Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
ko‘proq e’tibor berildi. Ko‘p sonli omillarni o‘rganish zarurati tahlil qilingan tizim elementlarining 
sezilarli darajada o‘sishiga va ta’lim tizimidagi omillar o‘zaro ta’sirining ancha murakkab modelini 
yaratishga olib keldi. Shu ma’noda TIMSS modeli o‘quvchilarning o‘quv yutuqlarini baholashda 
mavjud yondashuvlarni isloh qilishning asosiy talablariga javob beradi. 
3-rasm. TIMSS tadqiqotining konseptual modeli [7, c. 37]
1
 
Ma’lumki, mamlakatlardagi matematik va tabiiy fan ta’limining rejalashtirilgan maqsadlari va 
mazmuni o‘quv rejalari, dasturlari va boshqa rasmiy hujjatlarda aks ettirilgan. Ular, shuningdek, 
darsliklar va uslubiy qo‘llanmalar, imtihonlar mazmuni va o‘qituvchilar tayyorlash kurslarida amalga 
oshiriladi. 
Ajratilgan ko‘rsatkichlarning ko‘pligi bilan TIMSSning “TIMSSning ta’limiy imkoniyatlari 
modeli” yakuniy konseptual modeli (qarang: shakl. 4) juda ixcham va ta’lim tizimining turli 
darajalarini (mamlakat, maktab, sinf, o‘quvchi) va quyidagi savollarga javob beradigan to‘rtta 
ustunni tavsiflovchi to‘rt qator ko‘rsatkichlar bilan shakllantiriladi: “maktab o‘quvchilari nimani 
o‘rganishlari mumkin?”, “o‘qitishni kim amalga oshiradi?”, “ta’lim qanday tashkil etilgan?”, “har bir 
inson uchun foydali ma’lumotlar”. Shubhasiz, hech qanday tadqiqotda ta’lim tizimida mavjud 
bo‘lgan barcha omillarni ajratib ko‘rsatish va ularning o‘zaro ta’sirini o‘lchash, shuningdek, ta’lim 
yutuqlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin emas. TIMSS ta’lim tizimining konseptual modeli bunga da’vo 
qilmaydi. Ushbu model asosiy omillarni ta’kidlab, ularning o‘zaro bog‘liqligini tizimli yondashuvga 
asoslangan holda aniqlashga harakat qiladi. 
TIMSS tadqiqoti natijasida rejalashtirilgan, amalga oshiriladigan va erishilgan ta’lim darajalari 
bilan bog‘liq to‘rtta guruh savollariga javob berish, shuningdek, ushbu ta’lim darajalari o‘rtasidagi 
munosabatlarni o‘rnatish lozim edi. Ushbu savol guruhlari tadqiqotni rejalashtirish va uning 
vositalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. 
Ta’lim rejalashtirish darajasiga oid birinchi guruh quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi: 
- matematik va tabiiy fanlarning maqsad va mazmunini aniqlashda mamlakatlar o‘rtasidagi 
farq nimada? 
- matematik va tabiiy fanlar ta’limining maqsadlarini aniqlash va mazmunini ishlab chiqishda 
nima hisobga olinadi? 
- mamlakatlarda matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish 
jarayonida yaxlit ta’lim tizimining qanday tavsifi, ayrim maktablar va o‘quvchilarning qanday 
xususiyatlari ko‘rib chiqiladi va hisobga olinadi? 
Ta’limning rejalashtirilgan darajasi ijtimoiy konteksti jamiyatning ta’lim bilan bog‘laydigan 
maqsadlari, kutiladigan natijalari va qadriyatlari, ya’ni maktabning ijtimoiy buyurtmasini 
shakllantiradi. Muayyan fanga nisbatan rejalashtirilayotgan ta’lim darajasi quyidagicha ifodalanishi 
mumkin: “Mazkur fan doirasida o‘quvchilar nimani o‘rganishi mumkin?” 
1
TIMSS Monograph No.2. Research Questions and Study Design. General editor, David F. Robitaille. Pacific Educational Press, 
Vancouver, Canada, 1996. 
Ta’lim tizimi va
mamlakatni 
maqsadli tavsiflovchi 
k
o‘
rsatkichlar
Maktab va muhit, 
o‘
quv
jarayonini tavsiflovchi 
k
o‘
rsatkichlar 
O

quvchini 
tavsiflovchi 
k
o‘
rsatkichlar 
Ta’limning 
rejalashtirish 
darajasi 
Ta’limni amalga 
oshirish darajasi 
Ta’limning erishilgan 
darajasi 


18 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish