Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

kärgäk bolup birikmasi bilan keladi. 
So‘nggi  –  uchinchi  komponentda  kimdan  va  qancha  narsa 
olinganligi  qayd  etiladi.  Bunday  matnning  kesimi  o‘tgan 
zamon shaklidagi aldïm so‘zi bilan tugaydi. 
Shu  o‘rinda  Berlin  fondida  saqlanayotgan  U  5252  raqamli 
kunjit  olinganligi  xususidagi  o‘n  bir  qatorli  hujjatning 
boshlamasidagi jumlani ko‘rib chiqsak. Uni tarkibiy qismlarga 
(komponentlarga)  shunday  ajratishimiz  mumkin:  Bičin  yïl 
törtünč ay on yaŋïqa / mäŋä Qïmïrqa tüškä künčit kärgäk bolup 
/ Qïyïmtudïn tört qap künčit aldïm. 
Yuqoridagi  matnning  birinchi  komponentida  qayd  etilgan 
sana  “Maymun  yili,  to‘rtinchi  oyning  o‘ninchi  kunida”  degan 
ma’noni  bildiradi.  Ikkinchi  komponent  “Menga  –  Qimirga, 
ortig‘i  bilan  qaytarish  evaziga  kunjit  kerak  bo‘lib”  degani. 
Uchinchi  komponent  “Qayimtudan  to‘rt  qop  kunjit  oldim” 
degan ma’noni anglatmoqda. 


 
271
Yoki U 5254 raqamli tariq (yür) olinganligi xususidagi o‘n 
to‘rt  qatorli  hujjatning  boshlamasini  komponentlarga  shunday 
bo‘lamiz: Qoyn yïl ikinti [ay] biš yaŋïqa / mäŋä Tuğamqa tüškä 
yür kärgäk bolup / Qayumtudïn bir q[…]ïn yür aldïm. 
Bunday hujjatlarda keltiriluvchi ta’rix uchta komponentdan 
tuzilgan bo‘ladi: yil, oy, kun. Yil, odatda, muchalyil otlari bilan 
keltiriladi.  
Rasmiy  uslubning  muhim  belgilaridan  biri,  ularda 
mubolag‘a, o‘xshatish, sifatlash, ortiqcha ta’riflar, yo‘q. Ularda 
fikr  aniq  va  lo‘nda  bayon  etiladi.  Qolaversa,  yorliqlar  uslubi 
badiiy  epistolyar  matnlardan  ham  ajralib  turadi.  Epistolyar 
janrda,  odatda,  badiiylik ustivor bo‘ladi.  Yorliqlar esa   rasmiy 
uslubda yozilgan.    
Rasmiy  yorliqlar  tilida  muayyan  qolipdagi  birikmalar  ham 
uchrab turadi. Shulardan biri Teŋri ‘ināyatï bulup birikmasidir. 
U “Tangridan inoyat topib; Tangridan inoyat bo‘lib; Tangridan 
inoyat  yetib”  degan  ma’noni  anglatadi  (bulup  –  “topib, 
yetishib”  anglamidadir).  Bu  birikma  Teŋri  ‘ināyat  qïlïp,  Teŋri 
‘ināyatïğa  sïğïnïp,  Teŋri  ‘ināyatïdïn,  Teŋri  ‘ināyatï  birlä 
shakllarida  ham  uchraydi.  Shuningdek,  rasmiy  matnlarda 
o‘ziga  xos  atamalar  ham  mavjud.  Masalan,  o‘rta  asr 
maktublarida  o‘ziga  tobe  kishilarga,  yurt  egasi  uchun  esa 
o‘ziga  qaram  yurtning  egasiga  nisbatan  ini-oğulluq  so‘zi 
ishlatilgan.  
O‘tmishdan  qolgan  ayrim  hujjatlarda  biron  ma’lumotlar 
qayd  etib  qo‘yilgan,  xolos.  Shu  o‘rinda  Dunxuandan  topib 
keltirilgan  qog‘ozdagi  ko‘k  turk  yozuvli  bir  hujjatga  e’tibor 
qarataylik (Orkun 1987,288,292).  
Qizig‘i  shundaki,  urxun  va  yenisey  bitiglarida,  imlo 
qoidasiga  ko‘ra,  a  harfi    yozuvda  har  qachon  ham  ifoda 
etilmaydi,  lekin  o‘rniga  [a],  [ä]  va  [e]  unlilarini  qo‘shib 
o‘qilaveradi.  Ushbu  hujjatda  esa  a  harfi  so‘z  boshi  va  so‘z 
o‘rtasida  izchil  yozib  borilgan.  Chamasi,  ushbu  hujjat  uyg‘ur 
va  ko‘kturk  yozuvlarini  aralash  qo‘llaydigan  turk-moniy 


 
272
jamoasi  ichida  bitilgan chiqar.  Uning  bituvchisi uyg‘ur  yozuvi 
prinsiplaridan  kelib  chiqib,  ko‘k  turk  yozuvida  ham  unlilarni 
to‘liq berib ketgan.    
Matnning o‘qilishi shunday:  
(1) Yemä bišinč ay säkiz yig- 
(2) irmikä Bilig Köŋül  
(3) saŋun bašlap kelti. Yabaš  
(4) tutuq, Bozač tutuq, Ör- 
(5) ä Bört tutuq, Altun T- 
(6) ay saŋun yartïmlïq erür. Atï  
(7) Öz Apa tutuq. Ulatï qam- 
(8) ağ atlïğ yüzlüg otuz er  
(9) keltimiz. Bir kön, bir qoñ, 
(10) iki küp begni. Bitgäči 
(11) esiz yabïz qul bitidim. 
(12) Atïm Bağatur Čigši. 
Shu  o‘rinda  matnning  o‘qiluvi  va  mazmuni  bilan  bog‘liq 
ayrim  izohlarni  keltirib  o‘tamiz.  Sakkizinchi  qatordagi 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish