Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


cgtib  bitigtaš,  yenisey  bitiglarida  esa  aJqwkhb



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

cgtib 
bitigtaš,  yenisey  bitiglarida  esa  aJqwkhb  beŋkü  qaya
aJqwkhm meŋkü qaya deyilgan. 
Kunimizga  qadar  saqlangan  turk  monumental  bitiglarining 
eng  ko‘hnasi  urxun  obidalaridir.  Bitiglar  ulug‘  yo‘lboshchilar, 
milliy  qahramonlar  xotirasiga  bitilgan  yodnomalar  bo‘lib, 
ularda xalq qahramonlarining ko‘zi tirikligida olib borgan ezgu 
ishlari,  yurt  erki  va  farovonligi,  tinchligi  yo‘lida  ko‘rsatgan 


 
279
jasoratlari  yod  etiladi.  Bitiglarda  tarixiy  voqealar  ajoyib  til 
bilan,  badiiy  uslubda  bayon  etilgan.  Muhimi,  bitigtosh 
ijodkorlari  o‘sha  kezlardayoq  fikrni  el-ulusga,  kelgusi  o‘g‘il-
qizlarga  yetkazishning  eng  ta’sirchan  yo‘lini  topganlar.  Ular 
bitiglarda  tarixiy  bayon,  rasmiy,  monumental  matnlarga  xos 
ko‘tarinkilik,  epitafiyalarga  xos  qayg‘uli  ohang  –  bari-barini 
o‘zida mujassamlashtirgan sinkretik uslubni qo‘llaganlar.    
Unutmaslik  kerak,    qabrtoshlardagi  yozuvlarning  bari 
badiiy  uslubda  emas.  Yuqorida  yenisey  bitiglarining  ko‘pi 
badiiy  uslubda  bitilganini  ta’kidlagan  edik.  Biroq  ayrim 
bitiglarda  o‘lik  to‘g‘risida  ma’lumot  berilgan,  xolos.  Tuvadan 
topilgan  uchinchi  uch  qatorli  toshbitigni  (Orkun  1987,580, 
582) o‘rnak uchun keltiramiz: 
Qara qan ičrägi ben Ezgänä 
altï otuz yašïma erti 
ben öltim. Türgäs el ičindä beg-ben. Bitig.  
(Mazmuni:  Qoraxon  o‘rdasida  men  Azgana  yigirma  olti 
yoshimda edi men o‘ldim. Turgash elida beg edim. Bitig.). 
 Yenisey  qabrtoshlarini,  tabiiyki,  marhumning  yaqinlari, 
o‘g‘il-qizlari  o‘rnatgan.  Biroq,  e’tiborga  sazovorlisi  shundaki, 
qabrtoshlardagi  bitiglarning  ko‘pi  o‘liklar  tilidan  berilgan. 
Ularda  marhumning  ko‘zi  tirikligi  chog‘ida  er  sha’ni-shavkati 
uchun  ko‘rsatgan  ezgu  ishlari  hikoya  qilinadi.  Qayg‘uli  o‘lim 
ularni  o‘z  yurti,  yaqinlari,  uy  ichi,  o‘g‘il-qizlari,  do‘stu 
yorlaridan  ayirgani,  yorug‘  dunyoda  ularning  diydoriga  to‘yib 
ham  ulgurmagani  bitiladi.  O‘tganlarning  yoshiga  qarab  matn 
mazmuni  ham  o‘zgara  borgan:  bu  dunyodan  erta  ketganlar 
“yaqinlarimga,  yorug‘  dunyoga  to‘ymadim”  (bökmädim)  deya 
nido qiladilar.    
Abakanga  yaqin  yerdagi  Oltinko‘l  bo‘yidan  topilgan 
ikkinchi  bitigtosh  (Orkun  1987,514–515,  520–521)  shunday 
o‘qiladi: 
a)  Quyda  qadašïma,  qunčuyïma  adrïlu  bardïm.  Men 
oğlumqa … bodunumqa bökmädim. 


 
280
Sekiz qïrq yašïma … 
Erdäm  bolsar,  bodunuğ  erk  bodunuğ.  Er  atïm  Erän  Uluğa, 
erdämig batur-men. 
Erdämlig bolsar, bodun isräk yürmädi, erinčim ikizimä. 
b) On ay eltdi ögüm, oğlan toğdum, erin ulğatïm. 
Elimdä tört tegzindim. Erdämim üčün Inänčü Alp … 
e)  Er  erdäm  bolsar  andağ  ermiš.  Ešin-men,  Altun  qïrqa 
kirtim. 
Er erdäm üčün Tüpüt qanqa yalabač bardïm, kelürtim.    
(Mazmuni:  Quyda  o‘rtog‘imdan,  malikamdan  ayrildim. 
Men  o‘g‘limga,  xalqimga  to‘ymadim.  O‘ttiz  sakkiz  yoshimda 
... erdam bo‘lsa, xalqi erkli xalqdir. Er otim Eran Ulug‘ erdamli 
botirmen.  Erdamli  bo‘lsa,  xalq  sarxush  yurmadi,  afsusim  ikki 
bor ortdi. 
Onam  (qornida)  o‘n  oy  eltdi,  o‘g‘lon  tug‘ildim,  er  bo‘lib 
ulg‘aydim.  Elimda  to‘rt  bor  tegzindim.  Erdam  uchun  Inanchu 
Alp ... 
Er erdam bo‘lsa, shunday ermish. Eshi(?)- men Altun qirga 
kirdim.  Er  erdam  uchun  Tuput  xoniga  elchi  bo‘lib  borib 
keldim.) 
Yenisey  daryosining  g‘arb  qirg‘og‘idagi  Oznachennaya 
qishlog‘idan topilgan bitigtosh (Orkun 1987,573–575) shunday 
o‘qiladi: 
a) Qunčuyïm, qadašïm, adrïltïm, buŋ-a. Yağïqa kirdim, 
Kü Čäkül tutuq, sizimä adrïldïm. 
Elim, qanïm, sizimä adrïldïm. Altun keš adrïltïm.   
b) beš qïrq er yaš ert[im] 
c) El ïnančï elin 
Qanïŋïz yuqlayur, qadaš alpïŋïz qarğanur, ünüŋüz  
Yağïm anča ermiš, adrïldïm. 
(Mazmuni:  Malikam,  o‘rtog‘im,  ayrildim,  mung-a.  Yovga 
kirdim.  Mashhur    Chakul  tutuq,  sizlarimdan  ayrildim.  Elim, 
xonim, sizlarimdan ayrildim. Oltin o‘q-yoyimdan ayrildim. 
O‘ttiz besh – eryosh edim. 


 
281
El inonchi, elini ... xoningiz yuksalur, do‘stu alpingiz zafar 
qozonur,  dovrug‘ingiz  ...  Dushmanim  shunday  emish, 
ayrildim). 
Ulug‘  Kem  daryosining  irmoqlaridan  biri  bo‘lmish 
Chakulning tevaragidan  o‘n bitta toshbitig topilgan.   
Chakul yoqasidan topilgan to‘rtinchi bitigtoshning o‘qilishi 
(Orkun 1987,528–529): 
Alp  Uruŋu  tutuq-ben.  Quyda  qunčuyïm[a],  eki  oğlanïma, 
sizimä, yaŋus qïzïma 
Yïš, eči  ešim, qadašlarïm-a, adrïlu  bardïm-a. Qïzïŋ erim-ä, 
bökmädim. 
Täŋri  elimkä,  bašda  begimkä  bökmädim.  Sizimä,  qïrq 
yašimda qač[tïm]. 
(Mazmuni: 
Men 
Alp 
Urungu 
tutuq-men. 
Quyda 
malikamdan, ikki o‘g‘limdan, sizlarimdan, yolg‘iz qizimdan ... 
yish,  akalarim,  o‘rtoqlarim-a,  ayrilib  qoldim.  (?)  mardlarim-a, 
to‘ymadim.  Qutlug‘  elimga,  boshdagi  begimga  to‘ymadim, 
sizlarim-a, qirq yoshimda qochdim). 
Chakul  bo‘yidan  topilgan  yettinchi  yodgorlikning  matni 
quyidagicha o‘qiladi (Orkun 1987,531,539): 
Qutluğ Čigši-ben, qadïr yağïda 
Qara bodunuma, yïta, sizimä, 
Elimä, sizimä. 
(Mazmuni:  Qutlug‘  Chigshi-man.  Mudhish  dushmanda. 
Avom xalqim-a, esiz, sizlarim-a. Elim-a, sizlarim-a)  
Chakul  yoqasidan  topilgan  sakkizinchi  bitigtoshning 
o‘qilishi (Orkun 1987,531–532,539): 
Tört oğlum bar üčün beŋkümin t(ikti). 
Külüg apa-ben. 
(Mazmuni: To‘rt o‘g‘lim bor uchun mangutoshimni tikladi. 
(Men) Kulug apa-men). 
Ba’zi  qabrtoshlarga  marqad  egasining  o‘lgan  vaqti  qayd 
etiladi,  uning  otini  yodga  olib  duo  aytiladi.  Tabiiyki,  bunday 
matnlarni  badiiy  asarlar  deb  bo‘lmaydi.  Nasroniy  muhitida 


 
282
yaratilgan  turk  qabrtoshlarini  bunga  o‘rnak  qilib  keltirish 
mumkin.  1313  yili  tiklangan  Denxa  Arim  yodgorligining 
(Maлов 1959,78–79) uslubiga e’tibor bering: 
(1)  Aleksandros  qan  (2)  saqïš(ï)  miŋ  altï  (3)  yüz  yegirmi 
tört  (4)  erdi.  (5)  Ut  erdi.  (6)  Bu  qabra  (7)  Denxa  Arim  (8) 
Batmanïŋ  turur.  (9)  Yat  bolsun!  Kelmiš  (10)  yazïqïŋa  pušu 
bolsun. 
Mazmuni: 
(1)  Aleksandr  xon  (2)  tarixi  ming  olti  (3)  yuz  yigirma 
to‘rt(inchi yil) (4) edi. (5) (Turkcha hisobda) sigir (yili) edi. (6) 
Bu  qabr  (7)  Denxa  Arim  (8)  Bamtanikidir.  (9)  Yod  bo‘lsin! 
(Qabr  tepasiga)  kelgan  (10)  (yaratgandan  marhumning) 
gunohlaridan o‘tishni so‘rasin. 
Epigrafik  matnlarning  ba’zilari  tarixiy  sanalarni,  muhim 
voqealarni  qayd  etish  uchun  bitilgan.  Bunday  matnlarning 
uslubi-da  ayri.  Matnda  uning  kim  tomonidan  bitilganligi, 
yodgorlik  o‘rnatilishining  maqsadi,  muhim  tarixiy  vaqea  va 
albatta  sana  qayd  etiladi.  Bunga  o‘rnak  sifatida  Amir 
Temurning  yetti  yuz  to‘qson  uchinchi  yil  ko‘klamida  (=1391 
yilning  apreli)  To‘xtamishxonga  qarshi  yurish  boshlagan 
chog‘da  eski  o‘zbek  tilida  (“chig‘atoy  turkiysi”da)  yozdirgan 
bitigini  o‘rnak  sifatida  keltirish  mumkin  (Ushbu  bitigning 
ochiqlamasi kitobimizning “uyg‘ur yozuvi” bo‘limida berilgan 
edi).  
Tashrif  bitiglari  ham  uslub  jihatdan  ajralib  turadi.  Bunday 
yozuvlar  ko‘proq  muqaddas  qadamjolarga  bitilgan.  Bitigda 
ziyoratchining  oti,  ziyorat  ta’rixi  aniq  ko‘rsatiladi.  Bunga 
Qirg‘izistonning  janubida  Aqbeyit  yaqinidagi  Ungir  degan 
joydagi  qoyatoshga  uyg‘ur  xatida  yozilgan  bitigni  misol 
keltirishimiz mumkin. Bitig shunday o‘qiladi: 
Yïl tört yüz altmïš altïda men Qumar Arämük munï bitidim. 
Yïl  bars  yïlï  erdi,  beši(n)č  ay  on  erdi.  Tušambat  (?)  kün  erdi. 
Qutluğ bolsun, inša(a)la.    


 
283
Mazmuni:  Yil  to‘rt  yuz  oltmish  oltida  (melodiy  1061–
1062)  men,  Qumar  Aramuk,  buni  bitdim.  Yil  bars  yili  edi. 
Beshinchi oy(ning) o‘n(inchi kuni) edi. Tushambat (?) kun edi. 
Qutlug‘ bo‘lsin, inshoollo (Содиқов 1997,91). 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish