Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


TURKIY YOZMA YODGORLIKLARDA SANA VA UNING



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
TURKIY YOZMA YODGORLIKLARDA SANA VA UNING 
AYTILISHI 
 
Yozma  yodgorliklarda  sanani  aytishning  yo‘li  o‘ziga 
yarasha: biror voqeaning sanasi ko‘rsatilganda avval yil, keyin 
oy,  so‘ngra  kun  aytiladi.  Yusuf  Xos  Hojibning  “Qutadg‘u 
bilig”  asarida  yïl-ay-kün  degan  atama  qo‘llanilgan.  Buning 
ma’nisi  “taqvim”dir.  Muhim  jihati,  bu  atama  shu  turishida 
sanani aytish ketma-ketligini aks ettirgan.   
Qadimgi  turklarda  muchalyil  sanog‘i  amal  qilgan.  Ko‘k 
turklarda  oylarning  oti  yo‘q:  ular  tartib  ko‘rsatkichi  bilan 
yurtilgan. Bir misol. Kul tigin bitigining yakunida sarkarda Kul 
tigin  o‘limining  va  uning      xotirasiga  atab  o‘tkazilgan  yo‘g‘ 
marosimining sanasi shunday beriladi: Kül tigin qoñ  yïlqa, yeti 
yigirmikä učdï. Toquzunč ay yeti otuzqa yoğ ertürtimiz. – Kul 
tigin  qo‘y  yilida,  (birinchi  oyning)  o‘n  yettinchi  kunida  (=731 
yil,  27  fevral)  o‘ldi.  To‘qqizinchi  oyning  yigirma  yettisida 
(=731  yil,  1  noyabr)  yo‘g‘  marosimini  o‘tkazdik  (K.III). 
E’tibor berilsa, birinchi sanada oy ko‘rsatilgan emas, faqat kun 
qayd  etilgan.  Nechanchi  oy  to‘g‘risida  so‘z  borayotganini 
keyingi  jumladan  bilish  mumkin.  Keyingi  jumlada  yilning 
to‘qqizinchi  oyi  (toquzunč  ay)  qayd  etilgan.  Demak,  avvalgi 
jumlada yilning birinchi oyi ko‘zda tutilmoqda. 
Turkiy  yozma  yodgorliklarda  sana,  ko‘pincha,  asar 
yakunidagi ta’rixda qayd etiladi. “Ta’rix” asli “sana” demakdir. 
Lekin  sharq  manbashunosligida  asar  oxiridagi  yakuniy 


 
274
ma’lumotlarni    “ta’rix”  deyish  rusum  bo‘lgan.  Sababi, 
matnning  yakuniy  ma’lumotlar  keltiriladigan  bo‘limida 
(ta’rixda)  uning  sanasi  keltiriladi.  Ta’rixda  asarning  bitilgan 
(yirik  asarlarda  ularning  ko‘chirilgan)  sanasi,  kotibi,  yeri 
to‘g‘risidagi  ma’lumot  berilgan  bo‘ladi.    Sana  ta’rixning 
birinchi, shuning bilan birga, eng kerakli komponentidir. 
Ilmiy 
terminologiyada 
ta’rixni 
kolofon 
(rus 
manbashunosligida  “выходные  данные”)  yoki  datum  ham 
deyiladi.  
Turkiy  yozma  yodgorliklarda ta’rixni  berish tartibi  har xil: 
masalan,  tilxatlarda  keltirilgan  ta’rix  yorliqlardagi  ta’rixdan 
ayricha.  Yorliqlar,  tarixiy  yoki  badiiy  asarlardagi  ta’rix  uch 
komponentdan  tuzilgan  bo‘ladi:  sana,  matnni  ko‘chiruvchi 
kotibning  oti,  matn  bitilgan  yer.  Turkiy  ta’rix  ana  shu 
komponentlarning birligidan  iborat.  
An’anaga  ko‘ra,  ta’rixdan  avval  asar  tugaganligi  qayd 
etiladi.  Bu  gap  tügädi  //  tügändi  yoki  tamām  boldï  so‘zlari 
bilan  boshlanadi.  Yoki  gapning  kesimi  tamām  boldï,  bitildi
uning kotibi qayd etilgan  bo‘lsa,  bitidi,   bitidim so‘zlari  bilan 
tugaydi.  Masalan,  “Qutadg‘u  bilig”  uyg‘ur  yozuvli  hirot 
nusxasining  oxirida  asar  ko‘chirib  tugallangandan  keyin 
bitilgan  ta’rix    Tügändi  Qutadğu  kitabï  deb  boshlanadi.  Yoki 
Britaniya  muzeyida  Or.8193  soni  ostida  saqlanayotgan  uyg‘ur 
yozuvli  qo‘lyozmadan  o‘rin  olgan  “Muhabbatnoma”ning 
oxiriga    ta’rixdan  avval  Tamām  boldï  Muhab(b)atnāma  kitābï 
deb  yozib qo‘yilgan.  Qo‘lyozmalarda asar tugaganligi  ma’lum 
qilingach,  unga  ba’zan  Qutluğ  bolsun;  Qutluğ  bolsun,  davlat 
kelsün, mehnat ketsün degan tilaklar ham qo‘shib qo‘yiladi.   
Islom  davri  matnlarida  sana,  ko‘pincha,  tarix  degan 
umumlashtiruvchi  so‘z  bilan  birga  qo‘llanadi  va  buning  bilan 
matnning bitilish sanasiga  ishora qilinadi.  Masalan:  tarix sekiz 
yüz otuz beštä; tarix sekiz yüz qïrq üčtä singari.   
Islom  davri  matnlaridagi  yil  sanog‘i  hijriyda.  Masalan, 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish