Ключевые слова:
литературное образование, слабослышащие ученики, речь,
принципы,
художественное
произведение,
методы,
эстетическое
восприятие,
самостоятельное творческое мышление.
TEACHING AESTHETIC PERCEPTION AND INDEPENDENT CREATIVE THOUGHT OF LITERARY TEXT
IN THE PROCESS OF LITERARY EDUCATION: DESCRIPTION AND INTERPRETATION
Mamarazhabova Z. N.- doctoral student of the Tashkent State Pedagogical University, Ph.D.,
professor
Annotation.
The article discusses the principles of the pedagogical system of teaching the
artistic perception of a literary text and the creation of independent creative thought in the process
of literary education. The effectiveness of the pedagogical system of teaching the artistic perception
of a literary text and the creation of independent creative thought in the process of literary
education is analyzed using experimental results as an example.
Keywords:
literary education, hard of hearing students, speech, principles, artwork, methods,
aesthetic perception, independent creative thinking.
7
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
Adabiy ta’lim o‘quvchilarni badiiy ijod qonuniyatlari bilan tanishtirish asnosida ularni mavjud
hayotiy-tabiiy qonuniyatlari bilan bog‘lanuvchi nuqtalarini idrok etishga va bu qonuniyatlar
mohiyatini tushunib borishga, o‘quvchilarni hayotga tayyorlash imkoniyatiga ega. Tadqiqotimiz
uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan asosiy ta’limotlardan biri – badiiy adabiyotga musiqa, rangtasvir
kabi san’at turlaridan biri sifatida qarashdan iborat. Shu munosabat asosida A.N.Leontevning
ishlarida adabiyot – san’at turi sifatida “badiiy qayta yaratish” va “badiiy bilish” sifatida
tavsiflanadiki, bu tadqiqotchini adabiyotni muloqot shakllaridan biri ekani haqidagi xulosaga olib
keladi. Olimning ta’kidlashicha, adabiyot bilan muloqot chog‘ida inson shu muloqotda yaratuvchi va
retsipiyent shaxs sifatida ishtirok etib, adabiyotning obyekti orqali voqelikning qaysidir elementi
haqida emas, balki voqelikka munosabatlar tizimini, jumladan, emotsional kechinmalarni amalga
oshiradi. A.N.Leontev fikricha, adabiyot san’atning insonga ta’sirini o‘rganadi, shu sababli ularning
o‘rganish predmeti kitobxon, uning badiiy voqelikni tiklashga oid mehnati va asar bilan muloqotda
egallaydigan emotsional, ma’naviy tajribasi hisoblanadi. A.N.Leontev estetik fenomen sifatida badiiy
asarning o‘zini diqqat markaziga qo‘yadi, shu sababli adabiyotning mazmuniy shaklining o‘ziga xos
masalalari, matn va asar badiiy olamining o‘zaro nisbati, adib va kitobxonning o‘zaro ta’siri,
hamkorligi, adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy fikr
yaratishga o‘rgatish kabilar birinchi o‘ringa chiqadi.
1
Ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va
mustaqil ijodiy fikr yaratishga o‘rgatishning ikkita asosiy yondashuvni ajratib ko‘rsatishga imkon
beradi.
Birinchi
yondashuv
tarafdorlari
N.D.Moldavskaya,
M.R.Lvov,
V.G.Goretskiy,
O.V.Sosnovskayaning fikricha, o‘quvchilar matnni estetik idrok qilishi va mustaqil ijodiy fikr
yaratishining asosiy mezoni shu yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan mustaqil o‘qilgan asarni idrok
qilish darajasi sanaladi
2
. M.P.Voyushina, S.A.Kislinskaya, O.A.Krasilnikovaning yondashuvlarida
asarni idrok qilish darajasi bilan bir qatorda boshqa mezonlar: bolalarning ijodiy ishlarida namoyon
bo‘ladigan nutqiy rivojlanish darajasi, bibliografik bilim va malakalarga egalik darajasi, kitobxonlik va
adabiy-ijodiy faoliyatning motivatsion baholanishi ham ilgari suriladi
3
. Ikkinchi yondashuv mazmuni
pedagog – olimlarning isbotlashicha, to‘rt element: bilim, harakat usullari, ijodiy faoliyat tajribasi va
hissiy-baholash faoliyati tajribasidan iborat. Mazmunning barcha elementlari o‘zaro bog‘liq, ularni
amalga oshirish o‘quv jarayonining qurilishi, ta’lim metodlariga bog‘liq. Faqat ta’lim mazmunidagi
shu to‘rt komponentning o‘zaro aloqadorligi asosida amalga oshirilgan o‘qitish jarayoni
o‘quvchilarni adabiy rivojlanish sari olib boradi. Mazkur asosda adabiy ta’lim — eshitishda nuqsoni
bo‘lgan o‘quvchilarning kitobxonlik kompetentligini shakllantirish hamda shaxsiy-intellektual,
ma’naviy, estetik rivojlantirishga qaratilgan nutqiy, kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatining
integratsiyasi degan xulosaga kelish mumkin. Matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy fikr
yaratishga o‘rgatish muammosining qo‘yilishi o‘quvchi shaxsining xotira, tafakkur, tasavvur, hislar
tashkil qiladigan maxsus adabiy qobiliyatlar rivojlanishi bilan bog‘liq estetik va aqliy rivojlanishining
bir qismi, badiiy matnini idrok qilish, mustaqil ijodiy fikr yaratish, bibliografik bilim va malakalarni
egallash qobiliyatlarini rivojlantirishning yaxlit jarayoni sifatida qarash imkonini beradi. Adabiy ta’lim
jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy fikr yaratishga o‘rgatishning
korreksion-pedagogik tizimi korreksion ta’limning rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xarakterini aks
1
Никитина М.И. Психолого-педагогические основы совершенствования литературного образования слабослышащих
школьников.— Л.: ЛГПИ им. А. И. Герцена, 1999. – 86 с
2
Никитина М.И. Психолого-педагогические основы совершенствования литературного образования слабослышащих
школьников. Диссертация ... д-ра пед. наук. — Л.: ЛГПИ им..А. И. Герцена, 1983.-333 с.
3
Воюшина М.П. Формирование умения анализировать художественное произведение как средство литературного развития
младших школьников. Диссерт. на соиск. канд. пед. наук, – Л., 1989. — 237 с.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |