Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


ISLOM DAVRI QABRTOSHLARIDAGI YOZUVLAR



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

ISLOM DAVRI QABRTOSHLARIDAGI YOZUVLAR 
 
Qabrtoshlar o‘tmishning o‘ziga xos san’at asari, arxitektura 
yodgorligi  bo‘lib,  ularni  tayyorlash  juda  katta  mehnat  va 
mahoratni  talab  etgan.  Boshlab  yodgorlik  uchun  noyob  va 
qimmatli  tosh  tanlangan.  Tarixiy  manbalarda  bunday  toshlar 
hukumdorlar  buyrug‘iga  ko‘ra  ba’zan  uzoq  o‘lkalardan  tashib 
keltirilganligi  to‘g‘risida  xabarlar  bor.  Keltirilgan  ashyo  tosh 
yo‘nuvchi  usta(sangrez)ga  topshirilgan.  U  toshni  yo‘nib 
sandiqbichimli  yoki  beshikbichimli  shaklga  solgan.  Bu  orada 
toshga  bitilguchi  yodnoma  matni  ham  tayyorlab  qo‘yilgan. 
Matn,  odatda,  olim,  muarrix  yo  shoirlar,  diniy  ulamolar 
tomonidan  tuzilar  edi.  Ulug‘  kishilarga  atalgan  yodnomani 
tuzish  uchun  ba’zan  ular  orasida  tanlov  ham  o‘tkazilgan. 
Oqibat,  matnlardan  eng  ma’quli,  talabga  javob  beradigani 
tanlab 
olinib, 
xattotga  topshirilgan. 
Toshni 
bezashda 
naqqoshning  xizmati  ayricha  o‘rin  tutadi.  U  silliqlangan 
toshning  yuzasi  va  yon  bag‘irlarini  naqshlar  hamda  islom 
san’atida  ommalashgan  geometrik  shakllar  bilan  bezagan. 
Harqalay,  keyingi  jarayon  xattot  bilan  birgalikda  bajarilgan 
deya  olamiz.  Chunki,  toshning  qanchalik  chiroyli  chiqishi 
xattot  va  naqqoshning  birgalikdagi  mehnatiga  bog‘liq  edi.  Bu 
yumushlar  tugagach,  tosh  sangtaroshga  topshirilgan.  So‘nggi 
va  eng  zahmatli  ishni  sangtarosh  yakunlagan.  Shunday  qilib, 
chiroyli bir qabrtoshni tayyorlash uchun oylab vaqt sarflangan.  
O‘rta  asr  islom  madaniyati  tarixida  turli  madaniyat  va 
san’at  markazlarida  sangtaroshlik  maktablari  shakllangani 
ma’lum.  Bu  davrlarda,  ayniqsa,  samarqand-kesh  sangtaroshlik 
maktabi  shuhrat  qozongan.  Samarqand-kesh  ustalarining 
ishlarini  boshqa  yerlardagi  yodgorliklarda  ham  kuzatamiz.  Bu 


 
284
ustalarning  mehnatiga  talab  katta  bo‘lgan  va  e’tiborli  kishilar 
xotirasiga qabrtosh yasash uchun ular taklif etilgan. 
Shakli,  ishlanishiga  ko‘ra  turli  davrlarda  yaratilgan 
qabrtoshlar  bir-biridan  ajralib  turadi.  Qabrtoshlarning  yuksak 
darajada  ishlangan,  klassik  turi  sandiq  ko‘rinishidadir.  Biz 
ularni shartli ravishda “sandiqbichimli” qabrtoshlar deb atadik. 
Shunday  atalsa-da,  ularning  tepa  qismi  bo‘rtgan,  ayvon 
peshtoqi  ko‘rinishida.  Hatto  toshning  to‘rt  ustuni  ham 
ko‘pincha  saroy  ustunlari  shaklida.  Umumiy  ko‘rinishi  eski 
turkiston  arxitekturasiga  tegishli  bo‘lgan  chiroyli  bir  uyni 
eslatadi.  Bunda  chuqur  ma’no  mujassam:  qabr  o‘likning  uyi 
degan  qarash  bor.  Sandiqbichimli  qabrtoshlar,  XIV-XVI 
asrlarda  keng  tarqalgan.  Yodgorlik  shakli,  uning  bezaklari 
marhumning  tirikligi  chog‘ida  jamiyatda  tutgan  mavqei  va 
yoshiga  ham  bog‘liq  bo‘lgan.  Xonlar,  sultonlar,  amirlar, 
shayxlar  qabriga  o‘rnatilgan  toshlar  nihoyatda  chiroyli  va 
salobatli.  Ularni  o‘z  davrining  ajoyib  arxitektura  obidalari 
sanash mumkin.  
Qabrtoshlarning  yana  bir  xili  “beshikbichimli”  toshlardir. 
Ular  beshik  ko‘rinishida  ishlangan  (kishi  chaqaloqligida 
beshikda  ulg‘aygani  singari  uning  so‘ng  yeri  ham  beshikday 
osoyishta  bo‘luvi  tilangan  buning  bilan).  Ba’zilari  ikki 
bo‘lakdan  iborat:  asosi  sandiqbichimli  ishlanib,  usti  beshik 
ko‘rinishida.  Beshiktoshlarning  tarixi  ham  uzoq.  Bunday 
toshlar  ham  kishining  tirikligidagi  darajasi,  yoshiga  qarab 
ishlangan.  Ayniqsa,  o‘spirin  va  go‘dak  o‘tganlarning 
qabrtoshlari kichik va bejirimligi bilan ajralib turadi.   
Shartli ravishda “relsbichimli” deb atalayotgan qabrtoshlar, 
nisbatan,  keyingi  davrlarga  tegishlidir.  Ular  ko‘rinishdan 
qirqma temir yo‘l relsiga o‘xshaydi. Shakli jo‘n, bezaklari ham 
yo‘q  hisob.  Marhumning  tiriklik  chog‘ida  nisbatan  quyiroq 
amalda  o‘tganidan  dalolat  beradi.  Iqtisodiy  tanazzul  davrida 
bunday toshlar kengroq tarqalgan.    


 
285
Shakli,  ishlanishi  jihatidan  Qashqadaryo  viloyatining 
Qamashi  tumanida  joylashgan  Hazrati  Langar  ziyoratgohidagi 
qabrtoshlar  boshqa  qabrtoshlardan  butkul  ayrilib  turadi. 
Maqbara ichidan bir necha qabr joy olgan. Birinchi qabr ustiga 
tobutbichimli  tosh  qo‘yilgan.  Lekin  tobutbichimli  toshning 
yozuvi yo‘q. Toshning bosh tomoniga tepasi mehrob shaklidagi 
toshlavh  (stela)  tiklangan.  Marhum  xotirasiga  atalgan  yozuv 
mana shu toshlavhda. 
Ikkinchi  qabr  ustidagi  yodgorlikning  ko‘rinishi  ham 
shunday. Qabrning bosh tomoniga lavh tiklanib, yozuv ana shu 
lavhga  bitilgan.  Lavhning  ters  yog‘iga  ham  ramka  ishlanib, 
ostiga  mehrob  chizilgan.  Ramkaga  Lahu-l-hukmu  va  alayhi 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish