Sadibekova B.D – “Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlar nomzodi.
Taqrizchilar:
Kamilova M.X. - O’z.R FA Iqtisodiyot institutining ilmiy xodimi, i.f.n., dotsent Ermamatov Sh.J. – Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “MDH, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent
O‘quv uslubiy majmua Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan. (2011 yil “..28....”.......08......dagi “.....1..”-sonli bayonnoma).
KIRISH
Mazkur O’UMda rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan Xitoy Xalq Respublikasi hozirgi kunda qudratli davlatlar hisoblangan AQSh, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi Davlatlari va Rossiya bilan iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy texnikaviy rivojlanish sohalari bo‘yicha raqobatlashish darajasiga chiqdi. Chunki Xitoy bugungi kunda Xalqaro maydonda o‘zining olib borayotgan siyosatida, xalqaro munosabatlarida, iqtisodiy rivojlanishda va ijtimoiy xayotida, o‘ziga yetarli bo‘lgan zamonaviy salohiyatga egadir va shu nuqtai nazardan dunyo hamjamiyatiga qo‘shilib, uning dolzarbligi kundan – kunga oshib bormoqda.
Ushbu O’UM “Xitoy iqtisodiyoti”ning shakllanish va rivojlanish shart – sharoitlari, omillari, rivojlanish bosqichlari va undagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar jarayoni, mamlakat iqtisodining ustuvor yo‘nalishlari va yaqin istiqboldagi ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotining muhim jixatlari hamda bu boradagi davlat iqtisodiy siyosatini takomillashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
1995 – yildan to hozirgi davrgacha bo‘lgan vaqt mobaynida olib borilgan isloxotlar natijasida Xitoy aholisining yashash darajasi “O‘rtamiyona – syaokan darajasiga” erishildi. Xitoy xukumati va Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan belgilangan mamlakatning kelajak rivojlanish rejasi bo‘yicha Xitoy iqtisodini 2021 yilgacha qisman va 2049 yilgacha to‘liq yangilash (modernizatsiyalash) ko‘zda tutildi. Yuqorida ta’kidlangan jarayonlarni mana shu Xitoy iqtisodi fanida batavsil o‘rganilish ko‘zda tutilmoqda.
O’UM kirish, o'quv dasturi, ishchi dasturi, kalendar reja, ta'lim texnologiyasi, testlar, nazorat uchun savollar, yakuniy nazorat savollari, tarqatma materiallar, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro'yhati, o'quv materiallari, xorijiy manbalar, kurs ishlari mavzulari, mualliflar haqida ma'lumot, normativ hujjatlar, reyting ishlanmasi, baholash mezonlaridan tashkil topgan.
Mazkur O’UM 5231000- XMI va mamlakatshunoslik yo‘nalishidagi bakalavr bosqichining 2 – kurs talabalari uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |