Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga o‘quvchiga va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar
“Xitoy iqtisodi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida akmalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-
Xitoy iqtisodining shakllanish va rivojlanish shart – sharoitlarini, omillarini va ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi muhitning asosiy belgilarini;
-
O‘rganilayotgan mintaqa tillari bilan kundalik, malakali, ijtimoiy – siyosiy, huquqiy – boshqaruv, ijtimoiy – ma’daniy muomala sohalarida so‘zlashuv faoliyati ko‘nikmasi;
-
O‘rganilayotgan mintaqa aholisining milliy – etnik va ijtimoiy tarkiblari;
-
O‘rganilayotgan mintaqaning davlat – siyosiy tizimlari;
-
O‘rganilayotgan mintaqaning xo‘jalik iqtisodiy xususiyatlari;
-
Xitoy Xalqlarining ilmiy va ma’daniy meroslari;
-
O‘rganilayotgan mintaqa ijtimoiy – iqtisodiy hayotining kompleks tadqiqot usullari;
-
Iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalar;
-
Jaxon xo‘jaligining asosiy nazariyalari;
-
Xitoy iqtisodi qonunchiligi va iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari;
-
Xitoy iqtisodining asosiy yo‘nalishlari va iqtisodiy o‘sishining xususiyatlari;
-
Tashqi iqtisodiy aloqalarni io‘lab chiqishda xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
-
Umumlashtirish usullari, yig‘ish va iqtisodiy ma’lumotlarni tizimlashtirish;
-
O‘zbekiston sharoitida va turli davlatlarda ishlab chiqarish kuchlari, yalpi milliy maxsulot va milliy daromadni hisoblash usullari;
-
Xorijiy davlatlarda ijtimoiy – iqtisodiy isloxotlarning asosiy yo‘nalishlari;
-
O‘rganilayotgan xorijiy davlatlar va mintaqalarning sanoat, qishloq xo‘jalik sektori, tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishi xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
-
Xitoy iqtisodining asoslari, asosiy iqtisodiy mintaqalar va jaxon xo‘jaligining rivojlanish markazlari;
-
Yirik mintaqaviy jaxon iqtisodining belgilangan rivojlanish yo‘nalishlari va xolatlari;
-
Zamonaviy iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalar, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining iqtisodiy tahlil usullari;
-
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar;
-
Zamonaviy bakn – moliya, kredit munosabatlari nazariyasi va amaliyoti;
-
Xalqaro munosabatlar tizimida Xitoyning o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lish;
-
Xulosa va baxolarni umumlashtirish uchun Xitoy ijtimoiy – iqtisodiy xayotining kompleks tadqiqot natijasidan foydalanish;
-
Xitoyning iqtisodiy muammolari bo‘yicha taxliliy materiallari bilan ishlash;
-
Xitoyning ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarini erkin holda o‘zlashtirish va umumlashtirish;
-
Turli yozma materiallar va ular asosidagi manbalardan foydalanish, ilmiy ma’lumotlarni yig‘ishda asosiy usullardan foydalanish;
-
Mintaqashunoslik (mamlakatshunoslik)ning tor yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot usullari va amaliy faoliyat ko‘nikmalari, hamda Xitoyning tarixi, iqtisodi, madaniyati, tili, ijtimoiy va siyosiy muammoalarini bila olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |