Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet64/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

-m affiksi. QB da: alïm – olim, berim – berim; MK da: aqïm – oqim, sağïm – sog‘im, tizim – tizim, bog‘, bičim – bichim, ölüm – o‘lim. Hozirgi uyg‘ur.: qatlam, aldam – aldov, bağlam, uqumtushuncha, kiyim, ösüm – o‘sish.

-maq, -mäk affiksi. MK da: čaqmaq – chaqmoq, qïsmaq – petlya.

-qïn, -ğïn / -qun, -ğun, -kin, -gin / -kün, -gün affiksi. MK da: tutğun – tutqin, qačğïn – qochqin. Hozirgi o‘zb.: basqïn, tašqïn, yanğïn, učqun, yalqïn, köčkin, sürgün, epkin.

-qan, -kän / -ğan, -gän affiksi. Hozirgi uyg‘ur.: tuqqan – tug‘ishgan, qapqan, čeqïlğan – chaqmoq.

-qïč, -ğïč, -kič, -gič / -quč, -guč, -küč, -güč affiksi. Buyum, narsa, qurol, yarog‘ otini yasaydi. Ko‘k turk bitiglarida: ačquč – ochqich, kalit; MK da: bïčğuč – qaychi. Hozirgi o‘zb.: qïrğïč, očïrğïč ( uyg‘ur.: basquč, qïrğuč, körsätküč, yälpigüč.

-qaq, -ğaq, -käk, -gäk affiksi. QB da: yatğaq – qorovul, turğaq – soqchi; MK da: orğaq – o‘roq, turğaq – sir oluvchi qo‘shin, tirsgäk – tirsak.

-ma, -mä affiksi: MK da: tügmä – tugma, süzmä – suzma, kesmä – soch kesmasi. Hozirgi o‘zb.: surma, qatlama, süzmä.

-qu, -ğu / -kü, -gü affiksi. MK da: bïčğu – pichoq, süpürgü – supurgi, külgü – kulgu; QB da: yegü – yegulik, kedgü – kiyim. Taf. da: bïčqu – qilich.

Shu o‘rinda közgü so‘zining yasalishiga e’tibor qilaylik. Bu so‘zda -gü qo‘shimchasi ot(köz)dan ot yasagan. Aslida u fe’l o‘zagi­dan ot yasovchi qo‘shimchadir. Aftidan, bu o‘rinda o‘zak köz (ot) emas, kör- (fe’l) bo‘lgan bo‘luvi kerak: kör->köz->köz-gü>közgü. Qiyoslang, İB. da: közüŋü – ko‘zgu, oynak.

-n affiksi. MK da: aqïn – sel, yïğïn – yig‘in, ekin – ekin, egin – yelka, kift, boğun – bo‘g‘un; QB da: tügün – tugun. Hozirgi uyg‘ur.: eqïn – sel, jïğïn; o‘zb.: yïğïn, otun, quyun, tügün, kelin.

Ushbu affiks joy, makon otini ham yasaydi: qorğan (qor-ğa – “qo‘ri, himoya qil” so‘zidan) – qo‘rg‘on. Yoki, solishtiring: Qazan ((qaz-ğa – “g‘alaba qozon” so‘zidan) – shahar nomi, Qozon. Lekin “idish” anglamidagi qazan so‘zining o‘zagi qaz- fe’liga bog‘lanadi. Qiyoslang: hozirgi o‘zb.: qazïmaq, qazïq ham shu asosdan.

-č affiksi. QB da: qïlïnč – qilmish, fe’l-atvor, saqïnč – eslash, sewinč – sevinch; MK da: ötünč – qarz, urunč – pora, ökünč – o‘kinch; AH da: sökünč – so‘kinch; Huast. da: yükünč – yukunch (yükün- “yukunmak, sig‘inmoq, topinmoq” fe’lidan).

-š affiksi. MK da: uruš – urush, toquš – jang, kurash, čïqïš – foyda, kečiš – kechuv; QB da: alqïš – olqish (alqa – “maqta” so‘zidan), qarğïš – qarg‘ish (qarğa- so‘zidan), söküš – so‘kish; AH da: ülüš – hissa.

-man, -män affiksi. MK da: sïqman – uzumni siqadigan vaqt, sökmän – alp, qahramon. Hozirgi turk.: öğretmen – o‘qituvchi; o‘zb.: bilärmän, taparman-tutarman.

-ğa, -gä affiksi. MK da: bilgädonishmand, olim, hakim, ögä – aqlli odam, bilimdon.

-wul, -wül affiksi. Navoiyning yozishicha, ushbu qo‘shimcha ko‘magida bir muabbir va bir maxsus sifatga tayin qilurlar-ki, sultonlarning xoh bazm asbobi uchun, xoh bazm jihoti uchun mo‘’tabardir. Andoq-ki: hiräwül, qarawul, čaŋdawul, yaŋawul, sözäwül, tapawul, kitpäwül, yasawul, bökäwül, šïğawul, daqawul (ML.178). KN da: harawul, čandawul. Qiyoslang, hozirgi o‘zb.: qarawul. Yoki xalq ertaklarining böri bäkäwül ekän, tülki yasawul ekän boshlamasini eslang.

-sïq, -sik / -sïğ, -sig / -suq, -sük / -suğ, -süg affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: kün toğsuq – kun chiqar (Sharq), kün batsïq – kun botar (G‘arb). Qiyoslang, MK da: kün toğsuğ, kün batsïğ.

-t affiksi. MK da: ögüt – nasihat, pand.

-qa, -kä affiksi. Bu affiks hashorat otlarida uchraydi. KTT. da: sarïnčqa, kitobda qayd etilishiga ko‘ra, turkmanchada čekirgä ham deyilgan (qiyoslang, hozirgi o‘zb.: čigirtkä), qumursqa, qasïrtqa – kana.

-wač, -wäč / -ğač, -gäč affiksi. MK da: sanduwač – bulbul (solishtiring, o‘zb. shevalarida sannaqčï – oqin, xalq qo‘shiqchi­si). Hozirgi o‘zb.: qaldïrğač.


Ko‘plik
Turkiy tillar tarixida ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari, asosan, quyidagilar:

1. Ko‘plikning -lär, -lar qo‘shimchasi. MK da: bilgälär – donolar, alplar – pahlavonlar, qapuğlar – eshiklar. Yoki Huast. da: yaruq täŋrilär – yorug‘ tangrilar, arïğ dintarlar – pokiza rohiblar.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining uslubiy talablariga ko‘ra otlardan oldin ularning son ko‘rsatkichi keltirilsa, otga -lar qo‘shimchasi qo‘shilmaydi. Qadimgi turkiy tilda esa bunday o‘rinlarda ham otlarga ko‘plik affiksi qo‘shilishi mumkin. Masalan, “Oltun tusli yorug‘” asarida: iki ičiläri – ikki akasi, üč tiginlär – uch shahzoda, iki tigitlärikki shahzoda, yeti enükläri – (barsning) yetti bolasi.

2. Yozma yodgorliklar tilida ko‘plik -n qo‘shimchasi bilan ham yasalgan. Masalan, QB da: türkän – turklar, erän – erlar, mardlar. MK da: oğlan ïğlašdï – bolalar yig‘lashdi, erän alpï oqïštïlar – mardlar bir-birlarini chorladilar. Yodgorliklarda oğlan va erän so‘zlari birlik shaklida ham qo‘llanilgan: oğlan suw tökdi – o‘g‘lon suv to‘kdi (MK.II.27).

3. Qadimgi turkiy tilda rudiment holida ko‘plikning -t qo‘shimchasi ham uchraydi (Maлов 1951,50–51). Bunday ko‘plik -n ning -t ga o‘zgarishi bilan hosil qilingan. Masalan, “Oltun tusli yorug‘” asarida: tigin – shahzoda, tigit – shahzodalar. Lekin asarda uning ko‘pligi tiginlär~tigitlär shakllarida ham qo‘llanilaveradi.

Bunday usul bilan yasalgan ko‘plikka yana bir misol: tarqan – tarxon (unvon), tarqat – tarxonlar.

4. Turkiy tillar tarixida ko‘plik -z affiksi bilan ham yasalgan. Bunga quyidagi so‘zlarni misol keltirish mumkin: meŋiz – yuz, köküz – ko‘krak, omuz – yelka, möŋüz – shox, ağïz – og‘iz (uning ikki chakakdan iborat ekanligi nazarda tutilgan).

Bunga köz so‘zini ham misol keltirish mumkin. Solishtiring: kör – fe’l (-r – fe’l yasovchi), köz (-z – ko‘plik qo‘shimchasi).

Asli bu so‘zlarga -z qo‘shilishi orqali “ikkilik, juftlik” nazarda tutilmoqda. Biroq, turkiy tilda “ikkilik” yo‘q. Biror narsaning bittasi birlikda, ikkinchisi qo‘shilsa, ko‘plikka aylanadi. “Ikkilik” – ko‘plik degani. Shunga ko‘ra -z affiksi, ikkilik, juftlik yasovchi emas, ko‘plik yasovchidir.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish