O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra



Download 43,46 Kb.
bet1/5
Sana23.06.2022
Hajmi43,46 Kb.
#695450
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Yaqin Sharq


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
Kafedra: Falsafa va milliy g’oya
Fan: Geosiyosat asoslari


KURS ISHI


MAVZU: Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Yaqin Sharq masalasidagi kelishmovchiliklar ildizi
Bajardi:
Tekshirdi: A.Samadov
Samarqand 2021
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………….……3
1-BOB. Sharqiy Yevropa-demokratik jamiyatga o’tish………,……………..…..4
1.1 Bolgariyadagi demokratik tizim…………………………..…………….……4
2-BOB. XX asr oxiri XXI asr boshida Kavkazorti davlatlari……..…………..…5
2.1Ozarbayjon Respublikasi, Gruziya Respublikasi, Armaniston Respublikasi
3-BOB. Yaqin Sharqm masalasi………………………………………………12
3.1“Yaqin Sharq” geografik va geosiyosiy makoni tavsifi
3.2Amerika Qo’shma Shtatlarining Sovuq urushdan keying harakatlari…….….15
3.3Bushdan qolgan siyosiy meros……………………………………….....……17
Xulosa……………………………………………………………………………21
Foydalanilgan adabiyotlar…………………..…………………………………22


Kirish
1989-yilda Sharqiy Blok davlatlari birin-ketin Sovet Ittifoqidan yuz o’girib, NATO1 va Yevropa Ittifoqi kabi g’arb tashkilotlariga qo’shila boshladi.
Polsha, Chexiya va Vengriya kabi davlatlar uchun bu jarayon nisbatan oson kechgan bo’lsa, boshqalarida boshqaruv hamon zaif, fuqaro jamiyati ildiz otmagan.
“Amerika Ovozi” bilan suhbatlashgan mahalliy jurnalistlar uyushgan jinoyatchilik, hukumatdagi poraxo’rlik, professional kadrlar yetishmovchiligi kabi muammolarni tilga oladi.
Yaqin Sharq uch qit’a – Afrika, Osiyo va Yevropa kesishgan nuqtada joylashgan bo’lib, beshta dengiz – O’rtayer dengizi, Qizil dengiz, Qora dengiz, Kaspiy dengizi va Arabiston dengizi bilan o’rab olingan. Tarixan mazkur hudud Fors ko’rfazi, Ormuz qo’ltig’i va Suvaysh kanali orqali o’tuvchi muhim xalqaro savdo yo’llarining asosi bo’lib kelgan. Neft kabi ahamiyatli tabiiy zahiralari va geosiyosiy joylashuvi Yaqin Sharqning xalqaro maydonda o’ziga xos siyosiy hamda iqtisodiy maqomini shakllantirib, uning qudratli davlatlar raqobat maydoniga aylanishiga sabab bo’lib kelmoqda.
Sharqiy Yevropa: sotsialistik o'tmishdan demokratik kelajak sari.
Bolgariyadagi demokratik tizim
Bolgariyalik suhbatdoshimiz Ilin Stanev Dnevnik va Kapital 2gazetalarining Vashingtondagi muxbiri. Muammolar barchaga oydek ravshan, deydi u.
“Bolgariyada demokratik tizim zaif. Demokratiya deganda birinchi navbatda saylovlar tilga olinadi, biroq tizim poydevori – qonun ustuvorligi hamda fuqaro jamiyati kuchli emas” - deydi Stanev, - “Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun, bir so’z bilan aytganda, iroda yetishmaydi.”
Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod mamlakatga qator talablar qo’yiladi. Masalan Ruminiyada huquq-tartibotni kuchaytirish va korrupsiyani kamaytirish stragetiyasi ishlab chiqilqan edi.
Tahlilchi Suzana Dobrening aytishicha, Ruminiya o’tgan yili ittifoqqa qabul lingach, bu ezgu sa’y-harakatlar to’xtab qoldi. Hatto islohotlarni ortga burishga qaratilgan urunishlar bo’ldi. Ruminiya ommaviy axborot vositalari ancha kinlashgan, deydi Dobre, ammo yirik tele-radiostansiyalar ko’pincha amaldorlarga yoki ularga yaqin odamlarga tegishli.
Jurnalist Ilin Stanevga 3ko’ra Bolgariya matbuotida o’z-o’zini tsenzura qilish hollari uchrab turadi, ammo umuman olganda erkin. Lekin televideniyega amaldagi hukumat ta’sir o’tkazishga urinib keladi.
Serbiya bosib o’tgan yo’l
Sobiq kommunistik davlatlar ichida Serbiya bosib o’tgan yo’l tamoman boshqacha, deydi “Amerika Ovozi” bilan suhbatda bo’lgan serbiyalik muxbir Svetlana Vukovich. Uningcha, Bolgariya va Ruminiya Yevropa izidan borgan bo’lsa, Serbiya millatchilik va urush yo’lini tanladi.
“2000 yilda Slobodan Miloshevich 4hukumati ag’darilgach, Serbiya yangi davrga qadam qo’ya boshladi. Lekin davlat idoralari, sudlar, parlament, huquq-tartibot, armiya va ayniqsa maxfiy xizmatlar demokratik o’zgarishlarga tayyor emas edi,” - deydi Vukovich. Muxbirning ta’kidlashicha, ayni paytda Serbiya jamiyati ikkiga bo’lingan. Yevropa Ittifoqi bilan integratsiyani targ’ib qilayotganlar hamda “NATO bizdan Kosovoni olib qo’ydi” deya G’arb demokratiyasini rad etayotganlar. Shunday bo’lsa-da, Serbiya yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqiga kirishi mumkin. Mamlakat parlamenti ittifoq bilan hamkorlikni oshirishga qaror qilgan va bu boradagi bitim tasdiqlangan.
Tahlilchilar nazarida G’arb tashkilotlariga a’zolikka kirish ilinji islohotlarga turtki berishi mumkin, biroq ularni amalga oshirish hukumat va mahalliy rahbarlar irodasiga bog’liq.
Gruziya Janubiy Kavkaz davlatlari ichida NATO va Yevropa ittifoqi doxil g’arb davlatlari bilan bo’lgan munosabatini a’lo darajaga olib chiqgan davlat hisoblanadi. Gruziya, 2009-yildan e’tiboran YI5 tomonidan tuzilgan Yevropa ittifoqi va uchta Sharqiy Yevropa davlati shu jumladan Ukraina, Moldoviya, Belarus bilan uchta Janubiy Kavkaz davlati shu jumladan Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihaga kiritilgan. Yevropaning “Sharqiy hamkorlik” dasturi, loyihaga kiritilgan davlatlarni Yevropa ittifoqiga yana-da yaqinlashtirish shu jumladan yaqin hamkorlik, erkin savdo va vizasiz rejim shartnomalariga qo’l qo’yilishini ko’zda tutmoqda. Sheriklik shartnomasiga 2014-yili Bryussleda qo’l qo’yildi va 2016-yilning iyul oyida kuchga kirdi. Gruziya bilan YI o’rtasidagi vizasiz rejimning yaqinda boshlashi kutilmoqda.
Turkiya bilan Gruziya o’rtasidagi munosabatlar, Gruziyaning mustaqil davlat ekanligini e’lon qilganiden keyin rivojlandi va ikkala mamlakat o’rtasida turli tarmoqlardagi shartnomalarga qo’l qo’yildi. Turkiya, Gruziyaning mustaqilligini 1991-yilning 16-dekabrida tan oldi. Diplomatik aloqalarning tashkil topishi to’g’risidagi protokolga esa 1992-yilning 21-mayi kuni qo’l qo’yildi va har ikki davlatda ham elchixonalar ochildi. Shuningdek Turkiyaning Batumda, Gruziyaning esa Istanbul va Trabzonda bosh konsulliklari mavjud.
Turkiya bilan Gruziya o’rtasidagi munosabatlar strategik saviyada. Turkiya 2007-yilidan beri Gruziyaning, eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Gruziyaga eng ko’p to’g’ridan-to’g’ri investitsiya kiritgan davlatlar ro’yhatida Turkiya birinchi o’rinda desak mubolag’a bo’lmaydi. Ikkala mamlakat o’rtasida 2011-yilning oxirgi oyida kuchga kirgan bir protokolga muvofiq, ikkala mamlakat fuqarolari bir-birlari yurtiga faqatgina adikart orqaligina sayohat qilish imkoniga ega. Ikkala mamlakat o’rtasida muntazam ravishda, oliy darajali tashriflar ham amalga oshmoqda. Turkiya bilan Gruziya o’rtasidagi munosabatlarni yana-da rivojlantirish uchun ikkala mamlakat o’rtasida Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashi mexanizmi tashkil topdi. Birinchi ODSHK yig’ilishi 2016-yilning 19-iyuli kuni Turkiya poytaxti Anqarada, ikkinchi yig’ilishi esa 2017-yilning 23-mayi kuni Gruziya poytaxti Tbilisida bo’lib o’tdi.
Ozarbayjon ishtirokida tashkil topgan Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya Tashqi ishlar vazirlari uchli yig’ilish jarayoni mintaqaviy barqarorlik, tinchlik va gullab-yashnash uchun hissa qo’shadigan muhim loyihadir. Shuningdek Mudofaa, Iqtisodiyot, Transport vazirlari, Qurolli Kuchlar raislari, Parlamentning Tashqi ishlar komissiyasi rahbarlari va Biznes Forumlari o’rtasida ham uch tomonlama uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda.
Turkiya bilan Gruziya, o’rtadagi mavjud munosabatlarni ham o’zaro rejalar, ham da mintaqaviy saviyadagi strategik mohiyat asosida ko’rmoqda. Gruziya, ham Kaspiy energiya manbaalarining Turkiya va g’arb bozorlariga olib o’tilishi ham da Turkiya bilan Ozarbayjon, Rossiya va Markaziy Osiyo Respublikalari o’rtasidagi transport aloqalari jihatidan muhim o’ringa ega. O’z navbatida Turkiya ham Gruziyaning eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Bu doirada Turkiya, Gruziya va Ozarbayjon o’rtasida energiya va transport bosh bo’lish bilan birga turli tarmoqlarda uchli hamkorliklar qilinmoqda. Boku-Tbilisi-Jayhon neft quvur liniyasi va Boku-Tbilisi-Erzurum tabiiy gaz quvir liniyasi bilan Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li loyihasi bu hamkorlikning eng konkret namunalaridir.
Turkiya Gruziyaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, Gruziyaning ichki masalalarining hal qilinishida ham yordam berishga harakat qilmoqda. Gruziya xalqi uchun Abxaziya va Janubiy Osetiya muhim hudud hisoblanadi. Lekin, 2008-yili yuz bergan Gruziya-Rossiya urushida Rossiya g’olib chiqdi. Ortidan bu mintaqalarning mustaqilligi Rossiya tomonidan tan olindi va harbiy shartnomalar orqali kafolatga olindi. Rossiyaning o’zaro shartnomalarga tayangan holda tashkil etgan bazalari, separatist rejimlarning mintaqaviy darajada, qonuniylikga erishishiga yo’l ochdi. Gruziya aslida mustaqil bo’lgan Abxaziyaning bu statusini, yaqin kunlarda o’zgartirish kuchiga ega emasligini yaxshi biladi. Shuning uchun ham vaziyatni xalqaro kun tartibiga olib chiqib, o’z haqqini himoya qilishga harakat qilmoqda. Janubiy Osetiya muammosiga bo’lgan ko’z qarashi ham bundan farqli emas. Lekin Rossiyaning 2016-yilning dekabr oyida “Abxaziya va Osetiyaning demokratik davlatlar sifatida rivojlanishini qo’llab-quvvatlashi”6 to’g’risidagi bayonoti, buning qulay ishga oshmasligini ko’rsatmoqda. Gruziyaning amaldagi hukumati, ham Rossiya bilan bo’lgan munosabatlar, ham da Abxaziya va Janubiy Osetiya muammosi masalasida yana-da iliq yo’l tanladi va Rossiya bilan bo’lgan munosabatlarini qayta tiklanishi uchun qadam tashladi. Lekin Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi va Ukrainadagi vaziyatlar bilan Rossiyaning Abxaziya bilan ittifoq shartnomasiga qo’l qo’yishi, Gruziyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyaga bo’lgan qayg’ularini yana-da orttirdi.
Turkiya Gruziyaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaydi. Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olmaydı va bu kelishmovchiliklarning Gruziyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi doirasida tinchlik yo’li bilan hal qilinishini xohlaydi. Turkiya, Gruziyaning Yevroatlantika integratsiyasi sari intilishlarini ham qo’llab-quvvatlaydi.
Turkiya-Gruziya munosabatlaridagi eng muhim masalalardan biri axiska turklarining ona vatanalariga qaytish jarayonidir. Turkiya bu jarayonni yaqindan kuzatib kelmoqda va Gruziyaning 1999-yili Yevropa kengashiga a’zo bo’lar chog’ida o’z zimmasiga olgan javobgarchiliklari doirasida axiska turklarining ona vatani hisoblangan Axiskaga qaytishlari oldidagi barcha to’siqliklarning olib tashlanishini talab qilmoqda. Gruziyaning bu borada yuritadigan faoliyatlari ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlaydi.
“Yaqin Sharq” geografik va geosiyosiy makoni tavsifi haqida aniq bir to’xtamga kelinmagan. “Yaqin Sharq” atamasining o’zi 1850-yillarda Britaniya Imperiyasining Hindistonga nisbatan siyosat yurituvchi idoralarida yuzaga kelgan. Atamaning keng qo’llanishga kirishi 1902 yilda e’lon qilingan amerikalik strateg dengizchi Alfred Tayer Mexenning “Fors ko’rfazi va xalqaro munosabatlar” maqolasi ortidan yuzaga kelgan. Ushbu maqolada Yaqin Sharq “Qora dengizning janubi, g’arbda O’rtayer dengizi va sharqda Hindiston oralig’idagi hudud” deya ta’riflangan. Hozirgi zamonaviy qo’llanishda esa, asosan, janubda Efiopiya, shimolda Turkiya, g’arbda Marokash va sharqda Afg’oniston hamda Pokistongacha bo’lgan hududga “Yaqin Sharq” deya nisbat berish ko’proq uchraydi. Mazkur maqolada Yaqin Sharq hududi sifatida ushbu zamonaviy qo’llanishdan foydalanishga qaror qilindi.



Download 43,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish