Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
Masala.
A shaharchadan B shaharchaga 
4 xil yo‘l bilan, B shaharchadan C shaharchaga 
esa 3 xil yo‘l bilan borish mumkin bo‘lsa, A 
shaharchadan S shaharchaga necha xil yo‘l 
bilan borish mumkin?
Bu masalani yuqoridagi chizma orqali tasvirlab va bevosita barcha yo‘llarni sanab yechish 
orqali bunday yo‘llarning soni 12 taga tengligi aniqlanadi. Masalani yechish jarayonida o‘quvchilar 
yo‘llar (boshqa masalalar olinadigan bo‘lsa, variantlar, usullar, xillar va h.k.lar) sonining 
ko‘paytmalari hisoblanishi kerakligini anglaydilar. 
Ko‘paytirish qoidasi o‘rin almashtirishlar, o‘rinlashtirishlar, guruhlashlar va boshqa 
kombinatorik tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
Kombinatorika elementlarini tushuntirib o‘tgandan so‘ng, ehtimollar nazariyasining 
boshlang‘ich tushunchalar haqidagi ma’lumotlar navbati bilan o‘rgatilishi mumkin. 
Ehtimollar nazariyasining asosiy tayanch tushunchalaridan biri tasodifiy hodisa tushunchasi 
hisoblanadi
1
. Lekin tasodifiy hodisa tushunchasiga olib keluvchi tajriba, sinash (adabiyotlarda 
eksperiment, tasodifiy tajriba, sinov kabi atamalar ham uchraydi) kabi tushunchalar ham borki, 
ularga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgani sabab bu tushunchalarni o‘rganish nafaqat 
o‘quvchilarga, balki fan o‘qituvchilarining o‘ziga ham ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi
2
.
Shuning uchun bu tushunchalarni o‘quvchilarga tushuntirish uchun ba’zi tavsiyalarni bersak. 
Ravshanki, har qanday ilmiy tushunchani ham hayotdan olingan misollar orqali tushuntirish barcha 
uchun qulaydir. Ayniqsa, ehtimollar nazariyasi fanining asosiy tushunchalari sanalgan tajriba, sinash, 
elementar hodisa va elementar hodisalar fazosi kabi tushunchalarni o‘quvchilarga juda yaxshi 
tushuntirish kerak, chunki bu tushunchalar fanning asosini tashkil qiladi. 
Bu ishni bajarish uchun darsda, masalan, “Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda, 
talabalarga quyidagi birinchi savol berilishi kerak: Tajriba deganda nimani tushunasiz? Bu savolga 
talabalardan javoblarni tinglash kerak.
Tabiiyki, hali fan haqida tasavvurlar unchalik shakllanmagan bo‘lgani uchun talabalar maktab 
davridagi fizika va kimyo darslarida amalga oshirgan tajriba (laboratoriya) ishlari haqida yoki biror 
ishni amalga oshirish kabi javoblar berishi mumkin. Javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi muhim 
emas. Iloji boricha to‘rt-beshta javob eshitish maqsadga muvofiq. 
Tajriba tushunchasiga keyinroq ta’rif berish sharti bilan keyingi savol o‘rtaga tashlanadi: 
Sinash deganda nimani tushunasiz? Bu savolga ham o‘quvchilardan javoblarni tinglash kerak. Sinash 
bu tajriba, ishga kirishdagi sinov muddati va yoki imtihon kabi javoblar berilishi tabiiy. Boshqa 
javoblar bo‘lgan taqdirda ham ularni inkor etmagan holda navbatdagi savol beriladi: Hodisa nima? 
Bu savolga ham javoblarni tinglab bo‘lgandan so‘ng, o‘qituvchi uchala tushuncha bilan birga 
elementar hodisalar fazosi tushunchasiga ham o‘zining ta’rifini berib, bu tushunchalar ehtimollar 
nazariyasining asosini tashkil qilishini tushuntirishi kerak. 
Yuqoridagi tushunchalar uchun tavsiya etiladigan ta’riflar: 
Tajriba – biror jarayon uchun bajarilishi kerak bo‘lgan shartlar majmuyi. 
Sinash – tajriba shartlarini to‘liq bir marta amalga oshirish. 
Elementar hodisa – sinashning har qanday natijasi. 
Elementar hodisalar fazosi – mumkin bo‘lgan barcha elementar hodisalar to‘plami. 
Yuqoridagi tushunchalarga soddadan murakkabga tomon bir necha misollar keltiraylik. 
Misol:
Tanga tashlash (aniqrog‘i, bitta tangani bir marta tashlash) tajribasini o‘rganaylik. 
Ko‘rinib turganidek, bu yerda shart bitta tangani bir marta tashlashdan iborat. 
1
A.A.Abdushukurov. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. Toshkent 2010. 
2
Д.В.Маневич. Активное обучение теория вероятностей. Ташкент «Ўқитувчи» 1997. 
А 
В 
С 


130 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish