Fleytalar. Fleytalarga Forobiy turli puflama asboblarni kiritib, tovush
chiqarishi prinsipiga (puflaganda yuzaga keladigan naychadagi xavo xarakati)
ko’ra ularni bir guruxga birlashtiradi.
Boshqa keng tarqalgan puflama asbob – bu Forobiy tomonidan fleytalar
guruxiga kiritilgan surnay bo’lgan. Tanasining oldi tomonida sakkizta, orqa
tomonida bitta va yon tomonlarida ikkita chaluv teshikchalari bo’lgan. Forobiy
surnayi, xuddi zamonaviy surnay kabi, qo’shaloq naychaga ega bo’lgan. Forobiy
shuningdek dunay deb nomlanuvchi qo’shaloq fleyta haqida xam eslatib o’tgan.
Rubob (Forobiy bo’yicha) torlarining alohida qismlarining to’lqinlanishi
orqali tovush chiqaradigan asboblar qatoriga kiradi. Rubob bir yoki ikki torli
bo’ladi. Biroq, ba’zan rubob to’rt torli ham bo’ladi. Xuddi tanbur kabi, rubobning
ham pastki qismida tugmachasi bo’ladi.
XIV asrning forscha «Kanz al-Tuxaf» - «Xazinalar tuxfasi» (Britaniya
muzeyi, London) (anonim) traktatida rasmlari keltirilgan holda qonun va
nuzxalarning ta’rifi keltirilgan. Traktat muallifining yozishicha, qonun olxo’ri
daraxtidan yasalgan. Qonunda o’n uchta uchtalik tori (jami o’ttiz oltita) bo’lgan.
Nuzxa esa – qonundan ikki barobar katta bo’lgan, shamshod, sarv yoki qizil
toldan tayyorlangan. Torlari juda ko’p (yuzdan ortiq) bo’lib, ularning bir qismi
uchtalik bo’lgan. Nuzxa ham, xuddi qonun singari, ikkala qil barmoqlari bilan
chalingan.
«Dutor» atamasining paydo bo’lishi ikki torli
91
asbobni o’sha turdagi, faqat
torlari ko’proq bo’lgan boshqa asboblardan farqlash zaruriyatiga ko’ra yuzaga
kelgan bo’lishi mumkin.
XVII asrning buxorocha traktati shuningdek musiqa asboblari haqidagi
ma’lumotlar manbai bo’lib hizmat qilishi mumkin. Uning muallifi – mashhur hofiz
va changchi (changi-yi-xakani) Darvish Ali
92
hisoblanadi. Asar o’sha davrga xos
musiqaga bo’lgan did va qarashlarni aks ettiradi.
Traktat ko’pchilik boshqa asarlardan shunisi bilan farq qiladiki, unda san’at
odamlari: «musiqa bo’yicha asarlar qoldirgan olimlar va shoirlar» (VII-bob),
«musiqa bilimdonlari va qadriga yetuvchilar» (VIII-bob), «ko’plab musiqaviy
asarlar tuzgan yetuk va iqtidorli odamlar» haqidagi ma’lumotlar bayon etiladi.
An’anaga ko’ra, mana shu «yetuk va iqtidorli odamlar»ning ismiga ularning u yoki
bu asbobni chalish ixtisosligini ko’rsatuvchi so’z qo’shilishi (g’ijjak - g’ijjakchi,
dutor – dutorchi, qonun – qonunchi va hk) tufayli, biz Mavoraunnaxr va Eronda
XVI-XVII asrlarda mavjud bo’lgan asboblarning turlarini aniqlash imkoniyatini
beruvchi boy materialga ega bo’lamiz.
Traktatning beshinchi va oltinchi boblari musiqa asboblariga bag’ishlangan.
Afsuski, A.A.Semenovning bayonida asboblar ta’rifida ko’pgina narsalar tushirib
qoldirilgan; faqatgina ularning qisqa xarakteristikalari va ularning kelib chiqishi
to’g’risidagi afsonalar saqlanib qolgan. Mana ayrim ma’lumotlar: tanbur -
91
Du (eroncha) – ikki, tor – tor.
92
Mavorounnaxr hukmdori Imom Quli xonning (1611-1642) saroy mashshog’i bo’lgan.
46
qadimiy asboblardan biri bo’lib, u barcha asboblarning «o’qituvchisi»dir, chang
(arfa) – musiqachilar homiysi - Zuxra sayyorasiga bag’ishlangan. U yigirma olti
tor va yetti pardaga ega; «bu yetti parda unda yetti maqomni ijro etishga xizmat
qiladi». Biroq, zamonaviy moxir musiqachi bu asbobda hamma o’n ikki maqomni
ijro etish darajasiga yetishi zarur. Nay - qadimiy asboblardan biri bo’lib, tayoqcha
yoki yangi (qurimagan) daraxtdan yasaladi. U sakkizinchi (sakkizinchi teshikcha
deb tushunish lozim) pardaga ega va shuning uchun unda hamma maqomlarni,
tayoqchali nayda esa faqat ayrimlarini chalish mumkin. Qonun oltita «soz»ga ega.
Ud – «hamma asboblarning podshoxi, chunki tovushining yoqimliligi va
diapazonining kengligi bo’yicha torli asboblarning eng yaxshisi hisoblanadi. Unda
o’n ikkita juft-juft sozlangan ipak torlar mavjud: birinchisi (eng yuqori) xadd,
ikkinchisi – zir, uchinchisi – lisan, tirtinchisi – maslas, beshinchisi – bam,
oltinchisi (eng past) – muxtalif.
Bizning ud rivojlanishi haqidagi tasavvurimiz bu muloxazani aniqlashtiradi.
Eslatib o’tamiz, (Forobiyga ko’ra) beshinchi tor (xadd) eng baland tor sifatida
yuzaga kelgan va shu tarzda udning yuqori pardasini to’ldirgan. Endi, Darvish
Alining sharofati bilan, chamasi XIV-XV asrlarda paydo bo’lgan oltinchi tor
(muxtalif) asbobning quyi diapazonini kengaytirgan.
Darvish Alining traktatida boshqa asboblarning nomi ham keltirilgan: rubob
– uning beshta tori bor (to’rtta ipakli va bitta kumush); qobuz – (juda yaxshi
tondagi asbob va juda ohangdor; g’ijjak – uni kamon bilan chalishgan. Bu asboblar
Darvish Ali davrida juda mashxur bo’lgan. Boshqalari yoxud endi iste’moldan
chiqqan, yoxud Buxoro va Samarqandda mahalliy bo’lmagan, bu yerga esa
tasodifan, o’tkinchi mashshoqlar bilan birga kelib qolgan. So’nggilariga, aftidan,:
musikar (Pan fleytasi) –qadimiy (Darvish Alining so’zlari bo’yicha) asboblardan
biri bo’lib, uni chalish «bosh og’rig’ini davolaydi»
93
; nayi-eyban – «charm
mo’ynali» puflama asbob (uning O’rta Osiyoda mavjud bo’lgani haqida
ma’lumotlar saqlanib qolmagan); ruxavza – olti torli chertib chalinadigan, ayniqsa
Xitoyda ko’p foydalaniladigan asbob.
Darvish Ali tomonidan sanab o’tilgan yettita asbob – tanbur, chang (arfa),
qonun, ud, rubob, qobuz, g’ijjak, shubhasiz, o’sha davrda uning mamlakatida keng
tarqalgan asboblar bo’lgan
94
.
O’tgan asr oxirlari – hozirgi asr boshlarida O’rta Osiyoga kelgan rus
sayyoxlari musiqaning favqulodda mashhurligiga, uning xalq hayotidagi muhim
roliga, musiqa asboblarining keng tarqalganligiga e’tibor qaratdilar. «Xuddi
qirg’izlar kabi, o’zbeklarning ham musiqa va she’riyatga muhabbati kuchli; musiqa
asboblarini (dutor va qibiz) deyarli har bir uyda uchratish mumkin…», deb yozgan
edi Turkiston o’lkasining taniqli tadqiqotchisi V.I.Massalskiy. Darvish qiyofasida
O’rta Osiyo ko’chalarida daydigan, Xiva va Buxoroda ham bo’lgan vengriyalik
turkshunos A.Vamberi ham xuddi shuni ta’kidlagan.
93
Qiziq, musikarni qadimiy Eroncha asbob de v b atagan xolda, Darvish Ali u bu yerda esdan chiqib qoldirilgan va
Bag’dod xalifalari saroyida qayta dunyoga kelgan deb aytadi. Bu bilan Pan fleytasining G’arbiy va Janubiy Eronda
keg tarqalganligini tasdiqlovchi kitob miniatyuralari ma’lumotlari mos keladi.
94
Дарвиш-Али. Трактат о музыке. Ук.рукопись, л. 22а.-43b.
47
O’tgan asrning 70-80-yillarida O’rta Osiyoning tub aholisining hayoti,
ularning turmush tarzi, udumlari va odamlari rus olimlarining (tarixchilar,
etnograflar, sharqshunoslar) diqqat-e’tiborini o’ziga qaratadi.Xalqning turmushiga
tarkibiy qism bo’lib kirgan musiqa asboblariga bo’lgan qiziqish ham shundan.
Turkiston bo’ylab sayohat qila turib, sayyohlar xalq musiqa asboblarini sotib
olishar, ulardan kolleksiyalar to’plashardi.
SSSR FN Etnografiya Instituti qoshidagi Petr Birinchi nomidagi Muzey
(Leningrad) musiqa asboblarining deyarli to’lla kolleksiyasiga ega.
Revolyutsiyaga qadar to’plangan musiqa asboblaridan eng ahamiyatlisi –
Toshkentga 1870 yilda kelib qolgan, rus harbiy orkestrining kapeleysteri
A.F.Eyxgornning kolleksiyasidir. Toshkentda, uning tevarak-atrofida, Farg’ona
vodiysi shaharlarida (Qo’qon, O’sh, Andijon, Namangan va boshqa) va yaqin
joylashgan qishloqlarda Eyxgorn xalq qo’shiqlari va asbob ohanglarini yozib
olgan, xalq musiqa asboblari namunalarini to’plagan. Bu ish Eyxgornng O’rta
Osiyoda bo’lgan butun davri mobaynida davom etgan.
Eyxgorn tomonidan to’plangan musiqa asboblari kolleksiyasi Moskvadagi
Politexnika ko’rgazmasida (1872), keyin esa Venadagi Butunjaxon ko’rgazmasida
namoyish etilgan.
Katalog ikki bo’limdan iborat. Birinchisi – «qirg’izlar va boshqa mo’g’ul
qabilalarining asboblari» do’mbira, qobuz, sibizg’a va quraylarni o’z ichiga oladi.
Ikkinchisi Eyxgorn tomonidan «Turkiston, Qoshg’ar, Qo’qon, Afg’oniston,
Buxoro va Xiva aholisining musiqa asboblari» deb nomlangan.
Qirg’iz qobuzi bir bo’lak daraxt yog’ochidan o’yib yasalgan (korpusi
bo’yinchasi va boshi bilan birga). U uncha katta bo’lmagan rezonator teshikchali
yog’ochli dekaga, uchta payli torga ega bo’lgan.
Qozoqlarning kamon bilan chalinadigan qobuzini ham Eyxgorn
qirg’izlarniki deb hisoblaydi. Chunonchi, u bilan qirg’izcha qiyoq o’rtasida
umumiylik shunchalik ko’pki, ularga huddi o’sha bitta asbob deb qarash mumkin.
Qobuz (qiyoq) eshilmagan ot yolidan yasalgan ikki torga, cho’michsimon o’yib
yasalgan korpusga ega.
«Turkiston
albomi
95
»dagi materiallar qobizning XIX asr oxirida mavjud
bo’lgani haqida guvoxlik beradi.
Demak,
Do'stlaringiz bilan baham: |