UNDOSHLAR TIZIMI
Urxun va yenisey bitiglarining yozuv, fonetik-fonologik
xususiyatlari bitiglar tilida quyidagi undosh fonemalar amal
qilganidan dalolat beradi: [b], [p], [d], [t], [q], [k], [ğ], [g], [z],
[s], [č], [š], [y], [l], [m], [n], [ñ], [ŋ], [r].
Qadimgi turk davridayoq sharqiy turk lahjalarida (qadimgi
uyg‘ur va moniy yozuvli yodgorliklar tilida) [w] va [x]
fonemalari amal qila boshlagan.
120
Mahmud Koshg‘ariy [v] fonemasini ikkita tovush deb
izohlagan edi: [w] hamda [v]. U [w] ni “[b] bilan [f] maxrajlari
orasidagi” tovush deb ta’riflagan (MK.I.68). XI–XIV
asrlarning arab yozuvli matnlarida ularning ikkovi ayri-ayri
harflar bilan ifoda etilgan.
Tub turkiy so‘zlarda [w] tovushi [v] dan ko‘ra ustunlik
qiladi. Masalan, QB da: küwänč, aw, suw, ew.
Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, [v] bilan [w] dialektal
xususiyatni ham farqlagan: [v] bilan so‘zlash o‘g‘uz va ularga
yaqin turuvchilarga, [w] bilan so‘zlash esa boshqa turklarga
xos. E’tiborni tortadigan yeri, devonda bir so‘zning ikki xil
varianti aralash qo‘llanilgan: tawar (MK.I.137) // tavar
(MK.I.237). Bir so‘zning ikki xil talaffuz etilishi mumkinligini
muallifning o‘zi ham ta’kidlaydi: uvut // uwut (uyat), yalavač //
yalawač (payg‘ambar), yava // yawa (tursus mevasi)
(MK.I.111).
Ko‘k turk alifbosida [w~v] fonemasi uchun maxsus harf
yo‘q. Muhimi shundaki, ko‘k turk bitiglari bilan deyarli
oldinma-ketin yaratilgan uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon
matnlarida bu tovush uchun alohida belgi bor. Arab yozuvli
matnlarda [w~v] bilan kelgan so‘zlar ko‘k turk bitiglarida B, b
harflari bilan yozilgan. Bu hodisa ko‘k turk alifbosidagi B, b
harflari, o‘rni bilan, [w] tovushini ham ifoda etgan degan
xulosaga olib keladi. Misollarga e’tibor bering: tabğač
(tawğač) – tabg‘ach, tabïsğan (tawïsğan) – tovushqon, sab
(saw) – so‘z, xabar, sub (suw) – suv.
XI–XIV asrlarning turkiy yodgorliklarida tishora [δ]
tovushi ham uchraydi (bu tovush arab alifbosida ﺬ harfi bilan
ifoda etilgan). Masalan, XI–XIV asrlarning arab yozuvli
matnlarida quyidagi so‘zlar ﺬ harfi bilan yozilgan: eδgü, aδïğ,
quδï, qaδğu. Ko‘k turk va qadimgi uyg‘ur alifbolarida tishora
[δ] tovushi uchun alohida belgi yo‘q. Arab yozuvli matnlardagi
[δ] li so‘zlar ko‘k turk bitiglarida D, d harflari bilan yozilgan.
Ushbu so‘zlardagi D, d harflari [d] bilan bir qatorda tishora [δ]
121
tovushini ham ifodalagan chiqar: edgü (eδgü), adïğ (aδïğ), qudï
(quδï), qadğu (qaδğu).
Ko‘k turk xatida [x] tovushi uchun maxsus harf yo‘q, uning
o‘rnida yolg‘iz q keladi: qatun, qağan, qan. Bu so‘zlardagi [q]
arab yozuvli matnlarda [x] ga o‘zgaradi: xatun, xaqan, xan.
Biroq, bu hodisani tamoman tovush o‘zgarishiga yo‘ymaslik
kerak. Sababi, “Qutadg‘u bilig” asarining tilida qadimgi [q] li
varianti ustivor. Masalan: qalï (agar), qalïq (osmon), yaqšï va
b. Keyinchalik bu so‘zlardagi [q] tovushi [x] ga o‘zgargan:
xalï, xalïq, yaxšï singari.
Urxun bitiglarida hozirgidan farqli holda [ñ] tovushi ham
qo‘llangan (yozuvda # harfi yoki ikki harf birikmasi – JN bilan
ifoda etilgan). Bu tovush quyidagi so‘zlarda keladi: Toñuquq,
añïğ, qoñ, cïğañ. Ko‘k turk bitiglarida [ñ] bilan kelgan so‘zlar
uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon matnlarida yoki arab yozuvli
yodgorliklarda [y] bilan keladi: ayïğ – yovuz, tuban, bemani,
qoy, čïğay – “qashshoq, yo‘qsil”.
Qadimgi [ñ] ni Mahmud Koshg‘ariy arab xatida harfi
bilan keltirgan. Uning yozishiga qaraganda, [y] li so‘zlarni [n]
ga aylantirish dialektal xususiyatdir. So‘z o‘rtasi va oxirida
kelgan [y] ni arg‘ular [n] ga almashtirganlar: qoy – qon “qo‘y”,
čïğay – čïğan “kambag‘al”, qayu – qanu “qaysi” (MK.I.67). Bu
misollarning bari ko‘k turk bitiglaridagi [ñ] sonor [n] ga variant
sifatida ([n~ñ]) qo‘llanganidan dalolat beradi.
[n] // [y] mosligi hozirgi o‘zbek tilida ham uchrab turadi:
qanda~qayda. Yoki qadimgi [n] hozir qo‘llaydigan qanï, qanča
singari so‘zlarimizda ham saqlanib qolgan.
Uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon bitiglarida o‘zlashgan
so‘zlarda sirg‘aluvchi [ž] tovushi ham qo‘llanilgan: ažun. Arab
yozuvli matnlarda bu tovush ژ harfi bilan ifoda etilgan:
ا
نوژ
ažun – dunyo.
Eski turkiy til davridan boshlab arab, fors tilidan o‘z-
lashgan so‘zlarda [f], [h] fonemalari ham qo‘llana boshladi.
122
Arab alifbosi asosidagi turkiy imloda arab va fors tillaridan
o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan yozuv prinsipi amal qilgan.
Bunday so‘zlar arabcha matnlarda qanday yozilsa, turkiy
matnlarda ham shunday yozilavergan. Lekin ulardagi arab
tiligagina xos bo‘lgan tovushlar turkiy tovushlar singari
talaffuz etilgan.
“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da o‘zlashgan so‘zlarga xos
bo‘lgan bunday tovushlar xususida ham ma’lumot beriladi.
Unda yozilishicha, “turk qipchoq tilida” quyidagi sakkiz harf
(ya’ni tovush) yo‘q. Bular: sa: (
Do'stlaringiz bilan baham: |