Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Unlilar cho‘ziqligi 
 
Turkiy tillarda unlilar cho‘ziqligi  ikki  xil  ko‘rinishda  amal 
qiladi: 
“birlamchi” 
hamda 
“ikkilamchi” 
cho‘ziqlik. 
“Ikkilamchi”  cho‘ziqlik  keyingi  hodisa  bo‘lib,  tovush 
o‘zgarishi,  ko‘proq,  so‘zdagi  undoshning  tushishi  natijasida 
yuzaga  keladi.  Masalan:  bigiz>biiz,  šahar>šaar,  oğul>uul 
singari. “Ikkilamchi” cho‘ziqlik shevalarda, og‘zaki nutqda tez-
tez kuzatiladi.   
“Birlamchi”  cho‘ziqlik tovush o‘zgarishi  natijasida  yuzaga 
kelgan emas, turkiy tillarda azaldan bor.  
Turkshunoslikda  ayrim  turkiy  tillarda  amal  qilayotgan 
“birlamchi” 
cho‘ziq  unlilar 
masalasi  tugal 
yechimini 
topganicha  yo‘q.  Muhimi  shundaki,  hozirgi  turkman  adabiy 
tilida,  shuningdek,  o‘zbek  xorazm  shevalarining  o‘g‘uz 
guruhlarida  “birlamchi”  etimologik  cho‘ziq  unlilar  hozir  ham 
amal qilmoqda. Biroq, mazkur unlilarning yuzaga kelish tarixi, 
yozma  yodgorliklar  tilida  tutgan  o‘rni  xususida  aniq-taniq 
xulosaga kelish mushkul. 
Yozma yodgorliklar tilida “birlamchi” cho‘ziqlik ora-chora 
uchrab turadi. Buni matnlarda cho‘ziq unlilarning maxsus ifoda 
etilganligida  xam  ko‘rish  mumkin.  Chunonchi,  uyg‘ur  xatida 
cho‘ziqlikni ifodalash uchun ba’zan harflarni qo‘shaloq yozish 
hollari kuzatiladi. Masalan, ST da: yiil – yel, shamol (VI.9.15), 
küü  –  dovrug‘,  ovoza  (V.7.11),  süü  –lashkar,  cherig  (V.3.18), 
süülä  –  qo‘shin  tort-  (V.71.12),  yüüz  –  100  (V.51.24),  yuul  – 
buloq,  chashma  (VI.26.26),  oot  -  o‘t,  olov  (V.56.25),  yooğ  – 
yuqori,  cho‘qqi  (V.13.18).  Muhimi,  bir  so‘z  bir  matnning 
o‘zida oddiy shaklda ham, qo‘shaloq belgi bilan ham yozilishi 
mumkin:  yiil  (VI.9.15)//yil  (V.45.10),  yüüz  (V.51.24)//yüz 


 
119
(V.15.19). “Hibatu-l-haqoyiq”ning uyg‘ur yozuvli A nushasida 
(Arat 1992 bo‘yicha): uul – asos (81.3), yool – yo‘l (94.4).  
Arab  yozuvli  turkiy  matnlarda  [a]  ning  cho‘ziqligini 
ifodalash  uchun  qo‘shaloq  “alif”  harfidan  foydalanilgan. 
Masalan,  “Devonu  lug‘atit  turk”da:    جاا  aač  –  och,  suq,  ش  اا  
aaš – osh, ovqat, ل اا  aal – hiyla,  ف اا aaw – ov. 
Matnlarda  lab  unlilarining  cho‘ziqligini  ifodalashda 
qo‘shaloq “vav”dan foydalanilgan:  ööl – ho‘l.  
Ma’lumki,  arab  yozuvli  turkiy  matnlarda  unlilar  “aliv”, 
“vav”,  “ya”  harflari  yoki  harakatlar  bilan  ifoda  etilgan. 
Unlilarning  “aliv”,  “vav”,  “ya”  harflari  bilan  yozilishini  ba’zi 
olimlar  cho‘ziqlikning  ifodasi  deb  biladilar.  Bu  fikrga 
qo‘shilish qiyin.  Mazkur imlo xususiyati faqat cho‘ziqlik bilan 
bog‘liq emas. Bunga turkiy yozuv an’anasining davomi sifatida 
yondashilgani  ma’qul.  Sababi  shundaki,  uyg‘ur  xatida  unlilar, 
cho‘ziq-qisqaligidan  qat’i  nazar,  yozuvda  mantazam  tarzda 
ifoda  etilavergan.  Turklar  arab  xatini  o‘zlashtirganlarida 
imlodagi ana shu prinsipni saqlab qoldilar. Shunga binoan, arab 
xati asosidagi turkiy yozuvda unlilar uchun  “aliv”, “vav”, “ya” 
harflaridan foydalaniladigan bo‘ldi. 
Ta’kidlash  kerakki,  yozma  yodgorliklar  tilida  “birlamchi” 
cho‘ziq  unlilar  fonema  darajasida  amal  qilgani  dargumon. 
Harg‘alay,  ular  oddiy  unlilarning  fonetik  varianti  sifatida 
qo‘llangan ko‘rinadi.  
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish