Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


QADIMGI TURKIY TILGA XITOYCHADAN O‘ZLASHGAN



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

QADIMGI TURKIY TILGA XITOYCHADAN O‘ZLASHGAN 
SO‘ZLAR 
 
Xitoy  va  Markaziy  Osiyo  xalqlari  tarixida  ilk  o‘rta  asrlar 
o‘zaro ixtiloflar, urush va bosqinlar bilangina ma’lum emas. Bu 
kezlar  Xitoy  va  Markaziy  Osiyo  xalqlari  o‘rtasida  madaniy, 
adabiy 
aloqalarning 
rivojlanishi, 
ijtimoiy, 
savdo 
munosabatlarining  o‘rnatiluviga  keng  yo‘l  ochildi.  Ushbu 
aloqalar  ikki  mamlakatning  ijtimoiy-madaniy  taraqqiyoti, 
uluslar birdamligini ta’minlab berdi. 
Xitoy  bilan  Markaziy Osiyo ellari,  xususan,  turk davlatlari 
o‘rtasida kechgan  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy,  adabiy  aloqalarni 
o‘rganishda  qadimgi  turkiy  bitiglarning  o‘rni  kattadir.  Ko‘k 
turk  yozuvli  urxun  bitiglari,  uyg‘ur  yozuvidagi  qadimgi  turk 
manbalarida ushbu madaniy jarayon to‘g‘risida keng ma’lumot 
berilgan. 
Quyida turkiy yozma manbalar asosida ushbu aloqalarning 
ikki qirrasiga – turk epigrafik matnchiligida xitoy tiliga e’tibor 
masalasi  hamda  qadimgi  turkiy  tilning  lug‘at  tarkibidagi 
xitoychadan o‘zlashgan qatlam xususida so‘z yuritmoqchimiz.   
Qadimgi  turkiy  yozma  yodgorliklarda  Xitoy  eli,  yurtini 
Tabğač(~Tawğač),  Tabğač  eli  atalgan,  xitoy  xoqoni  –  tabğač 
qağan,  xitoy  xalqi  esa  –  tabğač  bodun,  xitoy  tilini  tabğač  tili 
deyilgan.   
Birinchi  va  ikkinchi  ko‘k  turk  xoqonliqlari,  keyinchalik 
uning o‘rnida  yuzaga kelgan uyg‘ur  xoqonlig‘i  va davlatlarida 
xalqaro mavqega ko‘tarilgan sug‘d, xitoy tillariga e’tibor katta 
edi.  Ayniqsa,  monumental  matnlarni  bitishda,  turkiy  til  bilan 


 
213
barobar,  sug‘d,  ora-chora,  xitoy  tilidan  ham  foydalanilgan. 
Buning  yorqin  misolini  732  yili  sarkarda  Kul  tigin  xotirasiga 
tiklangan  yodgorlikda  kuzatishimiz  mumkin.  Yodgorlikning 
to‘rtala  yuzida  yozuvi  bor:  Sharqqa  qaragan  yuzi,  ikki  yoni, 
toshning  qirralariga  ko‘k  turk  harflari  bilan  turkiy  matn 
bitilgan;  G‘arbga  qaragan  yuzidagi  matn  esa  xitoycha 
(MTA.26–29).  Yodgorlikdagi  turkiy  matnni  ko‘k  turk 
adabiyotining  yirik  namoyandasi,  yozuvchi  va  tarixnavis 
Yo‘llug‘  tigin  bitgan.  Xitoycha  matnning  muallifi  esa  xitoy 
generali  Changdir.  Ushbu  matnni  u  xitoy  imperatorining 
ko‘rsatmasiga  ko‘ra  yozgan.  Turkiy  bitigda  uning  oti  Čaŋ 
säŋün  deya  qayd  etiladi.  Otiga  qo‘shilayotgan  säŋün  so‘zi 
uning harbiy unvoni bo‘lib, “general” ma’nosini beradi.    
Oradan  ko‘p  vaqt  o‘tmay,  735  yili  Bilga  xoqon  xotirasiga 
tiklangan  yodgorlikda  ham  xitoy tili e’tibordan chetda qolgani 
yo‘q.  Ushbu  qabrtoshning  Sharqqa  qaragan  yuzi  va  ikki 
yonidagi  matn  turkiy  tilda.  G‘arbga  qaragan  yuzida  esa 
xitoycha  matnning  o‘rni  bor.  Biroq,  tosh  parchalanib  ketgani 
uchun xitoycha yozuvi hozir saqlangan emas (MTA.94–95).  
Markaziy  Osiyo  yerlarida,  xususan,  qadimgi  turk 
davlatlarida  uch  tilli  yodgorliklar  ham  yaratilgan.  Shulardan 
biri  3-  Qorabalg‘asun  bitigi  oti  bilan  mashhur.  To‘quz  o‘g‘uz 
(uyg‘ur)  xoqoni  Alp  Bilga  xotirasiga  atab  820–821  yillarda 
o‘rnatilgan  ushbu  yodgorlikning  matni  uch  tilda:  turkiy, 
sug‘dcha va xitoychada (MTA.222–226). Bu esa turk muhitida 
(harqalay, zodagonlar ichida va rasmiy doiralarda) monumental 
matnlarni  biryo‘la  nufuzli  tillarning  bir  nechtasida  bitish 
an’anasi  uyg‘ur  xoqonlig‘i  davrida  ham  saqlanganidan  belgi 
beradi. 
Shu o‘rinda ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan til 
vaziyati  bilan  bog‘liq  muhim  bir  hodisani  ta’kidlash  kerak. 
Ma’lumki,  tarixiy  yodgorliklarning  biryo‘la  bir  necha  tilda 
yozilishiga  ayni  ellardagi  til  vaziyati  ham  sabab  bo‘lgan. 
Qadimda  O‘rta  va  Markaziy  Osiyoning  turli  yerlarida,  turklar 


 
214
bilan aralash  yashagan sug‘d,  tohar,  qadimgi  xorazm  muhitida 
turk-sug‘d,  turk-tohar,  turk-qadimgi  xorazm  ikki  tilliligi  amal 
qilganligi  yozma  manbalardan  ayon.  Biroq,  turk-xitoy  yoki, 
keyinchalik,  turk-arab 
bilingvizmi 
amal  qilgan,  deya 
olmaymiz. Bizningcha, turkcha matnlarda xitoychaning aralash 
ishlatilishi, ko‘proq, siyosiy vaziyat, davlat siyosati, qolaversa, 
Xitoy  davlatining  ta’siri  va  xitoy  tilining  xalqaro  maydonda 
tutgan o‘rni bilan belgilangan.  
Yana  bir  jihati,  butun  Markaziy  Osiyoni  kesib  o‘tgan 
Buyuk  ipak  yo‘lida  turkiy  hamda  sug‘d  tillari  xalqaro  til 
sifatida  amal  qilgan.  Ammo  xitoy  tili  ushbu  savdo  yo‘lida, 
o‘zaro  munosabatlarda  xalqaro  mavqega  erishgan  deya 
olmaymiz.  
Xitoy  va  Markaziy  Osiyo  munosabatlari  tarixida  buddizm 
davri  ajralib  turadi.  Ilk  O‘rta  asrlarda  O‘rta  va  Markaziy 
Osiyoda buddizmning  yoyilishi sharq xalqlarining  madaniy  va 
adabiy  aloqalari,  sharq  tillarining  o‘zaro  ta’sirini  ta’minlab 
berdi. Ushbu ijtimoiy-tarixiy, madaniy jarayon, xususan, turkiy 
xalqlarning  qadimgi  xitoy  madaniyati  bilan  yaqindan 
tanishuviga,  adabiy  aloqalarning  yuksaluvi,  turkiy  dunyoda  
xitoyshunoslikning  fan  sifatida  yuzaga  kelib,  taraqqiy  etishiga 
imkon tug‘dirdi. 
Turkiy 
muhitga 
buddizmning 
tarqalishi, 
boshlab, 
tarjimachilik  sohasida  katta  burilish  yasadi.  Turkiy  xalqlar 
buddizm  diniga  sig‘ingan  chog‘larda  xitoy  tilidan  qadimgi 
turkiy  tilga  ko‘plab  diniy-falsafiy,  tarixiy,  badiiy  asarlar, 
tabobatga  tegishli  kitoblar  tarjima  qilingan.  Vaziyat  taqazosi 
bilan  turklarning  o‘qimishli  kishilari  ichidan  xitoy  tilining 
bilimdonlari,  sharqshunos  olimlar  yetishib  chiqdi.  Shulardan 
biri  X  asrda  yashab  ijod  etgan  xitoyshunos  olim  Singqu  Seli 
(~Shingqu Sheli) tudungdir.  
Diniy-falsafiy  qarashlar,  madaniyat,  badiiy  adabiyotda 
kechgan  jarayonlar  qadimgi  turkiy  til  lug‘at  tarkibining  yangi 
atamalar  bilan  boyishiga  yo‘l  ochdi.  Xitoy  tilidan  diniy  va 


 
215
falsafiy  tushunchalarni  anglatuvchi  so‘zlar,  buddizm  san’ati, 
madaniyati,  adabiyotshunoslik,  kitobat  ishi  va  fanning  ayrim 
yo‘nalishlariga tegishli atamalar turkiy tilga o‘zlasha boshladi.  
Tabiiyki, o‘zlashgan so‘zlar turkiy tilning qolipiga, talaffuz 
o‘lchovlariga 
solingan. 
Masalan, 
xitoycha 
Kun-
futszi(Konfusiy)ni  turklar  Quŋvutsi  shaklida  qo‘llagan.  Yoki 
“mehmonlar 
uchun 
tayyorlangan 
joy, 
mehmonxona” 
ma’nosidagi  xon-lu-si  so‘zi  turkiy  matnda  quŋlusï  shaklida 
ishlatilgan. 
Turkiy  yozma  manbalarda  baqšï~baxšï  so‘zi  uchraydi. 
E’tirof  etilishicha,  bu  so‘z  xitoychadan  o‘zlashgan  bo‘lib, 
uyg‘ur yozuvli budda, moniy yodgorliklarida “ustoz, murabbiy, 
muallim”  ma’nolarida  qo‘llangan.  Ba’zan  u  kishi  otini  ham 
bildiradi.  Uning  otačï  baqšï  shakli  ham  bor.  Bu  so‘z  “tabib, 
shifokor”  anglamida.  Zamonasining  xat-savodli,  bilimli 
kishilariga nisbatan qo‘llangan bu so‘z keyinchalik turkiy tilda 
va  uyg‘ur  xatida  bituvchi  kotiblarning  nomida  saqlanib  qoldi. 
XIV–XV  yuzyilliklarda  Chig‘atoy  elida  ushbu  atama  “uyg‘ur 
xatida bituvchi kotib,  xattot”ni bildirgan. Hozirgi o‘zbek tilida 
baxšï  so‘zi  “dostonchi,  xalq  ijrochisi,  baxshi”ni  bildiradi. 
Ayrim  o‘zbek  og‘izlarida  uning  “afsunchi,  folbin”  ma’nosi 
ham  bor.  Xitoy  tilida  hozir  ham  boši  so‘zi  qo‘llaniladi.  U  fan 
doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lganlarni anglatadi.  
Xitoy 
tilidan 
o‘girilgan 
asarlarda 
xitoycha 
o‘zlashmalarning ham ko‘p uchrashi tabiiy. Tarjimonlar ushbu 
o‘zlashmalarni  boshqa  turkiy  so‘zlarga  sinonim  sifatida 
qo‘llaganlar.  Shuningdek,  matn  uslubini  saqlash,  xitoy 
madaniyati,  etnografiyasi,  qarashlariga  tegishli  tushunchalarni 
o‘ziday  berish  istagida  ham  ushbu  atamalarni  ishlatganlar. 
Masalan, 
xitoychadan 
o‘zlashgan 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish