Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
BADIIY MATNLAR USLUBI 
 
Til uslublarining eng eskisi badiiy uslubdir. Badiiy matnlar 
she’r  yoki  nasrda  bo‘ladi.  Uslub  ham  matnning  ana  shu 
tuzilishiga moslashadi.  
Badiiy  uslubning  tarixi  xalq  badiiy  tafakkurining  yuzaga 
kelishi  va  yuksalishi,  badiiy  adabiyot  tarixi  bilan  bo‘ylashadi. 
U yozma adabiy tilning, yozma adabiyotning yuzaga kelishidan 
ancha  burun  kelib  chiqqan.  Xalq  badiiy  ijodi  yuzaga  kelishi 
bilan  bog‘liq  ravishda  badiiy  uslub  ham  shakllana  bordi.  So‘z 
ustalari, notiqlar xalq yaratgan rivoyat va afsonalar, qo‘shiqlar, 
maqollarning  ta’sirini  oshirish,  tinglovchiga  ularni  ta’sirchan 
ko‘rinishda  yetkazib  berish  istagida  asarlarning  badiiyligi, 
jumlalar  uslubi,  ravonligi,  qolaversa,  ohangiga  ayricha  e’tibor 
qarata boshladilar. Bu ehtiyoj tilda o‘ziga yarasha bir uslubning 
yuzaga keluvini ta’minlab berdi.  
Yozma  adabiy  til,  matn  tuzish  an’anasi  endigina  yuzaga 
kelayotgan  bir  chog‘da  xalq  badiiy  ijodi  va  ularning  uslubi 
allaqachon  shakllanib,  takomil  bosqichiga  o‘tgan  edi.  Badiiy 
uslub  o‘zining  og‘zaki  bosqichidayoq  pishib  yetilgan.  Yozma 
badiiy  uslub  o‘z  qolipini  og‘zaki  adabiyotdan  oldi.  Ana 
shuning ta’sirida yozma adabiy til o‘z yo‘lini yangi bir shaklda 
davom ettirdi. Shu bois ham badiiy ijod namunalarini yozuvga 
tushirish  uqadar  mushkullik  tug‘dirgan  emas.  Yozuvchi-
ijodkorlar  ham  boshda  og‘zaki  adabiyot  uslubidan  keng 


 
255
foydalandilar.  Qadimgi  turkiy  adabiyot  namoyandalarining 
ko‘proq xalq ijodiga ergashganligining boisi ham ana shunda.  
Badiiy uslub, yozma uslublarning boshqa turlaridan ayricha 
o‘laroq,  badiiy  tasvir  vositalarning  ishlatilishi,  bayon  tarzi,  til 
me’yorlarining  erkinligi  bilan  ajralib  turadi.  Masalan,  badiiy 
matnlarda  narsa-hodisalarning  ta’rifi  berilganda  ularning 
sifatlari  qo‘shib  aytilgan.  To‘nyuquq  bitigida:  qïzïl  qanïm  – 
qizil qonim, qara terim – qora terim.  Yoki “Qutadg‘u bilig”da 
yerga, tuproqqa yağïz (yağïz yer – bo‘z yer), tunga qara (qara 
tün – qaro tun), kunduzga nisbatan yaruq sifati berilgan (yaruq 
kündüz – yorug‘ kunduz) va b. “Hibatu-l-haqoyiq” da: örüŋ yüz 
–  oq  (yorug‘)  yuz,  qïzïl  eŋ  –  qizil  yuz.  “O‘g‘uzxoqon” 
dostonida:  kök  yaruq  –  “kundek  ravshan  yorug‘”  degani. 
Qiyoslang, boshqa bir o‘rinda: kün-deg jaruq – kundek yorug‘. 
Bitiglarda osmonning ta’rifi kök sifati bilan (kök täŋri), yer esa  
yağïz sifati bilan (yağïz yer) qo‘llaniladi. 
Shuningdek, badiiy matnda maqol va iboralar, badiiy tasvir 
vositalari keng qo‘llaniladi.  Matn uslubi  muallifning  yoki asar 
qahramonlarining ruhiy holatini aks ettirishga, asarning badiiy-
g‘oyaviy ta’sirini oshirishga xizmat qiladi.  
Qadimgi  turk  eposi  “O‘g‘uzxoqon”  dostoni  ajoyib  bir 
uslubda  yozilgan.  Ushbu  dostonning  ildizi  meloddan  burungi 
chog‘larga  tutashadi.  Dostonda  turkiy  xalqlarning  qadimgi 
inonch-e’tiqodlari 
o‘z 
ifodasini 
topgan. 
Ushbu 
epos 
yuzyilliklar  osha  turkiy  xalqlarning  dunyoqarashi,  badiiy 
tafakkuri  etkisida  yuksalib  kelgan.  Doston  g‘oyasi  va 
syujetining  taraqqiyoti  bilan  bog‘liq  holda  uning  uslubi  ham 
ravonlashib, sayqal topgan. 
Badiiy  uslubning  ixcham,  ammo  go‘zal  bir  ko‘rinishini 
xalq moqollarida kuzatamiz. Maqol – xalqning yuz yil kuzatib, 
bir aytgan so‘zi. Ularda xalqning falsafiy mushohadasi,  borliq, 
tiriklik  va  kishilik  to‘g‘risidagi  qarashlari,  ularga  munosabati 
aks  etgan.  Maqolning  kuchi  shundaki,  u  kishini  tarbiyalaydi, 
tiriklikning  o‘nqir-cho‘nqiri,  oq-qorasi  haqida  saboq  beradi. 


 
256
Ota  so‘zlarida  bor  narsaga  parda  ortidan  qarash,  nokasning 
aybini  yashirish,  xushomad,  ko‘zbo‘yamachilik  tushunchasi 
yo‘q.  Ular  kishini  tetik  va  irodali  qiladi,  hayotga  to‘g‘ri  ko‘z 
bilan  qarashni  o‘rgatadi.  Xalqning  bu  dono  fikrlari  lo‘nda  va 
aniq   jumlalarda berilishi bilan ham ajralib turadi. Ota so‘zlari 
uslubiy  va  badiiy  jihatdan  mukammal  bo‘lib,  xalq  badiiy 
tafakkurining yuksak mahsulidir. 
Ko‘k  turk  bitiglarida,  Turfon  xarobalaridan  topilgan  eski 
qo‘lyozmalarda,  ilmiy,  tarixiy  va  adabiy  manbalarda,  o‘rni 
bilan,  qadimgi  xalq  hikmatlari  keltirib  o‘tilgan.  Qadimgi  turk 
otaso‘zlarining  katta  bir  qismini  XI  asrda  yashab  o‘tgan  ulug‘ 
tilshunos Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” 
asarida  bergan  edi.  Olim  turkiy  so‘zlarning  ma’nosini 
izohlamoq istagida ulardan foydalangan. 
Maqol  kishi  nutqining  bezagidir.  Maqolni  o‘rnida  ishlata 
bilganning so‘zi ta’sirli bo‘ladi. So‘zamol, gapga chechan kishi 
so‘z orasida keltirgan ajoyib otaso‘zi  bilan ko‘pning e’tiborini 
o‘ziga torta oladi.  
Badiiy  uslubning  eng  ko‘hna,  shuning  bilan  birga,  o‘ta  
ajoyib namunalarini biz ko‘k turk mangutoshlarida uchratamiz. 
Bitiglar  ulug‘  yo‘lboshchilar,  milliy  qahramonlar  xotirasiga 
bitilgan yodnomalar bo‘lib, ularda xalq qahramonlarining ko‘zi 
tirikligida  olib  borgan  ezgu  ishlari,  yurt  erki  va  farovonligi, 
tinchligi  yo‘lida  ko‘rsatgan  jasoratlari  yod  etiladi.  Bitiglarda 
tarixiy  voqealar  ajoyib  til  bilan,  badiiy  uslubda  bayon  etiladi. 
Tarixiy  voqealar  milliy  qahramonlar  obrazini,  ularning  ideal 
hayotini madh etish uchun fon bo‘lib xizmat qiladi. Xalq milliy 
qahramonlarining  faoliyati  badiiy  tilda  yoritiladi,  mualliflar 
turli  badiiy  vositalardan  foydalanadi.  Matnlarning g‘oyaviy  va 
uslubiy  xususiyatlari  ularni  badiiy  asar  darajasiga  ko‘targan. 
Bitiglar  tarixiy  asarlargina  emas,  qadimgi  turk  adabiyotining 
ajoyib namunalari hamdir.  
Bitiglardan o‘rnaklar keltiramiz. 


 
257
Täŋri  küč  bertük  üčün  qaŋïn  qağan  süsi  böri-täg  ermis, 
yağïsï  qoñ-täg  ermis  (Tangri  kuch  bergani  uchun  otam 
xoqonning  lashkari  bo‘ridek  ekan,  dushmani  qo‘ydek  ekan) 
(K.12).  Bitiglarda  xoqonlarning  ulug‘  yutuqlari  ta’riflanar 
ekan,  tangrining  qo‘llagani  tufayli  ana  shunday  ishlar  amalga 
oshganligi  e’tirof  etiladi.  Bunda  täŋri  yarlïqaduq  üčün  (tangri 
yorliqagani uchun), täŋri küč bertük üčün (tangri kuch bergani 
uchun) singari iboralardan foydalaniladi. Ushbu jamlada tangri 
kuch  bergani  uchun  xoqon  qo‘shinining  kuch-qudrati  orta 
borganligi  ta’riflanib,  uning  jasur  va  yengilmasligi  bo‘riga, 
dushmanning 
ojizligi, 
bo‘ysinuvchanligi 
esa 
qo‘yga 
qiyoslanmoqda. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish