Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
Fe’llarda shaxs-son ko‘rsatkichi 
 
Fe’llarda  so‘zlovchi  birligining  shaxs-son  ko‘rsatkichi  -
män~-men qo‘shimchasidir. Masalan, OD da: dost tutar-men – 
do‘st tutar-men, dušman tutar-men – yov tutarmen. AT.283 da: 
Bir-kiä  amraq  oğlumun  siziŋä  tutuzur-män.  –  Birgina  suyukli 
o‘g‘limni  sizga  tutqazayapman.  So‘zlovchi  ko‘plik  uchun 
kelasi zamon fe’llarida -biz, -bïz, o‘tgan zamon fe’llarida -q, -k 
qo‘shimchasi ishlatiladi.    
O‘zga  shaxs  birligi  -ï,  -i  qo‘shimchasi  bilan  hosil  qilinadi. 
Ko‘plik  uchun  esa  birlik  shakliga  -lar,  -lär  qo‘shimchasi 
qo‘shiladi. 
So‘zlovchi fe’llardagi shaxs-sonni quyidagicha ifodalaydi: 
Birlikda: ayur-men, kelür-men.  
Ko‘plikda: ayur-bïz, otunur-bïz
Tinglovchi uchun birlikda: aldïŋ, keldiŋ. Ko‘plikda: aldïŋïz, 
keldiŋiz
O‘zga  birligi  uchun:  aldï,  keldi.  Ko‘plik  uchun:  aldïlar, 
keldilär
Agar  shaxs  ta’kidlab  ko‘rsatilmoqchi  bo‘lsa,  undan  oldin 
kishilik olmoshi orttiriladi. So‘zlovchi birlikda men aldïm, men 
keldim, ko‘plikda biz aldïq, biz keldik. Tinglovchi birlikda sen 
aldïŋ, sen keldiŋ, ko‘plikda siz aldïŋïz, siz keldiŋiz.  
Ol sub qudï bardïmïz, sanağalï tüšürtümüz, atïğ ïqa bayur 
ertimiz…  kün  yemä,  tün  yemä  yelü  bardïmïz.  Qïrqïzïğ  uqa 


 
185
basdïmïz.  –  Ul  suvning  quyisiga  bordik.  (Lashkarni)  sanagani 
tushirdik.  Ot(lar)ni  butaga  boylar  edik.  ...  Kunu  tun  yelib 
bordik. Qirqizni qo‘qqisdan bosdik (Ton.27). 
“Xuastuanift”  asarida  so‘zlovchi  ko‘pligining  shaxs-son 
ko‘rsatkichi ikki xil shaklda: unli bilan tugagan fe’l shakllariga 
-mïz,  -miz,  undosh  bilan  tugagan  fe’llarga  esa  -biz  shaklida 
qo‘shilgan:  ökünür-biz,  ötünür-biz,    sözläyür-biz,  išläyür-biz, 
yazuqluğ-biz
Yana  bir  muhim  belgisi,  asarda  fe’lning  o‘tgan  zamon, 
shaxs-son  qo‘shimchalari  ham  o‘zak-negizga  moslashadi: 
so‘zning  oxirgi  bo‘g‘ini  lablanmagan  unlili  bo‘lsa,  zamon, 
shaxs-son qo‘shimchalari -tïmïz, -timiz / -dïmïz, -dimiz shaklida 
qo‘shiladi: 
sözlädimiz, 
biltimiz, 
ürkitdimiz, 
ačïtdïmïz 
ağrïtdïmïz.  Agar  so‘zning  oxirgi  bo‘g‘ini  lablangan  unlili 
bo‘lsa,  -tumuz,  -tümüz  /  -dumuz,  -dümüz  shaklida  qo‘shiladi: 
yüküntümüz, ölürdümüz, öz ötägči boltumuz
-siz  affiksi  tinglovchi  birligida  ba’zan  hurmat  ma’nosini 
ham  bildiradi:  Ötrü  ol  awïčğa  ïğlayu  xanqa  inčä  tip  ötünti: 
Täŋrim,  ne  muŋ  taq  boltï-kim,  antağ  täŋri-teg,  erdäni-teg 
ögüküŋüzni ölüm yiriŋä ïdur-siz? – So‘ng o‘sha qariya yig‘lab, 
xonga shunday deya iltijo qildi: “Tangrim, qanday musibatkim,  
shunday 
tangridek, 
javohirdek 
suyukligingizni 
[ya’ni 
o‘g‘lingizni] o‘lim yeriga yuboryapsiz?” (AT.283).  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish