Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti


-BOB. MDH MAMLAKATLARIDA INVESTITSION MUHITNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Download 329,67 Kb.
bet11/29
Sana03.02.2022
Hajmi329,67 Kb.
#427915
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
ozbekiston respublikasida investitsion muhitni takomillashtirish yonalishlari

2-BOB. MDH MAMLAKATLARIDA INVESTITSION MUHITNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
(ROSSIYA MISOLIDA)

2.1. Rossiyada investitsion muhit va uni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar

Investitsion muhitni tashkil etishning muhim omili – investorlar kafolatini ta’minlashdir. Iqtisodiyotning hozirgi holatida Rossiya davlatining mavjud imkoniyatlari keskin chegaralangan. Biroq xorijlik investorlar davlatning uzoq muddatli investitsiya resurslarining yuqori darajadagi defitsiti hisobiga qoniqarli darajada emas. Bunda qonun xorijlik investorlar uchun quyidagi kafolatlarni ta’minlaydi:



  1. Rossiya hududida investitsiya kiritish va tadbirkorlik faoliyati olib borishda ular huquqlarining to’liq va qat’iy himoyasi;

  2. Ushbu hududda qonuniy yo’l bilan topilgan foyda va daromadlarni tasarruf etish (tabiiyki, qonunda ko’zda tutilgan soliqlar va yig’imlarni to’lagandan so’ng).

Qulay investitsiya muhitini tashkil etish omillari qatoriga mavjud qonunchilik bazasini rivojlantirish kiradi. Bunga Rossiya Federatsiyasi(RF)ning barqarorlik, shaffoflik va soliq yig’ishlarni ta’minlash kabi holatlarni qamrab oluvchi amaldagi Soliq kodeksining 1-qismini qo’shish mumkin. Soliqlar (yig’imlar) to’g’risidagi qonunchilik aktlari ularning rasmiy nashr etilishi kunidan boshlab bir oydan kam bo’lmagan muddatda va soliq (yig’im) bo’yicha kelgusi soliq davrining 1-sanasigacha kuchga kiradi, federal qonunlar, yangi soliqlar o’rnatish orqali RFning Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartishlar, shuningdek, soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi RF sub’yektlarining qonunchilik aktlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish vakillik organlarining aktlari, kiritilgan soliqlar (yig’imlar) kelgusi yilning 1-yanvarigacha kuchga kiradi.
Umuman olganda, Rossiyadagi investitsion muhit noqulay holatda turibdi. Xususan:

  • xorijiy investitsiyalar ko’lami qayd etilganidek, mamlakat ehtiyojiga javob bermayapti;

  • davlatning samarali investitsiya siyosati aniq mavjud emas hamda davlat kafolatlari juda kam;

  • investitsiya jarayonida davlatning ishtiroki yetarli darajada emas, boshqacha aytganda, iqtisodiyotning real sektori rivojlanishini moliyalashtirishda ichki va xorijiy investorlarni rag’batlantirish past.

Boshqa salbiy omil – tabiiy monopoliyalarning xatti-harakati, shu jumladan, ularning narx siyosati. Agar davlat o’z iqtisodiy siyosatida xususiy investorga investitsiyalashda tashvish keltirgan bo’lsa, u investitsiya faoliyatiga kerakli ashyolarni topa oladigan korxonalar uchun sharoitlar yaratishga majbur. Ushbu holatda davlat boshqaruvining muhim hal qilinmagan vazifalaridan biri – tovarlar narxi, tabiiy monopoliyalar xizmati va real sektor korxonalari mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarning o’sishiga yo’l qo’ymaslik.
Rossiyaning EKSPANS ekspert-analitik guruhi Rossiyalik kreditorlar uchun mamlakat iqtisodiyoti turli tarmoqlarining reytingini baholaydi. Qariyb 20 ta ko’rsatkich asosida Rossiyaning har bir yirik sohasi (investitsion reytingi) investitsion jozibadorligining yakuniy ko’rsatkichi aniqlanadi3.
Bozor iqtisodiyotida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy-madaniy, tashkiliy-huquqiy va geografik omillar, bu va boshqa mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini, jalb qilinuvchi va boshqa investorlar majmuasini investitsion muhit deb atash qabul qilingan.
Mamlakatdagi investition muhit kapital qo’yilmalar uchun qulay emas, kuchli ishlab chiqarish apparati, mavjud arzon va yetarli darajada malakali ishchi kuchi, nisbatan yuqori ilmiy-texnik salohiyat investorlarni o’ziga jalb etmaydi. Investitsion muhitning hozirgi holati Rossiya iqtisodiyotini tez orada sog’lomlashtirishga umid bermaydi hamda mamlakat ichkarisida va tashqarisida investitsion muhit indeksini oshirish uchun investitsion siyosatni yaxshilash bo’yicha davlatning faol harakati zarurdir.
Mamlakatdagi investitsion muhitni tahlil qilishda shuni e’tiborga olish mumkinki, mamlakat ichkarisidagi kapital qo’yilmalar miqdori aholining davlatga bo’lgan ishonch darajasiga bog’liq, xorijiy kapital qo’yilmalar hajmi esa, asosan, investitsion muhit ko’rsatkichiga bog’liqdir. Xorijiy investitsiyalar oqimining investitsion muhit yoki uning boshqa tashkil etuvchilarining indeksiga bog’liqligi deyarli chiziqli xarakterga ega. Hozirgi kungacha Rossiyada investitsion muhitni va uning alohida hududlarini baholash tizimi mavjud emas. Xorijiy investorlar ko’p sonli firmalarni, dunyoning ko’plab mamlakatlaridagi, shuningdek, Rossiyadagi investitsion muhitni muntazam baholash yo’nalishini aniqlashmoqda. Biroq Rossiyadagi investitsion muhitni baholash Rossiya Federatsiyasidan tashqarida va Rossiyalik ekspertlar ishtirokisiz o’tkaziladigan xorijlik ekspertlarning doimiy yig’ilishlarida ishonchsizlik bilan taqdim etib boriladi. Bunga bog’liq holda Federatsiyaning yirik iqtisodiy rayonlari va sub’yektlarining, Rossiya investitsion muhit monitoringining Milliy tizim tadqiqotlari RAN Iqtisodiyot institutida boshqarib borilishi asosida tashkil etish vazifalari turadi. Bu xorijiy investitsiyalar oqimi va ulardan optimal foydalanishni ta’minlaydi, o’ziga xos kredit siyosatida Rossiya banklarining yo’nalishi bo’lib xizmat qiladi.
Siyosiy nobarqarorlik, inflyatsiya, mukammal bo’lmagan qonunchilik, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanmaganligi, axborot ta’minlashning yetarli emasligi xususiy ichki va xorijiy kapitalning investitsiya sohasidagi oqimiga to’sqinlik qiladi. Ushbu muammolarning o’zaro bog’liqligi investitsion holatga ularning salbiy ta’sirini kuchaytiradi. Rossiya iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning kuchsiz oqimi Federatsiyaning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlari, Markaz va sub’yektlari o’rtasidagi kelishmovchiliklar, millatlar o’rtasidagi nizolar va mamlakat chegaralaridagi to’g’ridan-to’g’ri urushlar, ijtimoiy keskinliklar (qo’zg’olonlar, islohotlar yo’lida jamiyat keng qatlamlarining noroziligi), jinoyatchilikning avj olishi va hokimiyatning zaifligi, investorlar uchun qonunchilikning qulay emasligi, inflyatsiya, ishlab chiqarishning pasayishi, rubl kursining to’xtovsiz tushib borishi va uning konvertirlanmasligi va boshqalar bilan izohlanadi.
Rasmiy siyosat to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar bilan yordam ko’rsatishni buyuradi, lekin amalda xorijiy firmalar Rossiya iqtisodiyotiga kapital kiritishga urinib, aqlga to’g’ri kelmaydigan qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqdalar. Rossiya qonunchiligi barqaror bazaga ega emas, tijorat faoliyati ko’plab byurokratik to’siqlarga turtki bo’lmoqda, bundan tashqari, ko’plab rus siyosatchilari to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardan haqiqatan ham qo’rqyapti, degan taassurot shakllanmoqda. Rossiyada ayrimlar xorijiy investitsiyalar – bu “firibgarlik”dan boshqa narsa emas, xorijiy kompaniyalar esa Rossiya iqtisodiyotidan ochiqchasiga foydalanmoqda, deb ishontirilgan.
Rossiya iqtisodiyotiga investitsiyalarning jalb qilinishi mamlakatda investitsion yetishmovchilikni bartaraf etishning hayotiy muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Notijorat xavf-xatarlardan investitsiyalarni sug’urtalash investitsion faoliyatni kuchaytirishda asosiy rolni o’ynashi kerak. Bu borada Rossiyaning Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik (MIGA)ka, ularning siyosiy va boshqa notijorat risklardan sug’urtalashni amalga oshirishga qo’shilishi muhim qadam bo’lib turar edi. Ichki va xorijiy xususiy kapital qo’yilmalar uchun muhim zaruriy sharoit – doimiy va barchaga ma’lum aqida va qoidalar salohiyatli investorlarning tushuna olishlari va oldindan ko’ra bilishlari uchun shunday holatda ifodalanganki, bu qoidalar ularning faoliyatiga mos keladi. Rossiyada mavjud uzluksiz islohotlar davrida huquqiy rejim o’zgarib turadi. Yaqin kelajakda xorijiy investitsiyalar harakatda bo’lishi uchun zaruriy qonunchilik bazasi Investitsiyalar to’g’risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi bilan takomillashadi. Shuningdek, yerga egalik qilish huquqining qonunchilik tavsifi katta rol o’ynaydi. Rossiya investitsiya bozoridagi holat haqidagi axborotlardan xorijiy investorlarning foydalanishini osonlashtirish uchun investitsiyalar ko’magida Davlat axborot markazi tashkil qilingan.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash uchun taraqqiy etgan bozor munosabatlarini rivojlantirishning umumiy sharti sifatida mamlakatda tashkil etishga yo’naltirilgan, o’ziga xos bo’lgan, investitsiyalarni jalb qilish masalalarini hal qilishga bevosita bog’liq bo’lgan bir qancha muhim chora-tadbirlarni qabul qilish zarur bo’ladi.
Umumxarakterdagi chora-tadbirlar orasida quyidagilar muhim ahamiyatga ega:

  • turli hokimiyat tuzilmalari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari o’rtasida milliy hamjihatlikka erishish;

  • jinoyatchilik bilan kurashish choralarini amalga oshirish;

  • jahon amaliyotida barchaga ma’lum inflyatsiyani to’xtatish;

  • soliq qonunchiligini soddalashtirilgan tartibda qaytadan ko’rib chiqish va ishlab chiqarishni rag’batlantirish;

  • depozit va omonatlarga foiz stavkalarini oshirish yo’li bilan investitsion ehtiyojlarga korxonalar va aholining bo’sh pul mablag’larini safarbar etish;

  • yakuniy qurilish mahsulotlari uchun ob’yektlar to’lov tizimini qurilishga joriy qilish;

  • bankrotlikning qonunchilikda ko’zda tutilgan mexanizmini olib borish;

  • boshqa faoliyat yo’nalishlari bilan solishtirganda kapitalning sekin aylanishidan ko’rilgan zararni to’la qoplash uchun ichki va xorijiy investorga investitsiyalar uchun uzoq muddatli soliq imtiyozlari berish.

Investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar qatorida quyidagilarni qayd etish lozim:

  • konsessiyalar (yer, kon, korxona va shu kabilardan foydalanish haqida davlat bilan firma o’rtasida tuziladigan shartnoma) va erkin iqtisodiy hududlar to’g’risidagi qonunlarni qabul qilish;

  • davlat institutlari, tijorat banklari va sug’urta kompaniyalari, xorijiy kapitalni siyosiy va tijorat risklaridan sug’urtalovchi, shuningdek, axborot-vositachilik markazlari, Rossiya uchun faol loyihalarni saralash va buyurtma qilish bilan, ularni amalga oshirishda manfaatdor bo’lgan investorlarni izlash va bitimlarni operativ tashkil etish bilan shug’ullanuvchi keng va raqobatbardosh tarmoqni o’z ichiga olgan xorijiy kapitalni qabul qilish tizimini yaratish;

  • Rossiyada investitsion muhit monitoringining Milliy tizimini eng qisqa muddatda yaratish;

  • rubl kursini mustahkamlash va uning to’liq konvertatsiyalanishiga o’tish dasturini qayta ishlash va qabul qilish.

Rossiya iqtisodiyotiga ichki va xorijiy investitsiyalarni keng ko’lamda jalb etish mamlakatda madaniyatli, ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni, aholining yuqori sifatli hayotini baholovchi, aralash iqtisodiyot asosida turuvchi, nafaqat mulkchilikning turli shakllarining birgalikda samarali ishlashini, balki tovarlar, ishchi kuchi va kapital bozorining baynalmilallashuvini ko’zlaydigan uzoq muddatli strategik maqsadlarni yaratishni ko’zlaydi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari va ilg’or boshqaruv tajribasi Rossiyaga xorijiy kapitalni kiritishi mumkin. Shuning uchun jahon xo’jaligida va xorijiy kapitalni jalb qilishda Rossiyaning harakatga keltirilishi – mamlakatda zamonaviy fuqarolik jamiyati qurishning muhim shartidir. Xorijiy kapitalni moddiy ishlab chiqarishga jalb etish zarur tovarlarni xarid qilish uchun avvalgiday betartib ravishda sarflanadigan va davlat qarzlarini ko’paytiradigan kreditlarni olishdan ko’ra anchagina samaraliroqdir. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy inqirozdan chiqish, ishlab chiqarishning pasayishini va ruslarning hayot sifatining yomonlashishini bartaraf etishda xorijiy va mahalliy investitsiyalar oqimi hayotiy muhim ahamiyatga ega. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, Rossiya jamiyatining, bir tomondan, xorijiy investorlarning manfaatlari boshqa tomondan bevosita to’g’ri kelmaydi. Rossiya o’z ishlab chiqarish salohiyatini tiklash va yangilashda, yuqori sifatli va arzon iste’mol tovarlari bozorini, o’z eksport salohiyatini tarkibiy qayta qurishni rivojlantirishda va antiimport siyosatini yuritishda, jamiyatga g’arb boshqaruv madaniyatini kiritishda manfaatdor hisoblanadi. Xorijiy investorlar ham Rossiyaning keng ichki bozori, tabiiy boyliklari, malakali va arzon ishchi kuchi, mamlakatdagi fan va texnika yutuqlari hisobiga foyda olishda, shubhasiz, manfaatdordirlar.
Shuning uchun davlat oldida qiyin va yetarlicha nozik vazifa turibdi: mamlakatga xorijiy kapitalni o’ziga xos rag’batlardan mahrum qilmasdan jalb etish, uni jamiyat maqsadlariga erishishda iqtisodiyotni tartibga solish chora-tadbirlariga yo’naltirish.
Xorijiy kapitalni jalb qilayotib milliy investorlar munosabatida kamsitishga yo’l qo’yilmaydi. Xorijiy investitsiyalar bilan faoliyat yuritadigan korxonaga soliq imtiyozlari berish amal qilmaydi. Biroq bunday chora-tadbir amaliy jihatdan xorijiy kapitalning investitsion faolligiga ta’sir etmaydi.
Ichki investitsiyalar xorijiy investitsiyalarga nisbatan muhim ahamiyatga ega, chunki ular aholining hukumatga bo’lgan ishonchining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Rossiyalik investorlar nafaqat maksimal foyda olishda, balki mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini oshirishda, shuningdek, Rossiya tabiiy boyliklarini behuda sarflamaslikda manfaatdor qilinadi.
Rossiya investitsion muhitidagi ijobiy o’zgarishlar haqida yaxlit holda aytish mumkin. Agar kapital qo’yilmalarning mavjud tendensiyasi kelajakda saqlanib qolsa, Rossiya ishlab chiqarishidagi umumiy holat yaqin 5-10 yilda yaxshi tomonga o’zarishi mumkin. Iqtisodiyotda investitsiyalar hajmini ko’paytirish natijasida uning barqarorligi oshadi, uzoq muddatli kreditlar riski kamayadi, binobarin, ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan, o’z navbatida, mamlakatdagi ijtimoiy tanglikni kamaytiradigan ko’plab loyihalar hayotga tadbiq etiladi4.
Rossiyadagi investitsion muhit sharoitlari haqida uzoq muddat gapirish mumkin. Ushbu mavzuni bugungi kunda nafaqat Rossiya Federatsiyasida, balki uning tashqarisida ham muhokama qilishmoqda. Qayd etish kerakki, ushbu holatlar ko’p omillar sababli nihoyatda muvhum hisoblanadi. Biroq V. V. Putin bu masalada Rossiya reytingda 8-o’ringa ko’tarilganini ma’lum qildi. Bunda prezident haqiqatni qo’shishni unutdi, ya’ni ushbu ro’yxatda mamlakat Pokiston, Vetnam, Zambiya, Gana, Tailand va boshqalardan keyin 112-o’rinni egallaydi.
Albatta, vaziyatlarning hozirgi holatini qoniqarli baholash juda qiyin. Rossiya mamlakatdagi holatga ta’sir ko’rsatuvchi 10 ta ko’rsatkichdan 9 tasini yaxshilay oldi.
Mamlakatlar quyidagi ko’rsatkichlar hisobi bo’yicha reytingda ko’tariladi:

  1. Korxonalarni ro’yxatga olish.

  2. Bino qurish huquqini qo’lga kiritish.

  3. Elektr ta’minoti tizimiga ulanish.

  4. Mulkchilikning turli shakllarini ro’yxatga olish.

  5. Kreditlash darajasi.

  6. Investorlar huquqlarini himoyalash.

  7. Soliq solish.

  8. Xalqaro savdo rivojlanish darajasi.

  9. Shartomalar ijrosini taminlash.

  10. Korxonalarni tugatish.

Rossiya ro’yxatga olishda qulaylik nuqtai nazaridan Germaniya (106-o’rin)ni ortda qoldirib, 101-o’rinni egallaydi, investorlar huquqlarini himoya qilish bo’yicha – 117-o’rinni egallaydi. Agar korxonani ro’yxatga olish unchalik qulay bo’lmasa, bu korxonani tugatish birmuncha qulayroqdir va bu ko’rsatkich bo’yicha Rossiya reytingda 64-o’rinni egallagan. Shuningdek, Rossiyadagi kreditlash bozori o’z maqsadiga yetishguncha hali ancha vaqt bor, bu yerda mamlakat umumiy reytingda 104-o’rinni egallab turadi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati qiyinlashayotgan vaziyatni yaxshilash uchun ishlamayotgandek edi, qo’rqmasdan ma’lum qilish mumkinki, Rossiyadagi investitsion muhit 2013-yilda qoniqarsiz e’tirof etildi, AQSH Savdo vakolat xonasi buni bayon qilishdan cho’chimadi. Bularning barchasi qonunchilikdagi chalkashliklar bilan bog’liq. Har qanday holatda ham ijobiy natijalar uchun ishlashda davom etish kerak, ba’zi holda ko’plab investorlar Rossiya bozorini o’z aktivlarini joylashtirish uchun ishonchli joy sifatida qabul qilishdan to’xtaydilar.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirda Rossiyada mamlakatdagi mavjud investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan ko’plab islohotlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlar iqtisodiyotdagi mavjud vaziyatni, albatta, yaxshilashga, uni o’nglashga yo’naltirilgan. Agar qilinayotgan islohotlar davrida muhim va zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, investitsion muhit past darajada qolib ketishi va bu holat kelgusida iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga o’zining jiddiy salbiy ta’sirini ko’rsatishi ehtimoldan yiroq emas. Buning natijasida o’z-o’zidan ma’lumki, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari pasayadi va bu holat aholining turmush darajasiga ham salbiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi. Ya’ni iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarishning kamayishi, buning natijasida ish o’rinlarining qisqarishi aholi daromadlarining pasayishiga, ularning turmush darajasining yomonlashuviga sabab bo’ladi.
Shu bois, ushbu holatlarga yuz tutmaslik uchun bunda, albatta, davlatning oqilona investitsiya siyosati muhim omil sifatida qaralmog’i lozimdir.



    1. Download 329,67 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish