er- to‘liqsiz fe’li
Hozirgi o‘zbek tilida e- to‘liqsiz fe’l bo‘lib, u edi, ekän,
emiš, emäs, esä singari shakllarda amal qiladi. Bulardan emäs
bo‘lishsiz fe’llar yasaydi, esä bog‘lovchidir.
195
To‘liqsiz fe’lning edi, ekän, emiš shakllari alohida
qo‘llanilmaydi, lekin fe’llar bilan qo‘llanilganda harakat-
holatning davomiyligini bildiradi. Otlar (ism guruhidagi
so‘zlar) bilan qo‘llanilganda esa uni kesimga aylantiradi va b.
Hozirgi e- to‘liqsiz fe’li qadimgi turkiy tilda är-~er-, uning
zamon,
mayl
shakllari
esa
ärdi~erdi,
ärkän~erkän,
ärmiš~ärmis / ermiš~ermis, ärmäz~ärmäs / ermäz~ermäs,
ärsä~ersä shakllarida qo‘llanilgan.
Ma’lumki, är-~er- avval mustaqil bo‘lib, keyinchalik
to‘liqsiz fe’lga aylangan. U yozma yodgorliklar tilida ikki xil
ko‘rinishda uchraydi:
1) Hozirgi o‘zbek tilida bo‘lgani singari to‘liqsiz fe’l bo‘lib
keladi: Türk bodun Tabğačqa körür ärti. – Turk xalqi
Tabg‘achga qaram edi (Ton.1); Äki ülügi atlïğ ärti, bir ülügi
yadağ ärti. – Ikki qismi otlig‘ edi, bir qismi yayov edi (Ton.4).
2) Mustaqil fe’l bo‘lib, “mavjudlik” ma’nosini bildiradi.
Misollarga e’tibor bering: Näŋ näŋ sabïm ärsär, bäŋgü tašqa
urtum. – Har qanday so‘zim bo‘lsa, mangu toshga yozdim
(Ka.11); Anča qazğanmïs, itmis älimiz, törümiz ärti. – Shunday
qozonilgan, tiklangan elimiz, hukumatimiz (bor) edi (K.12); Ol
antağ osuğluğ čoğluğ yalïŋlïğ küčlüg küsünlüg elig xannïŋ
uluğï xatunïnta toğmïš körgäli sewiglig, körklüg meŋizlig üč
oğlanï erti. – O‘sha tadbirli-cho‘g‘li, shon-shavkatli elig
xonning katta xotinidan tug‘ilgan ko‘rkli-suyukli, istarasi issiq
uch o‘g‘loni bo‘lar edi (AYar.270); Et-öz ersär, beksiz
meŋüsüz titir. – Et-o‘z mavjud bo‘lsa, beqaroru, o‘tkinchi turur
(AYar.272).
Yodgorliklarda er- fe’li erdilär erdi, erdi ersä shakllarida
ham uchraydi. Masalan, “O‘g‘uzxoqon” dostonida: Ošul
oğulnuŋ öŋlügi čïrağï kök erdi, ağïzï ataš qïzïl erdi, közläri al,
sačlarï, qašlarï qara erdilär erdi. – O‘sha o‘g‘ilning yuz-
chiroyi ko‘rkli edi, lablari otash misol qizil edi, ko‘zlari xumor,
sochlari, qoshlari qora edi (OD.1.5–7).
196
“Qutadg‘u bilig”da: Uδïr erdiŋ ersä, tur ač emdi köz. –
Uxlayotgan ersang, tur, endi ko‘zingni och (QB.80).
Hozirgi kimsä so‘zi tarixan kishilikni bildiruvchi kim
hamda “mavjudlik (сущeство)” ma’nosidagi ersä so‘zlarining
birikuvidan yasalgan: kimsä. Yoki hozirgi närsä
so‘zi “buyum, narsa” ma’nosidagi näŋ hamda ersä so‘zlarining
birikuvidan hosil bo‘lgan: närsä. Yana qiyoslang:
o‘zbek tili tarixida qo‘llangan nämärsä( so‘zi
“narsa, buyum” ma’nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |