Mintaqaning YaIM (PPSda) — 16,354 trln. doll. tashkil etib, uning aholi jon boshiga to’g’ri kelishi - o’rtacha 9800 doll.dan iborat. Mintaqa mamlakatlaridan eng yoqori aholi jon boshiga ko’rsatkichi Yaponiyada bo’lib, u — 25 600 doll.ni tashkil etadi; eng past ko’rsatkich Koreya xalq demokratik respublikasida - 1000 doll. Mintaqa YaIM ning o’rtacha yillik o’sish sur’ati 4%ni tashkil etib, ular orasida eng yoqori ko’rsatkich Xitoyda (o’rtacha 9.6-10%), Janubiy Koreyada (5,5-6% va Tayvandadir (4,5%).
Mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining tarmoqlari tarkibi undagi mamlakatlar rivojlanish darajasiga bog’liq holda bir-biridan ajralib turadi. Masalan, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi va baliqchilik sohalarining ulushi Mongoliya iqtisodiyotida eng ko’p (3%)ni, eng kam ulushni Gonkong (0,1%) tashkil etadi.
Sanoat sohasining rivojlanishi bo’yicha ilg’or pozitsiyalarni Shimoliy va Janubiy Koreyalar (YaIM dagi ulushi 45%), Yaponiya (35%) va Xitoy (46%) egallab kelmoqda. Xizmat ko’rsatish sohasi esa, eng katta ulushga Gonkong (85,6%), eng kichik ulushga Shimoliy Koreya egadir.
Texnik jihatdan yirik va ilg’or Yaponiya sanoati hisoblanadi. U avtomobillardan tortib, boshqa transport vositalarini, xususan: kemalar, stanoklar, electron uskunalar, metallarni ishlab chiqarmoqda.
Moliya sektorini yoqori darajada rivojlangani bilan Yaponiya, Gonkong, turizm sohasini eng yoqori rivojlanishi bilan Makao boshqa mintaqa davlatlaridan ajralib turadi.
Hammaga ma’lumki, xozirgi kunda Yaponiya mamlakati o‘zining iqtisodiy salohiyati bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlarni egallab kelayotgan davlatdir. Shuni e’tirof etish lozimki, Yaponiya aholisi jahon aholisining 2,3% ni tashkil qilgan holda Jahon Yalpi Maxsuloti (JYaM) ning 16% ni ishlab chiqaradi. Yaponiyaning bunday yaxshi natijalarga erishishining asosiy sababi, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarning samarali olib borilganligidir. Xaqiqatdan ham, 1940 yilda Yaponiya hissasiga Jahon Yalpi Mahsulotining 3% to‘g‘ri kelgan xolos. XX asrning ikkinchi yarmidan to xozirgacha Yaponiyada iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari yiliga o‘rtacha 7,7% ga to‘g‘ri kelgan. Yaponiyaning bunday qisqa vaqt ichida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishiga sabab, davlatning muvaffaqiyatli iqtisodiy siyosat olib borganligidandir. Chunki, Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmidan (1955 y) to xozirgacha (12 ta mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish rejalarini tuzib), ularni kuni kecha mamlakatda sodir bo‘lgan tabiiy ofat - sunami va yer qimirlashlar yuz bergan davrgacha, muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Davlatni barcha dasturlarining asosiy maqsadi - mamlakat eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan bщlib, unda davlat islohotlarning dastlabki paytlarida asosiy e’tiborni agrar sohani isloh qilishga qaratdi. Ekin maydonlarining barchasi aholiga sotilib, qishloq xo‘jaligidagi ortiqcha ishchi kuchi sanoat sohasiga jalb qilindi. Olib borilgai islohotlar natijasida, kuchli agrar sektor paydo bo‘ldi va mamlakatning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabi to‘la qondirila boshlandi.
1960-1970 yillardagi dasturlarda sanoatdagi ustivor sohalar ajratib olindi va ushbu sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor bilan qaraldi. Bu sohalarga: qora metallurgiya, elektroenergetika, temir yo‘l va dengiz transporti sohalari kiritildi. Davlat bu sohalarni har xil imtiyozli kreditlar, subsidiyalar berish, har xil soliqlardan ozod qilish, tashqi savdo bo‘yicha har xil kvotalar va tariflar qo‘yish yo‘llari orqali himoya qilib, bu sohalarni rivojlanishini tezlashtirdi. Qisqa muddatda bu sohalarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilib, davlat ko‘magi asosida jahon bozorlariga intensiv kirib kela boshladi. Davlatning sa’yi xarakatlari natijasida, 1953-1970 yillar mobaynida, Yaponiyaning qayta ishlash sanoati 10,5 martaga. mashinasozlik sanoati 25 martaga,kimyo sanoati 12 martaga, metallurgiya sanoati 10 martaga o‘sdi.1
Islohotlarning natijasi o‘laroq, mamlakat aholisining turmush darajasi yaxshilanib ishsizlik darajasi eng past nuqtaga tushirildi. 1970-1980 yillarda iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. Chunki, bu paytga kelib, jahon bozorida energoresurslar va hom ashyoning narxi oshib ketgan edi. Bu esa, Yaponiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni raqobatbardoshligini kamaytirdi. Chunki, Yaponiyada deyarli barcha hom ashyolar va energoresurslar import qilinar edi. Mamlakatdagi resurslar mamlakat extiyojining atiga bir foizinigina qondiradi xolos. Lekin, mamlakatdagi juda katta mehnat resurslarining mavjudligi, mamlakatda ilmtalab sohalarni rivojlantirishga imkon yaratdi.
Davlat endi asosiy e’tiborni ilmiy texnikaviy taraqqiyotga (ITT) karata boshladi. Jumladan, 1970 yilda ITT ga YaMM ning 1,5% sarflangan bo‘lsa, 1975 yilda bu ko‘rsatkich - 2,1%, 1985 yilda esa 3,1% ni va 2010 yilga kelib, 3,9% ni tashkil qildi. Bu esa, ishlab chiqarilgan avtomatlashtirish sohasini, elektronika, avtomobilsozlik va robototexnika sohalarini juda tezlik bilan rivojlanishiga olib keldi.
Yaponiya xukumati yuqorida olib borgan siyosati bilan bir vaqtda mamlakat ichkarisida tovar ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan juda qattiq ximoya qilish siyosatini olib bordi. Masalan, 1975 yilda mamlakat ichki iste’moli uchun YaMM ni 5% darajasida import tovarlarsha ruxsat berilgan bo‘lsa, 1987 yilda - bu ko‘rsatkich 4.5% ga tushirildi. Bu ham mamlakatda ishlab chiqarish sur’atlarini yuqori bo‘lishining sabablaridan biridir. Ammo, xozirgi kunga kelib, tashqi dunyoni qistovi bilan bu ko‘rsatkichni 10%ga chiqarishga majbur bo‘ldi.
1980-2000 yillarda davlat o‘zining tovarlar-eksporti strategiyasini kapital eksporti strategiyasiga almashtirdi. Jumladan o‘rtacha kapital eksport qilish 1981-1985 yillarda $5 mlrd. bo‘lgan bo‘lsa, 1986-1990 yillarda bu ko‘rsatkich $32 mlrdni va 1991-1995 yillarda esa $25 mlrdga teng bo‘ldi.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, o‘tgan vaqt mobaynida hukumat raqobat mexanizmini saqlab qolib va uni rivojlantirib, mamlakatni sanoatlashtirishga qaratilgan strukturaviy va investision siyosat yuritgan. Bunda mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishga urg‘u berilgan. Davlat rejalarini amalga oshirishni kamchiliklarsiz bo‘lishiga xususiy sektordagi barcha xususiy firmalarni katta-katta korporatsiyalarga birlashganligi ayniqsa qo‘l keldi. Chunki, davlat rejalarini tuzish komissiyasi barcha yirik korporatsiyalarning vakillaridan iboratdir.
Osiyo modelining yana bir vakili Koreya Respublikasi bo‘lib, ma’lumki, mazkur mamlakat o‘zining rivojlanishini yaxshi bo‘lmagan boshlang‘ich holatdan ya’ni, tabiiy resurslarning tanqisligi, ichki bozorning torligi, milliy va kapital jamg‘armalarning kamligi va bu borada tajribaning yo‘qligi bilan tavsiflanib, keyinchalik esa, o‘z iqtisodiy rivojlanishida juda yuqori iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon etdi va yangi industrial davlatlar qatoridan o‘rin oldi
Janubiy Koreya o‘sha 60-yillar boshlarida, ya’ni rejalashtirish tizimiga o‘tayotgan davrda davlatning oldida juda muxim qarorni qabul qilish muammosi turardi. Chunki, davlat yoki import o‘rnini bosish strategiyasi, ya’ni import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki eksportga yo‘naltirilgan strategiya, ya’ni eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni tanlashi kerak edi. Koreya davlati ikkinchi yo‘lni ya’ni eksportga yo‘naltirilgan strategiyani tanladi. Shu bilan birga, birinchi besh yillikda mamlakat agrar iqtisodiyotida sezilarli islohotlar amalga oshirilib, qiishlok xo‘jalik mahsulotlari bilan o‘z-o‘zini bemalol ta’minlay oladigan darajaga olib chiqildi. Bir vaqtning o‘zida davlat yuqoridagi strategiyani amalga oshirishda bozor mexanizmlaridan ustalik bilan foydalandi. Masalan, ichki jamg‘armalarni jalb qilish maqsadida tijorat banklariga 28 foizga foiz stavkalarini ko‘tarishga ruxsat berdi. Natijada Koreys banklari kapitali juda tezlik bilan ortib bordi. Xorijiy investisiyalarni jalb qilish maqsadida davlat shunday qonun ishlab chiqdiki, bu qonunga ko‘ra xorijiy investorlar kafillngini davlat o‘z bo‘yniga oldi. Natijada mamlakatga katta miqdorda investisiyalar kirib kela boshladi.
Eksportni ko‘paytirish maqsadida davlat Janubiy Koreya “vona” sini qariyib 100% devalvatsiya qildi va xorij valyutasi ustidan nazoratni joriy qildi. Shu bilan birga eksporterlarga har xil tarif imtiyozlari berildi va bojxonalardagi byurokratiyaga chek qo‘yildi. Davlatnpng yuqoridagi siyosatlari natijasida 1961-1971 yillar davomida Janubiy Koreya eksporti yiliiga o‘rtacha 36% o‘sib bordi. Bu yerda albatta Koreys xalqining mexnatkashligini, savodxonlik darajasini yuqoriligini (80%) va jahondagi xalqaro iqtisodiy holatlarni xisobga olish kerak. Lekin. baribir yuqoridagi natijalarga erishishda davlatnpng iqtisodiy siyosat olib borishdagi muvaffaqiyatli chora-tadbirlari birinchi o‘rinda turadi.
Davlat kimyo va og‘ir sanoatni sohalarni tezlik bilan rivojlantirish uchun «milliy investisiya fondini» joriy qildi va bu qilingan xarakatlar tez orada o‘z natijasini berdi. Mamlakatda juda kuchli kemasozlik, mashinasozlik va elektronika sohalariga ihtisoslashgan firmalar paydo bo‘ldi.
Qishloq va shaxar aholisining daromadlarini tenglashtirish maqsadida davlat “semnil undon” ya’ni, “yangi qishloqqa harakat” siyosatini olib bordi. Bunga ko‘ra, davlat qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan guruch va donni hamda mamlakat aholisi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni bozor narxlaridan yuqori bahoda sotib ola boshladi. Natijada, qishloq xo‘jaligida hosildorlik ortdi va qishloq aholisining daromadlari deyarli shahar axolisi daromadlariga tenglashdi.
Yuqorida olib borilgan siyosatlar natijasida mamlakatdagi o‘rtacha iqtisodiy o‘sish 10.8 % ga teng bo‘ldi. Kimyo va og‘ir sanoat mahsulotlarining mamlakat eksportidagi ulushi 21.3 % dan 34.7 % yetdi.
Davlat korxonalrini shakllantirishdan asosiy maqsad mamlakatda olib borilayotgan sanoatlashtirish siyosatini tezlashtirish va eksport salohiyatini kuchaytirish edi. Davlat korxonalari elektr energiya, yul qurish sohasi, qora metallar ishlab chiqarish, kemasozlik kabi strategik sohalarda shakllantirildi. 1981 yili 24ta davlat korporatsiyalari xissasiga jami YaMM ning 10 %i to‘g‘ri keldi. Davlat tomonidan ilmiy ishlab chiqarish parklari «ITI» va tavakkal (risko) firmalar tuzila boshlandi. Masalan, 1992 yil ITT ga YaMM ning 2,1% i sarflangan bo‘lsa, 1998 yilda bu ko‘rsatkich - 4,0%ga teng bo‘ldi. 2000 yilda esa, bu ko‘rsatkich 5,0% ni tashkil etdi. Natijada mamlakatdagi mikroelektronika, informatika, ximiya va shplab chiqarishni avtomatlashtirish sohalari rivojlandi.
Soliq tizimidagi islohotlar natijasida mamlakat soliq tizimi yaxshilandi, mamlakatda umumiy soliq tizimi joriy qilinib, 1998 yilda soliq, stavkasi 23% ni tashkil etdi. Shuni alohida qayd etish lozimki. Janubiy Koreyada iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari yuqorn bo‘lishida davlatning hissasi katta bo‘ldi.
Endi Xitoyning barqaror iqtisodiy o‘sishiga e’tiborni qaratadigan bo‘lsak, uning asosi - milliy ishlab chiqarish bo‘lib, undagi mehnat unumdorligining jadal sur’atlarda oshirish imkoniyatlari, mamlakatning ishlab chiqarish sohasida va ayniqsa, uning sanoat sohasidagi mavjud muayyan salohiyatida ko‘rinadi. Shu sababli, har bir mamlakat o‘zining sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish sohasidagi amalga oshirayotgan iqtisodiy siyosatini o‘z ichki imkoniyatlariga va qarab belgilaydi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
1994 yilda sanoat korxonalarida amalga oshirilgan islohotlarda «chuqurlashuv» fazasi boshlandi. U ilgari qabul qilingan bir qator qarorlaridan kelib chiqib, amalga oshirildi. 1992 yildagi «Umumxalq mulki bo‘lgan sanoat korxonalarida xo‘jalik mexanizmini almashtirish holati» ularning keng masalalar doirasidagi avtonomiyasini mustahkamladi, jumladan: investisiyalash, narx-navoni tartibga solish, ishchi kuchini yollash, eksport-import operatsiyalari kabilar.
Xitoy sanoatini to‘lkinsimon tarzda o‘sishi, butun bir iqtisodiyot singari bo‘lmadi. Undagi keng miqyosli kapital quyilmalar yuqori sur’atlarda o‘sishga olib kelib, undagi investisiyaning samarasi goh pasayib, goh o‘sib turdi. Shu noxushliklarni yengish uchun, hukumat investision siyosatni kuchaytirdi, uning oqibatida mamlakat iqtisodiyotining o‘sish dinamikasi pasaydi. Keyingi sikl esa, yana kapital quyilmalarini ko‘paytirishdan boshlandi. O‘sish sur’atlari bo‘yicha, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boshqa barcha sohalarni ortda qoldirdi, bu esa xalq xo‘jaligida progressiv tizimiy o‘zgarishlarga olib keldi. Sanoatning YaIM (yalpi ichki mahsulot) dagi ulushi 1996 yilda, 49% ni tashkil etdi. Ikkilamchi sektor orasida qayta ishlash sanoati muhim o‘rinni egalladi. Uning 30% atrofidagi ishlab chiqarilgan mahsulotlari mashinasozlik sanoatiga to‘g‘ri keldi. Og‘ir sanoatdagi qayta ishlash tarmog‘ining ulushi esa, uning 1978 yildagi 52,5% dan 1996 yilda 60% ga yetdi.2
Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarishidagi ustuvorlik, texnika sig‘imi katta bo‘lgan ishlab chiqarishga berilmokda. An’anaviy tarmoqlar, ya’ni, ko‘mir qazib olish, tekstil sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati, oddiy mashinasozlik tarmoklarining ulushi esa, aksincha, kamaya boshladi. Ulardan farqli o‘laroq, neftni qayta ishlash, elektronika, kimyo, metallurgiya, transport va elektroenergetika uskunalarini ishlab chiqarish sezilarli tarzda ortib bordi. Ba’zi bir mashinasozlik tarmoqlari kundan- kunga o‘z salohiyatini oshirib bordi.
Xitoy kemasozlik sanoati dunyoda uchinchi o‘rinni egallab, uning umumiy jahon kemasozligidagi ulushi 5% ni tashkil etdi. 1990 yillar boshidan elektron uskunalar ishlab chiqarish yiliga - 30% ga o‘sib bordi. Bu tarmoqni sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 1990 yildagi 3,4% dan, 1997 yilga kelib – 4,6:%ga o‘sdi.3
Do'stlaringiz bilan baham: |