O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Turkiy tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
3-“B” guruh talabasi Jumaboyeva Dilnozaning
“O‘zbek adabiyoti tarixi” fanidan
Kurs ishi
Mavzu:Nodira g‘azaliyotida lirik qahramon obrazi.
Topshirdi:Jumaboyeva Dilnoza
Qabul qildi:Bekchanova Sayyora
Nukus_2020
Mavzu:Nodira g‘azaliyotida lirik qahramon obrazi.
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism:
1.Nodirabegim lirikasi
2.”Firoqnoma”asari
3.Lirika va lirik qahramon haqida tushuncha.
4.Nodira g‘azallarida lirik qahramon talqini.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Nodira,jomi muhabbatni labolab ichibon,
Mastliq birla qilg‘ay ishq namozini ado.
Nodira
Nodira –XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o‘zbek shoirasi.Asl ismi Mohlaroyim bo‘lib,Nodira adabiy taxallusi.Bundan tashqari, Komila taxallusi bilan ham she’rlar yozgani bizga ma’lum.Uning boy adabiy merosi o‘zbek adabiyoti tarixida mumtoz o‘ringa ega.Uning g‘azallari hozirgi kunda kuy bo‘lib yangramoqda.Xalq dilidan joy egalladi.Lekin xalqimizning go‘zal, oqila, fozila farzandi tarjimai holiga doir mufassal ma’lumotga ega emasmiz. Shoiraning o‘zbekcha devoni debochasida,zamondoshlari asarlarida uning asl ismi, shaxsiyati, din, madaniyat homiysi sifatida qilgan ishlari haqida muhim ma’lumotlar bor. Shoiraning asl ismi Komila bo‘lganligini Nodira haqida ilk bor maqola yozgan serqirra ijodkor Lutfulla Olimiy,O‘z FA muxbiri a’zolari:Olim Sharafuddinov, Aziz Qayumov,filologiya fanlari nomzodi shoir O‘tkir Rashid o‘z maqolalarida alohida qayd etganlar. Saroy doirasida uni “Мohlar oyim” deb ataganlar. Zamondoshlari “Uzlat Nodira”,Abdurahmon Mirzo kabilar asarlarida Nodirani “Oyim”,“Xonim”deganlar.
Komila din,madaniyat homiysi,olijanob ayol sifatida ko‘p va xo‘b xayrli ishlarni amalga oshirgan.
Nodirabegim irfoniy hikmat va insoniy poklik,ilohiy ma’rifat,ishq-muhabbat,ozodlik kabi g‘oyalarning she’r va g‘azallarida o‘z ifodasini topishi,shoiraning mahorat egasi ekanligini ko‘rish mumkin.Bundan tashqari,qator devonlar va she’riy to‘plamlar meros bo‘lib qolmasdan,uning o‘zbek qizlariga xos ibo-hayosi,yoriga sadoqat,vafosi ham kelajak avlod uchun o‘rnak bo‘lib qoldi.
Nodira 1792-yili Andijonda tug‘ildi.U Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi edi.Ota-onasi Amir Temur xonadoniga mansub edi.Onasi shoir tabiatli donishmand ayol bo‘lgan.Nodira yoshligidan o‘tkir zehnli,nozik tabiatli bo‘lgan. Nodiraning onasi – Oyshabegim qizining soliha farzand,komila shaxs bo‘lib yetishuviga ko‘p hissa qo‘shdi.Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo‘lgan xonadonda voyaga yetdi.Rahmonqul otaliq Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi.Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni tog‘asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi.Umarxon Marg‘ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi.Oradan uch yil o‘tib Qo‘qon xoni,ya’ni Nodiraning qaynakasi Olimxon qatl etiladi.Taxtga esa ukasi Umarxon o‘tiradi.Shoiraning bundan keyingi hayoti mamlakat poytaxti bo‘lgan shu shaharda-xon saroyida kechadi.
Bu uning ijod bilan muntazam va unumli shug‘ullanishi,o‘zidan oldingi turkiy va forsiy shoirlar asarlarini qunt bilan o‘rganishi,ular an’analarini o‘zlashtirib,izchil davom ettirishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Amiriy taxallusi bilan lirik she’rlar yozgan Umarxon shoiraning ustozi edi.Mohlaroyim Qo‘qonda xon saroyida ekan,davlat ishlaridan ham voqif bo‘lib boradi.Xususan,adabiyot va san’at ahli bilan yaqinlashishga,davr she’riyatini yuqori ko‘tarishga astoydil kirishadi.Mohlaroyim va Umarxonning oilasida Muhammad Alixon va Sulton Muhammadxon ismli ikki o‘g‘il tug‘iladi. 1822-yili Umarxon vafotidan keyin 14 yoshli Muhammad Alixon davlatni boshqarishga kirishadi.O‘ttiz yoshida beva qolgan Nodirabegim ham yosh xonning yonida mamlakatni boshqarish ishida faol ishtirok eta boshlaydi.
Nodira davlat va mamlakat ishlarini tadbir va adolat bilan idora qilishda homiylik namunalarini ko‘rsatarkan,bu yillarda mamlakatda birmuncha osoyishtalik saqlandi.Qo‘shni o‘lkalar va ularning hukmdorlari bilan savdo-sotiq va boshqa sohalarda hamkorlik amalga oshirildi.
1822-yilda Umarxonning fojeali vafotidan keyin o‘g‘li Ma’dalixon bilan birga Qo‘qon xonligini boshqaradi.Madrasa,masjid,karvonsaroylar qurdiradi.Ilm ahliga rahnamolik,faqirlarga homiylik qiladi.
Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan ko‘rsatib berilgan:”Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila,fahmli,ilmli va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayolekanligini ko‘rsatishdir...Umarxon vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi kunlarni xasratu firoq bilan shu tariqa o‘tishini noshukurlik deb bildi.U gulistondek Chahorchaman bog‘iga borib,Farg‘ona,Toshkent,Xo‘jand,Andijon va boshqa shaharlardan fozillar,olimlar,hattotlar,naqqoshlarnio‘z xizmatiga chaqirtirib keldi”.Nodira bir necha kitoblarni ko‘chirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tashviq qildi.Shoira devonlarning chiroyli yozilishi,muqovasining bezatilishini shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirgan.U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam,kumush qalamdon berib,ularni “Zarrin qalam”lik mansabiga ko‘targan.
Nodira bozor va rastalar,masjid va madrasalar qurilishiga katta e’tibor bergan.Go‘ristoni kalondagi Madrasai Chalpak,Taqagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini qurdirgan.Buxoro amiri Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonga bostirib kirib,Ma’dalixonni,ukasi Sulton Mahmudxonni,14 yashar o‘g‘li Muhammad Aminxonni va Nodirani fojeali ravishda o‘ldiradi.
Uning ijodiga qiziqish shoira hayotligi paytidanoq boshlangan.Mashhur Dilshodi Barno Nodiraga bag‘ishlab g‘azallar yozgan.Uni “ilm-adabi va nazm osmonining yulduzi,ushshoqlari g‘azalxoni,shakar sochuvchi bulbul” deya ta‘-riflagan ekan.Nodira g‘azallariga juda ko‘p shoirlar naziralar yozgan,muxammaslar bog‘lagan.
Bundan tashqari,Hakimxon To‘raning “Muntaxab-ut tavorix Avazmuhammad Attorning “Tuhvatut-tavorix”,Is’hoqxon To‘raning “Tarixi Farg‘ona”,Mushrifning “Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin” kabi tarixiy asarlarda,Uvaysiyning “Voqeoti Muhammadalixon,Nodir uzlatning “Haft gulshan”nomli dostonlarda nodiraning iqtidori,faoliyati borasida qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan.O‘zbek adabiyotida va sahnada Nodiraning badiiy obrazi yaratildi.H.Razzoqovning “Nodira”,Turob To‘laning “Nodirabegim” musiqali dramalari sahnalashtirildi.Komil Yormatov va M.Melkumovlarning ssenariysi asosida “Nodirabegim”filmi yaratildi.Shoiraning asarlari rus va boshqa chet tillarga tarjima qilingan.G‘azallari o‘zbek maqomlari va xalq kuylariga solingan.O‘zbekistonning shahar va qishloqlarida ko‘plab ko‘chalar,kinoteatr,maktab va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi.
Ijodi A.Qayumov,T.Jalolov,X.Razzoqov,M.Qodirova kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Nodira she’riyatining asosini lirika tashkil etadi.Nodira muhabbat,sadoqat va vafo kuychisidir.U go‘zallik va sadoqatni,sharq xotin-qizlarining dard-alamlari,ohu fig‘onlarini kuyladi.Shoira o‘zini ishq oynasi deb atar ekan,bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi,ezgu istaklari va orzusi aks etgan.U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yog‘du ekanligini kuyladi:
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan,muhabbat ixtiyor et!
Nodiraning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi.Muhabbat shaxsiy tuyg‘ular doirasidan yuqori ko‘tarilib,odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi.Nodira insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi.Shoiraning fors-tojik tilidagi “Mebosh”radifli g‘azalida vafo mavzusi keng doirada ochib berilgan.
Shoira himmat,sabr,qanoat,nomus,hayo kabi hislatlarni ma’rifat,ya’ni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi,odam ana shu hislatlarni o‘z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan ko‘ngil ganjinasida asramog‘ini obrazli qilib tasvirlaydi.Odamzod shu hislatlardan mahrum bo‘lar ekan,u riyo yo‘liga kirib ketadi.
Nodira o‘z ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yo‘nalishiga asoslangan bir butunlik orqali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham,ilohiy muhabbat yo‘lidagi ruhiy dunyosini ham juda go‘zal va jonli misralarda ifodalab beradi.Uning she’rlarida islom ruhi,tasavvuf ta’limi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi,undan yaxshilik urug‘ini qidiradi.Nodira saroyda yashasa ham,o‘zini ma’naviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmagan.
Shuning uchun ham g‘azallaridan birida:
“Meni saltanat masnadida ko‘rib,gumon qilmang ayshu farog‘at bilan”deydi.
Nodira mumtoz she’riyatning hamma janrlarida qalam tebratgan.Uning o‘zbekcha,forsiycha va tojikcha g‘azallari aruzning turli vaznlarida 5,7,9,13 hatto 18 baytli hajmda yaratilgan.Shoira g‘azallarining asosiy qismi 7-9 baytlidir.U mumtoz adabiyot an’analarini qunt bilan davom ettirgan.Nodira o‘z g‘azallarida ko‘proq“mukarrar”(so‘zning takrorlanib kelishi)va qo‘sh mukarrar”usullaridan foydalandi.Asarlarda talmeh,tazod,majoz,istiora,tashhis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qo‘llangan.
Uning“Eshit”radifli g‘azalida bir yo‘la ham Amir Umarxon,ham Yarat- ganga ishora borligini sezish qiyin emas.Bu matla’dayoq ko‘zga tashlanadi:
Doda keldim,ey salotin sarvari,dodim eshit,
Sen shah-u,men benavo,lutf ayla,faryodim eshit..
Chindan ham,xonni ham “salotin sarvari”(podshohlar boshlig‘i),ma’shuqini “shah” deyishi,o‘zini “benavo” hisoblashi mumkin,bu ta’riflar Xudoga qaratilgan,deb hisoblansa ham,bo‘laveradi.G‘azal davomidagi “sarvi ozodim”,“sarvi nozim”,“parizodim”, “tab’i noshodim”undalmalari ham xuddi shunday tarzda bir yo‘la ikki obyektga qaratilgan holda qo‘llangan.
Kelki,bir soat seni ko‘rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo‘ldim sendin ayru,ey parizodim,eshit,-
bayti esa she’rni yana-da hayotiyroq qilib,uning insoniy muhabbatga daxldorli-
gini kuchaytirgan.
Nodira asarlari mumtoz shoiralarimiz ijodiyotining ana shunday o‘ziga
xosliklari borligini,ularni nozik tushunish zaruratini ko‘rsatib turibdi.
“Jilva ko‘rsatdi chu ul sarvi diloro bog‘ aro…”, “Fig‘onkim,gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…”, “Kel,sanga,ey shahi jahon,mamlakati jahon fido…”, “Na gul sayr ayla,na fikri bahor et…” deya boshlanadigan va boshqa g‘azallarini ham majoziy(insonning insonga muhabbati),ham ilohiy (insonning Allohga muhabbati)ishq jihatidan talqin etish zarur.Ana shunda asar mazmuni falsafiylashadi,u irfoniy-tasavvufiy ma’no-mazmun kasb etadi,uning badiiyligi,har zamon va makonga mosligi darajasi oshadi.
Nodiradan xalqimizga ikki devon qoldi.Nisbatan to‘la deb hisoblanadigan turkiy devonida 189 ta g‘azal mavjud.Ulardan ayrimlari tojikcha.Forsiy she’rlari “Devoni Maknuna”da jamlangan.
Sharqda sohibi devon shoir bo‘lish katta sharaf hisoblangan.Chunki devon tuzishi uchun shoir arab alifbosidagi barcha harflar bilan tugaydigan g‘azallar bitgan bo‘lishi kerak.Nodira ikki tilda ham ana shunday yuksak darajaga yetgan ijodkor edi.She’riyat muxlislari orasida shuhrati juda baland edi.Bu haqda uning o‘zi faxr bilan:
Nodira, har so‘zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: «Marhabo!» -
deb yozganida tamoman haq edi.
Chunki,mana oradan bir yarim asrdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay,uning she’rlari sevib o‘qiladi,hamon kishilarga ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-tab’iy,zavq va lazzat ulashadi.
Nodira badiiyat ilmidagi san’atlarni mukammal o‘rgangan va she’riyatiga tabiiy tatbiq eta olgan shoiradir.U badiiy usul imkoniyatlaridan foydalanib aqlni hayratga soluvchi manzaralar ijod qilgan.Ayniqsa,mubolag‘a san’atini go‘zal ma’nolarni suvratlantirishga
mohirona safarbar etgan:
G‘amimni sharhini yuz mingidan birini dedim,
Falak ani ko‘tarurda xam ayladi qomat.
Shoira qismatiga tushgan g‘am yuki shu qadar og‘irki,uning yuz ming-
dan bir ulushi izhor etilganida,falak ko‘tarolmay,qaddi bukilib qolgan ekan.
Bunday mubolag‘a vujudga kelishiga osmonning egilgan holatdagi ko‘rinishi asos bo‘lgan.Yerdagi ohning ko‘kkacha yetib borishi-chi? Bu ham mubolag‘a vujudga mo‘jizasi,albatta:
Ohim o‘qig‘a qadim kamondur,
Bu o‘ni nishonidur Surayyo.
Ushbu bayt zamiridagi tashbih – naqadar xayoliy qudrat mahsuli!Shoiraning ohlari koinotni o‘rtaydigan ohlar bo‘lganini bir tasavvur qilaylik.
Bu ohlar g‘am-alam epkinidan tarkib topgan shoira qaddi kamonidan falakka otilgan otashin o‘qlardir.Bu o‘qlar Surayyo sayyorasini mo‘ljalga oladi va bexato uradi.G‘am yuklaridan egilgan qomatni va iztiroblarga to‘lgan qalbni bundan-da tiniq,aniq,go‘zal tasvirlash mumkinmi? G‘am yuki og‘irligidan alifdek qomat yoysimon shaklga kiradi,yoydek egilgan qad kamonidan falakka g‘am o‘qlari otiladi,olamdan oshgan ohlarning mingdan bir ulushini ko‘tarolmay,falakning qaddi kamondek egiladi!
Nodiraning mazkur baytlari Lutfiy hamda Mashrabning quyidagi baytlari bilan hamohanglik va hamdardlikda bahslasha oladi.Lutfiy yozadi:
Hijron kechasi charxi falakka yetar,ey moh,
Ohi saharim,xoh inon,xohi inonma.
Lutfiy g‘azaliga tazmin bog‘lagan Mashrab so‘zini ustozdan-da o‘zdiradi:
G‘am shomi firoqingda kabob etti falakni,
Ohi saharim,xohi inon,xohi inonma.
Nodiraning to‘la bo‘lmagan o‘zbekcha devoni O‘zbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.Devonga Nodiraning 109 g‘azali kiritilgan.
1962-yilda Namanganda shoiraning mukammal devoni topildi.O‘zbekis- ton fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan bu devon shoiraning lirik merosini to‘liq qamrab olgan.Devonda shoiraning “Nodira”taxallusi bilan yozgan 180 she’ri jamlangan (136 tasi o‘zbek tilida,44 tasi tojik tilida).Jumladan,11 muhammas,2 musaddas,1musam- man,1 tarji’band,1 tarkibband va 1 firoqnoma ham bor.Nodiraning “Maknuna” taxallusi bilan yozilgan,333 g‘azaldan iborat bir devoni ham mavjud ekan.Ho- zirgi kunda biz uning o‘zbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.
Nodira ishq-muhabbat,ilm-ma’rifat,el-yurt,do‘stlik,osoyishtalik,do‘stlik,osoyishtalik,obodonlik va maishiy farovonlik haqida asarlar yaratgan edi.Albatta,uning bevosita mamlakat va xalq hayoti bilan aloqador bo‘lgan she’r va g‘azallari aholining turli qatlamlari jumladan, mehnatkash tabaqalar“marhabo”siga musharraf bo‘lgan;uning“Shoh uldurki,ra- iyatga tarah hum qilsa” degan so‘zlari,“Shod qilgin bandalarning ko‘nglini eh- son etib”degan iboralari xalqqa ma’qul tushgan va Nodiraning shoira sifatidagi muborak ovozini xalq ovozi,xalq istak-orzusi bilan ma’lum darajada hamohang qilgan. Masalan,u xonni adolatparvarlikka chaqirib,bunday degan edi:
Bo‘yla kim mumtoz erursen barcha sultonlar aro,
Shod qilg‘il bandalarning ko‘nglini ehson etib…
Fuqaro holig‘a boqmasa harshoh,anga
Hashmatu saltanatu raf’atu shon barcha abas.
Shoh uldurki raiyatga tarahhum qilsa,
Yo‘q esa qoidai amnu omon barcha abas…
Tojikcha devon muqaddimasida noma’lum kotib-shoiraning Mohlaroyim fazilatlari va xizmatlari haqida“Kamol dengizining gavhari,izzu iqbol sadafining durri noyobi, ul xotinlar toji”degan so‘zlari;shuningdek,Nodiraning o‘zbekcha va tojikcha“yoqimli va shirin-shirin she’rlar yozganligi haqida qaydlar muhim ahamiyatga egadir.Chunki shu 4182 sonli“Devon”ida keltirilgan she’rlar muqaddimada qayd etilgan fikrlarni to‘la tasdiqlaydi.
5000 misradan ko‘proq bo‘lgan 333 she’rni o‘z ichiga olmish bu “Devon” dagi g‘azallarning birida Nodira:“Men gavharlikda Jayhun daryoga yetsam ham,bir qatra suvman,qadru martabadan osmonga yetsam ham, bir zarra tuproqman”deb quyidagilarni yozadi:
Qatrai obam gar az gavhar ba Jayhun merasam,
Zarrai xokam gar az rif’at ba gardun merasam.
Bu yurak so‘zlari Maknunaning olijanoblik,kamtarlik fazilatlaridan da rak beradi.
Katta falsafiy fikrlar bilan to‘la bo‘lgan bu “Devon” dagi she’rlarning bi- rida shoira:
To buvad poi jahdi Maknuna
Az sari justujo‘ nagardam boz
(Maknunaning oyoqlari harakatda ekan,izlanishdan qolmaydi),-desa, boshqa bir she’rida;
Umed hast ki,subhi umedi birasad,
Nihoyati shabi zindoni balo birasad.
(Umidimiz borki,iqbol quyoshga chiqajak,zindon qorong‘uliklariga ham nihoya yetajak),- deb yaxshi kunlarni orzu qilardi.Shoira falakning mojarolariga,“dardu alamga mubtalo”qiluvchi holatlarga e’tiroz bildirib,inson erkinligi to‘g‘risida o‘ylagan. “Zindon qorong‘uligiga barham beruvchi”, “Iqbol quyoshi” porlab chiqishini orzu qilgan.
Mubolag‘aga muqobil san’atlardan biri kuchaytirish bo‘lib,uning Nodira devonida qo‘llanish mahorati ham she’rxon idrokini sehrlaydi:
Belining borlig‘in qildi kamarbandi ayon,
Og‘zi yo‘q erdi, ani qildi padidor hadis.
Sharqda belning ingichkaligi,og‘izning torligi tashqi go‘zallik belgilaridandir.Maqsad insondagi mana shu nazokatni tasvirlash.Nodira g’azalidagi manzurning beli ko’z ilg‘amas darajada nozik ekanki,uni kamarbandi,ya’ni turkona aytganda,belbog‘i sezdirib qo‘yibdi.Og‘iz yo‘q darajada pinhon emishkim,borligini so‘zlagan so‘zlari oshkor etibdi.
Shoira tarjimayi holidan yaxshi bilamizki,u hayotining so‘nggi yigirma yilini umr yo‘ldoshidan ayrilgandan keying hijron azobida o‘tkazgan.Bu esa albatta uning she‘r va g‘azallariga katta ta’sir qildi.Hatto,firoqnoma asarlar bitish ,boshqacha aytganda,she’rlarida hijronni kuylash shoira ijodining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.Nodiraning firoqnomalarini ikki qismga bo‘lish mumkin:
1.Firoqnoma ruhidagi turli lirik asarlar.
2.Maxsus “Firoqnoma” muashshari.
Hijron motivlari shoiraning turli lirik janrlarda bitilgan asarlarida,xususan g‘azallarida kuchli sezilib turadi.Albatta,ayriliqni kuylash mumtoz lirikamizda avvaldan bor edi.Chunki tasavvufiy talqinga ko‘ra,inson bu hayotda Allohga intilib,umr bo‘yi uni bunyod etgan oliy zotga talpinib yashaydi.Lekin Nodira firoqnomalarida bevosita Umarxondan ayriliq kabi dunyoviy dard-alam bilan tasavvufiy hijron uyg‘unlashib ketgan.Shoira asarlarida mumtoz she’riyatimiz shart va talablarini mukammal o‘zlashtirishga,shu yo‘lda izlanishlar qilishga,yangiliklar yaratishga intilish sezilib turadi.Bu jihatdan uning musammatlari alohida diqqatga molik.Xususan, “Firoqnoma”muashshari o‘zbek so‘z san’atining ajoyib namunasi hisoblanadi.Asar mazmun-mohiyati – shoira umum ijodidagi mavzu va motivlar bilan chambarchas bog‘liq.U muashshar janrida,ya’ni har bandi o‘n misradan iborat bo‘lgan shaklda bitilgan.O‘n banddan,jami yuz misradan iborat bu asarning har bir bandi:
Hech kim,yo Rab,jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
misralari bilan tugallanadi.
Bu ikki satr asarning bosh leytmotivini belgilab bergan.Unda hijron azobini chekkan lirik qahramon kayfiyati shundoq bo‘rtib turibdi.
Firoqnoma
Ohkim behad menga javr-u jafo aylar falak,
Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak,
Yordin ayru menga ko‘p mojaro aylar falak,
G‘am bila guldek yuzumni qahrabo aylar falak,
Bevafodur,oqibat kimga vafo aylar falak,
Hasrat-u dard-u alamga mubtalo aylar falak,
Yorni,albatta, yoridin judo aylar falak,
Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak,
Hech kim,yo Rab,jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Sabr qilsam ishq dardi beqaroq aylar meni,
Kasbi hush etsam junun beixtiyor aylar meni,
Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni,
Hajr dog‘i dardmand-u dilfigor aylar meni,
O‘ylakim javri falak zor-u nizor aylar meni,
Yorsiz hijron balosig‘a duchor aylar meni,
Charxi dun tokay firoq ilgida zor aylar meni,
Oqibat bu dard-u g‘am Majnunshior aylar meni,
Hech kim,yo Rab,jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
***
Amalda o‘n misrali band besh baytli bir kichik g‘azal hajmini tashkil etadi.Shuning uchun shoira yuksak mahorat ko‘rsatib,uning har bir bandi badiiy qurilmasni mukammallashtirish,ohangdorlik quvvatini imkon qadar oshirishga harakat qilgan.Banddagi o‘n misraning oldingi sakkiz satri o‘ziga xos qofiya tizimiga bo‘ysundirilgan.Birinchi bandda “aylar falak”,ikkinchi bandda “aylar meni”,beshinchi bandda “qilmadi”,yettinchi bandda “bo‘lmadi”,sakkizinchi bandda “ayladi” so‘zlari radifga olingan.Qolgan besh band esa radifsiz qofiyalar bilan tugaydi.
Birinchi bandda lirik qahramon aybni falakka qo‘yadi.Sakkiz misraning ham “aylar falak” radifi bilan tugashi ham shundan.Shoira lirik qahramoni oh chekib,falakning unga behad jabr-u jafo ko‘rsatib,ayriliqda qismatini dard-u balo aylashi,boshiga ko‘p mojaro solishidan,bu kulfat uning yuzini qahraboga aylantirgani,ya’ni sarg‘aytirgani,shu tariqa g‘am-hasratga mubtalo etganidan noliydi,bu ayriliq bulbulni “bebarg-u navo”qilganini aytib, fig‘on chekadi.Falak timsoli ikkinchi bandda ham bor.Endi muallif ,hatto “charxi dunni” ham ham ishlatadi.Lirik qahramon ana shu falak yoxud charxi dunning jabr-u jafosiga sabr etmoqchi ham.Biroq buning iloji yo‘q;ishq dardi uni beqaror qiladi.Aqlimni yig‘ib olay (“kasbi xush etsam”) desa,junun (so‘zma-so‘z – jinnilik,aqlni yo‘qotib qo‘yish) uni beixtiyor qiladi.Hajr o‘ti (“dog‘i”) uni firoq qo‘lida (“ilkida”) zor etadi,oxiri,majnunshior,ya’ni jinnisifat qilib qo‘yadi.Bu va keying barcha bandlar oxirida har gal yuqorida keltirilgan bayt aynan takrorlanib kelaveradi.Shu taxlit banddan bandga hijron dardi ifodasi yanada kuchayib boradi.Nodira lirikasida uning umr yo‘ldoshi Umarxon - shoir Amiriydan bevaqt judo bo‘lganida yozilgan marsiya-firoqnoma borki, uni o‘qi-
gan,tinglagan inson larzaga tushadi.Bu firoqnoma muashsharda birinchi o‘nlik
band misralarining sakkiztasi o‘zaro qofiyalanib keladi (aaaaaaaa),qolgan ikki
misrasida boshqacha qofiyalar keladi(bb).Umumiy qofiya tartibi:aaaaaaaabb,aa aaaaaabb... Hamma o‘nlik bandlarning awalgi sakkiz misrasi mustaqil qofiyalanib,har band oxirida birinchi band so'nggida kelgan bayt o‘zgarishsiz aynan takrorlana boradi.She’r tarkibidagi barcha poetik komponentlar qatorida undagi qofiyalar,radiflar Nodira qismatiga tushgan ayriliq dardlarini ifodalashga xizmat etadi. Shoira har qaysi o‘nlik bandlarda musibat kechinmalarini ifodalovchi sakkiztadan qofiyadosh so‘zlarni topib ishlatadi.
Bu o‘rinda Nodiraning qofiya tirgaklari radif kabilarni ishlatishga ham o‘zgacha mas’uliyat bilan qaraganligini takidlash lozim.
Raviylar qofiyaning kompozitsion markazini tashkil etadi.U qofiyaning asosidir.Aruzda yozilgan she’rlarda ko‘proq harakatsiz undoshlar,ba’zi hollar-
da esa,cho'ziq unlilar (o, u, o') raviy bo‘lib keladi.Raviy,asosan,bir tovushning
qofiyadosh so'zlarda aynan takroridan,ba’zan eshitilishi bir-biriga yaqin bo‘l- gan tovushlarning almashinishidan (t-d, g ‘-q, q-k... kabilar) paydo bo‘ladi. Nodira o‘zi mahorat bilan topib qo‘llagan qofiyalarida raviylarga katta e’tibor beradi.
Firoqnomada Nodira o‘z hijron azobini go‘zal va juda ta‘sirli tarzda ifodalab bergan.She’rda banddan bandga o‘tilgani sayin oshiqaning ma’shuq sog‘inchida chekayotgan dard-alamlari izhori kuchayib boraveradi.Eng muhimi,asarda hasbi hol xususiyati bo‘rtib turibdi.Ya’ni satrlar mag‘zida aynan Nodiraning o‘zini,uning Umarxon vafotidan keyin chekkan insoniy azob-iztiroblarini his qilamiz.Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham sadoqat,vafo g‘oyasini kuchli targ‘ib qilishidan kelib chiqadi.Bu asar bilan Abdulla Oripovning “Ayol” she’ri o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham sezasiz.Ikkala asarda ham sharq ayollariga xos umr yo‘ldoshiga sadoqat ruhi ustun.
*****
Nodiraning vafo bobidagi fidokorona,samimiy fikrlarini o‘qib,ixtiyorsiz ulug‘ Navoiyni eslaysan,kishi.Navoiyning Majnun tili bilan Navfal qiziga :
Yoringga vafo shioring o‘lsun
Kim, tengri hamisha yoring o‘lsun-
degan misralari,aslida kelajak avlodga qaratilgan nasihat edi.Nodira mana shu
nasihatni “labbay” deb qabul etgan qizlarning biri bo‘lib,u shaxsiy hayotida bunga amal qildi.Ijodiy faoliyatida vafo uning bosh mavzusi bo‘ldi:Nodira vafoni kuylagan shoiradir.
Lirika-(yun.cholg‘u asbobi)adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo‘lib,o‘zining bir qator xususiyatlariga egadir.Lirikaning bеlgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg‘u-kеchinmalarni tasvirlashi olinadi.Ya’ni,epos va dramadan farqli,lirika voqеlikni tasvirlamaydi,uning uchun voqеlik lirik qahramon ruhiy kеchinmalarining asosi,ularga turtki bеradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir.Shu bois ham lirik asarda voqеlik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi,yana ham aniqrog‘i,lirikada kеchinmani tasvirlash uchun yеtarli miqdordagi voqеlik “parchalari”,dеtallargina olinadi.Lirikaning asosiy obrazi — lirik qahramon (ba’zan u lirik subyеkt dеb ham yuritiladi).
Lirik asarda tuyg‘u va o‘ylari tasvirlangan shaxs obrazi lirik qahramondir.U ko‘pincha,shoirning o‘zini anglatadi.Chunki lirik asarda ishtirok etadigan asosiy timsol shoirning o‘zi bo‘lib,shе’rda uning o‘ylari,sеzimlari,tuyg‘ulari,kayfiyati namoyon bo‘ladi.Lekin bu fikrga qarshi fikrlar ham mavjud.Dilmurod Quronov “Adabiyotshunoslikka kirish” kitobida o‘z fikrlarini bildirgan: “Ko‘pincha lirik qahramon dеganda muallif tushuniladiki,bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavеrmaydi.Zеro,shoir o‘zining kеchinmalarini tasvirlashi ham,o‘zganing ruhiyatiga kirgan holda o‘sha “o‘zga shaxs” kеchinmalarini tasvirlashi ham mumkin.Bu o‘rinda yana bir muhim masala shuki,shе’rda hatto shoir o‘z kеchinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan rеal shoir orasiga tеnglik alomati qo‘yib bo‘lmaydi.Chunki, L.Tolstoy aytmoqchi,har bir inson qalbida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir,shunga ko‘ra,shoir o‘zganing holatiga kirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kеchinmasini his qilishi ham mumkin.Masalan,Cho‘lponning “Mеn va boshqalar”shе’ri garchi lirik “mеn”tilidan bеrilgan bo‘lsa-da,uning lirik qahramoni shoir emas, balki o‘zbеk qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan.Lirik qahramon,epik asar qahramonlaridan farqli o‘laroq,noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyеktning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o‘quvchi tasavvurida tashqi ko`rinishi bilan gavdalanmaydi,mavhumligicha qoladi, aniqrog‘i,o‘quvchi o‘zini uning o‘rnida ko‘radi,uning kеchinmalariga turtki bеrgan holatni his qiladi,ko‘nglidan kеchgan kеchinmalarni o‘z ko‘nglida ham kеchiradi,— o‘zini ko‘rolmaydi.”
To‘g‘ri,lirik asarlarda ba’zan shoirdan boshqa qahramonlar ham ishtirok etadi.Jumladan,A.Oripovning Bahor shе’ridan olingan:Ravon yo‘llar qarshingizda turibdi mushtoq,-Dеrdi bizga harf o‘rgatgan yosh bir muallim misralaridagi muallim timsoli fikrimizga dalildir.Lеkin lirik asarda shoirdan o‘zga pеrsonajlarning o‘y-xayol va kеchinmalarini batafsil tasvirlash imkoni yo‘qligi uchun ham lirikadagi raqib,rind,sokiy,ag‘yor va boshka timsollar lirik qahramon darajasiga ko‘tarila olmaydi.Chinakam lirik asarning qahramoni o‘ziga xos tabiat,fе’l,kayfiyat,taqdir egasi sifatida namoyon bo‘lishi,uning sеzim va kеchinmalari shе’rxonni loqayd qoldirmasligi kеrak.Lirik qahramonning quvonchi,g‘ami,iztirob-u o‘ylari o‘zgalarga tasir ko‘rsata olsagina,u badiiy qiymatga ega bo‘ladi.Lirik qahramoni bеfarq qoldirgan shе’r yoki g‘azal o‘quvchining ongiga ham,tuyg‘ulariga ham tasir ko‘rsata olmaydi.Shoir shе’rlarida o‘z shaxsiyatining turli qirralarini namoyon etadi.Ularda aks etgan kеchinma va sеzimlar chin, ifoda go‘zal,badiiy til jozibasi bo‘lgani uchun lirik qahramon o‘quvchini o‘ziga tuyg‘udosh qilib qo‘yadi.Shundan kеlib chiqib, kеchinma va o‘ylari lirik asarda ifoda etilgan va shе‘rxonni o‘ziga tuyg‘udosh qila oladigan shaxs timsolini lirik qahramon dеyish mumkin.Lirik qahramon ko‘ngil holatini ifodalagani,bеvosita “mеn” nomidan so‘zlashgani,o‘zining eng ichkin,muqaddas tuyg‘ularini shе’rxon bilan o‘rtoqlashgani uchun o‘quvchiga yaqin va tuyg‘udosh bo‟lib qoladi.Adabiyotshunoslikda lirik qahramon tushunchasi 1921-yilda rus olimi Y.N.Tinyanov tomonidan kiritilgan.Shoir shaxsi qanchalik yirik,sеrqirra,uning tuyg‘ulari qanchalar samimiy bo‘lsa,lirik qahramon tasviri ham shunchalik jonli va sеrjilo bo‘ladi.
Nodira she’riyati qizg‘in va hayajonli,boy va mazmundor,ayni paytda fojialar bilan to‘la hayotining o‘ziga xos sharhlaridan iborat.Bu she’riyatning bosh mavzuyi ishqdir.Uning har bir satridan ishq hidi anqiydi.Nodira she’riyatining bosh qahramoni ko‘pincha Amir Umarxondir.Barcha ta’rif va tavsiflar,ishtiyoq va intilishlar ungadir.
“Ey!” deb boshlanadigan barcha xitoblar unga qaratilgandir.Bu she’riyatning ijodkori goh baxtidan masrur, goh baxtsizligidan mahzun Nodirabegimdir.Shoira sig‘inadigan yagona Alloh–ishq.Uning toat-u ibodati,namoz-u niyozi ham – muhabbat.U o’z she’rlarida “ishq namozini ado”etishini aytadi.
Nodira nazdida ishqsiz dinu mazhabga berilish komil musulmonlikka olib bormaydi.Ishq-u muhabbat oshiqning din-u mazhabiga aylansagina u kamolot qozonadi:
Qil, Nodira, muyassar sho‘ri junun jahonda,
Ishqu muhabbat o‘ldi oshiqqa dinu mazhab.
Shoiraning lirik qahramoni parvonavor oshiqlik talabgori.Uningcha,chinakam oshiq quruq da’vo bilan cheklanmasdan,shamdek kuymoq,parvonadek olovda o‘rtanmoq xislatiga,qudratiga ega bo’lishi kerak.Shunda uning muhabbati husni ishq darajasiga ko‘tariladi,kuli ko‘zlarga to‘tiyo bo‘ladi:
Husni ishq aylar sening xokistaringni to‘tiyo,
Sham’din kuymakni kasb et, mazhabi
Xo‘sh, “mazhabi parvona” – ishq o‘tida parvonavor o‘rtanmoq nimadan iborat?Bu sof tasavvufiy tushuncha bo‘lib,uning tavsifini Alisher Navoiyning ishqi haqiqiy nizomnomasi yanglig‘ bitilgan falsafiy- badiiy dostoni – “Lison ut- tayr”dan topish mumkin.Asarda“Parvonalar majma’i sham’i haqiqiy sharhida”sarlavhali qism bor.Unda tasvirlanishicha,parvonalar to‘dasi bir kecha haqiqiy sham’(ya’ni,Haq taolo)vasliga erishmoqchi,uning nuridan nishon izlamoqchi,asl zotini aniqlamoqchi bo‘ladilar.Ulardan bir nechalari birin- ketin sham huzuriga parvoz qiladilar,uning nuridan ko‘zlarini munavvar etadilar.Sham’ xosiyatini olamga yoyish uchun o’rtanib so‘zlaydilar.Ammo,ular qanchalik ravshan yonib so‘zlamasinlar,sham’ning mohiyatini boshqa parvonalarga yetkaza olmaydilar.Shu ko‘yi boshqa parvonalar ham o‘zlarini sham’ga uradilar,qanot-quyruqlarini kuydiradilar,ammo sham’ shu’lasini sharhlay olmaydilar.Zotan,shu’lani til sharhlayolmas,kuymasdan turib,uning mohiyatini anglamas,shu’la nuriga yo‘g‘rilmasdan oshiq poklanmas,vujudi yona-yona kulga aylanmay turib,haqiqiy sham’ vasli mohiyatiga yetolmas,u bilan birlik hosil etolmas ekan.Demak,mazhabi parvona–butkul fidoyi oshiq bo‘la olish san’atidir.
Tasavvufda parvonadek kuymak olam eliga muhabbat shevasini oshkor etmak demakdir.Nodira lirik qahramoni ruhiyatida bu omonat,o‘tkinchi,foniy dunyoga qattiq mehr bog‘lamaslik,uning huzur-halovatlaridan voz kechish,asl moyaga intilish,Tangri diydoriga talpinish tamoyili kuchli.Bunday qarashning nozik badiiy ifodasini quyidagi misralarda ko’rish mumkin:
Ey ko‘ngul,fig‘oningdin tiyradur falak qasri.
Bu binoni vayron qil, ishq uyini obod et.
Shoira yozgan g‘azal yo boshqa kichik lirik janrlar namunalarida yor timsoliga munosabat biroz o‘zgaradi.Birinchidan,ancha umumiylashadi,ya’ni endi uni xushro‘y bir qiz sifatida tasvirlab bo‘lmay qoladi.Ikkinchidan,g‘azal janri an’anasiga ko‘ra,lirik qahramon – oshiq tarzida namoyon bo‘ladi,erkak shoirlar yozgan asarlar mantiqan ma’shuqaga bag‘ishlanadi,shoiralar qalamiga mansub satrlarda lirik qahramon oshiqqa aylanadi va g‘azal endi ma’shuqaga emas, balki ma’shuqqa bag‘ishlanadi,shuning uchun shoiralar qalamiga mansub g‘azallarda yorning uzun sochi,ingichka beli qalam qoshi,uzun kipriklari... maqtalavermaydi.Uchinchidan,shoiralar yor(ya’ni ma’shuq)ni shunday umumiy tarzda tasvirlashi kerakki,undan Allohga ishora uzoqlashib ketmasin.
“DODA KELDIM…” G‘AZALI
Doda kеldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sеn shah-u, mеn bеnavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Maddi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misrayi barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.
Sarvi nozim, sеndin ayru naxli ohim bo‘ldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.
Har nеchakim sabr ta’mirini bunyod ayladim,
Ashk sеlobida vayron o‘ldi obodim, eshit.
Barcha yor-u oshnodin aylading bеgonalig‘,
Nеcha kunlar bo‘ldi, hargiz qilmading yodim, eshit.
Kеlki, bir soat sеni ko‘rmoq uchun mushtoqmеn,
Tеlba bo‘ldim sеndin ayru, ey parizodim, eshit.
Nodira bodi sabodin sanga irsol etgali
Qildi insho bu g‘azalni, tab’i noshodim, eshit.
Yetti baytdan iborat bu oshiqona g‘azal o‘zbеk mumtoz shе’riyati uchun an’anaviy bo‘lgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur),ya’ni foilotun foilotun foiloun foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan. Taqtе’si:
– V – – / – V – – / – V – – / – V – (yoki – V ~).
G‘azaldagi bеshinchi baytning birinchi misrasi “bеgonalig‘” so‘zi bilan tugagani, ya’ni oxirgi bo‘g‘in o‘ta cho‘ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur (– V – – / –V – –/ – V – – /– V ~) vaznida bitilgan.G‘azalda turkiy so‘z (“eshit”) radifga olingan.Qofiyadagi so‘zlarning barchasi o‘zbеkcha egalik qo‘shimchasi bilan kеlgan forscha-tojikcha so‘zlardan tashkil topgan (dodim–faryodim–ozodim – shamshodim – obodim – yodim – parizodim – noshodim).
Do'stlaringiz bilan baham: |