TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
1-sinash: Bitta tanga olamiz va uni bir marta tashlaymiz. Ya’ni tajribaning shartlarini to‘liq bir
marta amalga oshiramiz.
Elementar hodisa: Tanga qaysidir tomoni bilan, masalan, gerbli tomoni bilan tushdi.
2-sinash: Yana tangani olamiz va uni bir marta tashlaymiz. Ya’ni tajribaning shartlarini to‘liq bir
marta amalga oshiramiz.
Elementar hodisa: Tanga qaysidir tomoni bilan, masalan, gerbli tomoni bilan tushdi.
3-sinash: Yana tangani olamiz va uni bir marta tashlaymiz. Ya’ni tajribaning shartlarini to‘liq bir
marta amalga oshiramiz.
Elementar hodisa: Tanga qaysidir tomoni bilan, masalan, raqamli tomoni bilan tushdi va
hokazo.
Bundan ko‘rinib turibdiki, tajriba shartlari o‘zgarishsiz bo‘lgani holda sinashlar yetarlicha ko‘p
marta o‘tkazilishi mumkin. Natijalar esa ushbu tajriba uchun faqatgina ikkita elementar hodisani
takrorlayapti. Bular tanganing gerbli tomoni bilan tushishi va raqamli tomoni bilan tushishi.
Boshqacha bo‘lishi mumkin emasligi hammaga tushunarli.
Demak, elementar hodisalar fazosi faqat ikkita elementar hodisalar, ya’ni tanganing gerbli
tomoni bilan tushishi va raqamli tomoni bilan tushishidan iborat ekan.
Yana biror misol keltirilib, undan so‘ng ularning belgilanishi haqida ham ma’lumotlar berilishi
mumkin.
Misol:
Uchta tangani birdaniga tashlash tajribasini o‘rganaylik.
Ko‘rinib turganidek, bu yerda shart uchta tangani birdaniga tashlashdan iborat.
1-sinash: Uchta tanga olamiz va ularni birdaniga tashlaymiz. Ya’ni tajribaning shartlarini to‘liq
bir marta amalga oshiramiz.
Elementar hodisa: Tangalar qaysidir tomonlari bilan, masalan, birinchisi gerbli, ikkinchisi
raqamli, uchinchisi ham raqamli tomoni bilan tushdi.
2-sinash: Yana o‘sha uchta tangani olamiz va ularni birdaniga tashlaymiz. Ya’ni tajribaning
shartlarini to‘liq bir marta amalga oshiramiz.
Elementar hodisa: Tangalar qaysidir tomonlari bilan, masalan, birinchisi gerbli, ikkinchisi
raqamli, uchinchisi esa gerbli tomoni bilan tushdi.
3-sinash: Yana o‘sha uchta tangani olamiz va ularni birdaniga tashlaymiz. Ya’ni tajribaning
shartlarini to‘liq bir marta amalga oshiramiz.
Elementar hodisa: Tangalar qaysidir tomonlari bilan, masalan, birinchisi raqamli, ikkinchisi
ham raqamli, uchinchisi esa gerbli tomoni bilan tushdi va hokazo.
Ko‘rinib turibdiki, natijalar ushbu tajriba uchun kam sonli sinashlarda biror-bir elementar
hodisani takrorlamayapti. Lekin yaxshilab razm solinsa, barcha mumkin bo‘lgan elementar
hodisalarni yozib chiqish yoki kombinatorika elementlariga murojaat qilgan holda, ularning soniga
oydinlik kiritilishi mumkin. Mumkin bo‘lgan elementar hodisalarni o‘quvchilar bilan jo‘rlikda yozib
chiqish mumkin: (G;G;G), (G;G;R), (G;R;G), (G;R;R), (R;G;G), (R;G;R), (R;R;G), (R;R;R). Demak, jami
mumkin bo‘lgan elementar hodisalar sakkiz xil ekan. Elementar hodisalarni yoki
ko‘rinishida,
elementar hodisalar fazosini esa ko‘rinishida belgilash qabul qilingan. Yuqoridagi misolda
–
tanganing gerbli tomoni bilan tushishi,
- tanganing raqamli tomoni bilan tushishi va ikkita
elementdan iborat yoki qisqacha qilib
kabi belgilash mumkin.
Ikkinchi misolda esa
131
Do'stlaringiz bilan baham: |