bo’lgan» asboblardir va Xitoyga ular Sharqiy Turkiston orqali borib qolgan.
Shu bilan birga qarama-qarshi oqimni ham rad qilish mumkin emas, garchi u,
Farmerning ta’kidlashicha, arab-fors madaniyatining chuqur ta’siri ostida bo’lgan
G’arbiy Turkistonda deyarli ko’zga tashlanmaydi, Panjikentdagi topilmalar orasida
shox tasviri keltirilgan yozuv bo’lagi qiziqish uyg’otadi. Unga o’xshash cholg’u
asbobni biz O’rta Osiyoga xos boshqa madaniy yodgorliklarda uchratmaymiz. Shu
o’rinda takidlash kerakki, suyakli shox - qadimiy musiqa asboblaridan biridir
81
.
Bolalik tepadagi qazish ishlari yana bir noyob topilmani berdi. Gap musiqa
asbobining tasviri haqida emas, balki asbobning o’zi haqida, to’g’rirog’i uning
qismlari: tepasi dumaloq bo’lgan konussimon kallasidagi (bo’yinchaning yuqori
qismida) va simlarini tortish uchun mo’ljallangan yog’ochli kolka haqida
bormoqda. Aftidan, bu ud tipidagi asbob bo’lgan.
Sanasi V asr deb belgilangan (dastlabki ma’lumotlar bo’yicha) Kankalik ud
chaluvchi ayol haykali ilk o’rta asrlar davrida O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan torli-
chertma asboblar turining rang-barangligidan dalolat beradi. Garchi O’rta Osiyo
san’atiga unchalik xos bo’lmasa ham, qumsoat shaklidagi barabanlarni chalayotgan
maymunlar tasviri hammasidan ko’proq uchraydi. Misol sifatida Hisor vodiysi
(Tojikiston) tog’ etaklaridagi qadimgi nekropolni qazish ishlarida topilgan
ikkitomonli baraban ushlagan maymunning loydan qilingan xaykalchasini
keltirishimiz mumkin. Xaykalchaning sanasi eramizning birinchi asrlari deb
belgilangan. Ermitaj muzeyida saqlanadigan kumush vaza esa,(Farmer uni VIII-IX
asrga tegishli Eron san’atiga xos deb hisoblaydi) arfa, surnay, ud va shen
asboblarini chalayotgan to’rtta musiqachi qizlarning sur’ati bilan bezatilgan.
Birinchi uch asbob O’rta Osiyo madaniyatiga xos bo’lsada,oxirgi shen deb
nomlanuvchi cholg’u asbob u yerda umuman uchramaydi
82
.
Anikov likopchasidagi puflama asboblarda ayrim tadqiqotchilar o’zbek va
tojik karnaylarining avlodini ko’radilar. Haqiqatda, ularning ijtimoiy vazifalari,
«rasmiy» asboblar singari, g’oyat o’xshash bo’lgani shubxasizdir. Ma’lum
umumiylik ularning tuzilishida ham ko’zda tutiladi, zero ularda ham, boshqalarida
ham yonlama (chalish uchun) teshiklari yo’q va ularning ovoz chiqarish
imkoniyatlari bir nechta tabiiy obertonlar bilan cheklangan. Shu bilan birga, bu
yerda ketma-ketlik haqida gapirish mumkin bo’lmasa kerak. Buning ustiga, og’zi
turli shaklda bo’lgan to’g’ri naychalar (loyli, yog’och, metall) Qadimgi dunyoda
(ulardan Misr, Persiya, Rim imperiyasida foydalanishgan) keng ma’lum bo’lgan.
81
Беленицкий А.М. Обшие результаты раскопок городища древнего Пянджикента: Материалы и
исследования по археологии СССР. – М.- Л., 1958.- стр.14
4. Sheng – damli tilli cholg’u asbob bo’lib, turli xil kattalikdagi bambuk trubochkalari o’rnatilgan chashka
ko’rinishidagi korpus va havo puflaydigan qayrilgan munshtukdan iborat.Sheng Sharqiy Osiyo mamlakatlarida
tarqalgan. Uni biz mil.av.XV-XII asrlarga oid(suyaklardagi yozuvlar) Xitoy manbalarida uchratishimiz mumkin.
41
Ko’plab yuz yillar davomida karnayni eslatuvchi to’g’ri naychalar (ko’pincha ular
uch qismdan iborat bo’lgan) turli xalqlarda shoxlar bilan parallel ravishda mavjud
bo’lishgan
83
.
Ilk o’rta asr tasviriy materiallari yozma manbalarning ma’lumotlari bilan
to’ldiriladi. O’z ko’zlari bilan shohid bo’lgan, VII asr boshida So’g’dga tashrif
buyurgan buddiy rohibning so’ziga qaraganda, Samarqand axolisi qo’shiq va
raqslar bilan o’tkaziladigan tantanali bayramlarni juda yaxshi ko’rishgan. Xitoylik
sayyoh tomonidan keltirilgan samarqandliklarning musiqa asboblari nomlari
N.Ya.Bichurinning mashhur asarida: «Katta va kichik doiralar, gitara, beshtorli
gusli, katta gusli, fleytalar» deb ko’rsatilgan. Bichurin matnini xitoycha asl nusxasi
bilan (Beysha, 97-bob) solishtirganda, tarjimaning «erkinligi» aniqlandi. Xitoycha
matnda so’zma-so’z aytilgan: «ularda (samarqandliklarda) katta va kichik
barabanlar (gu), udlar (pipa), beshtorli arfalar (syan kunxou), sitralar (katta
kunxou)lar mavjud.
Lekin asliga eng yaqin bo’lgan bu tarjima ham ayrim atamalarni
aniqlashtirishga muhtoj. Xo’sh, gu – (xitoy lug’atlariga muvofiq) – baraban,
ba’zida esa doira ham. Aftidan xronika muallifi, «katta gu»lar haqida gapirganda
aynan barabanni nazarda tutgan, «kichik gu» ostida esa doirani tushungan.
Afrosiyob terrakotalariga qaraganda, ikkala asbob So’g’dda azaldan mavjud
bo’lgan.
Ilk manbadagi boshqa «qorong’u joy» - «katta kunxou» - bu atama ham arfa,
ham sitra (yotgan arfa) deb tarjima qilinadi. Modomiki aslida u syan kunxou va
kantta kunxou ketma-ket sanab o’tilar ekan, gap turli asboblar haqida bormoqda
deb o’ylash mumkin, negaki «u syan kunxou» (u syan beshta tor) atamasi azaldan
besh torli arfaga maxkamlangan ekan, unda «katta kunxoular» - bu torlari beshtorli
arfadan ko’ra ko’proq bo’lgan sitra tipidagi asboblar
84
deb taxmin qilishimiz qoldi,
xolos. Bunday asbob qadimdan Sharqda keng tarqalgan va o’rta asrlar Yevropasida
psalteriy nomi ostida tanilgan
85
.
Biz uni qadimiy Shumer yodgorligida – sanasi eramizdan avvalgi IV-III
ming yilliklar deb belgilangan lyapis-lazur vaza bo’lagida topamiz.
Ma’lumki, IV asrdan boshlab so’g’diy tilida ahamiyatli yozuvlar mavjud
bo’lgan. Lekin yodgorliklar arab bosqinchiligi davrida vayron qilingan.
Paxlaviyning lotin xarfida transkriblangan bayonida va parallel tarzda ingliz tiliga
tarjimasida chop etilgan podshox Xusravning paj bilan dialogi matni qiziqish
uyg’otadi. Shox bilim darajasini aniqlashga intilib, yigitchaga o’ziga xos imtixon
o’tkazadi. Uning savollaridan biri musiqa asboblariga taalluqli bo’ladi. Hukmdorga
javob berayotib, yigit barbat, vina, pipa va boshqalarni nomini aytadi. Shoxning
qanday mashshoqlarni u eng yaxshi deb o’ylashi haqidagi savoliga yigit chang,
vina, tanbur, barbat chaluvchilarni deb javob beradi.
83
Альбаум И. Балалык – тепе. – Ташкент, 1960.-10ст.
84
Xitoycha-yaponcha lug’at (Tokio, 1966-1968) ma’lumtlariga ko’ra, kunxou – G’arbiy o’lkadan olib kelingan
musiqa asbobi. Uning torlari «uzun taxtacha» bo’ylab tortilgan; uni barmoqlar yoki chiplar yordamida chalishadi.
Aynan shu asbob – Bichurinning tarjimasida «katta gusli»ni buddiy roxib VII asr boshlarida Samarqanddagi
bayramda ko’rib qolgan bo’lishi mumkin.
85
Psalteriy (psalterium) – ko’ptorli rezonator qutisiga tortilgan turli uzunlikdagi simlarning to’plagichi.
42
Bu ro’yxatda ud yo’q, bu esa atama asbobning o’ziga nisbatan ancha keyin
paydo bo’lganligining dalili bo’lib hizmat qilishi mumkin. Lekin bu yerda «barbat»
atamasi ikki marta takrorlanyapti, u esa islomdan oldingi Persiyada kalta udni
bildirgan. Ilk o’rta asrlardagi arab tilidagi manbalarga tayangan holda, Farmer
yozadiki, VI-VII asrlarda barbat daraxtning butun bir (ichi g’ovak) bo’lagidan
yasalgan, asbobning to’rtta ipakli tori bo’lgan va uning korpusining «orqasi bukri»
va «qorni yassi» bo’lgan. VIII asrda barbat takomillashgan. U kvartlar bo’yicha
sozlangan va bu sozlangan asbob hamma yerda arabcha ud so’zi bilan nomlanishni
boshlagan keyingi asrlarda ham saqlanib qolgan. Lekin barbatni yangi nom bilan
ataganda, arablar uning sozi va torlarining fors tilidagi nomlarini saqlab qolishgan.
So’g’diylar udni qanday nom bilan (barbat, rud, vina yoki yana qandaydir)
86
atashmasin, muximi, u «ud» nomi ostida ko’plab mamlakatlarni zabt etgan va turli
xalqlarning musiqa madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatgan o’sha asbobning avlodidir.
O’rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi (VII asr irtasi – VIII asr
boshlari) uning xalqlariga hisobsiz ofatlarni olib keldi.
Musiqaga kelsak, ishonch bilan aytish mumkinki, bu yerda sezilarli sinish
bo’lmagan. Musiqa yuzaga kelgan an’analar oqimida rivojlanishda davom etgan.
O’rta Osiyoda va Eronda ilgaridan va barqaror mavjud bo’lgan musiqa asboblari,
VIII-IX asrlarda Pirineya yarim orolini qo’shganda barcha Xalifotlarda tarqalgan.
Ularning tasvirlari shu mamlakatlarning san’at asarlarida uchraydi. VIII asrning
birinchi yarmidagi Siriya freskalari barbat (ud) va surnay (arabcha mizmar) O’rta
Osiyo va Eronning o’sha va undan ancha oldingi davrlari yodgorliklari uchun xos
bo’lgan shakllarda o’z tasvirini saqlab qolgan. Ud (keyinroq uning torlari soni
ortadi) va surnay, shuningdek chang (egilgan rezonatorli burchakli arfa), rubob
(ikkitorli), fleytalar (bo’ylama va ko’ndalang) tasvirlari Suriya, Misr, Turkiya,
Ispaniya va boshqa mamlakatlarning madaniy yodgorliklarida juda ko’p uchraydi.
So’g’d va Xurosonga kirib chiqilayotgan davrda xuddi o’sha asboblar
(burchakli arfa, ud, surnay) mavjud bo’lgan. Yana shunisi qiziqki, Sosoniy
Persiyasining mashhur mashshog’i Barbad asli O’rta Osiyodan (Marvda tug’ilgan)
bo’lgan, afsona esa aynan u Eron musiqa tizimining
87
«yetti asosiy oxangni kashf
etganini yozadi. Tabiiy tarzda taxmin qilish mumkinki, Xusrav II-ning saroyida
to’la shakllangan mashshoq, moxir udchi holida paydo bo’lgan Barbad o’zi bilan
nafaqat asbobni, balki o’zining vatanida ishlab chiqilgan udni chalish maxoratini
ham olib kelgan.
Keltirilgan ikonografik material ba’zi asboblar u yerdan keyin Xitoyga borib
qolgan Sharqiy Turkiston bilan musiqaviy aloqalarning qizg’inligini ochib beradi.
Xitoyning o’zi bilan madaniy aloqalar eramizdan avvalgi III asrdayoq boshlangan,
lekin O’rta Osiyo musiqasi Xitoyda VI asrdan boshlab keng e’tirof etila boshlagan.
86
So’g’d tili eron tillari qatoriga kirgan, shuning uchun nafaqat ildizlarning, balki butun so’zlarning ham
umumiyligi ehtimoldan xoli emas.
87
Albatta, bu shunchaki afsona. Oxang tizimini tuzish – musiqachilarning ko’plab avlodlarining xarakati bilan
uzoq yaratish jarayonidir. Shunda ham, turli mamlakatlarning musiqa madaniyati muammolari doirasida, afsona
juda axamiyatlidir, chunki Barbad xaqiqatda yetuk musiqachi bo’lgan. Shubxasiz, tarixiy ma’lumotlarni taqqoslash
yo’li bilan Barbad o’zining har tomonlama iqtidorining (qo’shiqchi, asbobsoz, ko’plab yangi kuylarning ijodkori)
kuchi bilan “ikki sosoniy musiqasi»ga ulkan ta’sir ko’rsatgan, degan xulosaga kelgan Xristensenning da’vosidan
shubxalanishga bizda asos yo’q.
43
Xitoy imperatorlarining saroylarida yettita, shu jumladan buxorocha (Ango) va
samarqandcha (Kango) «musiqa bilimlari» tuzilgan. Keyinchalik bilimlar soni
o’zgargan, biroq buxorocha va samarqandcha musiqa bilimlari o’zgarmasdan o’z
o’rnini saqlab qolgan. Bu bilimlar (yoki zamonaviychasiga aytganda, ansambllar)
mahalliy yerga mansub bo’lgan libos kiygan va o’zlari uchun qadrdon bo’lgan
asboblarda chaladigan O’rta Osiyolik musiqachilardan va raqqoslardan tashkil
topgan. Buxoro va Samarqand bo’limlaridagi asboblar qatorida pipa (ud), u syan
pipa (besh torli ud), kunxou (arfa), di yoki xendi (ko’ndalang fleyta), syao
(bo’ylama fleyta), bili (surnay kabi ikkita tayoqchachaga ega bo’lgan puflama
asbob), chjengu va xegu (barabanlar), tunba (mis likopchalar) ham esga olinadi.
Xitoy manbalarida G’arbiy o’lkadan (shu jumladan, Buxorodan va Samarqanddan)
chiqqan musiqachilar haqida ma’lumotlar keltiriladi, Xitoyda (VIII asrda) u yerda
yangi xitoycha nomga ega bo’lgan (ko’chib kelgan musiqachilar o’zlariga xitoycha
ismlar olgani singari) musiqalar tarqalganligidan xabar beradi.
Tadqiqotchi IXasrdagi Xitoy manbalariga tayanadi, ularga ko’ra kamoncha
bilan chalinadigan asbob (hu-ch`in) Xitoyga O’rta Osiyodan keltirilgan. Moddiy
madaniyatlar orasida Yaponiya imperatorlari xazinasida saqlanib qolgan O’rta
Osiyodan kelib chiqqan (IX-X asrlar) ud deko’sidagi yozuv aloxida qiziqish
uyg’otadi. Tasvir markazida – ziyofat saxnasi, unda ikkita mashshoq ishtirok
etmoqda: biri plektor bilan ud, ikkinchisi, chamasi kamoncha bilan chalinadigan
asbob chalmoqda.Kamoncha bilan chalinadigan asbob (agar faqat bu haqiqatda u
bo’lsa) g’oyat xomaki tasvirlangan. Bu tasvirning timsoli bilib nima xizmat
qilganini, Forobiy tomonidan ta’riflangan kamonda chalinadigan rubobmi, yoki
cho’michsimon shakldagi korpusga ega ikki torli kamonda chalinadigan asbob -
qobuzmi, aytish qiyin. Qobuz, so’zsiz juda qadimda paydo bo’lgan. Musiqashunos
B.Sariboyev yozganidek, «uning qozoqlarda paydo bo’lishi VIII-IX asrlarda
yashagan yarimafsonaviy mashshoq yigit bilan bog’liq». Ud dekasida aynan bir
zamonlar Yaponiyaga O’rta Osiyodan qimmatbaho sovg’a sifatida olib kelingan
qobuz tasvirlangan bo’lishi ham ehtimol.
Xitoy xroniklarining materiallari asosida xulosa qilish mumkinki, buxorolik
va samarqandlik mashshoqlarning ijro mahorati O’rta Osiyodan tashqarida ham
haddan tashqari yuqori baxolangan. Yaqin va uzoq mamlakatlar bilan madaniy
aloqalarning faollashtirilishi, o’z navbatida uning yutuqlari uzoqqa g’arbga va
Sharqqa shiddatli ravishda kirib borishiga yordam bergan holda, O’rta Osiyo
musiqa san’atini yangi badiiy ko’rinishlar bilan boyitdi. O’sha vaqtda to’plangan
qadriyatlar O’rta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va madaniy tarixining yangi
bosqichlari bilan bog’liq bo’lgan musiqa san’atining yanada rivojlanishiga asos
bo’lib hizmat qildi.
Abu-Nasr
Muxammad
Forobiy
88
– o’rta asrlarning musiqa to’g’risidagi fani
asoschisidir.
88
Forobiy Sirdaryoning (Zamonaviy Qozog’iston xududida) quyi oqimi bo’ylab joylashgan Farob nomli o’lkada
tug’ilgan, kelib chiqishi biyicha turkdir. Uning balog’at vaqti Arab Xalifotining markazlarida (Bag’dod, keyin
Aleppoda) o’tdi. U yerda uning unga olamshumul mashxurlik olib kelgan asarlari yaratilgan. Forobiyning
musiqaviy-nazariy asarlaridan faqatgina «Musiqa to’g’risida katta traktat» («Kitab ul-musiqi al-kabir») saqlanib
qolgan.
44
Musiqiy ijro ko’rinishlari qatorida Forobiy urib chalinadigan asboblardan
(doira, likopchalar) chalish, shuningdek chapak chalish, raqs, ritmik xarakatlarni
(qoshlarni. yelkani, boshni o’ynatish) ham tilga oladi. Ud, tanbur, rubob kabi va
puflama asboblar sanab o’tilgan ritmik ijrodan tovushining davomiyligi bilan
ustundirlar. Ovoz jarangiga hammadan ham rubob va puflama asboblar yaqin
keladi.
Forobiyning «Musiqa to’g’risida katta traktat» asarining ikkinchi kitobi
musiqa asboblariga bag’ishlangan. U xuddi shunday – «Asboblar xaqida kitob»
deb ham nomlanadi. Unda Forobiy zamonida mavjud bo’lgan asboblar ketma-ket
va faqulodda mufassal tarzda ta’riflanadi.
Ud
89
- . asboblardan eng keng tarqalgani – Forobiy tomonidan tovush
chiqarishi torlarining qismlarga bo’linishi tufayli paydo bo’ladigan torli asboblar
qatoriga kiritilgan.
Forobiy o’zining «Asboblar haqida kitob»ini yozishga kirishishiga qadar
ud,uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. IX-X asrlarda arabcha ud nomini olgan
O’rta Osiyo-Eron udi, yupqa segmentlardan yopishtirilgan noksimon korpus,
yengil yog’ochli deka, torlar uchun qoziqchalari bo’lgan egilgan boshchali kalta
biyinchadan iborat bilgan, torlar tirtta, ba’zida esa beshtani tashkil qilgan.
«Pokizalik
Birodarlari
maktublari»da «Musiqa xaqidagi fan bilan
shug’ullangan biz donishmandlar shuni aytamizki, biz udning sozi to’rttadan ko’p
ham, kam ham bo’lmasligi kerak deb belgiladik. Bu bilan ular <…>
yaratuvchining donishmadligiga taqlid qilib, o’z ijodlarini oy ostidagi hayotda
sodir bo’layotgan tabiat ko’rinishlariga o’xshatmoqchi bo’lishgan. Mana, nima
uchun, «zo’r» olov elementiga o’xshash hisoblanadi, undan chiqayotgan ton
esa uning tafti va alangasiga mos keladi; «masna» havo elementiga
o’xshash hisoblanadi, undan chiqayotgan ton esa xavoning namligi va
yumshoqligiga mos keladi; «maslas» suv elementiga o’xshash xisoblanadi,
undan chiqayotgan ton esa uning suvning namligi va sovuqligiga mos keladi;
«bamm» yer elementiga o’xshash hisoblanadi, undan chiqayotgan ton esa
yerning og’irligi va dag’alligiga mos keladi. Torlar xususiyatlarining ta’rifi ular
o’rtasida mavjud aloqalarga va ular tomonidan chiqarilayotgan tovush ularni
tinglayotganlarning tabiati qorishmasiga ko’rsatayotgan ta’siriga mos keladi
90
».
Udning to’rtta tori kvartada bir-biriga nisbatan sozlangan. Forobiy beshinchi
torni qo’shishni tavsiya qiladi. Beshinchi tor arabcha «xadd» (keskin) nomini
olgan. Biroq, Forobiy davrida besh torli ud hali uncha keg tarqalmagan edi.
Tanbur. Forobiy torli asboblarning xamma turlaridan ko’ra tanbur udga
yaqinroq deb ta’kidlaydi. Uning tovushlari, udga o’xshab, torning qismlarga
bo’linishi yo’li bilan xosil bo’ladi. Tanbur xuddi ud kabi keng tarqalgan bo’lib,
89
Bu yerda va keyin asboblarning nomi D.Erlanj nashri biyicha keltiriladi. «Lyutnya» so’zi ostida ud (barbat)
ko’zda tutilayotganini tushunish oson. Asboblardan eng keng tarqalgani – Forobiy tomonidan ovoz chiqarishi torni
qismlarga bo’linishi tufayli paydo bo’ladigan torli asboblar qatoriga kiritilgan. «Zir» to’rt torli udning eng baland
tori. (Izox: T.V.)
90
«Pokizalik birodarlari» Bag’dodda X asr irtasida paydo bilgan diniy-faylasufona tashkilot. Bu tashkilot
ishtirokchilari tomonidan yozilgan traktatlar «Pokizalik Birodarlari maktublari» nomi ostidagi ulkan ensiklopediyani
tashkil qilgan. Ensiklopediyaning matematika fanlariga bag’ishlangan bilimiga «Musiqa tig’risidagi traktat»
kiritilgan. A.V.Sagadeyevning tarjimasida keltirilgan sitata o’sha yerdan olingan.
45
xalq tomonidan xam xuddi shunday sevimli bo’lgan. Odatda tanbur ikki torli,
ba’zida esa – uch torli bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |