ث), ha: (ح), xa: (خ), da:t (ض), za:
(
ظ), ‘ayn (ع), fa: (ف), ha (ه). Ushbu harflar turk tiliga boshqa
tillardan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydi (KTT.1).
TURKIY SINGARMONIZM
So‘nggi yillarda tilshunosligimizda o‘zbek tili tarixida,
xususan, Alisher Navoiy asarlari tilida singarmonizm qonuni
buzilgan edi, o‘zbek tili tarixi uchun ushbu hodisa ahamiyatli
emas,
degan
fikrlar
chiqib
qoldi.
Butkul
qo‘shilib
bo‘lmaydigan fikr. Turkiy tillar tarixida, xususan, eski o‘zbek
tilida singarmonizm temir qonun sifatida amal qilgan. Eski
o‘zbek tilining fonetik qurilishi, morfo-fonologik tizimi ana
shu qonunga bo‘ysungan edi. Navoiy asarlarining tili
singarmonizmli tildir. Bugina emas, butun o‘zbek mumtoz
adabiyoti asarlarining tili ayni qonunga asoslanadi.
To‘g‘ri, “singarmonizm” atamasi g‘arb tilshunosligi
ta’sirida kirib o‘zlashgan. Tarixan bu atama uchramagani bilan,
turkiy tillarda bu hodisa burundan bor. O‘tmishda yaratilgan
grammatika va lug‘atlarda ushbu hodisaga ishora etuvchi
qaydlarga duch kelamiz. O‘sha zamon tilshunoslari muayyan
harf, so‘z yo qo‘shimchaning talaffuzini sharhlaganda, ularning
fonetik-fonologik xususiyatini ta’kidlab o‘tadilar. Ularning bu
ma’lumotlari hozirgi tushunchamizdagi “singarmonizm”ning
o‘zidir. O‘tmish tilshunosligida qanday atalgani yoki qay holda
123
ta’riflanganidan qat’i nazar, turkiy tillar tabiatida bu qonun bor,
bor bo‘lganda ham o‘ta ahamiyatli edi. Hozir ham boshqa
turkiy tillarda singarmonizm qonuni davom etmoqda. Muhimi,
so‘zning fonetik-fonologik tabiati shu qonunga moslashadi.
Singarmonizm
deb
so‘zdagi
tovushlarning
hamda
qo‘shimchalarning talaffuziga ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashuvi,
moslashuviga aytiladi. Singarmonizm unlilarda ham, undoshlar
tizimida ham amal qiladi.
Unlilar uyg‘unligi ikki xil:
1) Tanglay uyg‘unligi: so‘zdagi tovushlarning bir-biriga va
qo‘shimchalarning o‘zakka qatorda va “yo‘g‘on-ingichkalikda”
moslashuvi. So‘zning birinchi bo‘g‘inida old qator unlilar
kelsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham old qator unlilar qatnashadi.
Yoki, teskarisi, birinchi bo‘g‘inda orqa qator unlisi qatnashsa,
keyingi bo‘g‘inlar unlisi ham orqa qator unlilari bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib, so‘zlar “yo‘g‘on” yoki “ingichka”
talaffuz etiluvchilarga bo‘linadi.
Mazkur qonunga ko‘ra o‘zak-negizga qo‘shiladigan
affikslar ham fonetik variantlardan iborat bo‘ladi. Masalan, ot
yasovchi -ğ, -g affiksi: qapïğ – eshik, bilig – bilim; jo‘nalish
kelishigi affiksi -qa, -kä: qağanqa – xoqonga, äbkä – uyga;
yoki -ğaru, -gärü affiksi: oğuzğaru – o‘g‘uzga, ilgärü –
oldinga (Sharqqa).
2) Lab uyg‘unligi: birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi
bo‘g‘indagi unlining yoki o‘zakning oxirgi bo‘g‘inidagi unliga
qo‘shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvi: älimiz
– davlatimiz, sümüz – lashkarimiz, atïm – otim, bodunum –
xalqim.
Bu qonunga ko‘ra ham bir qator affikslarning lablangan
unlili va lablanmagan unlili variantlari bo‘lgan. Jumladan:
qaratqich affikslari -nïŋ, -niŋ; -ïŋ, -iŋ larning -nuŋ, -nüŋ; -uŋ, -
üŋ variantlari, sifat yasovchi -lïğ, -lig ning -luğ, -lüg variantlari
ham bor va b.
124
Shu bilan bog‘liq yana bir masala. Singarmonizm deganda
so‘zdagi tovushlarning hamda qo‘shimchalarning talaffuziga
ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashuvi, moslashuvi tushuniladi. Odatda,
ushbu qonun asosida unlilar uyg‘unligi, so‘zning birinchi
bo‘g‘inidagi unlisiga keyingi bo‘g‘inlardagi unlilarning
moslashuvi nazarda tutiladi. Bu fikr to‘g‘ri, biroq, ta’kidlash
kerakki, uyg‘unlik unlilar doirasidagina yuz berib qolmaydi.
Masalan, qol so‘zida [o] unlisi til orqa tovush, unga yondosh
bo‘lgan [q] undoshi ham “yo‘g‘on”. Ularga uyg‘un holda [l]
ning ham “yo‘g‘on” varianti qo‘llaniladi. Yoki köl so‘zida [ö]
old qator unlisi, [k] esa “ingichka” tovush. Shularga mos holda
[l'] ning ham “ingichka” varianti qo‘llaniladi. Shuningdek, tor
so‘zida [o] til orqa unlisi. Shunga muvofiq, [t] va [r]
undoshlarining “yo‘g‘on” varianti ishlatiladi. “Yuqori o‘rin,
uyning to‘ri” ma’nosidagi tör so‘zida esa buning aksi: [ö] old
qator unli bo‘lgani bois, [t'] va [r'] undoshlari ham “ingichka”
talaffuz etiladi. Boshqa so‘zlarda ham shunday.
Demak, singarmonizm deganda so‘z bo‘g‘inlari tizimida
tovushlarning (faqat unlilarning emas) uyg‘unlashuvi va so‘z
bo‘g‘inlarining fonetik-fonologik jihatdan o‘zaro moslashuvini
tushunmoq kerak. Singarmonizm so‘zning butun bir fonologik
qurshovida amal qiladi: boshlab o‘zakning fonologik qurumi
shakllanadi, so‘ngra negiz va keyingi morfemalarga yoyiladi.
Shu shaklda so‘zning uyg‘un bir morfo-fonologik tizimi
yuzaga keladi.
Turkiy tillar tarixida undoshlardagi jaranglilik va
jarangsizlik uyg‘unligi ham ahamiyatga molik. Mazkur
qonunga ko‘ra o‘zak-negiz jarangsiz undosh bilan tugasa,
qo‘shimchaning birinchi tovushi ham shunga moslashadi, ya’ni
jarangsiz undoshli bo‘ladi: otqa – olovga, tiläkkä – tilakka.
O‘zak-negiz unli tovush, jarangli undosh yoki sonor bilan
tugagan bo‘lsa, unda affiksning jarangli undosh bilan
boshlanuvchi varianti qo‘shiladi: yulğuč – ombir, barduq –
borgan.
125
Ko‘k turk yodgorliklari tilida o‘zak-negiz unli, jarangli
undosh yoki sonor bilan tugagan hollarda ham qo‘shimchaning
faqat jarangsiz undoshli varianti qo‘shiluvi mumkin. Jumladan,
urxun bitiglarida jo‘nalish kelishigining, asosan, -qa, -kä
variantigina qo‘llangan. O‘zak-negizning oxirgi tovushi qanday
bo‘lishidan qat’i nazar, ayni shakli qo‘llangan: tağqa – toqqa,
Tämür qapïğqa – Temir qopiqqa, yärkä – yerga, ögüzkä –
daryoga va b. Bu xususiyat keyingi davrlarda ham qisman
dovom etdi. Jumladan, “Qutadg‘u bilig”da, “Devonu lug‘atit
turk”dagi turkiy matnlarda ham bu shakl ustun. Shuning bilan
bir qatorda, uning - ğa, -gä varianti ham uchraydi. Ko‘rinadiki,
turkiy tillar tarixida jaranglilik va jarangsizlik uyg‘unligi
keyinchalik muqum bir hodisaga aylangan.
Jaranglilik va jarangsizlik uyg‘unligi qonuniga muvofiq
holda affikslar ikki xil variantda amal qilgan: biri – jarangi
undosh bilan boshlanuvchi va ikkinchisi – jarangsiz undoshlar
bilan
boshlanuvchi
variantlar.
Masalan,
sifatdosh
qo‘shimchalari: -duq, -dük / -tuq, -tük; -dačï, -däči / -tačï, -täči,
ravishdosh qo‘shimchasi - ğalï, -gali / -qalï, -käli va b.
Shu va shuning singari misollar tilimiz tarixida, bizgacha
yetib kelgan yozma yodgorliklar tilida singarmonizm qonuni
amal qilganligini isbotlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |