TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
ettiradigan asosiy, muhim, umumdidaktik qonuniyatlar asosida ishlab chiqildi. Maxsus ta’limda
korreksion rivojlantiruvchi ta’sir korreksion o‘qitishning kompleksiga asoslangan va shaxsni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bunda bolaning psixik-jismoniy tayyorgarligi, uning shaxsini
shakllanishiga uni o‘rab turgan muhitning ta’siri, korreksion o‘qitishga katta e’tibor qaratiladi. Taklif
qilinayotgan adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy fikr
yaratishga o‘rgatish korreksion-pedagogik tizimida eng muhimi korreksion o‘qitish jarayonida
tushunarli nutq, kommunikativ malakalarni rivojlantirish, bilish faolligi, mutolaa va adabiy ijodga
qiziqishni faollashtirish zaruratini aks ettiradigan ta’limot asosiy sanaladi. Adabiy ta’lim jarayonida
badiiy matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy fikr yaratishga o‘rgatish samaradorligi ta’lim
jarayonida uchta turdagi didaktik, maxsus va o‘ziga xos tamoyillarni amalga oshirish bilan
belgilanadi. Ularni ajratish uchun, asosiysi, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning psixik
rivojlanishidagi o‘ziga xosliklarni maxsus maktab o‘quvchilariga ona tili o‘rgatishning butun o‘quv
jarayoniga ta’sir o‘tkazadigan xususiyatlari; o‘quv fani sifatida o‘qish fanining o‘ziga xosliklarini
hisobga olish sanaladi. Tamoyillarning uchta guruhini ajratishning ahamiyati ularning mohiyati bilan
belgilanadi, zero aynan tamoyillar o‘qitishning ma’lum turini tashkil etishda asos vazifasini o‘taydi.
Shunga ko‘ra pedagogik tizimning komponentlarini ishlab chiqishda, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va
munosabatlarni aniqlashda, avvalo, (ilmiylik, tushunarlilik, ko‘rgazmalilik, izchillik va tizimlilik, faollik
va mustaqillik kabi) o‘qitish jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradigan didaktik tamoyillarga
asoslandik. Didaktik tamoyillardan tashqari, zaif eshituvchi o‘quvchilarning xususiyatlarini aks
ettiradigan maxsus tamoyillar guruhini ajratishni zarur deb bildik. Bu guruhga kommunikatsiya,
nutqiy amaliyotni maksimal darajada boyitish, o‘qitishning vaziyat bilan bog‘liqligi, nutq va
tafakkurni o‘stirishning birligi, ta’limni nutqning holati haqidagi ma’lumotlar asosida qurish
tamoyillarini kiritdik. Xususiy tamoyillar maxsus tamoyillarni o‘qish fanining o‘quv fani sifatidagi
o‘ziga xosligi bilan belgilanadigan o‘ziga xos tarzda aniqlashtirishdir. Pedagogik tizim doirasida
adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy fikr yaratishga
o‘rgatishni tartibga soluvchi o‘ziga xos tamoyillar tizimiga adabiy-badiiy tamoyilning kiritilishi adabiy
ta’lim darslarida adabiyotning barcha, eng avvalo, matnlarni so‘z san’ati hodisalari sifatida idrok
qilishga undash va o‘quvchilarni muallif asarlari olamiga g‘arq qilish, hissiyotlar, adabiy qobiliyatlarni
shakllantirish mumkin bo‘lgan muhitni yaratishda namoyon bo‘ladigan estetik funksiyasini amalga
oshirish bilan bog‘liq. Navbatdagi spetsifik tamoyil – badiiy asarni yaxlit o‘rganish tamoyili, bunda
badiiy asarning har bir ahamiyatli elementi badiiy yaxlitlik tiklanishi va rivojlanishining ma’lum
momenti sifatida qaraladi, adabiy o‘qish darslarida adabiy matn tahliliga qarashlarni o‘zgartiradi
1
.
O‘qishga o‘rgatishning an’anaviy metodikasi sharoitida matn tahlilida zaif eshituvchi o‘quvchining
e’tibori matnni qurish qonuniyatlari va o‘ziga xosligini anglash emas, balki ko‘proq muallif matnini
uzatish, undan nusxa olish va qayta yaratishga qaratiladi. Pedagogik tizimda badiiy asarni yaxlit
o‘rganish natijasi kitobxonlarning badiiy-ijodiy faoliyati bo‘ladi, u badiiy asarni va o‘z fikrlarini
yaratish jarayonini idrok qilish qonuniyatlari bilan belgilanadi
2
. Adabiy asarni o‘rganishning tizimlilik
tamoyili o‘quvchilar badiiy asar matni bilan ishlaganda egallaydigan adabiyotshunoslikka oid bilimlar
va adabiy-ijodiy malakalar tizimini nazarda tutadi. Bu tamoyilni amalga oshirish o‘rganilayotgan
badiiy material bilan uni tushunish uchun zarur bo‘lgan, yangi pedagogik tizim bosqichlarida
shakllantiriladigan, kitobxonlik hamda adabiy-ijodiy malakalarning o‘rtasida muvofiqlikka erishishni
nazarda tutadi. Adabiy o‘qish darslarida o‘rganishning asosiy birligi badiiy matn bo‘lgani sababli,
adabiyotshunoslik va tilshunoslik materiallarini saralash boshqa bir xususiy tamoyil – tizimliligi
tamoyili matnning adabiyotshunoslik va tilshunoslik fenomeni sifatidagi o‘ziga xosliklarini hisobga
1
Морозова Н.Г. Воспитание сознательного чтения у глухонемых школьников. – М.: Учпедгиз, 1953. – 184 с.
2
Зыкова Т.С. Развитие речи глухих младших школьников в системе коррекционного обучения. Автореферат дисс. ... доктора
пед. наук. – М., 1993. – 35 с .
9
Do'stlaringiz bilan baham: |