubxonalarda faoliyat koʻrsatadigan tarjimon, musannif va kotiblar tanlovida ularning tub joyligiga alohida eʼtibor bilan qaralgan. Chunki qoʻlyozma matnlarining bexato koʻchirilishi, joy nomlarining buzilmasdan toʻgʻri yozilishi va tarixiy asar tarjimalarining benuqsonligi koʻp jihatdan kotibu musanniflarning lingvistik salohiyatiga bogʻliq boʻlgan.

Abulgʻoziy Bahodirxon "Shajarayi turk" nomli asarini yozishga kirishganida Rashiduddin Fazlullohning "Jome attavorix" va "Chingiznoma" kabi kitoblar va ularning nusxalaridan istifoda etgani haqida yozar ekan kitob nusxalarining qaytaqayta koʻchirilishi oqibatida matnlarining de-yarlik yarmi gʻaliz boʻlib qolganini taʼkidlaydi.

M. tarix fanining maxsus sohasi va alohida tadqiqot predmeti sifatida 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlarida shakllandi. M.ning rivojida Gʻarbiy Yevropa va Rossiya olimlaridan G. Droyzen, E. Berngeym, E.Frimen, Sh. V. Langlua, Sh. Senobos, N. M. Karamzin, V. N. Tatishchev, S. M. Solovyev, N. I. Kostomarov, V. O. Klyuchevskiy, A. A. Shaxmatov, A. S. Lappo — Danilevskiy va boshqa olimlarning tadqiqotlari va asarlari muhim ahami-yat kasb etdi.

Bu davrda Sharq qoʻlyozma asarlarini toʻplash, tadqiq etish, boshqa tillarga tarjima qilish va nashrdan chiqarish bilan bogʻliq ilmiy-amaliy ishlar yoʻlga solinib, M.ning ilmiynazariy uslub iyati ishlab chiqildi. Bu borada SanktPeterburg kabi qator i. t. markazlarida faoliyat koʻrsatgan sharq-shunos olimlar — V. V. Bartolʼd, V. V.VelyaminovZernov, N. I. Veselovskiy, V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, K. G. Zaleman, N. I. Ilminskiy, P. M. Melioranskiy, V. V. Radlov, V. R. Rozen, A. N. Samoylovich va boshqalarning xizmatlari katta boʻldi.

Turkistonda bu davrda, boshlangʻich tusda boʻlsada, arxeologiya, etn. va numizmatikaga oid topilma va maʼlumotlarni toʻplash, tadqiq etish, koʻrgazma va muzey fondlarini tashkil qilish boshlanadi. Toshkent, Samarqand va Buxoroda (V. V. Bartold, V. L. Vyatkin, V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, L. A. Zimin) dastlabki arxeologik qazishlar oʻtkaziladi. Bu izlanishlar va mahalliy havaskor oʻlkashunoslar (Akram Askarov, Mirzo Abdulloh Buxoriy, Muhammad Vafo) jalb etiladi.

Oʻzbekistonda shoʻrolar davrida, garchi fanga maʼlum darajada ahamiyat berilib, yetuk mutaxassis olimlar voyaga yetib, M. fani ilmiy-amaliy jihatda yoʻlga qoʻyilgan boʻlsada, ammo shoʻrolarning tuzumi xudbinlik va mahsudlik mafkurasi tufayli butun bir tarixiy davrlar (Amir Temur va temuriylar), oʻzbekona Sharq maʼnaviyati, serqirra davlatchilik va xoʻjalik yuritish hamda xalqning ijtimoiy va siyosiy hayoti bilan uzviy bogʻlangan sulolalar shajarasi va maʼrifat maktablari tarixiga doir noyob yozma manbalar va hujjatlar tadqiqot rejalaridan chetda qoldi.

Oʻrta Osiyoda oliy taʼlim tizimi va ilmiy tadqiqot institutlari tashkil to-pib keng koʻlamda rivojlanishi bilan tarixiy tadqiqot ishlari yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonda, xususan, FA tizimida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik, Tarix va Arxeologiya institutlarida olib borilgan i. t.lar natijasida M. alohida fan sifatida shakllandi va taraqqiy topdi. Oʻrta asr Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish, tarjima qilish va ularni toʻla sharhlar bilan nashr qilish ishi keng rivojlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik institutining Sharq qoʻlyozmalar fondida 150 mingdan ortiq, shu jumladan, 26 ming jild qoʻlyozma, 28 ming jild bosma asarlar saqlanadi (2003). 1952—2000 yillar mobaynida "Sharq qoʻlyozmalari toʻplami"ning 11 jildi nashr etildi. Mazkur toʻplamlarda fanning turli sohalari boʻyicha 8 mingdan ortiq arab, fors, oʻzbek va boshqa tillarda yozilgan qoʻlyozmalar sharhlab berilgan.

Shular bilan bir qatorda bu davrda oʻrta asrlarning mashhur mutafakkirlari Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari"; Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Geodeziya", "Masʼud qonuni", "Maʼdanshunoslik", "Farmakognoziya", "Munajjimlik sanʼati boshlangʻich tushunchalar"; Abu Bakr Roziyning "Sirlar siri kitobi"; Ali Qushchining "Astronomiyaga oid risola"; Mirzo Ulugʻbekning "Koʻragoniyning yangi jadvali", "Toʻrt ulus tari-xi"; Abu Bakr Narshaxiyning "Buxoro tarixi"; Abul Fazl Bayhaqiyning "Masʼud tarixi"; Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi"; Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"; Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy"; Hofiz Tanish alBuxoriyning "Abdullanoma"; Muhammad Yusuf Munshiyning "Muqimxon tarixi"; Mir Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma"; Mirzo Badeʼ Devonning "Raqamlar yigʻindisi"; Mirzo Abdulazim Somiyning "Mangʻ-it xonlari tarixi" va boshqa koʻpgina qoʻlyozma manbalar oʻzbek va rus tillarida nashr etildi. Shuningdek, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga doir muhim rasmiy hujjatlar (vaqfnoma, vasiqa, garovnoma, tilxat va boshqalar)ni kataloglashtirish va tadqiq qilish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 14— 16-asrlar va 20-asr rasmiy hujjatlari (P. P. Ivanov, O. D. Chexovich, R. G. Mukminova) chop qilindi. Xiva, Koʻqon xonliklari va Buxoro amirligi arxiv materiallarini tadqiq etishga kirishildi. A. L. Troitskaya tomonidan "Qoʻqon xonligi arxiv hujjatlari" katalogi, A. R. Muhammadjonov tahriri ostida "Buxoro amirligi joy nomlari" (hujjatlar foto faksimili bilan) kitobi nashr etildi.



Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozma asarlar fondida saqlanayotgan manbalarni soha fanlari boʻyicha sharxlash va kataloglashtirish ustida jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1997— 2001 yillar mobaynida "tarix", "tabiiy va aniq fanlar", "tabobat", YUNESKO hamkorligida "Sharq mini-atyuralari", Yaponiyaning Kioto unti bilan birgalikda "Xivaning qozilik hujjatlari" (19-asr oxiri — 20-asr boshlari) kabi toʻplamkataloglar nashrdan chiqarildi. Bu maxsus toʻplamlarda arab, fors, oʻzbek tillarida yozilgan 4300 dan ziyodroq qoʻlyozma manbalar qisqacha sharhlangan. Bulardan tashqari, bu davrda "kabrtoshlar epigrafikasi" bilan shugʻullaniladi. 1997 yilda Visbaden shahrida doktor Lyudvig Rayxert nashriyotida "Shayboniylar qabr toshlaridagi bitiklar" (B. Bobojonov, A. Moʻminov, Yu. Paul) oʻzbek, nemis va rus tillarida chop etildi. Bu uziga xos bitiklar toʻplamida 16-asrga mansub 84 ta qabrtosh yozuvlari sharhlangan. Qab-rtosh epigrafikasi M.da alohida soha boʻlib, oʻrta asrlarda butun islom du-nyosida, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan yozuv sanʼati hisoblanadi.

Oʻzbekistonda M.ning taraqqiyotiga S. A. Azimjonova, M. A. Salye, A. A. Semyonov, A. K. Arende, P. G. Bulgakov, I. Abdullayev, B. Ahmedov, B. Valixoʻjayev, B. Vahobova, A. B. Vildanova, L. M. Yepifanova, R. Jalilova, N. I. Ibrohimov, A. Irisov, U. I. Karimov, S. Mirzayev, Q. Munirov, S. Mutalibov, G. Ostanova, A. P. Qayumov, A. Rasulov, A. Rustamov, H. Sulaymonov, U. Uvatov, T. Fayziyev, A. Xoʻjayev, X. Hikmatullayev, Sh. M. Shoislomov, Olim Sharafuddinov, P. Shamsiyev, D. Yusupova, A. Oʻrinboyev kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. Ularning saʼyharakatlari va betinim tadqiqotlari tufayli Oʻzbekistonda milliy M. maktabi tashkil topdi. Hozirgi kunda bu maktabda B. Abduhalimov. A. Aytboyev, B. Bobojo-nov, O. Boʻriyev, Gʻ. Joʻrayeva, H. Karomatov, S. Karimova, A. Madraimov, X. Toʻrayev, M. Hasaniy kabi manbashunos tadqiqotchilar ijod qilmoqdalar.
Download 21,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish