Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


O‘ZBEK TILIDAGI QARINDOSH-URUG‘ OTLARI VA ULARNING



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

O‘ZBEK TILIDAGI QARINDOSH-URUG‘ OTLARI VA ULARNING 
ILDIZLARI 
 
Hozirgi  o‘zbek  tilida  tug‘ishganlar,  bir  uruqqa  tegishli 
kishilar  qarïndaš,  uruğ  deyiladi.  Qarïndaš 

  “bir  qorindan 
tug‘ilgan”, uruğ 

 “bir urug‘dan taragan, urug‘dosh” degani. 
Qarindosh-urug‘chilik  oila  munosabatlarining,  turmush 
qurish va er-xotinlikning yuzaga kelishi bilan boshlanadi.  
Turkiy  tillarda,  xususan,  o‘zbek  tilida  qarindosh-
urug‘chilikka  kiruvchi  atamalar  tizimi  o‘ta  takomillashganligi 
bilan  ajralib  turadi.  E’tiborlisi  shundaki,  ushbu  tizimni  tashkil 
etuvchi atamalarning asosiy qismi sof turkcha.  
Yangi tug‘ilgan bolani čaqalaq deyiladi. Čaqalaq so‘zidagi 
čaqa – “mayda, kichik” ma’nosini beradi, -laq – kichraytirish, 
erkalash qo‘shimchasi. Farzandni bala deyiladi: qïz bala – “qiz 
farzand”,  oğïl  (  –  “o‘g‘il  farzand”.  Bala  so‘zining 
“o‘g‘il” ma’nosi ham bor. Bola voyaga, balog‘at yoshiga yetib, 
o‘smirga  aylanadi.  Bu  yoshdagi  shaxsni  ospïrïn  ham  deyiladi. 
Voyaga yetganlik belgisi 

 boy. Bu so‘z hali turmush qurmagan 
yigit  yo qizni  bildiradi.  Qiz  bolani boy qïz,  yigitni esa boydaq 
deydi.  Boyï  yetkän  qïzï  bar  deganda,  “qizning  voyaga 
yetganligi” tushuniladi. Yoki boyïda boldï, boyïda bar deymiz. 
Endi bu “ikki qat bo‘ldi; homilador” degan ma’noni anglatadi. 
“Boshi ochiq o‘smir”, “voyaga yetganlik” yoki “homiladorlik” 
anglamlaridagi  boy  so‘zining  tubi  “urug‘;  erlik  yo  xotinlik 
suvi”  ma’nosiga  taqaladi.  Masalan,  boyï  yetkän  deganda 
“urug‘i  yetilgan”  ma’nosi  bor.  Chunki  insonda  voyaga  yetish 
o‘shaning  bilan  o‘lchanadi.  Keyingi  so‘zlarning  asl  ma’nosi 
ham o‘shandan.     
Eski o‘zbek tilida boy so‘zi “urug‘” ma’nosida qo‘llanilgan. 
Buni  Zahiriddin  Bobur  ham  ishlatgan  (qadimgi  turkiy  tildagi 
ko‘rinishi – bod). Boy so‘zini hozirgi turklar ham “urug‘, kelib 


 
246
chiqishi  bir  bo‘lgan  jamoa”  ma’nosida  qo‘llamoqda.  Bu  so‘z 
“kelib  chiqishi  bir;  bir  urug‘dan  chiqqan  jamoa”  ma’nosini 
beradi.  So‘zning  ushbu  ma’nosi  ham  yuqorida  biz  qayd  etgan 
ma’nosidan  urchigan.  O‘zbek  tilida  burungi  boy  so‘zining 
o‘rnida  uruğ  so‘zini  ishlatamiz.  Uruğ  so‘zining  ham  ma’no 
taraqqiyoti boy so‘zi singari kechgan: boshlab “erlik va xotinlik 
suvi”  ni  bildirgan,  keyin  “shundan  tarqagan  urug‘larni”  (ya’ni 
tug‘ishgan,  qarindoshlarni),  oxirida  “bir  urug‘dan  taragan 
jamoani” anglata boshlagan. 
Endi  yaqinlik,  qarindosh-urug‘likning  bosqichlarini  ko‘rib 
chiqamiz.     
Yaqinlikning  bosh  chizig‘ida  ota-ona  turadi.  O‘zbekchada 
ada  (yoki  ata)  va  ana  bo‘ladi.  Onani  ayï  yoki  ora-chora  aya 
deyuvchilar  ham  bor.  Keyingi  shakllari  ana  so‘zidagi  [n] 
tovushining [y] ga o‘zgarishidan kelib chiqqan.  
Yaqinlik  tug‘ishgandan  boshlanadi.  Tug‘ishgani  uy 
ichidagilarni  (oilani)  qamraydi.  Bular,  o‘g‘illarga  nisbatan: 
ulug‘i – ağa yoki äkä, kichigi – ini yoki ükä; qizlarga nisbatan: 
ulug‘i – egäči yoki apa, kichigi – siŋil.   
O‘zbek  tilida  ushbu  atamalarning  ayrimlari  juft  holda 
qo‘llanilib,  yangi  ma’no  bildirishga  ham  xizmat  qiladi. 
Masalan,  ata-ana  birikmasi  “родители”,  oğïl-qïz  birikmasi 
“farzand” ma’nosini anglatadi. 
Ilk  qarindoshlik  ota  yoki  ona  tomondan  tarmoq  otadi.  Ota 
hamda onaning otasi – dada  yoki buwa,  onasi –  buwï  bo‘ladi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish