Kirish Adabiyotlar tahlili



Download 44,96 Kb.
bet1/7
Sana22.06.2022
Hajmi44,96 Kb.
#691572
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs loyha anor



Mundarija.



  1. Kirish……………………………………………………………………

  2. Adabiyotlar tahlili………………………………………………..

  3. Asosiy qism………………………………………………………….

    1. Anor haqida umumiy tushuncha……………………..

    2. Anorning mahalliy standart navlari………………….

  4. Anorchilikni rivojlantirish tamoillari……………………..

  5. Xulosa………………………………………………………………….

  6. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………

Kirish.
Anor (Punica granatum L.) –anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, subtropik meva oʻsimligi; boʻyi 2–10 m daraxt yoki buta. Vatani Oʻrta OsiyoOzarbayjonEron va Afgʻoniston; yov-voyi turlari Oʻrta dengiz atrofi, Oʻrta Osiyoning jan.daQrimKavkaz, Eron, Afgʻoniston, Old Osiyo va Dogʻistonda uchraydi. Oʻzbekistonda Sherobod,QuvaNamanganDenov va Kitob (Vargʻanza) tumanlari a’lo sifatli A.lari bilan mashhur. 


O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bozor talabi va dehqon daromadi yuzasidan diversifikatsiya qilinmoqda. Yaqinda barpo etilgan “Farg‘ona anorchilik” korxonasi ham ana shu maqsadga yo‘naltirilgan.300 gektardan ortiqni maydonni egallagan ushbu agrofirma anor yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan. Ayni paytda 289 gektar yerga 15 navga yaqin 272 ming tupdan ziyod anor ko‘chatlari ekilgan. Besh yuzga yaqin kishining bandligi ta’minlangan. 2025-yilgacha anorzor maydonini 2 ming gektarga yetkazish rejalashtirilgan. Anorzor to‘liq hosilga kirgach 10 ming tonna mahsulot yetishtiriladi.
 Yerga mehr berib ishlasa, aql bilan ekib, parvarishlasa, albatta, o‘z natijasini beradi. Hamma sohada mahsulotni qayerga sotishni, mehnat va xarajatga nisbatan ko‘proq daromad olishni o‘ylash zarur. Buning uchun avvalo ilm kerak. Bozor talabini o‘rganadigan, zamonaviy bilimlarni tatbiq etadigan, mahsulotning hosildorligi va sifatini ta’minlaydigan kim — kadrlar. Shuning uchun anorchilik bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlashga e’tibor berish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Anorchilik bo‘yicha ilmiy markaz, Farg‘ona davlat universitetida kafedra tashkil etish, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda gen texnologiyasini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.O‘zbekiston anori bo‘yicha brend yaratish, Farg‘ona viloyatida yaqin yillarda anorzorlarni 20 ming gektarga yetkazish, ko‘chatchilikni kengaytirish, danaksiz anor navlarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi anorchilikka ixtisoslashgan bog‘lar bilan tanishdi. Viloyatda qishloq xo‘jaligini innovatsion yo‘naltirish bo‘yicha institut tashkil etish, anor bilan birga limon, xurmo yetishtirishni ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. «Bizda anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilm yo‘q, kitob yo‘q, laboratoriya yo‘q. Anor jaydari usulda yetishtirilyapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Sherobod tumanida 48 ta mahallaning 33 tasi anor yetishtirishga ixtisoslashgan. Mazkur anorzorlardan biri «Sardorbek Sultonbek» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tumanning «Bo‘ston» mahallasida tashkil etilgan.Ta’kidlanishicha, 43 gektar yerda 30 ming donadan ziyod anor ekilgan. Qozoqi navli ushbu anorning bir donasi 1kilogrammdan ziyod tosh bosishi mumkin. Ko‘chatlar bu yildan hosilga kirdi. Yiliga jami ming tonnadan ziyod mahsulot olish mo‘ljallangan.
«O‘tish davri — kurash davri. Hayotimizni o‘zgartirish, dunyo bozorida o‘rnimizni topish uchun kurashishimiz, manfaat beradigan ishni qilishimiz kerak. Asosiy maqsadimiz — oilalarning daromadini ko‘paytirish. O‘zi mehnat qilib, natijaga erishgan oila barakali bo‘ladi, sog‘lig‘iga qaraydi, farzandlarini yaxshi o‘qitadi. Bilimli bolalar kelajakda o‘z yo‘lini topib oladi», — dedi prezident.
Shu yerda Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali tadqiqotchilari bilan muloqot boldi. «Bizda anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilm yo‘q, kitob yo‘q, laboratoriya yo‘q. Anor jaydari usulda yetishtirilyapti. Kasallikdan himoya qilishni hamma ham bilmaydi. Eng katta narsa — nav kerak. Keyin shu navni xonadonlarga kirgazish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Surxondaryoda qishloq xo‘jaligini innovatsion yo‘naltirish bo‘yicha institut tashkil etish, anor bilan birga limon, xurmo yetishtirishni ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Davlat rahbari tumanning «Kattabog‘» mahallasida anorchilik bilan shug‘ullanayotgan Abdurahmon Karimov xonadonida ham bo‘lib, aholi turmushi va tomorqalardan foydalanish holati bilan tanishdi. Mahalla ahli, nuroniylar bilan suhbatlashdi.Tumanda 5 mingdan ziyod aholi anor yetishtirish bilan shug‘ullanib, undan katta daromad topayotgani aytildi, deyiladi xabarda.

2. Adabiyotlar tahlili.



Download 44,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish