Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


ESKI TURK QARASHLARIDA “TOMON” TUSHUNCHASI VA UNING BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR



Download 3,07 Mb.
bet94/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

ESKI TURK QARASHLARIDA “TOMON” TUSHUNCHASI VA UNING BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR

Ko‘k turklarning tasavvur-qarashidagi “tomon” tushunchasi ikki xil – tik (vertikal) va yuza (garizontal) yo‘nalishlarida amal qilgan. Ularning tasavvurida “tomon” olti yog‘dan iborat. “Olti tomon” qadimgi turkiy tilda altï yarašur deyilgan. Buning asl ma’nosi “olti muvozanat” dir.



Tik yo‘nalish qarama-qarshi ikki tomon va ular oralig‘ini tashkil etadi. Bular üzä (yuqori, ya’ni osmon), asra yoki alt (past, ya’ni yer yuzi) hamda ularning orasi(ara)dan iborat. Qadimgi turklarning olam, yorug‘ dunyo, kishilik tirikligi to‘g‘risidagi o‘y-qarashlari ham ayni chiziqda turadi. Ana shu uch qatli (uch yarusli) olam tushunchasi eski bitiglarda, san’at va arxitektura yodgorliklarida o‘z izini qoldirgan. Muhimi, yozma yodgorliklarda “tomon” tushunchasi bilan bog‘liq butun bir atamalar tizimi mavjud.

Endi misollarga murojaat qilamiz. Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i zamonidan qolgan Kul tigin va Bilga xoqon bitiglarida bunga tegishli yaqqol bir misol bor. Bitiglarda xoqon tilidan turklar kechmishi hikoya qilinadi. Uning hikoyasi quyidagi jumlalar bilan boshlangan: Üzä kök täŋri, asra yağïz yer qïlïntuqda ikin ara kisi oğlï qïlïnmïs. Kisi oğlïnta üzä yečüm-apam Bumïn qağan, İstämi qağan olurmïš (K.1).

Birinchi jumla payt ergash gapli qo‘shma gap bo‘lib, Üzä kök täŋri, asra yağïz yer qïlïntuqdaergash gap, İkin ara kisi oğlï qïlïnmïs esa bosh gapdir. Ergash gapdagi uyushiq bo‘laklar (üzä kök täŋri, asra yağïz yer) mazmun jihatdan o‘zaro qarama-qarshi tomon tushunchalarini ifodalaydi. Zid ma’nolar üzä (“yuqorida”) va asra (“pastda”) ravishlari yordamida yuzaga chiqadi. Täŋri – qadimgi turkiy tilda ikki ma’noda qo‘llanilgan: birinchisi – “ko‘k, osmon”; ikkinchisi – “xudo, tangri”. Keyingisi, harqalay, “osmon” ma’nosidan o‘sib chiqqanligi aniq. Ushbu jumlada u ilkin – “osmon” ma’nosida. Oldidagi kök uning sifatlovchi-aniqlovchisidir: kök täŋri – “ko‘k osmon”. Jumladagi yağïz – yerning sifatlovchi-aniqlovchisi: yağïz yer – qo‘ng‘ir yer. Payt munosabatini bildiruvchi qïlïntuqda so‘zi “yaralganda” degan ma’noni beradi.

Endi ana shu tartibda bosh gap ma’nosini ochiqlaymiz. Undagi kisi – “kishi, inson”. Islom tushunchasida kishilikning yaralishi Odam-otadan boshlanadi, qadimgi turk falsafasida kishilik o‘tmishi Kishi-otadan boshlangan. Kishi – bizning hozirgi tushunchamizdagi Odam-otaga to‘g‘ri keladi. Oğul so‘zi “bola, farzand”ni bildiradi. Chog‘ishtiring: urï oğul – “o‘g‘il bola”; qïz oğul – “qiz bola”. Matnda kelgan kisi oğlï – “kishi o‘g‘li, inson farzandi” anglamidadir.

Qadimgi turk tasavvurlaridagi Kishi-otani Apa ham deyilgan. “Qutadg‘u bilig”da apa oğlanï, yalïnğuq oğlanï degan atamalar qo‘llanilgan, u “inson bolasi, odam bolasi” degan ma’nodadir.

Ikkinchi gapdagi ečüm-apam juft so‘zi – “ota-bobom”, ya’ni “ajdodim” degan ma’noni beradi. Ushbu juft so‘z tarkibidagi apa ham ilkin ma’nosini tashiydi.

Matndagi Bumïn hamda İstämi – Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘ining quruvchilaridir; qağan olurmïš – gapning kesimini bo‘lib, bu birikma “xoqon bo‘lib taxtga o‘tirgan” degan anglamga ega.

Yuqoridagi izohlarga tayangan holda matn ma’nosini hozirgi tilimizga quyidagicha o‘girishimiz mumkin: “Yuqorida ko‘k osmon, pastda qo‘ng‘ir yer yaralganda, ikkisining orasida inson bolasi yaralgan. Kishi o‘g‘illari uza ota-bobom Bumin va Istami xoqon bo‘lib (taxtda) o‘tirganlar”.

Bu ta’birda qadimgi turklarning o‘sha uch qatli olam to‘g‘risidagi tasavvurini anglash qiyin emas: yuqorida – osmon, pastda – Yer, ikkisining o‘rtasida inson va uning hayoti.

Shu o‘rinda muhim bir faktga e’tibor qaratsak. Ma’lumki, qadimgi xitoy falsafasida imperatorlarga “Osmon o‘g‘li” (thien-tsi), osmon bilan yer o‘rtasida yaralgan zotlar deya qaralgan. Ba’zi olimlar qadimgi turklarning falsafiy qarashlari to‘g‘risida fikr yuritar ekan, “tangri”ni anglashda qadimgi turklar xitoy falsafasiga ergashadilar, deb biladilar. Biroq, Kul tigin va Bilga xoqon bitiglaridan olingan yuqoridagi matn bu qarashni tamom inkor etadi. Unga ko‘ra, yuqorida osmon, pastda yer yaralganda ikkisining o‘rtasida kishi o‘g‘illari yaralgan. Kishi o‘g‘illari orasidan tangrining inoyati bilan Bumin va Istami xoqon bo‘lib taxtga chiqqanlar. Ular “Osmon o‘g‘li” emas, balki tangrining inoyati bilan taxtga o‘tirgan xoqonlardir.

Buning dalili uchun Bilga xoqon bitigidan boshqa bir misolni ham keltirishimiz mumkin. Chunonchi, bitigda Bilga xoqonning el-ulusga murojaati berilgan. Murojaat Täŋri-täg täŋri yaratmïš türük Bilgä qağan sabïm (Ko‘kdek ulug‘ tangri yaratgan turk [ya’ni jasur] Bilga xoqon so‘zim) unvoni bilan boshlanadi (Xa.13). Ushbu unvonda Bilga xoqon o‘ziga “tangridan bo‘lgan” deb emas, “tangri yaratgan” sifatini qo‘llamoqda.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish