Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

YORDAMCHI SO‘ZLAR 
 
Bog‘lovchilar 
 
Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilida  uyushiq  bo‘laklar  hamda  juft 
so‘zlarda  ishlatiladigan  va  yoki  -u  bog‘lovchilarining  o‘rnida 
qadimgi  turkiy  tilda  …lï  …lï  bog‘lovchisi  qo‘llanilgan.  Misol: 
Saqïntïm, turuq buqalï sämiz buqalï arqda bilsär, sämiz buqa, 
turuq  buqa  täyin  bilmäz  ärmis.  –    (So‘ng)  o‘ylab  qoldim: 
“(Birov) turug‘ buqa bilan semiz buqani tezagidan bilsa, (birov 
bu)  semiz  buqa,  (bu)  turug‘  buqa  deya  bilmas  emish  [ya’ni 
semiz  buqa  bilan  turug‘  buqani  ajratolmas  ekan]”  (Ton.5–6); 
Bu  sawïğ  ilig  begli  xatunlï  ešidip...  –  Bu  xabarni  elig  bek  va 
xotini  eshitib  ...  (AYar.281);  Adïğlï  toŋuzlï  art  üzä  soqušmïš 
ermiš.  –  Ayiq  va  to‘ng‘iz  tepalik  ustida  to‘qnashibdi  (İB.6); 
T(ä)ŋrili  yäkli  nädä  ötrü  süŋüšmiš  y(a)ruqlï  q(a)ralï  q(a)ltï 
qatïlmïš  yirig  t(ä)ŋrig  kim  y(a)ratmïš  tipän  bilt(i)m(i)z.  – 
Tangri  va  iblis  nima  sabab  urushdilar,  yorug‘lik  bilan  zulmat 
qanday qilib qorishdilar, yerni, osmonni kim yaratganini bildik 
(Huast.73–75). 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida biriktiruvchi 
bog‘lovchilardan  ham bog‘lovchisi-da qo‘llanilgan: Fida qïldï 
barïn,  näŋi  ham  özin.  –  Barini  –  narsasini  hamda  o‘zini  fido 
qildi (QB.55); Ularnïŋ taŋuqï kelir ham barïr. – Ularning sov-
g‘asi keluvchi ham ketuvchidir [ya’ni o‘tkinchidir] (QB.109).   


 
197
XI  asrdan  turkiy  tillarga  -u  hamda  va  bog‘lovchilari  ham 
o‘zlasha boshladi.  -u – forscha,  va esa arab tilidan o‘zlashgan. 
Keyinchalik ushbu bog‘lovchilar qadimgi turkiy -lï, -li … -lï, -
li bog‘lovchisini siqib chiqardi. Shunga qaramay, qadimgi -lï, -
li  …  -lï,  -li  ayrim  o‘zbek  shevalarida  hozir  ham  saqlanib 
qolgan. 
Arab  yozuvli  matnlarda  -u  hamda  va  bog‘lovchilari 
farqlanmaydi,  ikkalovi ham “vav” bilan beriladi.  Lekin uyg‘ur 
xatida  ular  bir-biridan  farqli  holda  yozilgan.  Biroq  ushbu 
bog‘lovchilarning  qo‘llanilishida  qat’iy  qoida  bor.  Matnda  -u 
bog‘lovchisi  juft  so‘zlarni,  uyushiq  bo‘laklarni  bir-biriga 
bog‘laydi,  kishi  yo  narsa  otlari  sanalganda  ishlatiladi.  va 
bog‘lovchisi  esa  gap  tugagandan  so‘ng,  ikkinchi  gap 
boshlanganda  ishlatiladi,  qo‘shma  gap  tarkibidagi  sodda 
gaplarni  o‘zaro  bog‘laydi,  -u  bog‘lovchisi  qo‘llangan  juft 
so‘zlarni  hamda  sinonim  so‘zlarning  bir  guruhini  ikkinchisiga 
bog‘lash 
uchun 
ishlatiladi 
(Abdurahmonov, 
Rustamov 
1984,143–144). 
-u  bog‘lovchisi  undosh  bilan  tugagan  so‘zlarga  -u,  unli 
bilan  tugagan  so‘zlarga  esa  -vu  shaklida  qo‘shiladi.  Hozirgi 
o‘zbek  adabiyotshunosligida  Navoiy  asarlarini  “Farhād  va 
Širin”,  “Layli  va  Majnun”  deb  atayapmiz.  Aslida  esa  ularni 
“Farhād-u  Širin”,  “Layli-vu  Majnun”  shaklida  aytganimiz 
to‘g‘ri bo‘ladi.  
Shuningdek,  matnda  ta’kid  yuklamasi  -u  ni  ham  farqlay 
olish kerak. Chunki arab yozuvli matnlarda u ham “vav” bilan 
yoziladi. Undosh bilan tugagan so‘zlarga -u, unli bilan tugagan 
so‘zlarga esa -yu shaklida qo‘shiladi. 
Buni  Alisher  Navoiyning  “Nasoyimu-l-muhabbat”da  Adib 
Ahmad  haqida  yozgan  quyidagi  satrlarida  yaqqol  kuzatsa 
bo‘ladi: … Derlär-ki, közläri bütäw ermiš-u aslā zāhir ermäs 
ermiš. Basir bolup özgä basirlär-deg andaq emäs ermiš-ki, köz 
bolğay-u,  körmäs  bolğay,  ammā  bağāyat  zi:rak-u  zaki:  va 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish