Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Qïrq artuqï yeti yolï sülämis, yigirmi süŋüs süŋüsmis. Täŋri 
yarlïqaduq  üčün  elligig  elsirätmis,  qağanlïğïğ  qağansïratmïs, 
yağïğ  baz  qïlmïs,  tizligig  sökürmis,  bašlïğïğ  yüküntür(mis) 
(Qirq  yetti  yo‘la  lashkar  tortgan,  yigirma  marta  jang  qilgan. 
Tangri yorliqagani uchun eli borni elidan ayirgan, xoqoni borni 
xoqonidan  ayirgan,  yovni  el  qilgan,  tizzasi  borni  cho‘ktirgan, 
boshi borni yukuntirgan) (K.15). 
Yalaŋ bodunuğ tonluğ qïltïm, čïğañ bodunuğ bay qïltïm, az 
bodunuğ  öküš  qïltïm  (Yalang  xalqni  kiyimli  qildim,  qashshoq 
xalqni  boy  qildim,  oz  xalqni  ko‘paytirdim)  (X.23–24). 
Xoqonlar  xalqqa  qilgan  yaxshiligi,  el  farovonligi  yo‘lida  olib 
borgan  ishlarining  ta’rifida,  ularning  qo‘l  ostida  xalq  tinch-
osoyishta,  to‘q  va  boy  yashagani,  xalq  ko‘payganini  bildirib 
qo‘yish  uchun  ana  shunday  jumlalardan  foydalangan.  Yoki 
Bilga xoqon otasi Eltarish taxtda ekanligi chog‘ida mamlakatda 
yuz  bergan  o‘zgarishlar,  xalqning  to‘q  va  boy  yashaganligini 
eslab  “Ol  ödkä  qul  qulluğ  bolmïs  (erti)”  deb  yozgan  edi 
(qarang: K.21). Bu jumla “O‘sha chog‘lar qulning ham quli bor 
edi” degan ma’noni bildiradi.   
Yoki  milliy  qahramonning  xalq  tinchligi,  farovonligi 
yo‘lida  tinib-tinchimagani  “Turk  xalqi  uchun  tun  uxlamadim, 


 
258
kunduz o‘tirmadim” (Türük bodun üčün tün udïmadïm, küntüz 
olurmadïm) deya ta’riflanadi  (K.27). 
Boshqa  bir  misol:  Qanïŋ  subča  yügürti,  söŋüküŋ  tağča 
yatdï,  beglig  urï  oğluŋ  qul  boltï,  silig  qïz  oğluŋ  küŋ  boltï 
(Qoning  suvday  oqdi,  suyaging  tog‘day  (uyulib)  yotdi,  bek 
bo‘ladigan  o‘g‘il  bolang  qul  bo‘ldi,  suluv  qiz  bolang  cho‘ri 
bo‘ldi)  (K.24).  Ushbu  jumlada  Birinchi  ko‘k  turk  xoqonlig‘i 
qulab, xalq yov qo‘lida qolgan chog‘lar ta’riflangan. Unda turk 
xalqining  bosqinchilar  siquvi  ostida  uqubatda  qolgani,  uning 
qirilib  borayotgani  ta’riflanib,  kishilar  qonining  to‘kilishi 
daryoga,  suyaklarning  uyumi  esa  tog‘ga  qiyos  etiladi. 
Harakatning  belgisi  (gap  bo‘lagiga  ko‘ra  hol)  subča,  tağča 
ravishlari  yordamida  berilgan.  Keyingi  jumladagi  urï  oğul  – 
“o‘g‘il bola”,   qïz oğul – “qiz bola”; erkaklarga nisbatan – qul
xotin-qizlarga nisbatan esa küŋ so‘zi qo‘llanilgan – u “joriya”ni 
bildiradi.  Ushbu  jumlada  o‘sha  kezlar  turkning  beglikka  loyiq 
yigitlari 
qul, 
suluv 
qizlari 
esa 
joriyaga 
aylangani 
ta’kidlanmoqda.  
Urxun  bitiglarini  tekshirgan  olimlar  matnlarning  tuzilishi 
to‘g‘risida  ikki  xil  qarashda:  ayrimlar  mazkur  yodnomalarni 
she’riy asar desalar, boshqa birlari ularni nasriy asar sanaydilar. 
Bitiglarni  nasrda  yozilgan  deb  qarovchilarning  fikricha, 
jumlalarning she’rga xos bir ohangda o‘qilishiga sabab, ularda 
sajdan keng foydalanganligidir. 
Ta’kidlash  kerak,  urxun  bitiglari,  xususan,  Kul  tigin  va 
Bilga  xoqon  yodnomalarining  tuzilishi  o‘ta  murakkab. 
Qadimgi turk  monumental  matn tuzish an’anasi  yuksak daraja 
takomil  topganidan  dalolat  beradi.  Matnning  bayon  shakliga 
kelsak,  u,  asosan,  nasrda.  Biroq,  ora-orada  she’riy  bo‘laklar 
ham  joy  olgan.  Muhim  tarixiy  hodisalarning  kulminatsion 
nuqtalari,  milliy    qahramonlarning  faoliyati,  qiliqlariga  oid 
chizgilar  she’r  bilan  bayon  etiladi  (buni  o‘zbek  xalq 
dostonlariga  qiyoslash  mumkin).  Yodnomalarning  bu  tarzda 
tuzilganligi  ularning  badiiyligini  yanada  oshirgan.  Kul  tigin 


 
259
bitigining so‘ngida Bilga xoqon tilidan aytilgan marsiya bunga 
o‘rnakdir:    
Kül tigin yoq ersär, qop öltäči ertigiz.  
İnim Kül tigin kärgäk boltï,  
özüm saqïntïm:  
körür közüm körmäz-täg,  
bilir biligim bilmäz-täg boltï,  
özüm saqïntïm.  
Öd täŋri yasar,  
kisi oğlï qop ölügli tirimis.   
(Kul  tigin  bo‘lmaganda  butunlay  o‘lar  edingiz.  Inim  Kul 
tigin  vafot  etdi,  o‘zim  alam  chekdim:  ko‘rar  ko‘zim 
ko‘rmasdek,  bilar  bilimim  bilmasdek  bo‘ldi [ya’ni ko‘zimning 
nuri  ketdi,  es-xushim  og‘di],  o‘zim  alam  chekdim.  Tiriglikni 
tangri  belgilaydi,  kishi  o‘g‘li  o‘lguchidir)  (Kb.10).  Bu  she’r 
yenisey bitiglaridagi qayg‘uli yig‘i mazmunini eslatadi.    
Turk  monumental  matnlari  ichida  yenisey  bitiglarining 
tuzilishi  va  uslubi  o‘ziga  xos.  Yenisey  bitiglarining  muhim 
belgilaridan  biri  ularda  matn  o‘likning  o‘z  tilidan  so‘zlanadi. 
Mangutoshlarda  marhumning  o‘z  yaqinlari,  yorug‘  dunyodan 
ayriliq  dardi,  o‘kinchi    bayon  etiladi.  Bu  yig‘ilarni  o‘liklar 
nidosi  deyish  mumkin.  Bitiglarda  undovlar,  mungli  bir 
mazmun yetakchi. Bitiglardan o‘rnak keltiramiz: 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish