Kiritilgan xorijiy investitsiyalar tarkibi
(mln. AQSH dollarida)
|
2005
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
Xorijiy investitsiyalar – jami,shu jumladan:
|
53651
|
114746
|
190643
|
154570
|
170180
|
To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar, ulardan:
|
13072
|
13810
|
18415
|
18666
|
26118
|
Kapitalga to’lovlar
|
10360
|
7700
|
9080
|
9248
|
9976
|
Xorijiy hamkor tashkilotlardan olingan kreditlar
|
2165
|
4610
|
7495
|
7671
|
14581
|
Boshqa to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar
|
547
|
1500
|
1840
|
1747
|
1557
|
Portfel investitsiyalar, ulardan:
|
453
|
1076
|
805
|
1816
|
1092
|
Aksiya va paylar
|
328
|
344
|
577
|
1533
|
895
|
Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar
|
125
|
680
|
219
|
282
|
186
|
Boshqa investitsiyalar, ulardan:
|
40126
|
99860
|
171423
|
134088
|
142970
|
Savdo kreditlari
|
6025
|
17594
|
27775
|
28049
|
27345
|
Boshqa kreditlar
|
33745
|
79146
|
139931
|
97473
|
113950
|
Boshqalar
|
356
|
3120
|
3717
|
8566
|
1675
|
Manba: Rossiya Federatsiyasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
2005-2013-yillar oralig’ida Rossiyadan xorijga chiqarilgan investitsiyalar hajmi ortib bordi va qariyb 6,5 barobarga oshdi. 2005-yilda ularning hajmi 31,1 million AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 2013-yilda esa 201,6 million AQSH dollarini tashkil etdi. Shuningdek, 2013-yilda Rossiyadan xorijga 2012-yilga nisbatan 25,7 foiz ko’p xorijiy investitsiyalar chiqarildi.
Xorijiy investitsiyalar tarkibida to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalarning ulushi ham ortib bordi, ularning hajmi 2005-2013-yillar oralig’ida mos ravishda 136,7 va 10,5 barobarga oshdi.
2.2.2-jadval
Rossiyadan xorijga chiqarilgan investitsiyalar tarkibi
(million AQSH dollarida)
|
2005
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
Xorijiy investitsiyalar – jami, shu jumladan:
|
31128
|
96222
|
151673
|
149908
|
201640
|
To’g’ridan to’g’ri investitsiyalar, ulardan:
|
558
|
10271
|
19040
|
17426
|
76265
|
Kapitalga to’lovlar
|
371
|
3005
|
7730
|
8128
|
65344
|
Xorijiy hamkor tashkilotlardan olingan kreditlar
|
107
|
6964
|
11248
|
9292
|
10876
|
Boshqa to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar
|
80
|
302
|
62
|
6
|
45
|
Portfel investitsiyalar, ulardan:
|
406
|
795
|
11113
|
6967
|
4266
|
Aksiya va paylar
|
291
|
474
|
1446
|
2944
|
2462
|
Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar
|
115
|
321
|
9639
|
4017
|
1804
|
Boshqa investitsiyalar, ulardan:
|
30164
|
85156
|
121520
|
125515
|
121109
|
Savdo kreditlari
|
12246
|
75076
|
101160
|
104228
|
96680
|
Boshqa kreditlar
|
1407
|
9217
|
19139
|
20039
|
23814
|
Bank omonatlari
|
16206
|
766
|
1148
|
1035
|
440
|
Boshqalar
|
305
|
97
|
73
|
213
|
0,2
|
Manba: Rossiya Federatsiyasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Rossiya Federatsiyasida 2010-yilda asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmining o’sishi 2009-yilga nisbatan 6,0 foizni tashkil qildi. Yil so’nggida investitsiyalar o’sishi sezilarli darajada tezlashdi va IV chorakda III chorakka nisbatan 7,7 foizni tashkil etdi.
2011-yilga kelib asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi deyarli 2010-yildagi darajada saqlanib qoldi. Ushbu investitsiyalar tarkibini qaraydigan bo’lsak, bu yilda faqatgina turar joylar uchun ajratilgan investitsiyalar hajmi 2010-yilga nisbatan 0,5 foiz o’sish ko’rsatkichini tashkil qilgan, qolganlarida esa bir xil tendensiya saqlanib qolgan.
2.2.3-jadval
Rossiya Federatsiyasida asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar tarkibi (jamiga nisbatan foizda)
|
2005
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
Asosiy kapitalga investitsiyalar – jami, shu jumladan:
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Turar joylar
|
12,0
|
12,2
|
12,7
|
12,2
|
16,0
|
Bino (turar joylardan tashqari) va inshootlar
|
40,4
|
43,3
|
43,3
|
44,2
|
42,1
|
Mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari
|
41,1
|
37,9
|
37,9
|
37,6
|
35,3
|
Boshqalar
|
6,5
|
6,6
|
6,1
|
6,0
|
6,6
|
Manba: Rossiya Federatsiyasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Yuqoridagi jadvalda asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar dinamikasini ko’radigan bo’lsak, so’nggi yillarda o’sish tendensiyasi deyarli kuzatilmadi. 2013-yilda faqatgina turar joylar uchun ajratilgan investitsiyalar hajmi 2012-yilga nisbatan 3,8 foizga o’sdi.
2.2.1-diagramma
Xorijiy investitsiyalar dinamikasi
(million AQSH dollarida)
Manba: Rossiya Federatsiyasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
2.2.1-diagrammadan ko’rinadiki, xorijiy investitsiyalar dinamikasida 2009 – 2013-yillar oralig’ida o’sish va pasayish tendensiyalari kuzatilgan. Ushbu tendensiyaning eng past ko’rsatkichi 2009-yilning I choragida kuzatilgan bo’lsa, eng yuqori ko’rsatkichi 2010-yilning IV choragida kuzatilgan. Keyingi yillarda ham xorijiy investitsiyalar dinamikasida ushbu tendensiyalar saqlanib qolgan.
Asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar dinamikasiga qaraydigan bo’lsak, bunda ham o’sish va pasayish tendensiyalari kuzatiladi. Xususan, 2012-yil boshida investitsiyalar hajmining pasayishi kuzatilgan bo’lsa, keyinchalik bu ko’rsatkich oyma-oy o’sib bordi va dekabr oyida boshqa oylarga nisbatan yuqori ko’rsatkichni tashkil qildi. Xuddi shunday 2013- va 2014-yillarda ham bu tendensiya saqlanib kelinayotganini ko’rishimiz mumkin.
2.2.2-diagramma
Asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar dinamikasi
Manba: Rossiya Federatsiyasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Mamlakatda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog’liq masala mamnuniyat bilan tez-tez muhokama qilib kelinmoqda. Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ekspertlari fikricha, Rossiyaning barqaror rivojlanishiga erishish uchun yaqin 20 yilda turli manbalardan 2 trillion AQSH dollariga yaqin yoki bir yilda 100 milliard AQSH dollaridan investitsiyalash zarur bo’ladi. Hozirgi paytda Rossiya birinchi o’rinda jalb qilinayotgan investitsiyalar miqdoriga ko’p e’tibor qaratmoqda. Har yili rivojlanayotgan bozorlarga 500 milliard AQSH dollari miqdorida kapital kiritilsa, Rossiyada bu ko’rsatkich 5 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi.
Mamlakat iqtisodiyotining real sektorini modernizatsiyalash uchun har yili 100 milliard AQSH dollarigacha hajmda investitsiyalar zarur bo’ladi. Shuning uchun Rossiyaning jahon bozorlariga, birinchi navbatda, kapital bozorlariga faol integrallashuvi RF Hukumati tomonidan davlat investitsiya siyosatining muhim vazifasi sifatida qaralishi zarur. Chet el investitsiyalari hukumatning pul bilan bog’liq qiyinchiliklarini vaqtinchalik yumshatish uchun xizmat qilishi ham mumkin.
Rossiyada investitsiyalar bilan bog’liq muammolar jiddiy vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin, bu paytda kapital qo’yilmalarni yo’qotish xavfi investorlarni fikridan qaytaradi. Rossiya bozori – xorijiy investorlar uchun eng jozibador bozorlardan biri hisoblanadi, biroq uni oldindan aytib bo’lmaydi, xorijiy investorlar esa Rossiya bozorida o’z o’rinlarini qo’ldan chiqarmaslikka, pullarini yo’qotmaslikka urinadilar.
Hozirda RFning Davlat investitsiya siyosati aynan investorlarni Rossiya bozorida ishlashi uchun barcha zaruriy sharoitlar bilan ta’minlashga yo’naltirilgan, shu sababdan kelajakda iqtisodiyotdagi mavjud holat yaxshi tomonga o’zgarishini umid qilish mumkin. Rossiya uchun ichki investitsiyalar katta ahamiyatga ega, bozor iqtisodiyoti shakllanishida ko’pchilik insonlar o’zlariga katta imkoniyatlar yaratib olishgan, ya’ni hozirgi paytda bular Yevropa va Amerika banklaridagi mablag’lar bo’lib, ular chet el mamlakatlarida investitsiyalar uchun ishlatilmoqda. Davlat mamlakat ishlab chiqarishini rivojlantirishga sezilarli darajada turtki berish uchun bor kuchi bilan bu mablag’larni xorijdan Rossiya iqtisodiyotiga qaytarishga urinmoqda.
Bundan maqsad investitsion jarayonning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, uning mohiyati, holati va normativ-huquqiy boshqaruvini aniqlash turadi.
Rossiya Federatsiyasida investitsion faoliyatni tartibga solish huquqi to’g’risida gapirganda, shuni qayd etish kerakki, bu ikkita qonunchilik tomonidan amalga oshiriladi:
Maxsus qonunchilik.
Fuqarolik va xo’jalik qonunchiligi.
Investitsiya qonunchiligi ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tartibini nazorat qiladi va yo’naltiradi. Federatsiya sub’yektlarining normativ-huquqiy aktlari investitsion faoliyat doirasida investorlarga qo’shimcha imtiyoz va byudjet kafolatlari berishga yo’naltirilgan.
Qiyinlashib borayotgan bozor tizimida investorning o’z funksiyalarini cheklash orqali xususiy investitsiyalarni jadallashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish davlatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Biroq Rossiya iqtisodiyoti amaliyoti bozor iqtisodiyotini mustahkamlash uchun davlatning faol ishtiroki zarurligini ko’rsatadi.
Investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining investitsion siyosatini takomillashtirishning ayrim yo’llari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
Investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha davlat siyosati to’g’risida potensial xorijiy investorlarni xabardor qilish tizimini yaratish;
Federal qonunchilikka o’zgartirishlar kiritish uchun hududlarning qonuniy tashabbuslari to’g’risida Davlat Dumasiga takliflar kiritish;
Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashishni qattiqqo’llik bilan amalga oshirish5.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimning yashovchanligi va taraqqiy etishi ko’p jihatdan oqilona investitsiya siyosatiga bog’liq. Mamlakat va jahon miqyosida iqtisodiyot rivojlanishi, ertangi kunning farovon hayoti uchun investitsiyalar muhim ahamiyatga ega. Investitsiyalarni jalb qilish orqali mamlakat iqtisodiyotining ko’pgina tarmoqlarini rivojlantirish imkoni yuzaga keladi, jumladan, investitsiya kiritish natijasida ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qurollantirish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar va ko’rsatayotgan xizmatlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish orqali jahon bozorlariga chiqish imkoni tug’iladi. Bularning barchasi, albatta, hukumatning faol va oqilona investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |