šlok), padak ( singari
yangi she’r turlari shakllandi.
Buddizm davrida qadimgi turk nasrida budda qonunlari,
aqoid, ta’limotlari aks etgan asarlar shuhrat topdi. Bunday
207
asarlar nom yoki nom bitig deb yuritilgan (nomnwm; nom bitig –“aqoid kitobi” ma’nosini bildiradi). Budda
diniy
adabiyotida
sutralar
(yodgorliklardagi
shakli
sudur~sutur), shastarlar (manbalarda šastïr~šastar shaklida
qo‘llaniladi) keng yoyildi. Sudur ( – sutra,
Buddaning nasihatlaridan iborat; šastar ( –
buddizmning muqaddas kitobi, sutraning tafsiri, traktatdir.
Buni šastar bitig ham deyilgan.
Turk adabiyotida ulug‘ rohiblarning hayot yo‘lini,
muqaddas yerlarga uyushtirgan ziyoratlarini aks ettiruvchi
memuarlar yaratildi. Yirik epik asar(kavi nom bitig)lar paydo
bo‘ldi. Kavi ( – “epos, epik asar”degan ma’noni
beradi. Budda afsona-rivoyatlari keng tarqaldi. Bular purani
( atalgan.
Buddizm dinidagi turklar hindlarning kitob shaklidan ham
foydalanganlar. Fanda uni potxi kitob deb yuritiladi. Potxi
kitobning varaqlari patar deyilgan. Bu so‘z sanskritcha pattra
dan bo‘lib, ular palma yaproqlari va varaqni shunday ataganlar.
Turkiy tilda u ikkinchi ma’nosida qo‘llangan.
Har qaysi varaqning bosh qismiga asar bo‘limi va ushbu
bo‘limning tartib ko‘rsatkichi yozib chiqilgan. Masalan:
Yükünč altï patar (Yukunch bo‘limi, oltinchi varaq), Yükünč
yeti patar (Yukunch bo‘limi, yettinchi varaq), Baštïnqï ülüs on
patar (Avvalgi bo‘lim, o‘ninchi varaq), Baštïnqï ülüs tört
yigirmi patar (Avvalgi bo‘lim, o‘n to‘rtinchi varaq) va b. Bir
bo‘lim tugagach, keyingi bo‘limdan boshlab tartib ko‘rsatkichi
ham yangilangan. Ushbu ko‘rsatkichlar, o‘z navbatida, poygir
(poginatsiya) vazifasini o‘tagan va kitob varaqlarini tartibli
saqlash imkonini bergan.
Qadimgi turkiy tilga chet tillardan o‘zlashgan so‘zlarga
turkiy qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan ham yangi atamalar
hosil qilingan. Masalan, nomčï – budda qonunlarining
bilimdani, qonunlarni yo‘ruvchi (ma’nosini aytib beruvchi),
ulamo. Qonunlar haqida dars beruvchi ustozni nomčï
208
ačarï~nomčï baxšï ham deyilgan. Bu yerdagi ačarï (
ačarya) “o‘qituvchi, ustoz” ma’nosida.
Budda
matnlarida
ba’zi
iboralar,
dinning
asosini
belgilovchi tushunchalar (formulalar) ham turkiyga o‘girilmay,
asl holida, o‘sha tilda qanday bo‘lsa, shundayligicha
qo‘llanilgan. Masalan, budda asarlari, an’anaga ko‘ra, Namo
but. Namo darm. Namo saŋ jumlalari bilan boshlangan (buning
Namo Buddaya. Namo darmaya. Namo saŋgaya shakli ham
bor). Buning sanskritchasi Namo budha. Namo dharma. Namo
samgha dir. Ma’nosi: “Buddaga ta’zim. Budda aqidalariga
(qonunlariga) ta’zim. Budda jamoasiga ta’zim” demakdir. Bu
uchlikning bir formulada kelishining sababi buddizm
ta’limotida Budda, buddizm qonunlari, ta’limoti va jamoa
qutlug‘dir. Eski turklar bu uchlikni üč erdini yoki erdinilär
deganlar.
Erdini (=skr. ratha) – “javohir” ma’nosini beradi. Qadimgi
turkiy tilda erdini – “javohir”. Buddizmning qutlug‘
tushunchasi (=Ratna) shu so‘z bilan atalgan: nom erdini –
“no‘m javohiri” (=Dharmaratna); Burqan erdini – “Burxon
(Budda) javohiri”; üč erdini – budda tushunchasidagi “uch
javohir” (=Triratna).
Budda matnlarida sug‘dcha, xitoycha atamalar ham ko‘p
uchraydi. Buning sabablaridan biri budda asarlarining o‘sha
tillardan tarjima qilinganligi bo‘lsa, ikkinchisi qadimgi turklar
bilan o‘sha xalqlar orasida kechgan yaqin munosabatlar, adabiy
aloqalar va Sharq tillarining o‘zaro ta’siridir. Masalan, Azrua
Do'stlaringiz bilan baham: |