HUJJATLAR USLUBI
Rasmiy uslubning kelib chiqish tarixi yozuvning yaratilishi,
shuningdek,
jamiyat
o‘rtasida
rasmiy-huquqiy
munosabatlarning yuzaga kelishi, davlatchilik tarixi bilan
bog‘liqdir. Davlat tashkil topgandan keyin ish yuritish va
rasmiy hujjatchilik sohasi ham yuzaga keldi.
Davlat boshqaruv ishlarida yozuvning tutgan o‘rni
to‘g‘risida Yusuf Xos Hojib shunday bitgan edi:
Eδi keδ keräklig turur bu bitig,
Bitig birlä beglär etär el etig. –
Bu yozuv juda ham keraklidir. Beklar yozuv bilan elni
idora etadilar (QB.2662).
Yoki boshqa bir yerda yozuvning boshqaruv, kirim-chiqim
ishlarida yetakchi ekanligini ta’kidlab yozadi:
Qamuğ el išin barča etgän bitig,
Bitigin tutar el kirišin tetig. –
El ishining barini xat izga soladi. Tetiklar el kirimini yozuv
bilan qo‘lga oladilar (QB.2667).
Rasmiy uslubning tarixi yozma yodgorliklarda qo‘llangan
matn bilan bog‘liq atamalarning lug‘aviy ma’nosida ham o‘z
izini qoldirgan. Masalan, eng eski turkiy yozma yodgorliklarda
bitim degan so‘z uchraydi. Bitim so‘zi biti- “yoz-” fe’lidan
yasalgan bo‘lib, kelib chiqishiga ko‘ra, yozma hujjatlar
267
asosidagi kelishuvni bildiradi. Demak, bitim so‘zining
qadimiyligi kishilar
yoki
jamoalar o‘rtasidagi
yozma
kelishuvning, uning huquqiyligini ta’minlaydigan ana shu
hujjat turining eskiligiga dalolat qiladi.
Bundan tashqari eski bitiglarda yarlïq~yarlïğ so‘zi ham
bor. Ushbu atama asli “tangrining yorlig‘i, buyrug‘i, hukmi”
ma’nosini anglatgan. Bitiglarda Täŋri yarlïqasu degan tilak-
duo tez-tez uchrab turadi, bu “tangri yorliqasin; tangri
buyursin; tangrining buyrug‘i ana shunday bo‘lsin” deganidir.
Yoki Üzä täŋri yarlïqadï deyiladi. Bu “yuqorida tangri
yorliqadi; ko‘k-tangri shuni buyurdi; ko‘k-tangri shuni istadi”
degan
ma’nolarni
beradi.
Keyinchalik
hukumdorning
buyrug‘ini ifodalash uchun ham ana shu so‘z qo‘llanilib
ketgan. Rasmiy yozmalarda yarlïq~yarlïğ atamasi “yorliq,
farmon” ma’nosini bildiradi; yarlïq yarlïqadï deydi, bu
“farmon berdi” degani. “O‘g‘uzxoqon” dostonida bu so‘z
čarlïğ ko‘rinishida qo‘llanilgan.
Muhimi, qadimgi turkiy tilda hujjat ishlari, rasmiy-huquqiy
munosabatlarga tegishli butun bir atamalar tizimi ishlab
chiqilgan
edi.
Bu
ham
bo‘lsa
rasmiy
uslubning
takomillashganligini ko‘rsatuvchi belgidir.
Turkiy hujjatchilik tarixi turklar yer yuzida o‘z davlatlarini
qura boshlagan, davlat idoralarida boshqaruv ishlari turkiy tilda
yuritila boshlagan davrlarga ildiz otgan. Bizgacha qadimgi iskif
va xun davlatlarida yaratilgan rasmiy yozmalar saqlangan
emas. Eng eski turkiy rasmiy bitiglar ko‘k turk xoqonliqlari
davridan qolgan. Shunday esa-da, ushbu matnlar rasmiy
uslubning davrlar osha yuksalib, ana shu ko‘rinishga
kelganidan dalolat beradi.
Rasmiy yozmalar o‘zining maqsadi, darajasi, huquqiy
mavqei nuqtai nazaridan turlarga bo‘linadi. Bunday hujjatlar
tuzilishi, matn komponentlariga ko‘ra o‘zaro farqlanib turadi.
Masalan, yorliqlarni olaylik. Ularni tuzilishiga ko‘ra kirish
268
(начальный протокол), asosiy va yakun qismiga (конечный
протокол) ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |