Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
qilib, boshlang‘ich va o‘rta maktablarda o‘quvchilarning o‘quv yutuqlari monitoringi amalga 
oshiriladi, shuningdek, boshlang‘ich maktabdan asosiy maktabga o‘tish davrida matematik va tabiiy 
fandagi o‘zgarishlar kuzatiladi. IEA tomonidan 1995-yilgacha o‘tkazilgan matematik va 
tabiatshunoslik ta’limi sohasidagi barcha tadqiqotlar bir xil kesimda o‘tkazilgan. 1995-yildagi TIMSS 
tadqiqoti bitta kesimda emas, balki ketma-ketikdagi ikkita 3-4 va 7-8-sinflar kesimida o‘tkazilgan. 
Ushbu yondashuv muhim afzalliklarga ega edi. U ma’lum bir yosh guruhidagi o‘quvchilarni qamrab 
olish va o‘quv yutuqlarini baholashga imkon berdi. Masalan, 1995-yilda TIMSS tadqiqotida 
o‘rganilgan yettinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilari soni o‘n uch yoshdagi o‘quvchilarning deyarli 
ko‘p qismini qamrab olgan. Shu bilan birga, alohida yoshdagi o‘quvchilarning o‘quv yutuqlaridagi 
o‘zgarishlarni taqqoslash, kuzatish va tahlil qilish imkoniyati tug‘ildi. Masalan, sakkizinchi sinf 
o‘quvchilarining 13,5 yoshdagi o‘quv yutuqlari va 12,5 yoshdagi yettinchi sinf o‘quvchilarining o‘quv 
yutuqlari bilan taqqoslash amalga oshirildi va shu tariqa bir yillik o‘qishning o‘quv samaradorligi 
aniqlandi
1
. 1995-yil TIMSS tadqiqot konsepsiyasini ishlagan mutaxassislar D.Uayli va R.Wolfning 
qarashlariga ko‘ra, birinchi bosqichda TIMSS ishida qo‘llaniladigan yondashuv an’anaviy tasavvurlar 
va tadqiqotlar o‘rtasidagi kelishuv bo‘lgan va o‘quvchilarning ilmiy yutuqlari to‘g‘risida ko‘proq 
ma’lumot bergan. Faqat o‘quvchilarning ma’lum bir yoshi yoki yiliga qaratilgan odatiy amaliy 
tadqiqotdagiga qaraganda o‘quv natijalariga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor 
berilgan
2
. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 1995-yildagi TIMSS tadqiqotida vazifa – maktabdagi turli 
bosqichdagi o‘quvchilarning o‘quv yutuqlarini taqqoslash edi, shuning uchun uchta guruh 
o‘quvchilari tanlangan. Tanlashda bittasi boshlang‘ich sinflardan (3-4) iborat bo‘lib, unda to‘qqiz 
yoshli o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etgan. Ikkinchi guruhda o‘n uch yoshdagi asosiy maktabning 
ikkita sinfini (7–8) o‘quvchilari qatnashgan. Uchinchi guruhga o‘rta maktablarning bitiruvchi 
o‘quvchilari kiritilgan. TIMSSni o‘rganishda ishtirok etadigan mamlakatlarning barcha umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarini qamrab olgan birinchi va ikkinchi tanlanmalardan farqli o‘laroq, 3-guruh shunday 
shakllantirilganki, unga umumta’lim dasturlari asosida o‘qigan o‘quvchilar bilan birga matematika 
va fizika chuqurlashtirib o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari ham 
kiritilgan. Bu o‘rta maktab bitiruvchilarining tabiiy-matematik savodxonlik darajasi to‘g‘risida 
ma’lumot olish va maktabda olingan matematika va tabiiy fan bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarni 
turli vaziyatlarda qo‘llash malakasi haqida ma’lumot olishga imkon berdi. Bundan tashqari, maktabni 
tamomlash davrida bitiruvchilarning matematika va fizika bilan bog‘liq tayyorgarligini taqqoslash, 
bitirish arafasida kelajakdagi kasbini tanlash imkonini berdi. TIMSS-1995 tadqiqoti misolida, xalqaro 
tadqiqotlarni taqqoslashda qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz. Ko‘rib 
chiqilayotgan TIMSS tadqiqotining asosiy sikllari C.Travers va A.Uestberi tomonidan yaratilgan 
matematika ta’limi bo‘yicha ikkinchi TIMSS xalqaro tadqiqotining konseptual modeli hisoblanadi (1-
rasm). 
Bu model Xalqaro ta’lim assotsatsiyasi (IEA) tadqiqotining konseptual modeli sifatida mashhur 
bo‘lib, unda o‘tkazilgan tadqiqot davomida yig‘ilgan tajribalar umumlashtiriladi. Taqdim etilgan 
model bo‘yicha ta’lim uch bosqichda ko‘rib chiqiladi: rejalashtirilgan ta’lim darajasi - maktabning 
ijtimoiy buyurtmasi, ta’limni amalga oshirish darajasi – aniq o‘quv jarayonida ta’lim erishilgan 
darajasi - o‘qitish natijalari.
1-rasmda ko‘rsatilgan model ta’lim tizimi turli elementlarining murakkab o‘zaro bog‘liqligini 
tushunishga yordam beradi, bu uch daraja: ta’lim tizimi, maktab-sinf va o‘quvchi. Ta’lim tizimining 
makro darajasida (maktab joylashgan mamlakat, viloyat, tuman) ta’limning rasmiy maqsadlari 
1
TIMSS Monograph No.2. Research Questions and Study Design. General editor, David F. Robitaille.Pacific Educational Press, 
Vancouver, Canada, 1996 
2
Ковалева Г.С. и др. Концептуальные подходы к оценке учебных достижений по математике и естествознанию в международном 
сравнительном исследовании. Москва, 2008 год. – 44 с 


16 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish