Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
tutishi, nutq ohangi va sur’ati tarbiyachiga kо‘p narsalarni aytib beradi. Psixologiya bolaning turli 
holatlari va ular tashqi qanday namoyon bо‘lishini batafsil tasvirlaydi. Biroz mashq qilib olgach, hatto 
boshlovchi pedagog ham bola imo-ishorasi nimani ifodalashini ortiqcha qiyinchiliksiz bilib oladi – bu 
quvonch yoki qayg‘u, qо‘rquv yoki g‘azab, hayrat yoki loqaydlik kabilar bо‘lishi mumkin. Ammo, 
odatda, birinchi e’tibor qaratiladigan narsa – bu bolaning umumiy holati: hayajonli, odatiy, asabiy. 
Hayajonning yaxshi ma’lum bо‘lgan belgilari: undan darak beruvchi baland, chinqiroq yoki titroq 
ovoz, nutq tezligi va sur’ati о‘zgarishi, tanaffuslar yо‘qolishi, sо‘zlar uzuq-yuluqligi. Nima demoqchi 
bо‘lganini unutib qо‘yish xavotir va sarosimadan dalolat beradi. Imo-ishora va nutq ohangini qо‘l 
harakatlari va kiyim ahvoli tо‘ldiradi. Bola о‘zini erkin tutishi u vazmin holatda ekanini, bezovtalik 
esa uni hayajon bosayotganini anglatadi. Boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchisi bolaning ishonchiga 
munosib bо‘lishi lozim. Hatto о‘zining uncha katta bо‘lmagan ijtimoiy tajribasi bilan ham о‘quvchi 
unga kim va qanday munosabatda bо‘layotganini yaxshi tushunadi. О‘qituvchida empatiya zо‘raki 
ravishda namoyish bо‘layotganini u tez payqay oladi. Pedagog tomonidan yо‘l qо‘yilgan sun’iylik 
tufayli ularning о‘rtasidagi devor qalinlashib boraveradi. Rad qilingan о‘qituvchilar uchun yagona 
yechim – rasmiy-tarbiyaviy tadbirlar tashkil qilish va о‘tkazish bо‘lib, bunda turli ijtimoiy-rolli 
munosabatlar kо‘rib chiqilib, о‘qituvchi va о‘quvchilar shunday munosabatlar muqarrar ekanligi, 
ulardan chetlab о‘tish mumkin emasligini tushunib olishadi. Yosh о‘quvchilar begonalashuvining 
asosiy sabablari ham ana shunda. О‘quvchi о‘qituvchini barcha kamchiliklari bilan qabul qiladi, lekin 
unda sun’iylik emas, balki samimiylik va halollikni kо‘rishni xohlaydi. Shuning uchun о‘qituvchilar 
yangi pedagogik munosabatlar yо‘nalishida ishlash xohish-istagining о‘zi yetarli emasligini yodda 
tutishlari lozim. 
Avvalgi uslubni saqlab qolgan holda, bolalardan о‘ziga nisbatan ishonchni kutish mumkin 
emas. Bu yerda ziddiyatlar kuzatilishi muqarrar, binobarin, bunga sabab bolalar bilan о‘zaro 
ishonchli munosabatlarga ega bо‘lishga intilgan holda, kо‘pincha pedagoglar о‘z 
tarbiyalanuvchilarini ziyrak eshitish uchun о‘zlarini о‘zgartirishga say-harakat qilmasligi sanaladi. 
Bolaning о‘ziga munosabati u haqida eng muhim dalillardan biri hisoblanadi. Psixologiyada bu о‘zini 
idrok etish, ijobiy “Men konsepsiyasi”, о‘ziga hurmatning yuksak darajasi va hokazo deb ataladi. 
Psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha, tarbiyaga kо‘rsatma ohangida rahbarlik qilinganda, 
tarbiyalanuvchi kattalarning me’yorlari va baholarini qabul qilishga va tanqidiy nuqtayi nazarsiz 
о‘zlashtirishga majbur bо‘lgan holda, unda salbiy “Men konsepsiyasi”, salbiy Men timsoli shakllanib, 
о‘ziga nisbatan hurmat darajasi past bо‘ladi.
Sodda qilib aytganda, tarbiyalanuvchi о‘ziga о‘zi yoqmaydi, о‘zini yomon deb hisoblaydi, bu 
esa yoqimsiz qiliqlarga doim tayyor bо‘lishiga olib keladi. О‘ziga hurmatni yо‘qotgan odamdan 
boshqa nima kutish mumkin? 
Bola ishonchi – uning xulqini, о‘ziga va hayotga munosabatini bir lahzada о‘zgartirishga qodir 
bо‘lgan xavfli va kuchli tuyg‘u. S.Sveygning “Kuydiruvchi sir” novellasini о‘qib chiqing, shunda bu 
bilan hazillashish qanchalar xavfli ekaniga ishonch hosil qilasiz. Bola tarbiyachiga ishonar ekan, 
butunlay uning izmida bо‘ladi. Shunday ekan, tarbiyachi о‘zini qanchalar oqilona va dono tutishi 
lozimligi kundek ravshan. Ayrim istak-xohishlar – qо‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi, boshqalari – 
sekinlashtiradi va yо‘q qiladi. Tarbiya – asab va kuchlar bellashuvi emas, balki hayot bо‘ylab birga 
harakat qilishdir. 
Shunday qilib, bolani tushunish – insonparvar pedagogning birinchi tabiiy reaksiyasidir. Bu 
yerda asosiysi – “selostnoye vospriyatiye”, bolani alohida xislatlari bilan emas, balki yaxlit qabul 
qilish, shaxsning о‘zak tuzilmalariga, ularning xulq-atvor va faoliyatda namoyon bо‘lishiga, о‘ziga 
munosabatiga, ehtiyojlar va motivlarga yо‘nalganlikka e’tibor qaratishdir. Qat’iy etalonlarni 
qо‘llash, kam ahamiyatli tafsilotlardan shoshilinch xulosalar chiqarish maqsadga muvofiq 
sanalmaydi. 




Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish