.
تفرن بتکم هب زورما وا
[ô emrôz ba maktab
naraft] (U bugun maktabga bormadi)
. .
تشونن ییابیز هب ار همان مردارب
[berâdaram nâma râ ba zêybâyi
nanawešt] (Ukam xatini chiroyli yozmadi). .
مرکا
دناوخن ار بلاج یناتساد
[Akrâm dâstâni-ye jâleb râ
naxând] (Аkram uyga berilgan hikoyani o‘qimadi). – “Davom ettir” o‘yinida, o‘qituvchi hikoyani
boshlab beradi. Talabalar yangi mavzuga moslab uni davom ettiradilar. Bunda talabalarda ijodkorlik
qobiliyati rivojlanib, bayon yoki insho kabi ijodiy ishlar yozish malakasi rivojlanadi va so‘z boyligi
ortadi. Bundan tashqari, ularda mustaqillik, o‘z kuchiga ishonch hissi rivojlanadi.
“Davom ettir” interfaol o‘yinida yangi mavzu bo‘yicha feʼl ishtirok etgan qo‘shma gaplarni
talaba tomonidan to‘ldirish talab qilinadi.
1
یکشت و هکس یاه لاط. ۀعومجم دنچ هناسفا زا ۀنیجنگ گنهرف مدرم. درگ هدنروآ ییحی "نیبشوخ". 1361
2
Alimova X. Dariy tili (morfologiya).
– Toshkent, 2008.
127
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
1-variant: – …
ه
را
در
تفر یم بتکم هب هک تسا حبص وا
[ô sobh ke ba maktab mi raft dar râh] U
ertalab maktabga kelayotganida yo‘lda....
2-variant: –
ندش بوذ
دش دلوتم نم
فرب و دوب نشور اوه هک م
[Man motawalled šodam ke hawâ rôšan
bud wa barf zôb šodan] (Men havo ilib, qorlar erib boshlaganda tug‘ilganman.... )
3-variant: – .
میتفر شحو غاب هب ام هورگ لصحم ُهمه
[hama-ye mohassel-e gorôh-e mâ ba bâɣ-e wahš
raftêm] (Biz guruhimizdagi barcha talabalar, hayvonot bog‘iga bordik.... )
“Jonli hikoya” interfaol usulida, o‘qituvchi yangi mavzuga oid so‘zlar yozilgan qog‘ozlarni
talabalarga tarqatib beradi. Shundan so‘ng talabalar yangi mavzuga oid so‘zlar asosida hikoya
matnini tuzadilar. Hosil qilingan hikoyalarda yangi mavzu bo‘yicha feʼl ishtirok etishi lozim.
O‘qituvchi hikoyani ikkinchi marta o‘qib berganda, talabalar qo‘llaridagi qog‘ozlarni shunday ketma-
ketlikda joylashtirishlari kerakki, qog‘ozlarga yozilgan so‘zlar bir butun hikoyani hosil qilishi lozim.
Bu usulni qo‘llashda darslikdagi mashqlar yoki darslikdan tashqari hikoya va ertaklardan
foydalanishlari mumkin.
O‘yin so‘ngida talabalar tuzgan hikoyalarida feʼlga xos so‘zlarni topib, uni tahlil qilib beradi.
Hosil qilgan hikoyalarida feʼl so‘z turkumiga oid so‘z qatnashib, ular feʼlning vazifa shakllari bilan
izohlanib kelayotganligini aytishadi. Shu o‘rinda talabalar sof feʼllar bilan birgalikda feʼlning vazifa
shakllari bir butunlikda feʼllarning tarkibiy qismini tashkil etayotganligini uqtirib o‘tishadi.
“Quruvchi” usuli talabalarni guruhlarga bo‘lib, darsda o‘tilgan mavzuni yoki yangi mavzuni
mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari vaqtda o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchi qog‘ozdan
yoki penoplast bo‘lakchalaridan g‘ishtchalar yasaydi va bu g‘ishtchalarga “Fe’l deb nimaga aytiladi?”,
“Zamon deb nima aytiladi?”, “Fe’l mayli deb nimaga aytiladi?” kabi savollar yozilgan qog‘ozchalarni
yopishtirib chiqadi. G‘ishtchalar soni talabalar soniga teng yoki ko‘p bo‘lishi kerak, guruhlarga
minora yoki devor qurishlari uchun joy ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan talaba chiqadi va
g‘ishtchani olib savolni o‘qiydi. Аgar savolga to‘g‘ri javob topsalar o‘zlarining maydonchalariga
g‘ishtni teradilar. Аgar noto‘g‘ri javob bersalar, o‘qituvchi g‘ishtchani olib qo‘yadi. O‘yin shu tarzda
barcha talabalar bittadan g‘ishtcha olib bo‘lgunlariga qadar davom etadi. Qurilish maydonchasida
eng ko‘p g‘isht tergan talabalar guruhi g‘olib hisoblanadi. Dariy tilida feʼl so‘z turkumini o‘rgatishda
Sinkveyn metodini qo‘llash samarali natija beradi. Buning uchun quyidagi sxema beriladi va uni
to‘ldirish so‘raladi:
____________________________Mavzu
مسا
[esm] (ot)
____________________________Belgi
تفص
[sefat] (sifat)
____________________________Harakat
لعف
[fe’l] (feʼl)
____________________________ Mavzuga oid jumla
یعوضوم هلمج
[jomla-ye mavzuyi]
Sxema quyidagi tartibda to‘ldirilishi shart:
- muayyan mavzu o‘qituvchi tomonidan beriladi yoki talabalar tomonidan tanlanadi;
- mazkur mavzuni xarakterlovchi ikki sifat so‘z turkumiga oid so‘z tanlash taklif etiladi;
- mavzu mohiyatini ifodalovchi uchta feʼl topiladi;
- mavzuga taalluqli gap tuziladi;
Namuna:
O‘qituvchi –
ملعم
[moallem]
Aqlli –
شوهاب
[bâhuš]
Mehribon –
نابرهم
[mehrbân]
o‘qitmoq –
سرد
نداد
[dars dâdan]
o‘rgatmok, tarbiyalamoq –
میلعت
نداد
[talim dâdan]
O‘qituvchilaringizni hurmat qiling –
هب
ناملعم
دوخ
مارتحا
دیراذگب
[ba moallemân-e xôd ehterâm begozârêd]
128
Do'stlaringiz bilan baham: |