Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
Talabalarning Xitoy iqtisodi fanini yuqori darajada o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalashin, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etish muhim axamiyatga egadir. Xususan, ushbu fan bo‘yicha slaydlar, testlar, multimediyalardan prezentatsiya qilish usuli orqali keng foydalanish ko‘zda tutilgan. Fanni o‘zlashtirishda, fan bo‘yicha bilim berishda va o‘qitishda ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, XXR Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy tadqiqot markazlari, Xitoy elchixonasi va Xitoy milliy markazi tomonidan nashr etilgan statistik va taxliliy to‘plamlar materiallaridan keng foydalanish ko‘zda tutilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |