YOZMA TIL VA UNING USLUBLARI
Til ikki xil ko‘rinishda amal qiladi: og‘zaki til va yozma
(yoki adabiy) til. Turkiy tillar tarixida har ikkovining ham
atamasi bo‘lgan. XI yuzyillikda yashab o‘tgan ulug‘ mutafakkir
Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” dostonida og‘zaki
tilni tilin söz deb atagan. Mana o‘sha atamaning misoli:
Yoq ersä bitig bu kišilär ara,
Tilin sözkä kim bütgäy erdi kör-ä.
(Bu kishilar orasida yozuv yo‘q ersa, og‘zaki so‘zga kim
ham ishongan bo‘lar edi, ko‘rgin) (QB.2660).
Adib Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatu-l-haqoyiq”
asarida ağïz til degan atamani qo‘llagan. Ushbu atamadagi ağïz
– “og‘zaki” degani, ağïz til esa “og‘zaki til”, ya’ni “nutq”
ma’nosini beradi. Demak, bu atama ostida “kishining nutqi”
ko‘zda tutilmoqda. Mana asardan olingan o‘sha misol:
Ağïz til bezägi koni söz turur,
Köni sözlä sözni, tiliŋni bezä.
(Nutqning bezagi to‘g‘ri so‘z turur, to‘g‘ri so‘zla so‘zni,
tilingni (nutqingni) beza) (AH.155–156).
251
Alisher Navoiy “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida nutq
atamasini qo‘llagan. Insonning yaralishi to‘g‘risida so‘z yuritar
ekan, u nutqi tufayli barcha jonzodlardan ustun ekanligini
ta’kidlab yozadi:
Čun kun fayakun safxasïğa boldï tirāz,
Qïlğan anï nutq ilä barïdïn mumtāz (ML.165).
O‘tmishda yozma tilning ham atamasi bo‘lgan. Yusuf Xos
Hojib yozma tilni bitig söz deb atagan edi. Turkiy bitig so‘zi
tub anglamida “yozuv”ni bildirgan. U “yozmoq, bitmak”
ma’nosidagi biti- fe’liga ot yasovchi -g qo‘shimchasini qo‘shib
yasalgan. Keyinchalik uning ma’nosi kengayib, “xat, maktub;
hujjat; kitob; matn” singari yozuv bilan bog‘liq narsalarni ham
bitig deb ketilgan. Bitig söz atamasi “bitilgan so‘z; kitobiy so‘z;
matn”, tilshunoslik tushunchasi bilan aytganda, “yozma til,
matn tili, adabiy til” ma’nosini beradi.
Eski turkiy tilda matn uslubi bilan bog‘liq atamalar tizimi
ham shakllangan edi. Ayrimlarini misollarda ko‘rib chiqamiz.
Manbalarda yozma til usuli, matn uslubi bitig söz yaŋï
deyilgan. Yozma til usuli fikrni ifodalashning eng yaxshi yo‘li
ekanligi ta’kidlab, Yusuf Xos Hojib yozadi:
Nekü ter ešitkil İlä sir teŋi,
Ei egü yaŋ bu bitig söz yaŋï.
(Ila-sir tengi [ya’ni yoshi Ila daryosiday uzun, ko‘pni
ko‘rgan donishmand] bu to‘g‘rida nima degan, eshitgil: Yozma
til usuli juda yaxshi usuldir) (QB.2656).
Yozma manbalarda ravon, balog‘at darajasida bayon
qilingan nutq yorïq til deyilgan. Yorïq so‘zi “yurmoq”
ma’nosidagi yorï- fe’lidan yasalgan bo‘lib, “ravon, keng,
batafsil” ma’nosini beradi; yorïq til ning lug‘aviy ma’nosi
“ravon til, ma’nili gap, balog‘at darajasida bayon qilingan
so‘z” dir. Bunday nutq to‘g‘risida Yusuf Xos Hojib yozadi:
Uqušqa, biligkä bu tilmäči til,
Yaruttačï erni yorïq tilni bil.
252
(Uquvga, bilimga tilmoch – bu tildir. Kishini ro‘shnolikka
chiqaradigan ravon til, deb bil) (QB.158).
XV asrda yashab o‘tgan Arslon Xo‘ja tarxon Adib Ahmad
Yugnakiy to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, “Hibatu-l-haqoyiq”ning
tili va uslubi bilan bog‘liq muhim bir atamani qo‘llagan edi. U
yozadi:
Tamami erür kašğari til bilä,
Ayïtmïš adip riqqat-i til bilä (AH.499–500).
Ushbu baytdagi kašğari til atamasi o‘sha chog‘lardagi
“turkiy adabiy til”ning atamasidir; arabchadagi riqqat – “nozik,
jozibali” ma’nosini beradi; riqqat-i til – “jozibali til”, ya’ni
“she’riy til, badiiy til” anglamidadir. Buning bilan “Hibatu-l-
haqoyiq” asari turkiy adabiy til(kašğari til)da ekanligi, adib uni
jozibali til(riqqat-i til)da aytganligi ta’kidlanmoqda .
Alisher Navoiy “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida türkî
uslub atamasini qo‘llagan. U turkiy so‘zlarning nozik ma’nolari
to‘g‘risida so‘zlar ekan, yïğlamaq ning yïğlamsïnmaq,
iŋrämäk-u siŋrämäk, sïqtamaq, ökürmäk, inčkirmäk, hay hay
yïğlamaq singari sinonimlarini qo‘llash turkiy uslubga xos
ekanligini ta’kidlaydi (ML.172).
Klassik filologiyada nutq va matnning ravonligi, yuksaklik
darajasi balāğat ham deyilgan. Hozirda ko‘plar “balog‘at”
deganda
klassik
adabiyotdagi
she’riy
san’atnigina
tushunmoqdalar.
Balog‘at
badiiy
adabiyotdagi
she’riy
san’atning o‘zigina emas.
Bilim egallashda ikki xil daraja bor: birinchisi – balog‘at;
ikkinchisi – tugallik (komillik). Balag‘at – bu yetuklikdir.
Balog‘at darajasiga har bir bilimli, aqli raso yetuvi mumkin.
Xalq tilida “o‘g‘il-qizi balog‘atga yetdi; o‘g‘li balog‘at
yoshida” degan iboralar yuradi. Bu degani – “o‘g‘il-qiziga aql
kirdi, jismi ham yetildi; endi uni uyli-joyli qilsa bo‘ladi”.
Tugallik darajasiga esa har kimsa yeta olmaydi; bunga erishgan
kishi komil insondir. Yusuf Xos Hojib “komil inson”ni tügäl er
deb atagan edi.
253
Tildagi balog‘at darajasi ham ayni tushunchada: u kishi
nutqida ham, matnda, xat san’atida, nasrda, poetikada birday
amal qiladi. O‘tmishdagi balog‘at ilmi talabiga ko‘ra, notiq
yoki matn bituvchi bilgin kishi balog‘at o‘lchovlariga amal
qilmog‘i kerak.
Ushbu atamaning misoli uchun yana “Qutadg‘u bilig”ga
murojaat qilamiz. Yusuf Xos Hojib yaqin kishilarga
yo‘llanadigan maktublar to‘g‘risida so‘z yurita turib, ularning
ajoyib bir uslubda, balog‘at darajasida bo‘lmog‘i kerakligini
uqtiradi:
Balağat bilä xat teŋäšsa qalï
Eδi eδgü til bu bitig söz tili.
(Agar xat balog‘at bilan tenglashsa, yozma nutq juda ezgu
bo‘ladi) (QB.2655).
Til uslublari ikki xil: og‘zaki va yozma ko‘rinishga ega.
Og‘zaki uslub tarixi tilning paydo bo‘lishi, kishilik ongining
yuzaga kelishi, hukum va fikrni ta’sirli ifodalashga bo‘lgan
zarurut asosida kelib chiqqan.
Yozma til uslublari ancha kech – yozuvning yaratilishi
bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Biroq, yozuvning o‘zi
yozma
uslubni
belgilay
olmaydi.
Masalan,
kishilar
tasavvuridagi tushunchalar rasmlarda yoki harfiy belgilarda
ifodalangani, biror so‘zning yozib qo‘yilgani bu hali yozma
uslub degani emas. Yozma uslub matnda yuzaga chiqadi; kishi
o‘z o‘y-qarashlarini matnda bayon eta boshlagani, matn tuzish
an’analari
ishlab
chiqilgani,
matn
janrlari
farqlana
boshlaganidan keyingina tilning yozma uslublari, matn uslubi
yuzaga kela boshlagan. Demak, yozma til uslublarining tarixi
yozuvning yaratilishi, matn tuzish an’analarining yuzaga
kelishi, yozma adabiyot tarixi, qadimgi turkiy xalqlarning
ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti bilan uzviy bog‘liq.
Yozma adabiy til(bitig söz)ning o‘lchovlari, me’yorlari
matnda o‘z ifodasini topadi. Maqsadi, yo‘nalishiga qarab matn
uslublari bir-biridan farq qiladi.
254
Matn uslubi deganda o‘y-qarashlar, bitigli xabar( saw yoki
söz), biron bir asarning matndagi ifodaviy ko‘rinishi, bayon
tarzi, me’yoriy qoliplar, matn ( bitig) talabidan kelib chiqqan
holda
grammatik
birliklarning
tanlanishi,
matn
komponentlarining uyg‘un bir tizimi tushuniladi. Matn uslubi
( bitig söz yaŋï) adabiy til talablariga bo‘ysunadi. Matn uslubi
tilshunoslikning stilistika yoki uslubshunoslik (’ilm-i balāğat)
bo‘limida o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |