Fe’lning buyruq shakli
Buyruq fe’lning bosh shaklida bo‘ladi yoki unga maxsus
qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Buyruq
tinglovchiga yoki g‘oyibga bo‘ladi. G‘oyib buyrug‘i o‘zak-
negiz oxiriga -sïn, -sin / -sun, -sün qo‘shimchasini qo‘shib
yasalgan. Bu qo‘shimcha -zun, -zün shaklida ham qo‘llanilgan:
Kögmän yer-sub idisiz qalmazun tiyin. – Ko‘gman yurti egasiz
qolmasin deya (K.20).
Sak. da: saqlasun, öğränsün.
She’rda shunday kelgan:
Endik kiši titilsün,
El törü yitilsün,
Toqlï, böri yetilsün,
Qaδğu yemä sawïlsun.
((Qilichimiz bilan qayg‘uni ochaylikki), axmoqlar yo‘lga
tushsinlar, el ishi tuzalsin, qo‘zi bilan bo‘ri birga yursin, bizdan
qayg‘u-g‘am yo‘qolsin) (MK.I.131).
Tinglovchi buyruq birligi fe’lning bosh shaklining o‘zidir:
kel-, ket-, al-, tut-, bašla-, sözlä-. Ko‘pligi fe’lning bosh
shakliga -iŋiz, -ïŋïz qo‘shimchasi qo‘shib hosil qilingan:
keliŋiz, ketiŋiz, sözläŋiz, barïŋïz. Bir guruhga buyruq qilishda
oxirgi -z (-iz, -ïz) tushiriladi: keliŋ, ketiŋ, sözläŋ, barïŋ.
182
Ba’zan yodgorliklar tilida tinglovchi ko‘pligini ifodalash
uchun -iŋ, -ïŋ hamda -iŋlär, -ïŋlar qo‘shimchalari aralash
qo‘llanilgan. Masalan, “Irq bitigi”da: Anča biliŋlär: edgü-ol
(İB.1) // Anča biliŋ: edgü-ol (İB.2) – Buni biling, ezgudir. Yoki
AT.283 da: Kim taluyqa barayïn tisär kiriŋlär, oğlum tiginkä
eš boluŋlar. – Kim dengizga boraman desa, (saroyga –
qoshimga) kiringlar, o‘g‘lim shahzodaga esh bo‘linglar; Amtï
siz qatağlanïŋ, birlä barïŋ, yerči boluŋ. – Endi siz bardam
bo‘ling, birga boring, yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ling.
O‘zga buyruq birligi kelsin, ketsin, ko‘pligi kelsinlär,
ketsinlär tarzida qo‘llangan. Masalan: Tiginig asan tükäl
kelürzünlär. – Teginni eson-omon keltirsinlar (AT.283).
Muhimi shundaki, “Qutadg‘u bilig”da o‘zga buyrug‘ining
birligi -su, -sü / -sun, -sün hamda -sunï, -süni shakllarida
yasalgan: Yağa tursu yağmur, yazïlsu čečäk. – Yomg‘ir
yog‘aversin, chechaklar ochilsin (QB.114); Qutadsu atï, bersü
eki jihan. – Oti qutli bo‘lsin, (xudo unga) ikki jahonni bersin
(QB.85); Tuta bersü täŋri bu taxt birlä baxt. – Tangri unga taxt
bilan baxtni beraversin (QB.89); Ažun qalmasunï siziŋsiz
quruğ. – Dunyo sizsiz qurug‘ qolmasin (sizdan ajramasin)
(QB.105).
“Hibatu-l-haqoyiq”da o‘zga buyrug‘ining birligi -su, -sü / -
sun, -sün shakllari bilan hosil qilingan: atï qalsu – nomi qolsin,
yad qïlsu – yod qilsin, asïğ alsu – foyda olsin, tükäl bilsü –
tugal bilsin. Yoki: sewinsün – sevinsin, kelmäsun – kelmasin,
külmäsün – kulmasin.
Buyruqning bo‘lishlisi ham, bo‘lishsizi ham -ğïn, -qïn, -gin,
-kin qo‘shimchasi bilan ta’kidlanadi: yatqïn, turmağïn, kelgin,
ketkin. Bu qo‘shimcha tinglovchi buyrug‘iga qo‘llanadi. O‘zga
buyrug‘iga qo‘llanmaydi.
So‘zlovchining buyruq-istagi fe’l negizga -ayïm, -äyim; -
alïm, -älim; -alïq, -äylik qo‘shimchalarini qo‘shib yasaladi.
Ko‘k turk bitiglarida: terilälim – terilaylik, sü yorïlïm – lashkar
tortaylik.
183
So‘zlovchining buyruq-istagi -ayïn, -äyin qo‘shimchasi
bilan ham hosil qilingan. AH da: qïlayïn – qilay, ayayïn –
aytay, bezäyin – bezay; Sak. da: oynayïn, tökäyïn.
So‘zlovchi istagiga Husayn Boyqaro baytlaridan bir misol:
Közlärim kör et, qazā, bir šakl-i mavzun körmäyin,
Özni bir Laylāvaši išqïda Majnun körmäyin (Maj.138).
Buyruq (amr) va tinglovchiga xitob fe’l o‘zagiga -qïl, -ğïl, -
kil, -gil qo‘shimchasini qo‘shish bilan ham hosil qilingan.
KTT.48–49 da: čïqqïl – tashqari chiq, ačqïl – och, yapqïl –
yop, atqïl – ot, čïqarğïl – chiqar, soyğïl – so‘y, tökkil – to‘k,
ekkil – ekin ek, töšägil – to‘sha, sewgil – sev, elägil – ela,
körgil – ko‘r, boq, keygil – kiy, kiyin. Bularning bo‘lishsiz
shakli esa - mağïl, -mägil qo‘shimchasi bilan hosil qilingan:
ačmağïl, töšämägil singari.
Do'stlaringiz bilan baham: |