ЭЛЕМЕНТЫ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ТЕХНОЛОГИИ
Нурматова М. - преподаватель Кокандского государственного педагогического института
Толипова О. - преподаватель Кокандского государственного педагогического института
Аннотация.
В данной статье рассматриваются современные зарубежные педагогические
технологии. Приводится краткое описание особенностей образовательных технологий,
популярных в современных условиях.
Ключевые слова
: современные педагогические технологии, образовательные цели, опыт
зарубежных стран, педагогическая деятельность, информационное обеспечение, учебные
материалы, современное образование, модуль, программное обучение, игровые технологии,
дидактическая цель.
ELEMENTS OF A PEDAGOGICAL SYSTEM OF EDUCATIONAL TECHNOLOGY
Nurmatova M. - Lecturer at the Kokand State Pedagogical Institute
Tolipova O. - Lecturer at the Kokand State Pedagogical Institute
132
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
Annotation.
This article discusses modern foreign pedagogical technologies. A brief
description of the features of educational technologies that are popular in modern conditions.
Keywords:
modern pedagogical technologies, educational goals, experience of foreign
countries, pedagogical activity, information support, educational materials, modern education,
module, program training, game technology, didactic assignment.
Zamonaviy pedagogik texnologiya tarafdorlari tomonidan quyidagi ikki usul taklif etiladi:
1. Toifa va darajalarining ketma-ketligi aniq belgilangan ta’lim maqsadlarining puxta tizimini
yaratish.
2. O‘quv maqsadlarini ifodalovchi aniq va tushunarli til (tushunchalar)ni topish.
Unga ko‘ra pedagog bu til (tushunchalar) yordamida ta’lim maqsadlarini aniq ifodalash
imkoniga ega bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida o‘quv maqsadlarini belgilashning eng to‘g‘ri yo‘li o‘qitish natijalarini
aniqlashtirishdir. O‘qitish natijasi qanchalik aniq ifodalansa, o‘quv maqsadi shunchalik to‘g‘ri
qo‘yilgan bo‘ladi. “Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo‘yish uslubi o‘zining
ashyoviy xususiyatiga ega. Bu shundan iboratki, o‘qitish maqsadlari ta’lim oluvchilar harakatida
ifodalanadigan va aniq ko‘rinadigan, o‘lchanadigan natijalar orqali belgilanadi”
1
.
Ko‘plab rivojlangan xorijiy mamlakatlarda o‘quv maqsadlari ikki xil nuqtayi nazar asosida, ya’ni
pedagog faoliyat va ta’lim oluvchi faoliyatidan kelib chiqib qo‘yiladi.
B.Farberman
2
bu o‘rinda quyidagicha yo‘l tutish to‘g‘ri ekanligini aytadi:
- har bir vazifalar guruhini “Dars yakunida ta’lim oluvchilar quyidagilarni bajara olishi lozim: ...”
deb boshlash;
- har bir vazifani alohida-alohida belgilash, ya’ni raqamlash;
- har bir vazifani quyidagi fe’llar yordamida ifodalash: sanab o‘tish, eslash, so‘zlab berish,
ko‘rsatib berish, tanlash, hisoblash va h.k.;
- har bir vazifani ta’lim oluvchining so‘zi bilan ifodalash, aslo, pedagogning so‘zi bilan emas;
- har bir vazifa aniq bitta natijani ifodalasin, aslo, ikki-uchta vazifani emas;
- har bir vazifani shunday qo‘yish kerakki, u pedagog tomonidan tashkil etiladigan dars
bosqichlariga emas, dars jarayonida ta’lim oluvchining o‘zini keyinchalik qanday tutishi kerakligiga
ishora qilsin;
- o‘quv vazifalari shunday qo‘yilishi kerakki, u yordamida ta’lim oluvchi faoliyatini mezonlash
va natijaga erishganlikni aniqlash mumkin bo‘lsin;
- vazifalarni qo‘yishda “ta’lim oluvchilar buni bajara oladilarmi?” degan savolga javob
topishning imkoni bo‘lsin.
Axborot ta’minotini loyihalash tamoyili ta’lim jarayoni loyihasida axborot ta’minoti
shakllantirishga xizmat qiladi. Bunda e’tibor axborot manbalari bo‘lgan darsliklar, o‘quv va metodik
qo‘llanmalar, yordamchi adabiyotlar, lug‘atlar, xrestomatiyalar, atlaslar va h.k.ni yaratishga
qaratiladi.
Ta’lim texnologiyasining pedagogik tizimi elementlari pedagog olim V.P.Bespalko
3
fikricha,
quyidagilardan tashkil topgan:
1) o‘quvchi (
talaba
); 2) ta’lim maqsadi; 3) ta’lim mazmuni; 4) o‘quv jarayoni; 5) o‘qituvchi
(
pedagog
) yoki texnik vositalar; 6) ta’limning tashkiliy shakllari.
Evristik ta’lim muammoli ta’limning muqobili sifatida e’tirof etiladi
4
.
1
Farberman B.
“Ilg‘or pedagogik texnologiyalar”. Toshkent: “Fan”-2000, 36-bet.
2
Farberman B.
“Ilg‘or pedagogik texnologiyalar”. Toshkent: “Fan”-2000, 37-bet.
3
Беспалько В.П. “Слагаемые педагогической технологии”. Москва: “Педагогика”- 1989. – С. 6-7.
4
Проблемное обучение // http://ru.wikipedia.org/wiki.
133
Do'stlaringiz bilan baham: |